2.3. Yordamchi maktab, uning maqsad va vazifalari
39
muvaffaqiyatli amalga oshirish davlatning umumiy ishlari orqali
ro ‘ yobga
chiqarilishi mumkin.
L. S. Vigotskiyning 1924-yilda aytgan optimistik bashorati naqadar
haqiqiy ekanligini hozir defektologiya sohasida erishilgan, eri-
shilayotgan yutuqlar ham ko‘rsatib turibdi. «Ehtimol, insoniyat ertami,
kechmi ko‘rlik, karlik, aqli zaiflikni yengadi. Ammo ularni biologik va
tibbiyot tom onidan ko‘ra, ijtimoiy va pedagogik tom ondan ancha ilgari
yengadi», — deb ta ’kidlaydi L. S. Vigotskiy. Turli nuqsonli bolalarga
ta ’lim -tarbiya berish maktablarining, davolash muassasalarining keng
tizimi olim fikrining dalili emasmi? Fan yutuqlarini hayotga tatbiq
etish tufayli turli xil yuqumli kasalliklar um um an tugatildi. Bilim
egallashi m um kin bo ‘lgan nuqsonli bolalar uchun majburiy ta ’lim
joriy etildi. Barcha maxsus m aktablar, m aktab-internatlar, maxsus
bog‘chalar butunlay davlat ta ’minotiga o'tkazilgan.
Ayrim chet mamlakatlarda nuqsonli bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan xususiy
muassasalar, diniy tashkilotlar, nuqsonlilarga yordam berish jamiyatlari
hamda ayrim maxsus maktablar shug‘ullanadi. Ulardagi ta’lim-tarbiya ishlari
qat’iy tizim asosida olib borilmaydi. Bizdagi yordamchi maktablar ommaviy
maktablar singari yosh avlodga ta ’lim-tarbiya berish, ularni jamiyatning
foydali kishisi qilib yetishtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, yordamchi
maktablaming maxsus, xususiy vazifalari ham mavjud. Bularga aqli zaif
o‘quvchilaming psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularga alohida
yondashgan holda bilim berish orqali bilish jarayonlarini tuzatib borish
vazifasi kiradi. Yordamchi maktablar aqli zaif bolalar uchun dastlabki va
oxirgi o ‘quv yurti bo‘lganligi sababli, o ‘quvchilar maktabni bitirgandan
so‘ng bevosita hayotga yo‘llanma olishlarini hisobga olib, ularga maktabda
turli xil kasbiy mehnat ko‘nikmalari, malakalari beriladi. Yordamchi
maktablarda davolash ishlari umumiy ta’lim-tarbiya ishlari bilan birgalikda
qo‘shib olib boriladi.
Yordamchi maktablar tajribasini ilmiy jihatdan umumlashtirish asosida
ta’lim-tarbiya nazariyasini ishlab chiqish oligofrenopedagogika fanining
bosh mavzuini tashkil qiladi. Ta’limning didaktik asoslari, darsning umumiy
tizimi, maktabda o ‘quv ishlarini tashkil etish, xususiy uslubiyotlarning
umumiy masalalari kabi pedagogik masalalar umumiy pedagogik talablarga
suyanadi.
Oligofrenopedagogika fani qator umumiy va maxsus fanlar bilan
chambarchas bog‘liq holda o‘rganiladi. Aqli zaif bolalar oliy asab faoliyatlari,
ularning rivojlanish xususiyatlari, kasalliklari, kechishi, davolash ishlarini
nevropatologiyadan, aqli zaif bolalar mhiy jarayonlarining xususiyatlari,
ulaming taraqqiy etish xususiyatlari oligofrenopsixologiyadan, yordamchi
m aktabda davolash-sog'lom lashtirish ishlarini tashkil etish uchun
m a’lum otlar oligofreniya klinikasidan olib o'rganiladi. Yordam chi
40
maktablarda ta’lim 9 yil olib boriladi. 0 ‘quv rejasiga kiradigan fanlar haqida
qisqacha to ‘xtalib o‘tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |