boriladi, maxsus chiziqli daftarlar ishlatiladi. Ko‘r bolalar uchun tashkil
etilgan maktab-intematda bolalar 12 yil ichida 9 yillik umumiy ta’lim maktabi
dasturini o ‘zlashtiradilar. So‘ngra kechki maxsus maktablarda o ‘qishni davom
ettirishlari mumkin. Ushbu maktablarda xalq xo‘jaligi uchun malakali
ishchilar tayyorlash, hunar-ta’lim ishlari olib boriladi. Mehnat darslarida
5—7 o ‘quvchi, umumiy ta’lim darslarida 8—12 bola qatnashishi mumkin.
Debil darajali kar bolalar esa maxsus tashkil etilgan yordamchi sinflarda
ta’lim oladilar. Bu sinflarda bolalar 7—8 kishidan oshmasligi kerak. Qulog‘i
og‘ir bolalar uchun tashkil etilgan maktab-intemat ikki bo'limdan iborat
bo‘lib, amaiiy nutqqa ega bo‘lgan bolalar, ya’ni gapira oladigan bolalar
birinchi bo‘limda, juda katta qiyinchiliklar bilan noaniq gapiradigan bolalar
ikkinchi bolim da ta’lim-tarbiya oladilar. Birinchi bo‘limda o ‘qish muddati
10 yil, ikkinchi bo‘limda esa 11—12 yil. Har bir sinfda 12 nafardan bola
o ‘qishi lozim. Aqli zaif, qulog‘i og‘ir bolalar 7—8 kishidan iborat bo‘lgan
maxsus sinfda ta’lim oladilar. Og‘ir nutq nuqsonlari bor bolalar uchun
Xalq maorifi vazirligi qoshida maktabgacha yoshdagi bolalarga mo'ljallab
nutq bog‘chalari yoki bolalar bog‘chalari qoshida nutq guruhlari tashkil
etilgan. Bu turdagi maxsus bo g ‘chalarn in g asosiy vazifasi nutq
kamchiliklarini iloji boricha barvaqt aniqlab, ularni bartaraf etish va shu
yo‘l bilan nutq nuqsonlarining og‘irlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Maktab yoshidagi logoped, ya’ni nutqida kamchiliklari bo‘lgan bolalar
uchun ommaviy ta’lim maktablarida logopedik punktlar tashkil etilgan.
Logopedik punktga tumandagi bir necha maktabdan 25 ta sinf biriktiriladi.
Logoped shu sinf o ‘quvchilarini tekshirib, logopedik yordamga muhtoj
bolalarni saralab oladi. Ular bilan guruhli va yakka mashg‘ulotlar olib
boriladi. Bolalar bunday mashg‘ulotlaiga kunora, haftada 3 martadan —
nuqson bartaraf etilguncha qatnaydilar. Og‘ir turdagi nutq nuqsonlari tufayli
o ‘rta maktab dasturini oVJashtira olmaydigan bolalar maxsus maktablarda
ta ’lim olish uchun yuboriladi.
Xalq ta ’limi vazirligi qoshida aqli zaif bolalar uchun maxsus bog‘chalar
tashkil etilgan bo‘lib, bu yerga bolalar 4 yoshdan qabul qilinadi. 7 yoshga
to ‘lganda esa ular yordamchi maktablarga yuboriladi. Yo‘llanma aqli zaif
bolalarga tegishli bo‘lganligi sababli, quyida yordamchi maktablar haqida
batafsil m a’lumotlar beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: