Maxsus pedagogika



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

Savol  va  topshiriqlar
1. Yordamchi  maktabda jismoniy tarbiyaning qanday ahamiyati  bor?
2. Yordamchi maktabda jismoniy  tarbiyaga qanday talablar qo‘yilgan?
3.  Yordamchi  maktabda jismoniy  tarbiyaning  o‘ziga  xosligi  haqida  so'zlab 
bering.
Yordamchi  maktabda  huquqiy  tarbiya
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  1994-yil  13- iyundagi 
296-sonli  Qarorida  yoshlaming  huquqiy  ta ’limini  takomillashtirishning 
kompleks dasturi  ko‘rsatilgan.  Bu dastur  huquqiy-ta’limiy ishlarni  yanada 
chuqurroq o‘rgatishga qaratilgan. BMT 1989-yilning 20-noyabrida «Bolalar 
huquqlari  to‘g‘risida»  deb  ataluvchi  xalqaro  shartnoma  —  «konvensiya» 
qabul  qildi.  BMT  ning  ko‘pgina  davlatlari  bu  shartnomaga  qo‘shilgan  va 
uni  bajarish  vazifasini  olganlar.  Xo‘sh,  «Bolalar  huquqlari  to ‘g‘risida»gi 
xalqaro  shartnomada  nima  deb  yozilgan  o ‘zi?
Mana,  e ’tibor  bering-a:
—  har bir  inson  18  yoshga  to‘lgunicha  bola  hisoblanadi;
176


—  davlatlar  bolani  kamsitish  yoki  jazolashning  barcha  shakllaridan 
ularni  himoya  qiladilar;
—  davlatlar  bolaning  tinch-osoyishtaligi  uchun  zarur  hisoblangan 
himoya  va g‘amxo‘rlikni  ta ’minlash  majburiyatini  oladilar;
— davlatlar  liar  bir  bolaning  yashash  huquqini  tan  oladilar;  ulaming 
tirik  qolish  va  sog‘lom  rivojlanishini  ta ’minlaydilar;
— bola o ‘z  fikrini  erkin  ifoda etish  huquqiga ega;
—  bola  o ‘z  oilasida  yoki  u  haqida  eng  ko‘p  darajada  g‘amxo‘rlik 
qiluvchilar  orasida  yashash  huquqiga  ega;
— bola to ‘yib  ovqat yeyishga va toza suv bilan ta ’minlanish huquqiga 
ega;
— bola  sog‘lig‘ini  saqlash  huquqiga  ega;
— davlatlar  noraso  bolaning  alohida g‘am xo‘rlikka  egalik huquqini 
tan  oladilar;
— bola  erkin  ilm  olish  huquqiga  ega;
—  boladan  arzon  ishchi  kuchi  yoki  askar  o 'rn id a   foydalanish 
mumkin  emas;
—bola  ijtimoiy ta ’m inot  huquqiga  ega;
— bola dam olish, bo‘sh vaqtga ega bo'lish, o ‘z yoshiga mos keladigan 
o ‘yin  va  ko‘ngilochar  tadbirlarda  ishtirok  ctish  huquqiga  ega;
—  d av latlar  bolalarni  giyohvand  m o d d alar  iste ’mol  qilishdan 
saqlash  choralarini  ko‘radilar...
Bolalar  huquqlari  to ‘g ‘risidagi  qoidalar  ro ‘yxatini  yana  davom 
ettirish  m um kin.  K o‘rib  turibsizki,  BMT  bolalarni  o ‘z  himoyasiga 
olgan.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  1992-yilda  bu  shartnom ani  imzolagan 
va  unga  amal  qilish  majburiyatini  olgan.
Bolalar  haqida  g ‘am xo‘rlik  qilish  davlatim iz  siyosatining  asosini 
tashkil  etadi.
Respublikamizda  bolalar  haqida  qilinayotgan  g ‘am xo‘rlik  haqida 
Y U N IS E F   ning  0 ‘zbekistondagi  vakili  Rudi  Rodriges  bunday  degan 
edi:  «Meni qoyil qoldirgan jihat yurtingizda yetim va nogiron bolalarning 
hech qachon qarovsiz yolg'iz qoldirilmasligidir.  U ning boshida hamisha 
qaysidir  m ehriboni,  hech  kimi  b o im ag an   taqdirda  uni  saqlaydigan 
jam iyati,  davlati  bor.  Bu  kamyob  hodisadir».
Yordamchi  maktablarda  davlat  huquq  asoslari  haqida  elem entar 
tushuncha  berish  aniq  dastur  asosida  olib  borilmoqda.
Vazirlar  M ahkamasining  qaroriga  binoan  barcha  fanlar  asosida 
huquqiy  tarbiyani  amalga  oshirish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda:
konstitutsiya  huquqidan;
ekologik  huquqdan;
m a’muriy  huquqdan;
12-33
177


m ehnat  huquqidan;.
fuqarolik  huquqidan;
jinoyat  huquqidan  elem entar  tushunchalar  berib  boriladi.
Bolalar  huquqiy  ongini  yuksaltirish  hozirgi  davr  talabidir.
0 ‘quvchilarning  huquqiy  ongini  oshirmasdan  huquqiy  fuqarolik 
davlatini tasaw ur etib bo‘lmaydi.  Huquqiy ong poydevoriga maktablarda 
asos  solinadi.
M aktabdan  tashqari  ta ’lim  muassasalarida  o ‘quvchilarga  huquqiy 
bilim lar,  ijtim oiy  hayot  m e ’yorlari  va  qoidalari  to ‘g‘risida  keng 
m a’lum otlar  berib  boriladi.  H uquqiy  ta ’lim -tarbiyaning  m azm uni 
mustaqil  0 ‘zbekiston  davlatining  iqtisodiy,  m a’naviy,  siyosiy-huquqiy 
manfaatlarini  o ‘zida  mujassamlashtirishi  kerak.  Rejalashtirilgan  turli 
tadbirlardan tashqari  huquqiy ta ’lim-tarbiyaga oid to ‘garak faoliyatida 
yordamchi maktab o'quvchilari quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari lozim:
— huquqiy davlatda qonun ustuvorligi  va huquqiy davlatning o ‘ziga 
xos  belgilari;
—  Konstitutsion  huquq  asoslariga  oid  tushunchalarni  o ‘zlashtirish;
—  0 ‘zbekiston  Respublikasining  suvereniteti  haqidagi  bilimlar;
—  inson  h u q u q la ri  h am d a  fu q a ro la rn in g   asosiy  h u q u q la ri, 
erkinliklari  to ‘g‘risidagi  bilimlar,  ya’ni:
—  siyosiy  huquqlar;
—  iqtisodiy  va  ijtimoiy  huquqlar;
—  inson  huquqlari  va  erkinliklarining  kafolatlari;
—  0 ‘zbekiston  fuqarolarining  asosiy  burchlari;
—  0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlat  hokimiyati  to ‘g‘risida;
—  yordamchi  m aktabda  huquqiy  ta ’limni  o ‘rganishning  muhim  
jihatlaridan biri  — huquq-tartibot organlari xodimlari,  xalq deputatlari, 
m ahalla  oqsoqollari  va  boshqa  turli  huquqiy  idoralarga  aloqador 
xodim lar  bilan  hamkorlikda  o ‘qituvchilarning  ish  olib  borishidir.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish