Q onun am alda b o ‘lishi lozim», deb ta ’kidlab o ‘tadi. Shuning uchun
Prezidentim iz yangi Konstitutsiya haqida fikr yuritib .deydi: «Yangi
Konstitutsiyamizning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda
«Davlat organlari va m ansabdor shaxslar jam iyat ham da fuqarolar
oldida m as’uldirlar. Ya’ni, fuqarolar m anfaatining ustunligi qonuniy
ravishda mustahkam langan va kafolatlangan».
Fuqarolar manfaati va huquqi ustun ravishda kafolatlansa va bunga
am alda ahamiyat berilib, uning ijrosi ta ’minlansa-, bu xalq ommasining
jo ‘shqin mehnatini mustahkamlash ishlarida faolligini to ‘la ta ’minlaydi.
Biz qurayotgan huquqiy-dem okratik jam iyatning asosiy vazifasi ham
ana shudir. Zotan, 0 ‘zbekiston mustaqilligini e ’lon qilib, o ‘zining
m a’naviy qadriyatlarini va aqliy salohiyatini tiklash, iqtisodiy va ijtimoiy
sohalarida tub o ‘zgarishlar, ijtimoiy himoyani ko‘zda tutgan huquqiy-
demokratik davlat poydevorini qurish davriga qadam qo‘ydi (o‘sha asar,
15-bet).
0 ‘zbekiston Respublikasining asosiy qomusiy qonunlar majmuasi —
Konstitutsiya bilan yaqindan tanishsak va uni chuqur tahlil qilib ko‘rsak,
unda o ‘tmishda — bobolarimiz yashagan davrlarda shakllangan sharqona
milliy
tafakkur, muqaddas islomona qadriyatlar, nasllardan nasllarga meros
bo ‘lib kelgan adolat, haqiqat, im on, e ’tiqod, vijdon, m ehr-oqibat,
o ‘zbekona or-nomus va shu kabi milliy-axloqiy an’analarning o ‘z ifodasini
topganiga guvoh bo‘lamiz, shu bilan birga, jahon davlatlari tajribalaridan
ijodiy foydalanilgandir. Zotan, bu narsa albatta muhimdir. Konstitutsiya va
boshqa qonunlarda nima kafolatlangan bo‘lsa, ular xalqning, shuningdek,
yosh avlodni shu ruhda tarbiyalashga qodirdir. Konstitutsiyaning m a’no
va mazmuni tarbiyaning quyidagi va shu kabi yo‘nalishlarida qo‘llanma
' sifatida xizmat qilishi shubhasiz:
— hurflkrlilik;
— milliy iftixor;
— milliy qadriyatlarga hurmat;
— erkinlik va ozodlik;
— insonparvarlik;
— vatanparvarlik;
— birodarlik va hamkorlik;
— ilmga mehr-muhabbat;
— iymon va e’tiqod;
— halollik;
— axloqiy poklik;
— madaniy merosga hurmat;
— adolatparvarlik va odillik;
— mehnatsevarlik;
— baynalminallik;
179
— ijodkorlik va tashabbuskorlik;
— tadbirkorlik va ishbilarmonlik;
— qonunga nisbatan itoatkorlik;
— mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirish g‘oyalariga sadoqat;
— islom diniga hurmat;
— Prezident va davlatni qadrlash.
Mustaqillik tarbiyasining shu yo‘nalishdagi sohalari — milliy axloq-
odobning tarkibiy qismidir. Shuningdek, ular mustaqillik tarbiyasining
asosini tashkil qiladi. Zikr qilingan pedagogik asoslar xalq xo‘jaligining
barcha sohalarini rivojlantirishda, yosh avlodni tarbiyalashda muhim rol
o ‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: