Maxsus pedagogika


shaxsining  o ‘ziga  x o s  xususiyatlari:  aqliy  yetishm aslik  darajasi  va



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

shaxsining  o ‘ziga  x o s  xususiyatlari:  aqliy  yetishm aslik  darajasi  va 
qoldiqlari,  axloqiy tasawurlar,  tushunchalar, ij'timoiy motivlar,  o ‘zlariga 
tanqidiy qarashning yo ‘qligi bilan belgilanadi.  B unday q ator nuqsonlarni 
to ‘g ‘rilash  uchun  q a t’iy  reja  asosida  ish  olib  borish  darkor.  N uqsonli 
bolalarni  axloqiy  tarbiyalash  u c h u n   quyidagi  asosiy  tam oyillarga  rioya 
etish alohida aham iyatga ega:
1.  M a’lum  toifadagi  nuqsonli  bolalarga  tegishli  um um iy  va  individual 
xususiyatlami  aniqlash  uchun  ulami  atroflicha  o ‘rganish.  Birlamchi  va 
ikkilamchi  nuqsonlarni  tahlil  etish.
2.  Nuqsonli  bolalarning  nisbatan  saqlangan,  kuchli  imkoniyatlarini 
aniqlash va shunga tayangan holda  ish  olib borish.
3.  Pedagogikjarayonning bolalardagi nuqsonlarni to ‘g‘rilash va ulam ing 
o ‘rnini  to ‘ldirishga  qaratilishi.  Asosiy  e ’tibomi  tarbiyaga  oson  beriladigan 
ikkilamchi  nuqsonlarga  qaratish.
4. Turli toifa nuqsonlilarga alohida-alohida m unosabatda b o ‘lish,  ayrim 
bolalarga  individual  yondashish.
Oligofrenopedagogikada aqli zaif bolalarni axloqiy tarbiyalash masalasi 
atroflicha ochib berilmaganligini  inobatga olib,  ular bilan olib boriladigan 
u n u m li  ish  u s u lla rin i  q id irib   to p is h   k erak .  Y o rd a m c h i  m a k ta b  
o ‘quvchilarining axloqiy tarbiyasi turm ush va faoliyatning turli sohalarida 
amalga oshiriladi. Aqli zaif bolalar oilada, tengdoshlari orasida, yordam chi 
m aktablarda,  ko‘chada  axloqiy  ta ’sirni  sezadilar.  K o‘pincha  bu  ta ’sir 
axloqiy  talablarga  m onand  bo ‘lmaydi.  Yuksak  axloqiy  shaxsni  surunkali 
tarzda,  sobitqadamlik  bilan  tarbiyalash  yordam chi  m aktabda,  uyushgan 
bolalar jam oasida ro‘y beradi. Yordamchi maktabda shaxsni har tom onlam a 
kamol  toptirishga  qaratilgan  maxsus  tuzatish  —  tarbiyaviy  ishlar  amalga 
oshiriladi.  Y ordam chi  m aktab  o ‘qituvchilari,  tarbiyachilari  aqli  zail 
o ‘quvchilarni  hayotga,  m ehnatga  tayyorlar  ekanlar,  ularni  h a r  vaqt 
kam tar,  halol,  o ‘zlarining  his-hayajonlarini  jiiovlab  turishga,  V atanni 
sevishga,  o ‘zi  uchun  va jam iyatim iz  uchun  m ehnat  qilishga,  odam larga, 
atrof-m uhitga nisbatan  m ehribon va g‘am xo‘r b o iis h g a  o ‘rgatadilar. Ana 
shu va boshqa  m a’naviy  fazilatlar axloqiy jihatdan  tarbiyalangan  shaxsga 
xos bo‘ladi. Yordamchi maktabning maxsus tarbiyaviy faoliyati ana shunday 
shaxsni  tarbiyalashga  qaratilgan  bo'lib,  u  axloqiy  tarbiyaning  quyidagi 
vazifalarini  hal  etadi:
—  axloqiy  ongni,  m ustahkam   axloqiy  e ’tiqodni  tarbiyalash;
—  yordamchi  maktab  o ‘quvchilarining  Vatanga, jamiyatga,  m ehnatga 
m unosabatini  anglab  olishga  qaratilgan  axloqiy  tuyg‘ulami  tarbiyalash;
141


—  o ‘quvchilami  tanqidiy  fikrlashga  o ‘rgatish;
—  odob  ko‘nikmalari  va  odatlarini  tarbiyalash.
Axloqiy  tarbiyaning  asosiy  maqsadi  va  vazifasi  har  bir  bolada  faol 
hayotiy  nuqtai  nazar  hosil  qilishdan  iborat.
Yordamchi m aktab tarbiyaviy ishining um um iy tizimida o ‘quvchilarda 
axloqiy xislatlami tarbiyalash eng murakkab va shu bilan birga m as’uliyatli 
vazifadir. Chunki aqli zaif o‘quvchilaming ijtimoiy foydali m ehnatda ishtirok 
etish  samarasi  o ‘quvchilarda axloqiy xislatlar qanchalik tarbiyalanganligiga 
bog‘liq  bo‘ladi.
Axloqiy  tushunchalar  odam   xulqining 
m e ’y o r i 
va  malakalari,  uning 
m ehnatga  bo'lgan  m unosabati,  intizomliligidadir.  Bulam ing  ham m asi 
tarbiya natijasi, bolaga maktab, oila va atrofdagilaming murakkab va doim o 
ta ’sir etish  natijasidir.  Shuning uchun aqli  zaif bolada m a’lum bir axloqiy 
sifatni  vujudga  keltirish  m aqsadida  rejalashtirilgan,  maqsadga  qaratilgan 
maxsus  pedagogik  ta ’sim i  tashkil  qilish  m uhim   ahamiyatga  ega.  Aqliy 
nuqsonli bolalarni axloqiy tarbiyalashda yordam chi  m aktab oldida turgan 
vazifalardan  biri  —o ‘quvchilarning  xulqida,  o ‘qishida  va  m eh n atid a 
intizomlilikni  tarbiyalashdan  iboratdir.  Intizom lilik  murakkab  xislatdir. 
U n i  sh ak llan tirish   b ir  n e c h a   b o sq ich d a  am alga  oshiriladi.  K ichik 
o ‘quvchilarda  oddiy  b o ‘ysunishdan  tortib,  katta  o ‘quvchilarda  xulq 
talablarini  ongli  ravishda  bajarishdan  iborat.  Aqli  zaif bolalarni  axloqiy 
tarbiyalash  tizim ini  yaratishda  defektologlarimiz  bu  bolalarning  bilish 
imkoniyatlaridan  kelib  chiqadilar.
Y ordam chi  m aktablardagi  axloqiy  tarbiyaning  o ‘ziga  xosligi  aqli  zaif 
bolalarning  rivojlanish  xususiyatlari,  ya’ni  ular  bilish  faoliyatlarining 
o ‘ziga  xosligi,  hissiy-iroda  sohalarin in g  rivojlanm aganligi,  xarakter 
shakllanishining o ‘ziga xosligi bilan  belgilanadi.  Quyida shularga to ‘xtalamiz.
Aqli  zaif  bolalar  bilish  faoliyatining  buzilishi  natijasida  ularning 
tev arak -atro f  bilan  m unosabati  qiyinlashadi.  N atijada  aqli  z a if  bola 
yordamchi maktabga qabul qilinishida yetarli darajada axloqiy tajribaga ega 
b o ‘lmaydi.  U  haqiqatni  bilishda  ularni  tushunib  yetmaydi,  kishilar  va 
ijtimoiy  hayot  voqealari  o ‘rtasidagi  m unosabatni  tushunm aydi.  Xulq- 
atvor norm a va qoidalarini  tahlil  qilish  uchun  yetarlicha axloqiy tasavvur 
va  tushunchalarga  ega  bo‘lmaydi.  Shuning  uchun  u  o ‘z  xulq-atvorini 
atrofdagilar xulq-atvori bilan taqqoslay olmaydi.  U yoki bu m uom alaning 
oqibatini  o ‘zicha  aniq tasavvur etolmaydi. Axloqiy istaklarga to ‘g ‘ri baho 
b e ra   olm aydi.  B ularning  h am m asi  aqli  zaif  bo lalarn in g   x u lq -atv o r 
norm alari buzilishiga,  axloqiy nojo‘ya qiliqlar qilishiga olib  keladi.  Lekin 
yordam chi  m aktab  ta ’limi jarayonida  yuqoridagi  bu  nuqsonlar  nisbatan 
im kon  qadar  tuzatilib  boradi.  Aqli  zaif  bolalarning  tafakkuri,  nutqiy 
q iziqishlari  bilan  birga  axloqiy  sifatlari  ham   takom illashib  boradi. 
Y ordam chi  m aktabni  bitirish  arafasida  aqli  z a if  bolalar  hayotda  o ‘z
142


o ‘rin la rig a   ega  b o ‘la  b o sh la y d i.  J a m o a d a   x u lq -a tv o i  n o im a siiii 
o ‘zlashtiradilar. Shundan e ’tiboran bu bolalarda m ehnatga nisbatan  lo'g' ri 
m unosabat  ham   shakllana  boshlaydi.
Aqli zaif bolalardagi o ‘ziga xos hissiy-irodaviy sifatlar ham  ulami axloqiy 
tarbiyalashda  qiyinchilik  tug‘diradi.  Shuning  uch un   oligofrenopedagog 
o ‘quvchilarning  individual  xususiyatlarini  bilgan  holda  ularning  har biriga 
alohida  yo‘l  tutishi  lozim.  M a’lumki,  turli  nuqsonli  bolalarning  hissiy- 
irodaviy  sohalari  bir-birlariga  t o ‘g‘ri  kelm aydi.  Birovlari  to rtin ch o q , 
uyatchan,  kamgap,  yig‘loqi  bo ‘lsalar,  birovlari  shaddot,  qaysar,  bezbet, 
uyatsiz  bo‘ladilar.  Albatta,  bularning  har  biriga  o ‘zicha  munosabat  kerak. 
Bunday holda individual ish rejasini belgilash talab etiladi.  Ba’zan bolalarni 
haddan  tashqari  avaylab-asrash  kerak  b o ‘lsa,  b a ’zan  haddan  tashqari 
qattiqqollik oqibatida qator salbiy xislatlar shakllanib boradi.  Ba’zi oilalarda 
esa bolalar o ‘qiy olmaydi, bola nuqsonga ega bo‘lganligi sababli ayash qabilida 
ish  tutadilar.  Natijada  bolalarda  m ehnatga  nisbatan  salbiy  axloqiy xislatlar 
shakllanib boradi.  Bulami faqat bolaga nisbatan to ‘g‘ri munosabatda bo‘lish, 
uning  individual  xususiyatlarini  ch uq u rro q  o ‘rganish  bilan  yo ‘qotish 
m um kin.
H issiy -iro d av iy   k a m c h ilik la r  bilan   bogM angan  axloqiy  tarb iy a 
qiyinchiliklarini  yo‘qotish  maqsadida  aqli  zaif bolalarni  ishlab chiqarish va 
jam oa orasida ijtimoiy foydali  mehnatga jalb etish katta ahamiyatga ega.
Aqli  z a if  b o la la r  x araktcrid ag i  k a m c h ilik la r  ham   ular  axloqiy 
tarbiyasida m a’lum  qiyinchiliklar  kcltirib chiqaradi.  Xaraktcr — bu hayotiy 
ta ’sir va  tarbiya  natijasida  to'plangan  va  m ustahkam langan  kishilar xulq- 
o d a ti  va  aniq  m u n o sab at  uslubidir.  K ishining  individual  x arak ter 
xususiyatlari ijtimoiy sharoit  ta’siri ostida uning hayoti va tarbiyasida vujudga 
keladi.  U  yoki  bu  kishi  xarakterining  asosiy  sifati  qanday  b o ‘lishini 
sharoitning  o ‘zi  belgilaydi.  M aktabni  hayot  bilan  bog‘lash,  xilma-xil 
faoliyat  turlarini  tashkil  qilish  asosida  bola  xarakterini  shakllantirish 
m um kin.
Oligofrenopedagogikada axloqiy tarbiyaning quyidagi qator tamoyillari 
mavjud.  Bularga  axloqiy  tarbiyaning  m aqsad  sari  yo‘nalganligi,  hayot 
bilan  bog‘lab  olib  borilishi,  jam oa  uchun  va  jam oa  orqali  tarbiyalash, 
bolaning shaxsiga nisbatan  hurmat va  uning  xulqiga nisbatan talabchanlik, 
tarbiyaning  yagona  bir butun jarayon  ekanligi,  axloqiy  tarbiyada  onglilik 
va  izchillik,  bolalarning  yoshi  va  individual  xususiyatlarini  hisobga  olish 
va  boshqalar  kiradi.  Axloqiy  tarbiyani  amalga  oshirish  ma’lum  usullar 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish