6-BOB. TARBIYA USULLARI
6 .1 . Yordamchi maktabda tarbiya tamoyillarining qo‘llanilishi
Yordam chi maktablardagi tarbiya tamoyillari butun tarbiya jarayonini
yaxshiroq tashkil etish m aqsadida foydalaniladigan q o n u n -q o id a lar
majmuasidir. Bu qoidalaiga tarbiyaning mazmuni, usullari, tashkil etish shakllari
kiradi. Barcha maktablarda tarbiya tamoyillari umumiy ko‘rinishgaega. Ammo,
yordam chi maktablarda aqli zaif bolalarning psixologik, jismoniy, hissiy
nuqsonlariga ko‘ra o ‘ziga xos yondashuvlardan ham foydalaniladi.
Oligofrenopedagogikada tarkib topgan va milliy asoslangan tarbiya tamoyillari
tizimi tarbiyaning hayot bilan bogliqligini, shaxsiy, jamoada va jamoa orqali
taibiyalashni, tarbiyaviy ta’siming izchilligini va davomiyligini, tarbiyalanuvchi
shaxsiga nisbatan o ‘ziga xos talabclianlik bilan hurmatning birligini, tarbiyaning
aqli zaifbolalaming yosh va individual xususiyatlariga mosligini, ta’lim va tarbiyaning
bog‘liqligini, tarbiyada atroflicha yondashish tamoyillarini o‘z ichiga oladi.
Aqli zaif o‘quvchi shaxsini g'oyaviy va m a’naviy shakllantirish manfaatlari
pedagogning har bir xatti-liarakatini tarbiyaning maqsadlari bilan qiyoslashni,
uning amalga oshirilishiga rejali tarzda va qunt bilan erishishni talab qiladi. Har
bir tarbiyaviy tadbiming qimmati uning aqli zaif
0
‘quvchilar jamoasi hayotini
qanchalikboyitganligi, ishonchni shakllantirishga qanchalik yordam berishi bilan
o ‘lchanadi. Afsuski, qator yordam chi m aktablarda tarbiyaviy tadbirlar
xo‘jako‘rsinga rejalashtiriladi. Buiar oqibatda bolalarda qiziqish, jo‘shqinlik va hissiy
shakllanishning imkonini bermaydi. Yordamchi maktab o‘quvchilarini tarbiyalash
vositasi bo‘lgan faoliyatning barcha turlariga puxta yo‘nalish berilishi shart.
Yordamchi maktabda tarbiyaning hayot bilan, amaliyot bilan bog‘liqlik
tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. Buning mohiyati shundan iboratki,
tarbiyaga jamiyatning iqtisodiy va m a’naviy munosabatlarini, voqelikning
qadriyatlarini, axloqi va estetikasini tatbiq etishdan iborat. Yordamchi maktabda
o ‘quvchilami moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatni, kasbni asosli
tarzda tanlashi o ‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar tomonidan chuqur
anglab olinishi kerak. Ba’zan tarbiyaning turmush bilan bog‘liqligini tarbiyaviy
ish hamda yordamchi maktab
0
‘quvchilarining unumli mehnati o‘rtasida aloqa
o‘matishdangina iborat deb qaraladi. Ammo hayot unumli mehnatga qaraganda
ancha kengroq va mazmunliroq tushunchadir. Yordamchi maktab o‘quvchilarini
mehnat faoliyatining xilma-xil shakllariga jalb etayotganda bu narsani
0
‘quvchilar
jamiyatga xizmat qilish maktabi, moddiy va m a’naviy m o‘l-ko‘lligi uchun
133
umumxalq kurashining tarkibiy qismi deb idrok etishlari hamda g‘amxo‘rlik
qilishlari kerak. Qilinayotgan barcha tarbiyaviy tadbirlar hayotiy, ya’ni aqli
zaif bolalar bilan ular eshitgan, ko'rgan narsalarga asoslangan tarzda olib
borilsa yaxshi samara beradi. Aks holda o ‘tkazilgan tadbirlar bolalar uchun
tushunarsiz narsa bo‘lib qolishi mumkin.
Yordamchi maktab o'quvchilarini jam oada jam oa orqali va jam oa uchun
tarbiyalash tamoyili ham o ‘ziga xos o'ringa ega. Bu tamoyil tarbiya tizimining
jamiyat talablaridan kelib chiqadigan tamoyillaridan biri bo‘lib, uning tabiati
ishlab chiqarish vositalariga munosabat, o ‘rtoqlarcha hamkorlik va o ‘zaro
yordam munosabatlari bilan xarakterlanadi.
Jam oa shunday m ashq maydonidirki, unda shaxsning xilma-xil fazilatlari
mashq qilinadi va shakllanib boradi. Bizning pedagogikamiz ikki tomonlama:
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi pedagogikasidan farqli uyushtirilgan korreksion
pedagogik jarayonni afzal ko‘radi. Birgalikda, bir maqsadni ko‘zlab tashkil
etilgan jam oa harakatlarida insonga nisbatan m um kin qadar k o ‘proq
talabchanlik qilish, lekin shu bilan birga unga mumkin qadar ko‘proq hurmat,
mehribonlik bilan qarash kerak.
Shu tamoyilga amal qilib, yordamchi maktab o ‘qituvchilari o ‘quvchilar
bilan m unosabatlarning shunday uslubi va tarzini tanlaydiki, aqli zaif
o ‘quvchilaming ruhini tushirmaydi, balki ulaming kuchiga ishonch, erkinlik
beradi. Bu uslub ijobiy harakatlar va xulq-atvorga undaydi, o ‘z qadr-qimmati
va o ‘z xulq-atvori uchun mas’uliyat tuyg‘usini singdiradi. T im oq orasidan
kir qidirish, ikir-chikir gaplarga berilish bilan aloqasi bo‘lmagan talabchanlik
insonga nisbatan eng oliy hurm atdir. M um toz pedagoglar ta ’biri bilan
a y tg a n d a , in son g a ish o n ib y o n d a sh ish kerak, b u n d a h a tto ayrim
tavakkalchilikka ham yo‘l qo ‘yish m umkin. Pedagog o ‘quvchida ijobiy
fazilatlami tarbiyalashni nazarda tutib va shunga tayanib, ishonchga asoslanib,
insonni o ‘z-o‘zini tarbiyalash bilan shug‘ullanish ruhida tarbiyalaydi.
Tarbiyaviy ta ’sim ing izchilligi, sistemaliligi, yaxlitligi va uzluksizligi
tam oyili ham tarbiyaviy tad b irlarn in g sam arad o r bo 'lish id a zaruriy
tamoyillardandir. Bu tamoyillaiga amal qilish pedagogika tizimini shunday
qurishni taqozo etadiki, uning tarbiyaviy qismlari va elementlari bir-biri
bilan yonma-yon bo ‘lmasdan, yaxlit birlikni tashkil etishi kerak. Pedagogik
ta’siming biror tizimga ega emasligj tarbiyaviy ishga tamomila ziddir. Yordamchi
maktab o ‘quvchilariga nisbatan talablaming turlichaligi tarbiyaga ko‘p zarar
yetkazadi. Afsuski, amalda ko'pincha shunday bo'ladiki, aqli zaif o ‘quvchilar
oilada maktab tashabbusini qo‘llab-quwatlashi u yoqda tursin, balki qarama-
qarshi ta ’sir ko‘rsatadi. Ba’zan o ‘qituvchilar orasida ham talablar birligi
ta’minlanmaydi. Tarbiya ko‘plab kishilar ishtirok etadigan, uzoq muddatli
jarayondir. Shu sababli ulaming ishida izchillikka erishish, davomiylikka rioya
qilish, aqli zaif o ‘quvchilarning tarbiyalanish darajasini, yaqin oradagi
rivojlanish zonasini o ‘z vaqtida aniqlash nihoyatda muhimdir.
134
Yordamchi maktablardagi o'ziga xos tarbiyaviy tamoyillardan yana biri
maktab o ‘quvchilarining yosh va individual xususiyatlarini e ’tiborga olishdir.
Bu tamoyUni amalga oshirish
0
‘quvchilar faoliyatining mazmun va shakllarini
ulaming yoshi, hayotiy tajribasi, kuchi va imkoniyatlariga muvofiqlashtirishni
talab etadi. Ayni vaqtda har bir bola — bu o ‘ziga xos alohida dunyo. Shu
sababli tarbiya jarayoni ta’lim jarayoniga qaraganda ham ancha individual
bo‘lishi kerak. Agar o ‘qituvchi muayyan paytdagi talab va qiziqishlarga tayanib,
ulami xulq-atvor va faoliyat motivlarining hal qiluvchi negizi bo‘lgan yangi
talablar va yangi qiziqishlami vujudga keltiradigan shakl va usullarini topa
olsa, bu maqsadga erishishi mumkin bo ‘ladi. Aqli zaif bolalar bilan ish olib
Do'stlaringiz bilan baham: |