Sakrab zarba berishning tayyorlov fazasida depsingandan keyin
zarba berishga chog’lanish uchun gavda frontal tekislikda nishonga
qarshi tomonga engashtiriladi. Zarba berish harakati oldin cho’zilgan
mushaklarni keskin qisqartirish hisobiga bajariladi. Zarba sakrashning
eng yuqori nuqtasida beriladi (23-rasm).
Yiqila turib to’pga kalla bilan zarba berish harakatlari kalla bilan
zarba berishdagi yuqorida tasvirlangan harakatlardan butunlay farq
qiladi (24-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: