zbekiston respublikasioliy va rta maxsus ta'lim vazirligi


V ВОВ. JISMONIY TAYYORGARLIK



Download 10,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/266
Sana31.12.2021
Hajmi10,34 Mb.
#249805
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   266
Bog'liq
021futbolnazariyasivauslubiyatipdf

V ВОВ. JISMONIY TAYYORGARLIK
Jismoniy tayyorgarlik o’quv-trenirovka jarayonining muhim bo’limi 
hisoblanadi. 
Jismoniy 
tayyorgarlik 
organizmning 
funksional 
imkoniyatlari  umumiy  darajasini  oshirish,  har  tomonlama  jismoniy 
rivojlantirish,  sog’liqni  mustahkamlash  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lgan 
jismoniy  qobiliyatlami  tarbiyalash  jarayonidir.  Jismoniy  tayyorgarlik 
umumiy  va  maxsus  tayyorgarlikka  boMinadi.  0 ’quv-trenirovka  ishida 
umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vazifalari uzviy bog’liqdir.
Futbolchilaming 
umumiy 
jismoniy 
tayyorgarligi 
jismoniy 
qobiliyatlarini  har  tomonlama  tarbiyalash,  umumiy  ish  qobiliyatini 
oshirish  vazifalarini  hal  qiladi.  Umumrivojlantiruvchi  mashqlar  va 
shug’ullanuvchilar  organizmiga  umumiy  ta’sir  krsatuvchi  sportning 
boshqa  turlaridan  olingan  mashqlar  bunda  asosiy  vositalar  sifatida 
qllaniladi. 
Bunda 
mushak 
paylarining 
rivojlanishi 
va 
mustahkamlanishiga, 
ichki 
a’zo 
va 
tizimlar 
funksiyasining 
takomillashishiga,  harakatlar koordinasiyasi  va harakat sifatlari umumiy 
darajasining oshirilishiga erishiladi.
Umumiy 
jismoniy 
tayyorgarlikni 
oshirish 
maqsadida 
qoMlaniladigan  ko’pgina  mashqlar  organizmga  har  tomonlama  ta’sir 
ko’rsatadi,  ayni  chog’da  ulaming  har  biri  u  yoki  bu  sifatlami  ko’proq 
rivojlantirishga qaratilgan boMadi.  Jumladan,  baland-past joylarda uzoq 
muddat  yugurish  ko’proq  chidamlilikni,  qisqa  masofalarda  jadal 
yugurish esa tezlikni rivojlantirishga, gimnastika mashqlari chaqqonlikni 
o’stirishga qaratilgandir.  Bu mashqlar  mashg’ulotning tarkibiy  qismiga, 
ulardan ba’zilari esa ertalabki mashulotga kiritiladi.
Maxsus  jismoniy  tayyorgarlikning  maqsadi  -   futbolchi  uchungina 
xos  boMgan jismoniy  sifatlar va funksional  imkoniyatlami  rivojlantirish 
hamda takomillashtirishdan iboratdir.
Futbolchilaming  faoliyati  bajarayotgan  harakati  intensivligining 
doim  o’zgarib  turishi  bilan  ifodalanadi.  Mushaklar  ishining  yuksak 
intensivligi  faollikning  pasayishi  va  nisbatan  tinch  holatga  o ’tish  bilan 
almashib  turadi.  Jadal  yugurish,  ilgari  tashlanish,  sakrashlar  yengil 
yugurish, yurish, txtash bilan almashinadi,  harakat yo’nalishi,  maromi 
va sur’ati o’zgarib turadi.  Bunday faoliyat muayyan jismoniy yuklamani 
amalga  oshirish  bilan  bogMiq  boMib,  vegetativ  jarayonlar,  birinchi 
navbatda,  modda  almashinuvi,  nafas  olish  va  qon  aylanishidagi  jiddiy 
funksional o’zgarishlar bilan davom etadi.
140


Biroq  futbolchilarning  o’yin  faoliyati  faqat  sakrash,  yugurish  va 
yurishdan  iborat  emasligini  ham  hisobga  olish  kerak.  Futbolchilar 
harakati  anchagina murakkab.  Yakkama-yakka qattiq  kurash  sharoitida, 
eng  katta  tezlikda  va  uzoq  vaqt  davomida  g’ayri  tabiiy  (sirpanish, 
sakrash,  bir  oyoqqa  tayangan  holda)  bo’lish  fiitbolchiga  ayni  paytda 
murakkab  taktik  vazifani  xal  qilgan  xolda  to’pni  samarali  egallab 
olishga  monelik  qilmasligi  kerak.  Futbolchilar  to’pni  qanchalik  yaxshi 
olib  yursalar,  maydonda  qanchalik  o’ylab  ish  tutib  harakat  qilsalar, 
futbol  tomosha  sifatida  shuncha  qiziharli  bo’ladi.  Shuning  uchun 
fiitbolchilaming  jismoniy  tayyorgarligi  ulaming  o’yin  faoliyati 
harakatini  hisobga  olgan  holda  shunday  tashkil  qilinishi  kerakki,  bu 
ulaming  texnik  va  taktik  mahoratini  takomillashtirish  uchun  asos 
bo’lsin.
Ko’proq  muayyan  jismoniy  sifatlami  rivojlantirishga  qaratilgan 
maxsus  mashqlar yordamida yo’l-yo’lakay  ayrim  texnik  usullar  ijrosini 
takomillashtirish  mumkin.  Buning  uchun,  odatda,  bajarish  xarakteri  va 
tuzilishiga  ko’ra  u  yoki  bu  texnik  usul  yoxud  uning  alohida 
elementlariga xshash blgan maxsus mashqlar qoMlaniladi.
Jismoniy  tayyorgarlik  mashg’ulotlarida  ko’proq  takroriy,  oralatib 
tka-ziladigan,  zgaruvchan,  o’yin  va  musobaqa  uslublari  qllanib 
turadi.
Yillik trenirovka siklida awal  umumiy jismoniy tayyorgarlik, keyin 
shu asosda maxsus jismoniy tayyorgarlik ko’rish tavsiya qilinadi. Futbol 
bilan  ko’p  yil  shug’ullanish  mobaynida  umumiy  va  maxsus  jismoniy 
tayyorgarlik  nisbati,  shuningdek,  ulaming  muayyan  mazmuni,  sport 
mahoratini  o’stirish  yuzasidan  maxsus  tayyorgarlik  salmog’i  asta-sekin 
ortib borish tomon o ’zgartirilayotir. Futbolchilaming umumiy va maxsus 
jismoniy  tayyorgarligida  kuch,  tezkorlik,  chaqqonlik,  epchillik  asosiy 
o’rin  tutadi.  Ayni  shu  jismoniy  sifatlar  futbol-chilaming  harakat 
imkoniyatlari darajasini ifodalaydi.
Jismoniy  sifatlami  tarbiyalash  yagona  trenirovka  jarayonining  bir 
qismidir.  Futbolchilaming  jismoniy  tayyorgarligini  takomillashtirish 
uslubiyatini  qarab  chihar  ekanmiz,  bunda  biz,  awalo,  jismoniy 
fazilatlami tarbiyalash uslublarini nazarda tutamiz.

Download 10,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish