NAZORAT SAVOLLARI:
1. Nima uchun urushdan kеyingi 50-yillarda totalitar rеjim kuchaydi?
2. Siyosiy qatog„onliklarning yangi to„lqinida kimlar qurbon bo„ldi?
3. 1946-1960 - yillarda O„zbеkiston xalq xo„jaligi qanday rivojlangan?
4. O„zbekiston sanoatida qanday siyosat olib borildi?
5. O„zbekiston qishloq xo„jaligida qanday o„zgarishlar sodir bo„ldi?
6. O„zbеkiston ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida qarama-qarshiliklar qay
tariqa paydo bo„ldi?
7. O„zbеkistonning 1985-1991 - yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli qanday
bo„lgan?
8. Milliy tuyg„u, o„z-o„zini anglash, an'analarni tiklash harakatlari qachondan
boshlandi?
9. Qachon SSSR inqirozga uchradi va yеmirildi?
TESTLAR
1. 1990 yilning martida ...
~A) I.A.Karimov O'zbekiston FA umumiy yig`ilishida nutq so'zladi
~B) O'zbekiston xalq ta'limini isloh qilish boshlandi
~C) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimi ta'sis etildi
~D) Turkiy tilli davlatlarning Stambul uchrashuvi bo'lib o'tdi
~E)
{C}
2. O`zbekiston Prezidentlik lavozimi qachon, qaysi hokimyat organi
tomonidan ta‟sis etildi?
~
A) 1989-yil 28-iyunda, O`zbekiston Kompartiyasi MKning qaroriga asosan
~B) 1990-yil 24-martda Oliy Kengash qaroriga asosan
~C) 1990-yil 20-iyunda Oliy Kengash Rayosati qaroriga asosan
~D) 1990-yil 24-fevralda Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan
118
~E) 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash Qonuniga asosan
{B}
3. I.Karimov qaysi hujjatga muvofiq 1991-yil 29-dekabrdan O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblanadi?
~A) saylov natijalariga ko'ra Vazirlar Mahkamasining qarori bilan
~B) Markaziy saylov komissiyasi raisining qaroriga muvofiq
~C) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'grisidagi qonunning 35-
moddasiga asosan
~D) O'zbekiston konstituciyasiga muvofiq
~E)
{C}
4. Qaysi adiblar 1951 yilda "Sovetlarga qarshi millatchilik faoliyatida"
ayblanib, nohaq qamoqka olingan edilar?
~A) Maqsud Shayxzoda va Mirmuxsin
~B) Shukrullo Yusupov va Izzat Sultonov, E.Vohidov
~C) Izzat Sultonov va Mirmuxsin
~D) Maqsud Shayxzoda va Shukrullo Yusupov. A.Oripov
~E) Mirtemir va Turob To‟la
{A}
5. 1966 yil aprelda Toshkent shahrida qanday tabiiy ofat sodir bo‟ldi?
~A) Anxor suvi toshib, shaharning yarmi suv ostida qoldi
~B) Qattiq zilzila bo‟lib, ko‟pgina imoratlar vayron bo‟ldi
~C) Bir oy davomida qor yog‟ib shaharda harakat butunlay to‟xtadi
~D) Yog‟ingarchilik bo‟lmay, qattiq qurg‟oqchilik bo‟ldi
~E) Xech qanday tabiiy ofat bo‟lmadi
{B}
119
12-Mavzu: O‟zbekiston davlat mustaqilligining qo‟lga kiritilishi. Huquqiy
demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish
Reja:
1.O„zbekiston Mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
2.Demokratik huquqiy davlatning barpo etilishi.
3.Fuqarolik jamiyat asoslarining yuzaga kelishi.
I
O„zbekiston mustaqillikka erishganidan song kun tartibida jahon
andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub
islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkam laydigan huquqiy
tizimni vujudga keltirish vazifasi turardi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos
ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi
jamiyat manfatlariga mos kelmas edi. O„zbekiston o„z rivojlanishida qo„ygan
asosiy maqsadi-bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat va fuqarolik
jamiyat asoslarini barpo etishdir.
E'lon qilingan maqsadlarga avvalgi tuzumni tubdan buzib tashlamasdan,
otmish odatlaridan voz kechmasdan erishib bolmasdi. Shu tufayli o„z maqsadiga
erishish uchun biz quyidagi asosiy vazifalarni hal etishimiz lozim edi:
l. Eski ma'muriy-buyruqboziik tizimini, unga muvofiq bo„lgan hokimiyat va
boshqaruv organlarini tugatish.
2. Yangi davlatchilikning siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini
yaratish. O„zbekiston o„z taraqqiyot yolini, avvalo, mamlakatda yaratilayotgan
jamiyat qanday mazmun kasb etishga e'tibor berdi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fikriga ko„ra:
«Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyat bunyod etish-bosh
vazifadir.
O„zbekistonda yangi demokratik davlatni barpo qilish rejalarini ishlab
chiqishda O„zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning hissasi katta. O„z asarlarida u
demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini chuqur tahlil qildi. Masalan,
«O„zbekiston - o„z istiqlol va taraqqiyot yo„li» (1992); «O„zbekiston -bozor
iqtisodiyotiga o„tishning o„ziga xos yo„li» (1993); «O„zbekiston iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish yo„lida» (1995); «O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» (1997);
«O„zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999) va boshqalar. Ushbu asarlarida
O„zbekiston istiqlolining ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan
organilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma'naviy
poklanishning asosiy yol-yoriqlari yangicha mushoxada va yondashuv bilan
korsatib berildi.
Yangi siyosiy, iqtisodiy tizimni barpo qilishda, yangi davlatni tashkil etishda
asosiy vazifalardan biri uning huquqiy poydevorini yaratishdir. Har bir suveren
davlatning huquqiy asoslaridan biri, uning asosiy Qonuni-Konstitutsiyasi
hisoblanadi.
O„zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g„oyasi 1990-yil 20-iyunda
"Mustaqillik deklaratsiyasi"ning qabul qilinishi munosabati bilan ilgari surilgan
120
edi. Buning uchun Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat
Konstitutsiya loyihasini tayyorlash boyicha komissiya tuzilgan edi.
1991-yil oktyabr-noyabrda Konstitutsiya loyihasining birinchi varianti
tayyorlandi. Ammo 1991-yil 31 -avgustda O„zbekiston Mustaqilligi e'lon qilinishi
bilan, vaziyat o„zgarib loyihaning ikkinchi varianti ustida ish boshlandi. 1992-yil
bahorida loyihaning 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi va shu
yilning 26-sentyabrida umumxalq muhohamasi uchun matbuotda e'lon qilindi.
Tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olib, Konstitutsiyaviy komissiya loyihani
qaytadan tuzib, 1992-yil 21 -noyabrda muhohamani davom ettirish uchun ikkinchi
marotaba matbuotda e'lon qildi.
1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining XI sessiyasida «O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» qabul
qilindi. U 128 moddadan, 6 bolimdan iborat edi. Faqat milliy istiqlol, davlat
mustaqilligiga erishish tufayli O„zbekistonning tamomila yangi, inson
manfaatlarini,
haq-huquqlarini
himoya
qiluvchi
chinaham
demokratik
Konstitutsiyasini yaratishga tarixiy imkoniyat vujudga keldi.
O„zbekiston Konstitutsiyasi quyidagi tamoyillarga tayanadi;
Davlat suvereniteti;
Xalq hokimiyatchiligi;
Fuqarolar huquqlari va erkinliklari;
Davlat hokimiyatining bo„linishi;
Mahalliy o„z-o„zini boshqarishi.
O„zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida
katta ahamiyatga ega bo„lgan voqea bo„ldi. U mamlakatda huquqiy, siyosiy,
iqtisodiy islohotlar uchun asos bo„ldi. Konstitutsiya barqarorligini va uzoq muddat
amal
qilishini ta'minlash maqsadida Konstitutsiyaga o„zgartirishlar va
qo„shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Demokratik
huquqiy
davlatni
tuzish
uchun
eng
avvalo
davlat
boshqaruvining hozirgi zamonaviy tizimini shakllantirish talab qilinadi. Davlat
boshqaruvi xususida tuzilayotgan tizimning asosi prezident boshqaruvi bo„ldi.
Prezidentlik boshqaruvi, mustaqil davlat va respublikadagi ijrochi hokimiyatning
boshlig„i bolmish Prezidentning haq-huquqlari va vakolatlari Prezidentni
umumxalq tomondan saylanishida tasdiqlanadi (Konstitutsiya, XIX bob, 89-90
modda).
Konstitutsiyaga kora, O„zbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati
Prezidentlik hokimiyati va Vazirlar Mahkamasidan iborat Respublika Prezidenti
qoshida ijro etuvchi hokimiyat devoni tuzilgan bo„lib, unga Prezident rahbarlik
qiladi. Vazirlar Mahkamasi Prezident tomonidan tuzilib, parlament tomonidan
tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi 1990-yil noyabrda tashkil topib, mustaqillikka
erishgandan song davlat mustaqilligini ta'minlovchi organlardan iborat: Mudofaa
Vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki Ishlar Vazirligi, davlat bojxona va soliq
qomitasi, shuningdek tashqi aloqalarni ta'minlovchi organlar vujudga keldi: Tashqi
ishlar Vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan
shug„ullanuvchi Milliy Bank, Iqtisodiy rivojlanishni ta'minlovchi organlar: Davlat
121
statistika qomitasi, Respublika ulgurji va birja savdosi aktsionerlik assotsiatsiyasi,
Respublika xomashyo birjasi, Moliya Vazirligi va boshqalar.
Ijro etish hokimiyatining faoliyati parlament tomonidan qabul qilingan
qonunlar bilan belgilanadi. Huquqiy demokratik davlatning asosoiy tamoyillaridan
biri-Qonun ustuvorligidir. Demokratik jamiyat hayotida qonunning o„rni beqiyos.
Qonunlarning sifati ularni qabul qilayotgan parlament a'zolariga bog„liq. Ma'lumki,
1990-yil 18-fevralda O„zbekiston Oliy Kengashining navbatdagi yangi tarkibi
saylandi va u 1990-1994-yillarda faoliyat korsatdi, Oliy Kengash sovet davrining
koldigi bo„lib, shu bilan birga O„zbekistonning mustaqilligini ta'minlashda yangi
qonunchilik tizimini vujudga keltirishda muhim rol oynadi. Oliy Kengash
mamlakatimiz tarixida birinchi bor Prezidentni sayladi: «Mustaqillik
Deklaratsiyasi»ni, «Davlat mustaqilligi asoslari tog„risida» qonunni, O„zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyani ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990-1994-yillarda Oliy
Kengash 200ga yaqin qonun, 500dan ziyod qaror qabul qildi. Ammo yangi
demokratik davlat, Fuqarolik jamiyatini barpo qilish uchun yangi turdagi, zamon
talabiga javob beradigan parlamentni tashkil qilish kerak edi.
1993-yil 28-dekabrda bo„lib otgan Respublika Oliy Kengashining XIV
sessiyasida «O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar tog„risida»; 1994-
yil 22-sentyabrda bo„lib otgan XVI sessiyada «O„zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi tog„risida» Qonunlar qabul qilindi.
1994-yil 25-dekabrda yangi parlamentga-Oliy Majlisga saylov bo„lib otgan
edi. Birinchi marta bu saylov, Konstitutsiya talabiga kora, (Konstitutsiya; 77
modda) ko„ppartiyaviylik asosida otkazildi. Saylovda ikki partiya, Xalq-
demokratik partiyasi va «Vatan taraqqiyoti» partiyalari ishtirok etishdi.
Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Bu yangi parlamentni demokratik yol
bilan shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo„ldi. Oliy Majlis
ozining shakllanishi, faoliyat korsatishi, ish yuritish tartiblari bilan avvalgi Oliy
Kengashdan farq qiluvchi Oliy davlat o„rganidir:
1. Oliy Majlis deputatlar saylovi ko„ppartiyaviylik va muqobillik asosida
o„tkazildi.
2. Saylovlar tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil
sifatida rad etildi.
3. Oliy Majlis doimiy amal qiluvchi parlament sifatida faoliyat
yuritmoqda, ya'ni deputatlarning bir qismi parlament tarkibida doimiy
ishlamoqda.
O„tgan yillar mobaynida erishgan yutuqlar bilan birga yangi-yangi
muammolar vujudga keldi. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
aytganidek: «Qonunchilik faoliyatimizdagi hamchiliklarni tanqidiy baholab,
bartaraf etish, qonunlarimizning mukammal va izchil bolishiga erishmog„imiz va
eng muhimi, barcha huquqiy davlatlar qatorida qonun asosida yashashni
organishimiz zarur. Shu bilan birga, qonunchilik va meyoriy asoslarni
shakllantirish jamiyatni ozgartirish va isloh qilish jarayonidan oldinroq yurishi
kerak». Shuni tan olishimiz kerakki:
1. Aholimizning siyosiy faolligi hali zamon talablari darajasida emas, balki
eski andozalardan toliq qutula olmadik.
122
2. Siyosiy partiyalar va harakatlar jamiyatimizning turli sohalarida oziga
munosib orin egallab olishmagan. Buning uchun ular aniq maqsadlariga, puxta
ishlab chiqilgan dasturlarga ega bolish lozim.
3. OAV shu paytgacha demokratik qadriyatlarni himoya qiladigan, davlat va
mansabdor shaxslarning faoliyatini nazorat qiluvchi tortinchi hokimiyatga
aylanmagan.
Bu va boshqa dolzarb muammolarni yechish uchun oldimizda quyidagi
vazifalar turibdi: a. Jamiyat va davlatning turli sohalarini yanada erkinlashtirish; b.
aholining siyosiy madaniyatini, siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda manfaatlar va
qarama-qarshi kuchlar o„rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmni
shakllantirish.
Bu vazifalarni bajarish uchun Oliy Majlisning qonunchilik faoliyatini
takomillashtirish zarur edi. 2002-yil 27-yanvar kuni O„zbekistonda o„tkazilgan
umumxalq referendumi natijasida siyosiy tizimni takomillashtirish masalasi hal
qilindi, ya'ni ikki palatali Oliy Majlisga otish va Prezident vakolatlarini 5-yildan 7-
yilga ozgartirishga qaror qilindi.
Referendum natijasiga tayanib ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X
sessiyasida «O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi
tog„risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar asosida O„zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga ozgartirishlar kiritildi (Konstitutsiya: XVIII-XX:
XXIII boblar). 2004-yil 26-dekabrda ikki palatali Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasiga saylov bo„lib otgan. Unda beshta partiya (XDP: «Adolat»: «Milliy
tiklanish»: «Fidokorlar»: Lib.DP)ishtirok etgan.
Ikki palatali Oliy Majlisga bo„lgan saylovdan quyidagi xulosa kelib chiqadi:
-saylovlar biz uchun chinaham demokratiya maktabi, xalqimizning siyosiy
saviyasini oshirish uchun sinov bo„lgan;
-ikki palatali parlamentga saylovlar o„tkazish tizimi va jarayonining o„zi
mavjud siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari faolligi va mas'uliyatining ortishiga
olib keldi;
-saylovlar saylovchilarning siyosiy va fuqarolik saviyasining yetukligini
namoyon qildi;
O„zbekistonda ikki palatali parlamentni shakllantirishdan kozlangan
maqsadlar quyidagidan iborat:
-parlament o„z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli
va puxta qonunlar, qarorlar qabul qilinishi uchun zarur bo„lgan o„zaro muvozanat
va cheklovlar tizimini yaratish;
-parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish;
-siyosiy partiyalarning faolligini, jamiyatdagi tutgan o„rini oshirish uchun;
-senat tarkibining asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan
iborat bolishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va
hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish;
-aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki qolami va
faolligini yanada kengaytirish. Markaziy hokimiyat organlarini isloh qilish bilan
birga yangi mahalliy hokimiyat tizimi tashkil etildi, ya'ni viloyat, tuman, shaharlar
tarkibidagi tumanlar, shahar, qishloq doirasidagi hokimiyat muassasalari tuzildi.
123
Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy
hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
(XXI bob) «Mahalliy davlat hokimiyat tog„risida»gi qonun (1993-yil sentyabr),
«Fuqarolarning o„zini-o„zi boshqarish idoralari haqida»gi qonun (1993-yil
sentyabr), «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar
tog„risida»gi qonun (1994-yil may) kabilar muhim orin egallaydi. Shu qonunlarga
tayanib viloyat, shahar va tumanlarda hokim lavozimi ta'sis etildi. Viloyat, tuman,
shahar hokimi mahalliy hududni oliy mansabdor shaxs sifatida tegishli hudud
ijroiya hokimiyatni boshqaradi.
O„rta Osiyoda kishilarning hayoti mahallada otib boradi. O„zbekistonda o„z-
o„zini boshqarish organlarining asosiy elementi fuqarolarning yig„inlari
hisoblanadi. Mahalla esa o„zini-o„zi boshqarishning asosiy bog„inidir. Mahallada
har bir kishining taqdiri, orzu-umidi, hayotga va odamlarga munosabati qat'iy
nazoratda turadi. Shu bilan birga mahallachilik uzoq an'analarga va xalqimiz
tarixiga, uning boy ma'naviy-axloqiy udumlariga bog„liq bo„lgan ulkan hayot
maktabidir. Demokratik davlatni qurishda sud hokimiyati muhim o„rin egallaydi.
Faqat odil sudlov tizimi mavjud bo„lsa, jamiyatdagi tartib, intizom, barqarorlik,
qonunga bo„lgan ishonch, hurmat mavjud bo„ladi. Shuning uchun Mustaqillik
yillarida sud islohotlarini izchillik bilan o„tkazishga alohida e'tibor berildi.
O„zbekiston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi, Oliy Sudi, Oliy xo„jalik Sudi,
Qoraqalpog„iston Respublikasining Oliy sudi, xo„jalik sudi, viloyat sudlari,
Toshkent shahar sudi, tuman, shahar xo„jalik sudlaridan iborat (Konstitutsiya XXII
bob). Sud tizimini isloh qilish uchun bir qator qonunlar qabul qilingan: «Sudlar
to„g„risida»gi qonun (1993, sentyabr), «Jatniyat kodeksi» va «Jamiyat-ijroiya
kodeksi» (1996-yil dekabr). O„zbekistonda mustaqillik yillari davomida
o„tkazilgan siyosiy, sud islohotlari yangi demokratik davlat poydevorini qurish
imkonini berdi.
III
O„zbekiston demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan, fuqarolik jamiyat
asoslarini qurishga intilmoqda. Buning ma'nosi shuki, boshqaruvning turli xil
vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, o„zini-o„zi boshqarish o„rganlari rivojlanib
boradi. «Fuqarolik jamiyati» va «jamiyat» tushunchalari aynan bir narsa emas.
Jamiyat- bu kishilar umumiyligi, davlatning barcha belgilarini ham o„z ichiga
oladigan birligi. «Fuqarolik jamiyati» -bu jamiyatning bir qismi bo„lib,
hokimiyatning davlat o„rganlari va boshqaruvidan tashqari qismidir. Fuqarolik
jamiyatning yetuklik darajasi fuqarolarning siyosiy va jamoat tashkilotlariga
birlashish darajasi, siyosiy va jamoat tashkilotlarining ta'siri va taraqqiyot darajasi
bilan belgilanadi. «Fuqarolik jamiyati, -deb yozadi I.A. Karimov, -ijtimoiy makon.
Bu makonda qonun ustuvor bo„lib, u insonning o„zini-o„zi hamol toptirishiga
mone'lik qilmaydi, aksincha, yordam beradi».
Fuqarolik jamiyati huquqiy davlatga asoslanib, shakllanadi va rivojlanadi.
Faqat inson huquqlari va erkinligi ta'minlangan va kafolatlangan holda fuqarolik
jamiyati shakllanadi. Huquqiy demokratik jamiyatni barpo etish aholining siyosiy
124
faolligi va siyosiy madaniyati, odamlarning yangi demokratik qadriyatlarni idrok
etish masalalari bilan bog„liq. Shu jihatdan, fuqarolik jamiyatning asosiy
belgilaridan biri-ko„p partiyaviylik. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va
ularning faoliyati demokratik jamiyat uchun zarur bo„lgan siyosiy muxolifatni
shakllantirdi.
«Shuni yaxshi uqib olishimiz kerak, -degan edi I.A.Karimov. - Jamiyatimiz
tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan, kuchli ommaviy, jamoat birlashmalari
bolmas ekan, davlat hokimiyatning barcha bog„inlarida o„zboshimchalik,
volyuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining komiptsiyasi singari
illatlar bo„lmasligiga jiddiy kafolat ham bolmaydi». Mamlakatimizda siyosiy
partiyalar, jamoat tashkilotlari vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy
asoslar yaratildi: «O„zbekistonda jamoat tashkilotlari tog„risida» (1991-yil 15-
fevral), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tog„risida» (1998-yil 28-aprel),
«Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari tog„risida» (1992-yil
2-iyul), «Siyosiy partiyalar tog„risida» (1996-yil dekabr)gi Qonunlari. Nodavlat,
jamoat tashkilotlari orasida eng muhim rolni siyosiy partiyalar oynaydi.
Partiya-tashkiliy-siyosiy kuch bo„lib, o„zida ma'lum masala xususida
jamiyat fikrini jamlovchi va biror muammoni echish uchun hokimiyatda ishtirok
etish yoki unga ta'sir o„tkazish maqsadini o„z oldiga qo„ygan, bir xil siyosiy
qarashga ega bo„lgan insonlarni o„zida jam qiladi. Konstitutsiyamiz
ko„ppartiyaviylik tizimini qonun bilan mustahkamlab qo„ygan (Konstitutsiya: 60-
modda).
O„zbekistonda 4 siyosiy partiya faoliyat ko„rsatmoqda. 1991-yil 1-noyabrda
O„zbekiston Xalq demokratik partiyasining (XDP) ta'sis kengashi bo„lib otdi. XDP
«O„zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari hamda «Muloqot» jurnali
nashr etmoqda. 1992-yil 24-mayida «Vatan taraqqiyoti» partiyasining ta'sis
qurultoyi o„tkazilib, unda partiya dasturi va nizom qabul qilingan, «Vatan»
gazetasini nashr etgan.
1995-yil 18-fevralda «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining ta'sis
qurultoyi bo„lib o„tdi. Unda Dastur va Nizom tasdiqlandi, «Adolat» nomli xaftalik
gazetani nashr etadi. 1995-yil 3-iyun kuni «Milliy tiklanish» demokratik
partiyasining ta'sis qurultoyi bo„lib o„tdi, unda Dastur va Nizomi qabul qilindi.
«Milliy tiklanish» gazetasi nashr etildi. 1998-yil 28-dekabrda «Fidokorlar» Milliy
demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo„lib o„tdi, unda Dastur va Nizomi qabul
qilindi. «Fidokor» gazetasi nashr etildi.
2003-yil 15-noyabrda Liberal-demokratik partiyasining ta'sis majlisi bo„lib
otdi. U tadbirkorlar va ishbilarmonlarni birlashtiruvchi partiya bo„lib,
O„zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlantirishda muhim rol oynashga
qaratilgan. Partiya «XXI asr» gazetsiani nashr etadi.
2017-yil 30-iyunda Komolot yoshlar harakati tugatilib o`rniga O`zbekistn
yoshlar ittifoqi tashkil etildi.
2016-yil 4-dekabrda Prezidentlik saylovida Liberal-demokratik partiyasidan
Sh.M. Mirziyoyev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
125
2017- yil 7-fevralda 2017−2021 yillarda O„zbekistonni rivojlantirish
harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo„nalishi ishlab chiqildi va amalga
oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |