Gumanitar fanlar



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana30.10.2019
Hajmi0,97 Mb.
#24648
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ozbekiston tarixi fanidan oquv uslubiy qollanma


 
 
  Tayanch  atamalar  va  iboralar  izohi:    -  Vermaxt  (nem.)  -  fashistlar 
Germaniyasining qurolli kuchlari. - Gvardiya (it.) - davlatning eng ishongan, saralangan 
askarlar qismi. -Soldat   (nem.)  -  yollanma askar.  -  Fashizm  (it.)  -  birlashma,  to„da. 
XX  asrning  birinchi  yarmida  Italiya,  Germaniya  kabi  mamlakatlarda  vujudga 
kelgan tajovuzkor siyosiy guruh. Uning mafkuraviy asosida irqchilik, zo„ravonlik, 
shovinizm yotgan. 
 
 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.O„rta Osiyoda milliy  - hududiy chеgaralanish qachon, qanday o„tkazildi? 
2.O„zbеkiston SSR qachon tashkil topdi? 
3.O„zbеkistondagi iqtisodiy ahvol qanday bo„lgan? 
4.O„lkani sanoatlashtirish ishlari qanday olib borildi? 
5.Yеr-suv islohoti va qishloq xo„jaligini jamoalashtirish siyosati qanday o„tkazildi? 
6.O„zbеkiston madaniy hayotidagi qaramlik qanday oqibatlarga olib keldi? 
7.Madaniy hayotda qanday islohotlar o„tkazildi? 
8.Sovеt hokimiyatining o„lkamiz da yuritgan qatag„onlik siyosati qanday 
oqibatlarga olib keldi? 
9.Qaysi yillardan qonun va inson huquqlari poymol etila boshlandi? 
10.Urushning bоshlаnishidа qаndаy vаzifаlаr bеlgilаb оlindi? 
11.Sаnоаtning qаysi tаrmоqlаrigа e`tibоr kuchаytirildi? 
12.Qishlоq хo„jаligini rivоjlаntirishdа qаndаy muаmmоlаr bоr edi? 
13.O„zbеkistоn Fаnlаr аkаdеmiyasi qаchоn tаshkil tоpgаn? 
14.Urush  yillаridа ijоd etgаn аdiblаrdаn kimlаrni bilаsiz? 
15.O„zbеkistоn frоntgа qаndаy hаrbiy kuchlаr jo„nаtdi? 
16.Urush  bo„lаyotgаn  hududlаrdаn  O„zbеkistоngа  qаndаy  kоrхоnаlаr  ko„chirib 
kеltirildi? 
17.Urush  yillаridа  O„zbеkistоn  frоntgа  qаysi  qishlоq  хo„jаlik  mаhsulоtlаrini 
еtkаzib bеrdi? 
 
 
 
 
 
 
 

110 
 
 
TESTLAR  
1. O‟rta Osiyo Davlat Universiteti qaysi yilda ochilgan? 
~A) 1917 yil 
~B) 1919 yil 
~C)  1918 yil 
~D) 1921 yil 
~E) 1922 yil 
{C} 
2. Qaysi davrga qadar Tojikiston ASSR O‟zbekiston SSR tarkibida bo‟lgan? 
~A) 1925 yilgacha 
~B) 1927 yilga kadar 
~C) 1929 yilgacha 
~D) 1930 yilgacha 
~E) 1991 yilgacha 
{C} 
3.1921  yilning  yozidan  boshlab  TASSRning  qaysi  viloyatlarida  er-suv 
islohatlari o‟tkazila boshladi? 
~A) Sirdaryo, Farg‟ona, Buxoro 
~B) Sirdaryo, Surxandaryo, Farg‟ona 
~C) Sirdaryo, Ettisuv, Buxoro 
~D) Sirdaryo, Farg‟ona, Samarqand 
~E) Sirdaryo, Xorazm, Samarqand 
{D} 
4. 1925 yil 13 fevralda Sovetlarning 1 umuiy o‟zbek qurultoyi ochildi. Unda 
~A) Buxoro Xalq Respublikasi O‟zbekiston tarkibiga kirdi 
~B) Xorazm Xalq respublikasida chegaralanishni boshlash to‟g‟risida qaror qabul 
qilindi 
~C)  O‟zbekiston  Sovet  Sotsialistik  Respublikasi  tuzilganligi  to‟g‟risida 
deklaratsiya qabul qilindi 
~D) O‟rta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishi to‟g‟risidagi masala ko‟rib chiqildi 
~E) Turkiston general-gubernatorligi Buxoro Xalq Respublikasi tarkibiga kirdi 
{C} 
5. “Qo‟shchi” ittifoqining arbobini aniqlang. 
~A) Fayzulla Xo‟jaev 
~B) Turor Risqulov 
~C) S. Xo‟jaev 
~D) Y. Oxunboboev 
~E) Abdurauf Fitrat 
{D} 
630-yillar qatag`onligi tufayli qatl qilingan O`zbekistonning atoqli davlat 
arbobi, hukumat raisi nomini ko`rsating? 
~A) Akmal Ikromov 
~B) Yo`ldosh Oxunboboyev 
~C) Nazir To`ralaqulov 
~D) Abdulla Raximboyev 

111 
 
~E) Fayzulla Xo`jaev 
{E} 
 
11-mavzu: Sovet xokimyatining  O‟zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy tadbirlarining mustamlakachilik mohiyati (1946-1989 yy.) 
O‟zbekiston mustaqillikka erishish yo‟lida(1989-1991yy) 
 
 Reja: 
1. Urushdan keyingi yillarda O„zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va 
madaniy hayoti. 
2. Siyosiy qatag„onliklarning yangi to„lqini. 
3. Respublikaning qaramligi va uning oqibatlari. 
 
 
Urushdan  keyingi  yillarda  Shorolar  hukumati  Kommunistik  partiya 
rahnamoligida  boshqa  mustamlaka  o„lkalari  qatori  O„zbekistonda  ham  ulug„ 
saltanatchilik,  shovinistik  va  milliy  zulm  siyosatini  yanada  avjiga  chiqardi. 
Natijada,  O„zbekiston    va  o„zbek  xalqi  ijtimoiy  hayotining  barcha  sohalarida 
o„zining  milliy  haq-huquqlari  hamsitildi.  Bu  hol  80-yillarning  ikkinchi  yarmida 
mamlakatda totalitar tuzumga qarshi harakatning asosiy sabablaridandir. 
O„zbekistonda  qurilgan  va  ma'lum  darajada  ahamiyatliroq  bo„lgan    sanoat 
korxonalarining ko„pchiligi batamom Markazga  bo„ysinar edi. Faqat 10 foizigina 
bevosita  O„zbekistonga  boysingan  va  respublika  iqtisodiyotida  hal  qiluvchi  o„rin 
tutmagan. Respublika o„zi ter to„kib etishtiradigan va Markazga etkazib beradigan 
juda  qimmatli  xomashyo  mahsulotlari-paxta,  nitron,  kaprolaktam  va  boshqalarai 
o„zida  tayyor  mahsulot  tarzida  ishlab  chiqarish  imkoniyati  bolmaganligidan,  uni 
tayyor mahsulot tovarlari shaklida bir necha barobar qimmat narxlarda Markazdan 
sotib olishga majbur bo„ldi. Natijada hayot uchun zarur va qimmatli xomashyolarni 
ishlab chiqarayotgan O„zbekiston bu mahsulotlarni yetishtirishda foyda emas, zarar 
ko„rdi.  Markazdan  dotatsiyalar  olib  yashaydigan  «boqimanda»  respublikaga 
aylantirildi. Va aksincha, bunday xomashyo mahsulotlari tarzida sotuvchi Rossiya 
bundan behisob boyliklar olib, foyda orttirdi. 
1946-1991-yillar  mobaynida  shorolar  hukumati  O„zbekiston    qishloq 
xo„jaligini ilgarigi yillardagidek bir tomonlama rivojlantirish yolidan olib bordi va 
asosan  paxtachilik  taraqqiyotiga  e'tibor  berdi.  Kommunistik  partiya  va  shorolar 
hukumati paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan onlab qarorlar qabul qilindi. Uni 
rivojlantirish bilan bog„liq rejalar Moskvada Davlat reja qo„mitasida ishlab chiqilar 
va  xalq  xo„jaligini  rivojlantirish  direktiv  hujjatlariga  asos  qilib  olinar  edi. 
O„zbekistonda Amudaryo  va Sirdaryo havzasi suvlari hisobidan 20 dan ortiq suv 
omborlari,  onlab  kanallar  barpo  etildi.  O„zbekistonda  qishloq  xo„jaligiga  etkazib 
beriladigan mineral og„itlar yildan-yilga oshirildi. Paxta maydonlari kengaytirildi. 
1940-yilda 923,5 ming gektar erga chigit qadalgan bo„lsa, 1987-yilda 2007,7 ming 
gektarga  ekildi,  ya'ni  2  barobardan  ziyodroq  oshdi.  Paxta  yakkahokimligining 

112 
 
kuchayishi  qishloq  xo„jaligining  boshqa  sohalarini  qoloqlikka  olib  keldi,  g„alla, 
chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholining talabi qondirilmadi. 
Urushdan  keyingi  yillarda  dunyo  xalqlari  ortasida  tinchlik  va  hamkorlikni 
mustahkam  lashga  O„zbekiston    oz  hissasini  qoshdi,  uning  xorijiy  mamlakatlar 
bilan savdo va madaniy aloqalari kengaydi. Chet davfatlarga mahsulot chiqarishida 
O„zbekiston  sobiq ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi orinda turdi. 
Qorakol  teri  va  paxta  tolasidan  boshlab,  mashinasozlik  mahsulotlarining  250  turi 
tort  qit'aning  deyarli  hamma  mamlakatlariga  chiqarildi.  Ming  afsuski,  bu 
mahsulotlar O„zbekiston  nomidan emas «SSSRda ishlangan» degan tamg„a bilan 
dunyoga  tanildi.  1958-yilda  O„zbekiston    dunyoning  32  mamlakatiga  sanoat  va 
qishloq  xo„jalik  mahsulotlarini  chiqargan  bolsa,  1970-yiida  76  mamlakat  bilan 
savdo aloqalarini olib bordi.  
O„zbekistonda fan  va texnikaning hamma sohalarida  yirik olimlar yetishib, 
fan  nomzodlarini  va  doktorlarini  tayyorlash  boyicha  sobiq  SSSRda  oldingi 
qatorlarga  chiqdi.  1950-yil  O„zbekistonda  1760  fan  nomzodi,  380  fan  doktorlari 
ilmiy  ish  olib  borar  edi.  1965-yilda  esa  fan  nomzodlarining  soni  4000  va  fan 
doktori  324  kishiga  yetdi.  Partiyaviy-g„oyaviy  tizimga  qaramasdan  adabiyot  va 
san'at sohasida ko„zga korinarli asarlar yaratildi. G„afur G„ulom, Uyg„un, Zulfiya, 
Mirmuhsin  va  boshqalarning  tinchlik  mavzusiga  bag„ishlangan  she'rlari  vujudga 
keldi.  60-yillarda  adabiyotga  yangi  avlod  kirib  keldi.  Odil  Yoqubov,  Pirimqul 
Qodirov, O„lmas Umarbekov, Ozod Sharafiddinovlar bilan birga iste'dodli Abdulla 
Oripov,  Erkin  Vohidov,  O„tkir  Xoshimov,  Muhammad  Ali  kabi  yosh 
adabiyotchilar maydonga chiqdi. 
 
II 
1949-1952-yillarda  ko„pgina  mashhur  o„zbek  ijodiy  ziyolilari  asossiz 
ravishda  ayblanib,  qatag„on  qilindi.  Bir  guruh  yozuvchilar  millatchilikda,  eski 
feodal  madaniyati  oldida  bosh  egishda,  otmishni  ideallashtirishda  ayblandi.  Bular 
orasida  Oybek,  Abdulla  Qahhor,  Mamarasul  Boboev,  Mirtemir,  Shayxzoda  kabi 
adiblar  bor  edi.  Xurshid,  Chustiy,  G„ayratiy  va  boshqalar  yozuvchilar 
uyushmasidan  haydaldi.  Buni  eshitgan  G„afur  G„ulom  kuyinib  «Tokaygacha 
O„zbekning aqli kirganda boshini chopib tashlaydilar», -degan edi.  
Qatag„onliklar  bu  bilan  toxtab  qolmadi.  1983-yildan  boshlab  sobiq  KPSS 
Markaziy qomitasi rahbarligida O„zbekistonda navbatdagi oshkora qatag„onga yol 
ochildi. «Paxta ishi», «O„zbeklar ishi» deb atalgan mash'um siyosat niqobi ostida 
minglab insonlar jinoiy javobgarlikka tortildi. 
1990-yil  13-iyun  kuni  Moskva  shahriga  O„zbekistonda  tuzilgan  komissiya 
tomonidan yozilgan xatda komissiya xulosasi batafsil korsatildi. Bu xatda «Paxta 
ishlari»  chuqur  tahlil  qilinib,  sudlanganlarni  oqlash  masalasi  qoyilgan  edi.  Biroq 
yuqoridagi  tashkilotlar  komak  orniga  tazyiqni  kuchaytirdilar.  Respublika 
rahbarining  qat'iyatli  harakati  bilan  nohaqlik  barham  topdi.  SSSRning  inqirozga 
uchrashini  seza  boshlagan  KPSS  rahbariyati  1985-yil  apreiida  sovet  jamiyatini 
«qayta  qurish»,  jamiyat  hayotining  barcha  sohalarini  chuqur  isloh  qilish  yolini 
e'lon qildi. Bunda avvalo ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, oshkoralik, iqtisodiy 
osishni fan-texnika yutuqlariga tayanib, jadallashtirishga qaror qilindi. Biroq uzoq 

113 
 
yillar  totalitor  rejimga  moslashgan  davlat  monopoliyasi,  idoralari,  byurokratik 
apparat  kozda  tutilgan  rejalarni  amalga  oshirishga  yol  qoymadi.  Bu  davrga  kelib 
respublikada ko„plab muammolar toplanib qolgan edi. Ushbu muammolardan xalq 
e'tiborini  chalg„itish  uchun  ko„p  yillar  davomida  yig„ilib  qolgan  milliy 
norozilikdan foydalanildi. Kommunistik mafkura o„z hukmronligini saqlab qolish 
uchun hatto ayrim respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshladi. 1989-
yilda  Toshkent,  Farg„ona,  Andijonda  roy  bergan  millatlararo  mojarolar,  quvg„in 
qilingan  xalqlarning  noroziligidan  razilona  manfaat  yolida  -  respublikalarda,  shu 
jumladan  O„zbekistonda  paydo  bolayotgan  hurlik  ovozini  bog„ish  uchun 
foydalandilar. 
80-yillarning  oxirlaridan  boshlab  sobiq  ittifoqqa  kirgan  ko„pgina 
respublikalar  mustaqilligi  uchun  qat'iy  kurashga  o„tdilar.  Ittifoq  shartnomasini 
yangilab,  respublikalar  huquqini  kengaytirishni  talab  qila  boshladilar.  1990-yiI 
bahorida  Boltiqboyi  respublikalari,  keyinroq  Gruziya  va  Ozarbayjon  SSSR 
tarkibidan  chiqqanligini  e'lon  qildi,  1991-yil  18-avgustda  SSSR  vitse-prezidenti 
G.I.  Yanaev  boshchiligida  Favqulodda  holat  davlat  qomitasi  tuzdilar.  Mazkur 
qomita  SSSR  Prezidenti  M.S.  Gorbachevni  hokirniyatdan  noqonuniy  yol  bilan 
chetlashtirdi.  Fitnachilarning  davlat  tontarishi  qilishga  urinishi  natijasida  19-21-
avgust  kunlari  Moskvada  fojeali  hodisalar  roy  berdi.  Fitna  Rossiya  Federatsiyasi 
rahbariyati  boshchiligida  demokratik  kayfiyatdagi  kuchlar  tomonidan  bostirildi. 
Endilikda  mamlakatdagi  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  yanada  taranglashdi.  KPSS 
halokatga  uchradi.  Respublikalar  birin-ketin  SSSR  tarkibidan  chiqqanligini  e'lon 
qildilar. SSSR parchalanib tarix sahnasidan tushdi. 
 
III 
80-yillarning  boshidan  boshlab  SSSRda  inqirozli  vaziyat  vujudga  keldi. 
Mustabid  tuzum  sharoitida  davlat  mulki  monopoliyasi,  boshqaruvdagi  ma'muriy-
buyruqbozli  tizimi  KPSSning  yakka  hukmronligi,  inson  huquqlarining  buzilishi, 
milliy  siyosatdagi  xatolarning  tobora  kuchayishi  oz  salbiy  oqibatlariga  olib  keldi: 
ishlab  chiqarishning  osish  sur'atlari,  yalpi  mahsulot  hajmi,  mehnat  unumdorligi 
shiddat  bilan  pasayib  bordi,  mehnatkashlarning  o„z  mulkidan  begonalashishi 
yanada  ortib  bordi.  Xalq  xo„jaligini  «turg„unlik»ka  olib  kelgan  chuqur  izdan 
chiqish  jarayonlari,  xalq  ijtimoiy  manfaatlarining  nazar-pisand  qilimnasligi  kabi 
boshqa  omillar  bilan  birgalikda  KPSSning  ulkan,  lekin  kutilayotgan  natijalarni 
bermayotgan siyosat  butun ijtimoiy-siyosiy tizimning inqirozini oldindan belgilab 
berdi.  Ammo  Sovet  tizimining  asosiy  xavfi  shundan  iborat  ediki,  mehnatga 
nisbatan  qiziqtirish,  tizimning nuqsonlari  boqimandalik  kayfiyatlarini  avj  olishiga 
olib keldi. 
Markazdan boshqarishning amaldagi tizimi, uning idoralari, xo„jalik yuritish 
uslub  va  usullari  iqtisodiyotning  yanada  rivojlanishiga  sezilarli  turtki  bolishga, 
keskin ijtimoiy muammolarni hal qilishga qodir emasligi yaqqol ayon boiib qoldi. 
Ijtimoiy  hayotda  jiddiy  ozgarishlar  yasash  zarurligini  butun  jamiyat  aniq-ravshan 
anglab  yetdi.  1985-yilning  aprel  oyida  KPSS  MQning  Plenumi  sovet  jamiyatini 
tubdan qayta qurish, uning barcha sohalarini chuqur isloh qilish yolini e'lon qildi. 
1985-1986-yillarda  SSSRda  «mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rvojlantirishni 

114 
 
jadallashtirish»  siyosati  olib  borildi.  Uning  maqsadi  -  ilm-fan  va  texnika 
taraqqiyotidagi  yutuqlarga  asoslanib,  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotni  yaxshilash  edi. 
Ammo bu siyosatda ilgari surilgan vazifalarni bajarish borasida dastlabki urinishlar 
jiddiy  natija  bermadi.  Hayot  korsatdiki  jamiyatning  iqtisodiy  sohada  tub 
o„zgarishlarni  amalga  oshirmasdan,  yaxshi  natijalarga  erishib  bolmaydi.  1987-
yildan  boshlab  yangi  «qayta  qurish»  siyosati  e'lon  qilindi.  Uning  maqsadi  -
iqtisodiy  sohalarni  erkinlashtirib,  jamiyatda  demokratlashtirish  jarayonini  amalga 
oshirib, sotsiyalistik jamiyatni yangilashtirish edi. Iqtisodiy islohotlarni olib borish 
uchun  boshqarishning  ma'muriy  usullaridan  ko„proq  iqtisodiy  usullariga  otish, 
korxonalarni  xo„jalik  hisobiga  otishi,  ularga  ko„proq  mustaqillik  berish,  mehnat 
jamoalarning boshqaruvida ishtirok etishi choralari nazarda tutilgan edi. 
Sovet iqtisodiyotini «qayta qurish» uchun bir qator hujjatlar qabul qilingan 
edi.  Ammo  boshqa  qonunlarni  tuzib  chiqishdagi  uslubiy  yondashuvlarning  o„zi 
«sotsialistik xo„jalik yuritish», direktiva asosida rejalashtirish va davlat mulkining 
barcha  shakllariga  hukmron  bolishi  zarurligi  kabi  avvalgi  eski  tasavvurlarga 
asoslangan  edi.  Korxonalarning  cheklangan  mustaqilligi  ob'ektiv  iqtisodiy 
qonunlar amal qilishiga imkon bermas edi. Korxonalarni toliq xo„jalik hisobiga va 
o„zini-o„zi  mablag„  bilan  ta'minlashga  o„tkazish  ham  o„zini  oqlamadi,  chunki 
«sotsialistik xo„jalik  yuritish» tizimi, rahbarlarning buyruqbozlik usullari ob'ektiv 
jihatdan  sog„lom  tovar-bozor  munosabatlarning  namoyon  bolishiga  tosqinlik 
qilardi. 
Odat  bo„lib  qolgan  kompaniyabozlik  xo„jalikni  boshqarish  mexanizmni 
qayta  qurishga  salbiy  ta'sir  ko„rsatdi.  Ko„pgina  tarmoqlarda  xo„jalik  hisobini 
tashkil  etish  xoja  ko„rsinga  qilindi.  Eskicha  uslubda  yondashuvlar  ta'siri  shunga 
olib  keldiki,  hatto  amaldagi  xo„jalik  yuritish  oddiy  bir  kontseptsiyasi  taklif 
qilinmagan  edi.  Mo„ljallangan  islohotlarning  tub  mohiyati  va  xususiyatlari 
to„g„risidagi tasavvur ham qaror topmagan edi. «Qayta qurish» islohotlari turkumi 
sub'ektiv tarzda, faqat ichki his-hayajonga asoslanib, sinovlar va xatolar usul-amal 
bilan  bir  taraflama  ish  olib  borildi.  Sovet  rahbariyati  aniq  ilmiy  jihatdan  savodli 
ishlab chiqilgan, siyosiy jihatdan asoslab berilgan dasturga ega bolmagan. Shuning 
uchun ham SSSR iqtisodiyoti kutilgan natijalarni bermadi. 
O„zbekiston  rahbari I.A.Karimov qayta qurish siyosati davrida iqtisodiyotda 
ro„y  bergan  buzilishlarni  ta'riflar  ekan,  bunday  deb  ta'kidlagan  edi:  «Inqiroz 
sabablari  va  omillarni  toliq  tasavvur  etmagan,  islohotlarning  aniq-ravshan 
dasturiga  ega  bolmagan  butun-butun  iqtisodiy  siyosat  empirik  harakterda  bo„lib, 
avantyuradan  iborat  tajribalardan,  har  tomonga  og„ishlardan  boshqa  narsa  emas 
edi». 
Shu  bilan  birga,  Markaz  ozining  ko„pgina  nuqsonlarini  respublikalar 
zimmasiga  yuklashga intilardi, hatto ularni ishlab chiqarishning umumiy inqirozi, 
pulning  qadrsizlanishi  sharoitida  ham  oziq-ovqat  bilan,  xalq  iste'mol  mollari  va 
moddiy resurslar bilan o„zlarini ta'minlashga majbur qildi. Bu hol vujudga kelgan 
xo„jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (barter) 
shakliga  otishiga  olib  keldi.  Respublikalar  ortasidagi  xo„jalik  aloqalar  buzilib, 
mahalliy sanoat ishlab chiqarishi pasayib bordi, tovarlar taqchilligi kuchayib bordi 
va aholining  yashash darajasi pasaydi.  Iqtisodiy inqirozning chuqurlashishi SSSR 

115 
 
va  KPSS  rahbariyatni  siyosiy  islohotlarni  boshlashga  majbur  qildi.  Qayta 
qurishning  uchinchi davri  boshlandi.  Bu  davrda  asosiy  masala-sovet  jamiyatining 
siyosiy  tizimini  isloh  qilish  edi.  Mavjud  bo„lgan    ma'muriy-buyruqbozlik 
boshqaruv  apparatni buzib, siyosiy tizimni liberallashtirish lozim edi,  ya'ni  KPSS 
monopoliyani  bartaraf  qilish,  siyosiy  plyuralizmga  erishish,  hokimiyatni  partiya 
qomitalaridan  Sovetlarga  topshirish.  Respublikalar  suverenitetini  va  inson 
huquqlarini  poymol  qilgan  eski  siyosiy  tizimni  bartaraf  etish  uchun  1990-yil  6-
avgustda 
mamlakat 
Prezidenti 
M.S. 
Gorbachevning 
«Yangi 
Ittifoq 
Shartnomasining  asosi  sifatida  bozor  iqtisodiyotiga  otishning  Ittifoq  dastur- 
Konseptsiyasini tayyorlash haqida» farmoyishi e'lon qilindi. 
80-yillarning  oxiriga  kelib  SSSRda  e'lon  qilingan  oshkoralik  siyosati 
natijasida sovet kishilarining siyosiy ongi, ularning siyosiy faolligi kuchayib bordi, 
norasmiy  jamoa  tashkilotlari  paydo  bo„lib,  yangi  oliy  organ-  Xalq  deputatlari 
syezdi    o„tkazila  boshlangan  edi.  Markaz  bilan  ittifoqdosh  respublikalar  ortasida 
vakolatlarni bo„lib olish yuzasidan muzokaralar boshlangan edi. 
1990-yil oxirida SSSRning davlat yaxlitligiga ancha tahdid solgan voqea roy 
berdi. Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, Ozarbayjon uning tarkibidan chiqib ketdi. 
Bu  esa  Markaz  bilan  qolgan  ittifoqdosh  respublikalar  bilan  Yangi  Ittifoqdosh 
Shartnomasi tuzib, imzolashga  majbur qildi. 1991-yil iyun oyiga kelib  Ittifoqdosh 
Shartnomaning  loyihasi  ishlab  chiqilib,  20-avgustda  uning  imzolanishi 
rejalashtirilgan edi. Lekin KPSS MKi va ittifoq idoralari (Mudofaa va Ichki ishlar 
vazirliklari,  KGB  va  boshqalar)ning  bir  qancha  rahbarlari  vitse-prezidenti 
G.Yanaev  boshchiligida  SSSR  Prezidenti M.S.Gorbachevni  zo„ravonlik  bilan  o„z  
vazifasidan  chetlashtirib,  1991-yil  19-avgust  kuni  favqulodda  holat  davlat 
qo„mitasini tuzib (GKChP), hokimiyatni o„z  qo„liga olishdi. Bu davlat tontarishini 
amalga oshirish harakati edi. Ularning maqsadi Ittifoq hududida yashovchi barcha 
xalqlarning  mustaqillikni  qo„lga  kiritishlariga,  o„z  taqdirini  ozlari  hal qilishlariga 
yol  qoymaslik  edi.  Ammo  qayta  qurish  yillarida  ko„zi  ochilgan  xalqni  endi  eski 
tuzum  doirasida  qoldirishga,  unga  eskicha  buyruqbozlik  qilishga  urinish  behuda 
edi.  1991-yil  21-avgustda  xalqning  qarshiligiga  uchragan  fitnachilar  taslim 
bolishga  majbur  bo„ldi.  SSSRning  iqtisodiyotida  o„rnashib  qolgan  illatlar 
O„zbekiston  iqtisodiyotiga ham zarar etkazgan edi. 80-yillarga kelib O„zbekiston  
asosiy  ijtimoiy-iqtisodiy  korsatkichlar  boyicha  ittifoqda  oxirgi  orinlardan  birini 
egallar  edi.  O„zbekiston    iqtisodiyoti  bir  tomonlama  rivojlanib  borgan.  U  asosan 
SSSRning  xomashyo  bazasiga  aylangandi.  Natijada  respublikada  sanoatning 
xomashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog„liq tarmoqlari ko„proq rivoj topgan. 
Paxta  bo„yicha  rejalarning  bajarilishi  partiya  va  Sovet  organlari  rahbarlarining 
ustivor  vazifasi  hisoblangan.  Paxta  yetishtirishning  salmog„i,  hatto  chor  Rossiya 
davrida  (1913  yilda)  33,2%  tashkil  etgan.  Sovet  davrida  esa  umumiy  yer 
maydonlarining  75  foizini  paxta  tashkil  qilgan.  O„zbekistonning  amalda  paxta 
etishtirishni  ko„paytirish  imkoniyati  tugagan  bir  sharoitda  Markaz  O„zbekistonda 
2000 yilga borib paxtaning  yalpi hosilini 8 mln. tonnaga etkazish dasturini ishlab 
chiqdi.  Adolatsiz  narx  siyosati  ham  O„zbekiston    xalqining  turmush  darajasiga 
putur  etkazar  edi.  Bunga  SSSRdagi  ma'muriy-buyruqbozlik  tizimi  va 
respublikaning  o„z  manfaatlari,  xalqining  manfaatlari  bilan  hisoblashmaydigan 

116 
 
siyosati  sabab  edi.  Bu  siyosat  orqali  SSSRda  ko„zboyamachilik,  poraholik, 
laganbardorlik  kabi  illatlar  kuchayib  bordi.  Barcha  darajadagi  ba'zi  xo„jalik 
rahbarlari  hokimiyatni,  xizmat  lavozimini  suiste'mol  qilar,  g„arazli  manfaatlarini 
oylab yashar edi. Ammo bu nuqsonlar Markaz tomonidan olib borilgan ma'muriy-
buyruqbozlik siyosatning oqibati edi.  
1984-yildan 
boshlab 
KPSS 
MK 
rahbarligining 
topshirig„i  bilan 
O„zbekistonga  General  prokuratura  xodimlari  T.Gdlyan  va  Ivanov  boshchiligida 
katta  guruh  tergovchilar  yuborilib,  «paxta  ishi»  nomini  olgan  jinoiy  ish 
qo„zg„atilgan  edi.  Markaziy  matbuotda  bu  «O„zbek  ishi»  degan  nom  olgan. 
Jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  niqobi  ostida  Moskvadan  va  boshqa 
respublikalardan  O„zbekistonga  ketma-ket  turli  tergov  guruhlari  yuborildi. 
Respublihamizga  har  xil  joylaridan  rahbar  kadrlar  kela  boshladi.  1985-yilda 
boshlangan  «qayta  qurish»  siyosati  xalqimizda  o„z  hayotini  yangilashga,  uni 
yaxshilashga  bo„lgan    umidni  uyg„otgan  edi.  Biroq  puxta  oylab  korilmagan 
qarorlar, ularni joriy qilishdagi jiddiy nuqsonlar, ma'muriy siquvning davom etishi, 
«qayta  qurish»ning  puxta  ishlab  chiqilgan  kontseptsiyasining  yoqligi,  xoja  -
korsinga olib borilayotgan tadbirlar, markaz tomonidan oylab topilgan «paxta ishi» 
tufayli  yuz  berayotgan  qonunbuzarliklar  respublikaning  ijtimoiy-siyosiy  ahvolini 
yanada murakkablashtirdi. Ziddiyatli «qayta qurish» siyosati oqibatda republikalar 
orasida iqtisodiy aloqalarning buzilishiga olib keldi, O„zbekiston  iqtisodiyotidagi 
tangchilik  holati  chuqurlashib  bordi,  sanoat  ishlab  chiqarishining  va  qishloq 
xo„jaligi samaradorligi pasayib bordi. 
1989-yil  23-iyun  oyida  O„zbekiston    MQning  birinchi  kotibi  lavozimiga 
I.A.Karimov  saylandi.  Uning  tashabbusi  biian  1989-yil  avgust  oyida  qishloq 
aholiga 90,7 ming gektar yer ajratildi, shu bilan 1,5 mln. ko„proq oilaning tomorqa 
uchastkalari  kengaytirildi,  580  ming  oila  unga  ega  bo„ldi.  O„z  mustaqilligiga 
intilayotgan  O„zbekistonning  keyingi  qadami  1989-yil  21-oktyabrda  O„zbekiston 
Oliy  Kengashning  XI  sessiyasida  "O„zbekiston  ning  Davlat  tili  to„g„risida"gi 
qonunning  qabul  qilinishi  edi.  Partiya  yakka  xukmdorligini  bartaraf  etish  va 
hokimiyatni  xalq  deputatlariga  qaytarib  berish  uchun  1990-yil  24-martda  XII 
chaqiriq  O„zbekiston    SSR  Oliy  Kengashning  I  sessiyasida  boshqaruv  tizimini 
tubdan  isloh  qilish,  prezidentlik  lavozimini  joriy  qilish  tog„risidagi  qaror  qabul 
qilindi  va  I.A.Karimov  ittifoqdagi  respublikalar  orasida  birinchi  bo„lib  Prezident 
bo„lib saylandi. O„z suverenitetini tiklashda 1990-yil 20-iyun kuni respublika Oliy 
Kengashining  II  sessiyasida  qabul  qilingan  O„zbekiston    SSR  «Mustaqillik 
Deklaratsiyasi»  muhim  ahamiyatga  ega  bo„lgan  voqeadir.  Deklaratsiya  12 
moddadan  iborat  bo„lib,  uning  1-moddasida  «O„zbekiston    SSRning  demokratik 
davlat  mustaqilligi  respublikaning  o„z  hududida  barcha  tarkibiy  qismlarini 
belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir», deb yozib qoyilgan. Shu 
kundan  boshlab  respublikada  O„zbekistonning  iqtisodiy  va  siyosiy  hayotiga  doir 
masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Shunga muvofiq, 1991-yil 22-iyul kuni 
O„zbekiston    SSR  Oliy  Kengashi  Prezidiumi  qaroriga  binoan  respublikada 
joylashgan  ittifoqqa  boysinuvchi  davlat  korxonalari  va  muassasalari  O„zbekiston  
SSR huquqiy tobeligiga o„tkazildi. 

117 
 
Mazkur  mavzuni  yoritishda  talabalarning  diqqat-e'tiborini  shunga  qaratish 
kerakki,  1990-yil  20-iyun  kuni  qabul  qilingan  «Mustaqillik  Deklaratsiyasi»  va 
1991-yil  31-avgustda  e'lon  qilingan  "O„zbekiston    Respublikasining  davlat 
mustaqilligi  tog„risida"gi  qonun  bir-biridan  farq  qiladi.  "Mustaqillik 
Deklaratsiyasi"da yangilangan SSSR tarkibida qolgan, o„z  suverenitetini tiklagan 
O„zbekiston  haqida gap ketgan. 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan Qonunda esa 
SSSR  parchalanib  ketganligi  va  mustaqil  davlatga  aylangan  O„zbekiston  haqida 
gap  ketgan.  Bunday  Qonunning  qabul  qilinishi  Mustaqillik  davrida  qo„lga 
kiritilgan  yutuqlarning  natijasi  hisoblanadi.  Oliy  Kengash  O„zbekiston  
Konstitutsiyasini  tayyorlash  komissiyaga  O„zbekistonning  yangi  Davlat  bayrog„i, 
Gerbi  va  Madhiyasini  tayyorlash  vazifasini  topshirdi.  Shu  tariqa  xalqimiz  azaliy, 
asriy  maqsadiga-  Vatanimiz  Mustaqilligiga  erishdi.  Dunyo  haritasida  yangi 
mustaqil davlat-O„zbekiston  Respublikasi paydo bo„ldi. 
 
 
 
Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish