Mavzuning o`rganilish darajasi. Pulning paydo bo’lishi qadimgi zamonlarda
taraqqiy etgan madaniyatlar ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishlarining qonuniy
oqibatidan kelib chiqqan tabiiy hodisadir. Tovar ayirboshlashning uzoq hamda
murakkab jarayoni va chakana savdoning rivojlanishi tovar-pul hamda
qimmatbaho buyum (yombi) ishlatish bosqichidan o’tib, oxir – oqibatda ma’dan
tanga paydo bo’lishiga olib keldi. Birinchi tangalarning o’ng yoki tersida
ularning o’lchovi to’g’ri, og’irligi to’la ekanligini tasdiqlovchi rasm – muhri
bilan qimmatbaho buyumdan (yombi) farqlanadi.
- -
Do'stlaringiz bilan baham: |