VIII asr oxirlarida qadimgi rus davlati hududiga katta miqdorda sharq
tangalari kirib kela boshladi. Bu tangalar "dirxam" deb atalib, O’rta Osiyo,
Kavkaz orti, Eron, Kichik Osiyo, Messopotamiya kabi hamda Arab Xalifaligining
katta hududida, Afrika va Ispaniyaning turli joylarida zarb qilinar edi. Ilgari VI-VII
asrlarda Rusga sharq tangalaridan sosoniylarning draxmalari ham etib kelgan edi.
Dirxamlar yirik dumaloq shaklda zarb qilinar edi. Uning ikkala tomonida
ham yozuvlar bo’lar edi. Bu yozuvlar xalifa yoki shohning nomi, zarb qilingan
shahar, yil va shu kabilar edi.
Rus davlatiga Yevropa tangalari XI asr davomida kirib kela boshladi. Bu
tangalarning asosiy qismini german pfenniglari, Anglo sakslarning pennlari
tashkil qilar edi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |