bo’lib, uning og’irligi 8,86 gr. keyinchalik, 7,76 gr.ni tashkil qilgan.
Hunarmandchilik tovarlarni sotish va sotib olish ehtiyoji tanga pullarga
bo’lgan talabni oshiradi. Ayniqsa, chet el davlatlari bilan savdo munosabatlari
Воронов Ю. П. Cтраницы истории денег. Новосбирск. «Наука». 1986.
- -
tovar – pul muomalasini yanada rivojlantirishga olib keladi. Bu esa ko’plab
yangi boy oltin va kumush konlarini qidirib topishni va qazishni taqozo
etadi. Dastlabki oltin konlari Sharqiy Alp tog’laridan olingan bo’lsa, XIII
asrda quyi Seleziya, Gashteyn grafligi, Bobra daryosi bo’ylarida qazib olingan.
Oltin konlarini qazish bo’yicha Vengriya Yevropada oldingi o’rinda bo’lgan.
Bu yerda XIV asrda har yili 1000 kg. oltin qazib olingan. Transilval va
Sloveniyada oltin qazib chiqarish tobora rivojlanib borgan. Bundan tashqari
Afrika qit’asida ham oltin qazib olish jonlangan. XV asrning boshi va XVI
asrning boshlarida Sengal oltini Yevropaga oqib borgan. Mutaxasislarni
fikricha 3000 kg. oltin Yevropaga olib ketilgan.
XIII asrning o’rtalari va XIV asrning boshlarida kumush qazish ishlari
ham takomillashib borgan. Uning oltinga nisbatan qiymati 1:10 va 1:11 ga
teng bo’lgan. Buning sababi oltinning kamligi bilan izohlanadi.
1
Polshada oltin tanga zarb qilish 1320 yilda boshlangan. Qirol Aleksandr
(1501-1506) davrida oltin tangalar doimiy zarb etib kelingan. Koshits shahrida
topilgan oltin tangalar venger tangalari ekanligini isbotlamoqda. Fikrimizcha,
polyak va vengerlar savdo munosabatlari shartnomasiga ko’ra, venger
dukatlaridan foyda-lanishgan.
Shvetsiyada XV – XVI asrlarda Valter Plattenberg (1494-1535) davrida
zarb qilingan. Tanganing yuz tomonida qirol tasviri va orqa tomonida but va
gulchambar tasviri tushirilgan. Butun Chexiya hududida bu puldan tashqari
yuqorida ta`kidlaganimizdek, venger va polyak tangalarini bozori chaqqon
bo`lgan. Lekin bizni qiziqtiradigan tomoni shundaki, tangalardagi tarixiy
shaxslarning qo`lyozma manbalardagi ifoda etilmagan qiyofalari va xis
hayajonlarini aks ettiradi.
Finlandiyada Gulden oltin tangasi XV asrning 50-yillarida zarb etilgan.
Bu kumush va mis tangalar bo’lgan.
Yuqorida tanga pularning zarb qilinishi haqida fikr yuritar ekanmiz,
1
Русская нумизматика XI-XX веков. Изд. «Аврора». Л. 1979. стр-5.
- -
Yevropa davlatlarida XIII – XVII asrlarda oltin tangalari Florin va Dukat
doimo xaridorgir bo’lganligini eslatib o’tish joiz. Uning og’irligi bir maromda
3,5 gr.ni tashkil qilgan.
Daniya davlatida XIV – XV asrlarda Lyudovik I (1342-1382) davrida
oltin tangalar zarb qilish yo’lga qo’yilgan. Tangalar 186 tipdagi turli xil
rasmlar bilan bezatilgan. Lekin bularning ichida venger dukati Matvey Korvin
(1458-1490) davrida eng xaridorgir oltin tanga sifatida xalqaro maydonda
ishlatib kelingan. Venger oltin tangasi Boltiq bo’yi xalqlari – Latviya va
Estoniyada keng tarqalgan. Savdo aloqalari kengayib borgan. Hozirda bu
yerda topilgan oltin tangalar ayniqsa Talinda topilgan venger oltin tangalari
bu haqida dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: