Microsoft Word iqbol mirzo ziyouz com doc



Download 405,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/123
Sana31.12.2021
Hajmi405,69 Kb.
#247238
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123
Bog'liq
Sizni kuylayman iqbol mirzo ziyouz com1

 
CHORLASANG 
 
Chorlasang bormasmi edim gulyorim
Shiddatdan ko‘zimni og‘ritib, yoshlab. 
Ikkala kaftimda tutib bahorni, 
Tishimda labingdek g‘unchani tishlab. 
 
O‘rtada qir kabi yotar qirq fasl
Kechib bo‘larmidi qirqta anhorni. 
Ammo seni o‘ylab yashnayverar dil, 
Men qayga qo‘yay bu ulkan bahorni?! 
 
Isming – shahristonni isitgan bayzo, 
Aytsam, sen kelmaysan – bitmas karashma. 
Oddiy bir hikmatni bilarmisan yo: 
Shahar osmoniga oy ham yarashmas. 
 
Men tokay yasharman o‘zimni quchib, 
Ovunib gardunning hiylosi bilan. 
Chorlasang, borardim toyirdek uchib
Qo‘ynimda ko‘klamning havosi bilan. 
 
Qanoti bo‘lsa ham uchmas baliqlar, 
Ismimni tutmasang, qushligim bekor, 
Shijoat ummonning tubinda uxlar, 
Men bilan qo‘shilib qariydi bahor. 
 
Bilaman, qismatim ko‘zingdek qaro, 
Meni chorlamassan, uchib bormasman. 
Sen mening ismimni bilmassan hatto
Sen o‘zing bahorsan, menga zormassan! 
 
1990 
 
ARAZ 
 
Hurkak xavotirda ko‘changdan o‘tdim, 
Labimni tirs yorib, qiynab chanqog‘ing. 
Havoni ho‘pladim, ho‘pladim o‘tni, 
Shunchalar qiyinmi suvga chiqmog‘ing? 
 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
Ko‘changni tuprog‘i olovmi deyman, 
Quyoshniyam menda qasdi bor chog‘i. 
Qaysarman, ters qilib suv ham ichmayman
Shunchalar qiyinmi suvga chiqmog‘ing? 
 
Bilasan, ko‘changdan o‘tyapman kuyib, 
Kulgungdan bir cho‘chib ketar chorbog‘ing. 
Chiqsang-chi, ko‘zangni elkangga qo‘yib, 
Shunchalar qiyinmi suvga chiqmog‘ing? 
 
Quyoshni so‘kindim xo‘rligim kelib. 
Changini chiqardim otash tuproqning. 
Seniyam sochingni olardim yulib! 
Shunchalar qiyinmi suvga chiqmog‘ing? 
 
Tundayam yuragim bir yomon kuydi, 
Tongdayam tomog‘im qaqrab uyg‘ondim. 
Men o‘zi qanaqa olovni suydim – 
Shunchalar qiyinmi suvga chiqmog‘ing? 
 
... Bizniyam ko‘chadan o‘tib qolarsan!.. 
 
1987 
 
GUNOH 
 
Siniq oy sarg‘ayib kezarkan ko‘kda, 
Tomlarda shu’lalar arpasin ilg‘ab, 
Zanjirini siltab, ayqirdi ko‘ppak: 
– Xavf! 
– Xavf!! 
– Xavf!!! 
 
Ayol miskin edi. 
His qildi ayol – 
Qaydadir erini o‘pardi bir qiz. 
Keng hovlida yomon siqildi ayol
Bir kechada quvrab, to‘kildi nargis... 
 
Tonggacha hovlida tinmadi zanjir
Ko‘ppak sahargacha betoqat hurdi. 
Ayol ham gunohga qo‘l berdi oxir – 
Tushida birinchi sevgisin ko‘rdi. 
 
1992 
 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 

Download 405,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish