120
1. Nanotexnologiya: tibbiyotda ishlatish soxalari
2. Tibbiyot nanotexnologiyasi rivojlanishning asosiy prioritetlari
3.
Nanotashuvchilar haqida asosiy tushuncha
4.
Tabiiy nanokonteynerlar
Tayanch tushunchalar: nanotexnologiya, nanotashuvchilar, nanokonteynerlar,
zarrachalar, nanobiotexnologiya
Nanotexnologiya tushunchasi bugungi kundagi hayotimizga keng kirib
kelmoqda. Oldindan bu aerokosmik, avtomobil va elektronika sanoati uchun deb
hisoblangan. Ammo keyingi yillarda nanotexnologiyalar tibbiyotga hamda dorilar
texnologiyasiga keng kirib kelmokda. Buning sababi, shundaki zamonaviy
texnologiyalar moddalar bilan juda kichik bo`lgan masshtablarda ishlashga imkoniyat
beradi. Bu razmerlar esa aynan hujayralarning asosiy biologik tuzilmalari, va
molekulalarga mos keladi. Shunday qilib bugungi kunda nanotibbiyot degan tushuncha
paydo bo`ldi.
Nanotexnologiyalar farmatsiyada oxirgi 10-15 yil ichida keng rivojlanib kelmokda.
«Nano» degan so`z «pakana» (karlik) deb tarjima qilinadi. 1 nanometr 10
-9
m ga
tengdir.
Nanotexnologiyalarni tibbiyot diagnostikasiga kiritish quyidagi amaliy natijalarni
olishga yordam beradi:
Kasalliklarni boshlang‗ich davrida diagnostikani sezuvchan va ekspress tahlil
usullari yordamida aniqlash. Bu esa yaqin vaqt ichida onkologik, endokrin, yurak-qon
tomir kassaliklari hamda virusli va bakterial infeksiyalarni aniqlashda ishlatilishi
mumkin;
Diagnostika qilishda ishning unumdorligini oshirish, hamda har bir kasalga uni
davolash va kasallikni oldini olishda individual yondoshish mumkin.
Nanobiotexnologiya va nanotibbiyotning rivojlanishning asosiy prioritetlari
kuyidagilar bulishi mumkin:
- Somatik va infeksion kasalliklarni xamda juda zararli bulgan infeksiya va
toksinlarni diagnostika qilish
uchun biologik nanochiplar;
- nanozarrachalar – yangi avlod dori vositalari yoki xujayra-mishenlarga dorilarni
yetkazish uchun konteynerlar sifatida;
- nanojarroxlik yo`li bilan kasal organizmda defektlarni yo`qotish uchun tibbiyot
nanorobotlari;
- organizmning ichki muhitini taxlil qiladigan nanomoslamalar;
- keng qamrovli bionanomateriallar (shu qatorda sun‘iy organlar, antimikrob,
antivirusli va yallig‘lanishga qarshi yangi turdagi bog‘lov materiallari).
Nanozarrachalar dorilarni aynan kasallangan joyga yetkazib beradi. Bunda dorining
samaradorligi oshib, uning nojo`ya ta‘sirlari kamayadi. Nanozarrachalar kichik bo`lgani
uchun ingichka kapillyarlardan hujayralar ichiga o`tishi mumkin.Kasallikning yuqori
sezuvchan diagnostikasi uchun hamda dorilarni mo`ljallangan joyga yetkazib berishda
magnitli nanozarrachalar katta rol o`ynaydi.
121
Farmatsevtika amaliyotida dorivor moddalarning nanozarrachalaridan tashkil topgan
turlar katta axamiyatga ega. Ular kasalliklar bilan kurashib, hujayra ichida anikqashga
yordam beradi.
Nanotashuvchilar terapevtik sistemalarning bir turi hisoblanadi. Ular yordamida
dorivor moddani organ-mishen yoki to`qima-mishenlarga yetkazib beriladi va nazoratli
ajralib
chiqish
texnologiyaning
asosiy
elementlaridan
biri
hisoblanadi.
Nanotashuvchilarni qonda uzoq vaqt ichida sirkulyasiya bo`lishi ulardagi dorivor
moddalarni inaktivatsiyadan saqlab, ta‘sirini uzaytiradi. Nanotashuvchilarning
razmerlari quyidagilar bilan aniqlanadi:
- kapillyarlarning o`tkazuvchanligi bilan (<1000 nm). Bundan «shuntirlovchi»
zararchalar istisno, chunki ular kapillyarlarda tiqilib, dorivor moddalarni ajratib
turadi
va surilib ketadi;
- qon plazmasida nanotashuvchilar suspenziyasining turg‘unligiga, chunki
agregatsiya (zarrachalarni bir-biri bilan birlashishi) kuchli toksik effektlarni,
xattoki kichik va o`rta sosudlarning trombozini keltirishi mumkin;
- nanotashuvchilarning hujayra ichiga kirish xususiyati bilan (bu asosan 300-50
nm gacha bulgan zarrachalar uchun samarali);
- nanotashuvchilar suspenziyasining qon plazmasidagi qovushqoqligi bilan.
Asosan peroral yo`l bilan organizmga kiritiladigan makrokapsulalar (jelatinli
kapsulalar) xamda mikrokapsulalardan (500-10 mkm) o`larok nanotashuchilar ko`k
tomir (to`qima-mishenlarga yetkazish yoki qonda uzoq vakq sirkulyasiya qilish) va
mushak ichiga (dorivor moddalarning deposi, nanotashuvchilar yoki ular ajratadigan
dorilar qonga asta-sekin chikqishi) qilinadigan in‘eksion yo`l bilan kiritiladi. Shu bilan
birga nanotashuvchilar peroral, ingalyasion va intraokulyar yo`llar bilan kiritilishi
mumkin.Yana nanotashuvchilar yordamida dorivor moddalarni intra- yoki transdermal
kiritish mumkin. Nanotashuvchilar kosmetologiyada keng qo`llaniladi.
Nanokonteynerlar oqsil molekulalaridan tashkil topgan kapsulalar. Ular ichidan
bo`sh va strukturlanmagan bo`ladi. Amaliy jihatdan nanokonteynerlar bo`sh qobiq
bo`lib, turli xil narsalar saqlash uchun mo`ljallangan.
Nanokonteynerlar Kaliforniya universiteti bioximigi Leonard Rom tomonidan 1986
yilda ochilgan bo`lib, bugungi kunda uning strukturasini to`liq namoyon qila oladigan
model tuzilgan. Bundan tashqari nanokapsulalar hujayralarda ishlab chiqarilishi ma‘lum
bo`lgan.
Nanokonteynerlar dorivor moddalarni va DNK qismlarini kerakli joyga yetkazib
berish uchun a‘lo darajadagi nomzod deb hisoblanadi: ular hujayralar devoridan
bemalol o`tadilar, chunki odamning immun tizimi ularni «uzinikilar» deb hisoblab,
ushlab qolmaydi.
Olimlar 100 aminokislota ketma-ketligi aniqlash yo`li bilan, nanokapsulani tashqi
qobig‘ini ochib, ichiga moddalarni joylashtirish uchun joy ochish imkoniyatini
yaratdilar.
Keyingi
ishlarida
izlanuvchilar
yuzasida
spetsifik
oqsil
markerlari
bor
nanokonteynerlarni sintez qilishni mo`ljallashmoqda. Bu dorivor moddani aynan kasal
hujayralarga yetib borishini ta‘minlaydi.
Kelajakda ushbu nanokonteynerlarni quyidagi yo`nalishlarda ishlatish mumkin:
- dorivor moddalarni yetkazib berish, shu
qatorda saraton osmalarga;
- moddalarni almashinuvini buzilishiga sabab bulgan enzim va fermentlarni
yetkazish yoki almashtirish;
- genetik mutatsiyalarni to`g`irlash uchun DNK molekulalarni yetkazib berish;
122
- proteinlarni turg`unlashtirish;
- alohida hujayraning ahvolini ko`rsatib turadigan
biosensorlarni yaratish;
- hujayralarni detoksikatsiya qilish va ular tarkibidan zararli moddalarni yo`qotish;
- tashqi muhitni toksik materiallar va xavfli biologik ob‘ektlardan tozalash;
nanoelektronika.
1000>
Do'stlaringiz bilan baham: