o’zgaruvchan bo’ladi. Demak, shu tok konturi o’rab turgan yuz orqali o’tayotgan magnit
induksiya oqimi o’zgarib turadi. Magnit induksiya oqimining o’zgarishi natijasida konturda
elektr yurituvchi kuch paydo bo’ladi. Shunday qilib, konturdagi tokning o’zgarishi natilsasida
xuddi shu konturning o’zida induksiya elektr yurituvchi kuchi hosil bo’lar ekan. Bu hodisa
o’ziduksaya hodisasi deb yuritiladi.
Ulanish ekstratokining bo’lishi zanjirga tok berilganda tokning ekstratok yo’q bo’lgandagiga
qaraganda sekinroq o’sishiga sabab bo’ladi. Masalan, elektr lampochkani o’zinduksiyasi
kuchliroq bo’lgan konturga ulasak, lampochka o’zinduksiyasi kuchsizroq bo’lgan konturga
ulangandagiga qaraganda sekinrok cho’g’lanadi.
Uzilish ekstratokini (83-rasm) ko’rsatilgan sxema yordami bilan kuzatish mumkin. B
batareyadan kelayotgan tok A nuqtada ikki simga tarmoqlangan zanjirdan o’tadi. Zanjirning
ACD qismida anchagina katta o’zinduksiya toklari hosil bo’ladi. Zanjirniig
ikkinchi AGD qismiga G galvanometr ulangan. ACD va AGD qismlarda tok
tutash strelkalar bilan ko’rsatilganidek chapdan o’ngga o’tayotgan bo’lsin.
Agar K kalitni uzsak, u holda ACD qismda dastlabki tok bilan bir
tomonga yo’nalgan uzilish ekstratoki paydo bo’ladi. Zanjirning ikkinchi
qismi uzib qo’yilganligi uchun bu tokning hammasi zanjirning DGA qismi
orqali o’tadi. Ko’rinib turibdiki, bu tok DGA qismda o’ngdan chapga qarab
o’tadi (punktir strelka); bunday ekanini galvanometr strelkasining oldingiga
teskari tomonga og’ganligiga qarab payqaymiz.
Konturning kuchli yoki kuchsizroq o’zinduksiya hodisasiga ega bo’lish xususiyati
o’zinduksiya koeffisiyenti deb ataladigan fizik kattalik bilan xarakterlanadi. Bu kattalikning
ma’nosini aniqlab olaylik.
Faraz qilamizki, solenoid orqali I tok oqayotgan bo’lsin. Uning atrofida magnit maydon hosil
bo’ladi. Bu magnit maydon oqimi
(66)
formula bilan ifodalanadi.
Proporsionallik koeffisiyenti L konturning o’zinduksiya koeffisayenti deb ataladi. (66)
tenglikda I tokni birga teng deb olinsa, o’zinduksiya koeffistnti miqdoran birga teng tok kuchi
oqayotgan kontur o’rab turgan yuz orqali o’tuvchi magnit induksiya oqimiga teng ekanligini
ko’ramiz.
O’zinduksiya elektr yurituvsh kuch ε
Si
ni elektromagnit induksiyaning asosiy qonunidan
topamiz:
(67)
Bu formuladagi Φ oqim o’rniga (66) dan uning o’zinduksiya koeffisiyeiti L va ko.nturdagi, tok
kuchi I orqali ifodalangai qiymatini qo’ysak, o’zinduksiya o’zgarmas bo’lgan hol uchun
quyidagini topamiz:
(68)
Bu munosabatdan foydalanib o’zinduksiya koeffisiyentining yana bitta ta’rifini berish
mumkin: konturning o’zinduksiya .koeffisiyenti konturdagi tok kuchi vaqt birligi ichida birga
o’zganganda shu konturda hosil bo’ladigan elektr yurituvchi kuchiga son qiymati jahatidan teng.
O’zinduksiya koeffisiyenti faqat konturning geometrik shakli bilan kontur turgan muhitga
bog’liqdir. (1) va (2) munosabatlar o’zinduksiya koeffisiyentining o’lchov birligini topishga
imkon beradi. O’zinduksiya koeffisiyentining Xalqaro sistemadagi birligi genri deb ataladi. Bir
genri deb 1 amper tok oqqanda yuzi orqali 1 veber magnit oqimi o’tadigan konturning
o’zinduksiya koeffisientiga aytiladi.
Solenoiddan o’tayotgan tokning magnit maydon energiyasi quyidagi formula bilan
aniqlanadi:
(69)
83-rasm
bu yerda I – tok kuchi, L – solenoidning o’zinduksiya koeffisienti. U quyidagi formula bilan
aniqlanadi:
(70)
bu yerda V - solenoidning hajmi; n - solenoidning birlik uzunligidagi o’ramlar soni va µ -
solenoidning ichki qismidagi muhitning magnit singdiruvchanligi.