Elektromagnit induksiya hodisasini 1831 yili Faradey kashf etgan. Bu hodisa quyydag’idan
iborat: har qanday berk o’tkazgich konturi bilan chegaralangan yuz orqali o’tayotgan magnit
induksiya oqimi o’zgargan vaqtda shu konturda elektr toki paydo bo’ladi. Bu tok induksion tok
deyiladi.
Elektromagnit induksiya hodisasini quyidagi tajribalarda kuzatish mumkin. Bu tajribalarga
Faradey tajribalari deyiladi.
1) G galvanometrga ulangan A solenoidning (81-rasm) bir uchiga o’zgarmas magnitni
yaqinlashtiramiz. Bunda solenoidda elektr tok paydo bo’ladi. Elektr tok paydo bo’lganini G
galvanometr strelkasining og’ishi ko’rsatadi. Magnit harakatdan to’xtashi bilan tok yo’qoladi.
Agar biz magnitni solenoiddan uzoqlashtira borsak, solenoidda bundan
avvalgi tokka teskari yo’nalgan tok paydo bo’ladi. Magnitni harakatsiz
qoldirib, solenoidni harakatlantirganda ham xuddi shunday hodisa yuz
beradi. Nihoyat, magnit o’rniga o’zgarmas tok oqayotgan ikkinchi
solenoidni olish mumkin; bu solenoid harakatlantirlgan vaqtda birinchi
solenoidda tok paydo bo’ladi.
2) ikkita qo’zg’almas A va C solenoid olamiz (82-rasm). A solenoid
G galvanometrga, C solenoid esa B galvanik elementi va K kaliti bor
zanjirga ulangan bo’lsin. C solenoidni K kalit vositasida B tok manbaiga ulasak, A solenoidda
qisqa muddatli tok paydo bo’ladi. Tok paydo bo’lganini G galvanometr strelkasining og’ishi
ko’rsatadi. C solenoiddan o’zgarmas tokning bundan keyingi o’tib turishida A solenoidda tok
bo’lmaydi. C solenoiddagi tokni uzish paytida yana A solenoidda avvalgi tokka teskari
yo’nalgan qisqa muddatli tok hosil bo’ladi.
Shu tajribalarnimg natijalarini tahlil qilib chiqaylik. Tajribalarniig
birinchisida shu narsa xarakterliki, A solenoidda tok magnit unga
yaqinlashayotgan yoki undan uzoqlashayotgan paytdagina, ya’ni
solenoid yaqinida magnit maydon o’zgargan vaqtda yoki
solenoidning o’zi magnitning bir jinsli bo’lmagan magnit maydonida
ko’chgan vaqtda paydo bo’ladi, xolos.
Magnitning solenoidga nisbatan harakati yoki solenoidning
magnitga nisbatan harakati to’xtashi bilan solenoid yaqinidagi
magnit maydon o’zgarmas bo’lib qoladi va solenoiddan tok o’tmay qoladi. Ikkinchi tajribadagi
hodisa ham birinchidagiga o’xshashdir, bunda o’zgaruvchan magnit maydonni C solenoidda
paydo bo’layotgan yoki yo’qolayotgan tok hosil qiladi. Ikkala .holda.ham o’tkazgich konturi
yaqinida magnit maydonning kattaligi o’zgaradi, demak, kontur bilan chegaralangan sirt orqali
o’tuvchi magnit induksaya oqami ham o’zgaradi. Induksion tok paydo bo’lishining asosiy sababi
magnit induksiya oqiminang o’zgarishi ekanligi quyidagidan kelib chiqadi: bir jinsli magnit
maydonda berk o’tkazgich konturini aylantirgan vaqtda ham induksion tok paydo bo’ladi. Bu
holda o’tkazgich atrofida magnit maydon induksiyasining miqdori o’zgarmasdan, faqat uning
kontur orqali o’tuvchi oqimigina o’zgaradi. Berk konturni bir jinsli magnit maydonda
ilgarilanma harakatlantirganda kontur orqali o’tuvchi induksiya oqimi o’zgarmaydi va induksion
tok hosil bo’lmaydi. Shunday qilib, berk o’tkazgich konturi bilan chegaralangan yuz orqali
o’tadigan induksiya oqimi o’zgarganda, shu konturda induksion tok paydo bo’ladi.
Induksion tokning elektr yurituvchi kuchi (EYuK) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(65)
ya’ni magnit oqimining vaqt bo’yicha o’zgarishi induksiya (EYuK) ga teng. Bunga
elektromagnit induksiyaning asosiy qonuni deyiladi. Bu formuladagi (-) ishorasi induksion
tokning yo’nalishini ko’rsatadi.
Peterburg universitetining professori E. X. Lens o’tkazilgan tajribalarning matijalarini
umumlashtirib, 1833 yili quyidagi qoidani topdi: induksion tokning magnit oqimi shu tokni
yuzaga keltirayotgan magnit oqimiga qarama-qarshi yo’nalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: