66
Investitsiya loyihalari o’rtasidagi raqobat kurashining vujudga kelishi, odatda,
quyidagi sabablarga asoslanadi:
1. Investitsiyalarning eng qisqa fursatda (tez) qoplanishi va yuqori foyda
keltirishi.
2. Investorning kapital byudjeti cheklanganligi.
Investitsiyalar u yoki bu natijalarga erishish yoki muayyan turdagi cheklangan
resurslardan foydalanishning muqobil imkoniyatlari ta’minlangan hollarda o’zaro
ziddiyatli investitsiyalar hisoblanadi va raqobatlashuvchi investitsiyalar deb ataladi.
Muqobil (o’zaro ziddiyatli) investitsiyalarni taqqoslash esa ular ichidan eng yuqori
samaralisini aniqlashga va uni ko’zlangan maqsad yo’lida moliyalashtirishga imkon
beradi. Muqobil loyihalarni o’zaro taqqoslashda, eng avvalo:
- ishlab chiqarish rejasi va
hajmi yoki loyiha quvvatiga;
- vaqt omiliga;
- yangi texnika yoki progressiv texnologiya bo’yicha bajariladigan ish (xizmat)
hajmiga;
- ishlab chiqarish va mahsulotni iste’mol qilishning ijtimoiy omillariga (atrof-
muhitga ta’sirini ham hisobga olgan holda);
- moliyaviy ko’rsatkichlarga (baho darajasi, inflyatsiya va kredit uchun foiz
stavkalari darajalari va shu kabilar) e’tiborni qaratish lozim.
Investitsiyalarning
muqobil
variantlarini
ishlab
chiqish
ularning
samaradorligini oshirish imkonini beradi. Muqobil loyihalar ichida afzali deb
topilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish investor xarajatlarini samarali tashkil
etish, investitsiya xarajatlarining tezroq qoplanishi va yuqori foyda olish imkonini
ta’minlaydi. Investitsiya loyihasining hayotiylik davri ancha uzoq bo’lgan davrda
investitsiya xarajatlarining qisqa vaqt ichida to’liq qoplanishi qolgan davr mobaynida
loyihadan katta foyda olishga imkon beradi va investitsiyalarning yuqori
samaradorligini ta’minlaydi.
Amaliyotda shunday holatlar ham yuz beradiki, bunday paytlarda
investitsiyalashning qaysi variantlarini qabul qilish masalasi jiddiy muammoga
aylanishi mumkin. Masalan, transport kompaniyasi foydalanilgan, lekin, yana 3-4 yil
67
xizmat qilishi mumkin bo’lgan yuk tashish mashinasini yoki xizmat muddati 8-10 yil
bo’lgan yangi yuk tashish mashinasini sotib olishi mumkin. Bunday paytda
kompaniya investitsiyalashning qaysi varianti afzal ekanligini aniqlash uchun ularni
qanday taqqoslash lozimligi muhim vazifa hisoblanadi.
Investitsiya loyihalarining samaradorligi yuqori ko’rsatkichlar asosida ishlab
chiqilgan reja (bashorat)larning haqiqiy bajarilishiga bog’liq bo’ladi. Bu
bashoratlarning hammasi yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga va
yuqori foyda asosida sotishga qaratilgan bo’ladi. Lekin, loyihalarning texnologik
tarkibi (ishlab chiqarish jarayonining murakkabligi va uzoq davom etishi), loyiha
quvvatining bosqichma-bosqich o’zlashtirilishi va mahsulotni sotish jarayoni
kabilarning loyiha samaradorligiga jiddiy ta’sir ko’rsatishini hisobga olish zarur.
Odatda, ob’ektni ishga tushirishning birinchi bosqichining o’zidayoq to’liq
loyiha quvvatiga erishishni rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining aksariyat qismi
noreal hisoblanadi. Sababi, turli xil texnologik, ishlab chiqarish va tijorat
qiyinchiliklari oqibatida (sotish hajmining tushib ketishi, xom ashyo va ishchi kuchi
ta’minotidagi nomuvofiqliklar va shu kabilar) loyihalar ishlab chiqilgan rejalariga
mos kelmay qolishligi mumkin. Ayniqsa, bunday holat loyiha quvvatining birinchi
yilining o’zidayoq to’liq o’zlashtirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarida
kuzatilishi mumkin. Chunki,, aksariyat hollarda, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish
ishlarida ayrim muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababdan loyiha rejasini
ishlab chiqishda uni loyihaning to’liq quvvatiga erishishini investitsiya ob’ektini
ishga tushirgan vaqtning uchinchi-to’rtinchi yillariga kelib, yirik va murakkab
loyihalarda esa 4-7 yillar ichida o’zlashtirishga moslashtirishga harakat qilinadi.
Odatda, bunday rejalashtirish soha, loyiha xususiyatlaridan, ishlab chiqarishning
turlaridan, bozor holatidan kelib chiqib amalga oshiriladi va mahsulotning uzluksiz
va maksimum imkoniyatlar bilan sotilishiga qaratilgan bo’ladi. Loyihalardagi bu va
boshqa jihatlar ular ichidan eng samaralisini tanlashda ziddiyatli holatlarni keltirib
chiqarishi sababli to’g’ri qaror qabul qilish muammosi har doim dolzarb masala
hisoblanadi.
Amaliyotda
shunday hollar ham uchraydiki, ayrim mashhur yirik kompaniyalar