Bog`lovchisiz qo`shma gap orasiga tinish belgisi qo`ying.
1. Borliq jim / / har bitta darchada zangori shu`lalar porlaydi.
2. Hamal keldi / / amal keldi.
3. Bizning qarorimiz shu/ / hasharda barchamiz qatnashamiz.
4. Yer tosh qotgan/ / qor moylanmagan aravaday g`ichirlaydi.
5. Bugun havo ochiq/ / derazalarni lang ochib qo`ysa ham bo`ladi.
6. Suv keldi/ /cho`llarda hayot boshlandi.
7. Osmonda na oy na yulduz ko`rinadi/ / havo buzuq edi
8. Faqat bitta iltimos/ / bir bayt o`qiyman, shuni yaxshilab eshiting.
9. Yuragida qanday dard bor / /mana bu menga sir.
10. Kuz keldi/ /yig`im – terim ishlari boshlandi
11. Siddiqjon to`xtadi/ / orqasidan kimdir kelayotgan edi.
12. To`rt mashina o`g`it yubordik/ / fermerlarga vaqtida taqsimlansin
13. Ehtimol sizda ham shunday hollar bo`lgandir/ / tun yarmidan og`g`anda birdan uyg`onib ketasiz
14. Sabr ila bog`liq ish oshilur/ / ishda ochiqqan ko`p toyilur
15. Yaxshi o`g`il -el obro`si/ / yaxshi qiz -uy obro`si
16. Shoazim o`ng`aysizlanib yerga qaradi / /hozir uning ko`ngliga bahs sig`mas edi.
17. Qor yog`di / /don yog`di.
18. Qayerdadir xo`roz qichqirdi/ / tong otishi yaqinlashgan
19. Ter to`kildi / /dur yetishtirildi
20. Ertaga cho`qqini egallaymiz/ / sovuq qattiq emas, shamol bo`lishi ham kutilmaydi
21. Rais kirib keldi/ / majlis ochildi
22. Bildi ota/ / foydasizdir qiynamoq
23. G`animlar duch kelar/ / jang bo`lar puxta
24. Bir vaqt dasturxon yozildi/ / turli taomlar kirdi
25. Xushxabar olb keldim/ / garnizon yanchildi
26. Doston aytdim/ / kitob bo`ldi
27. U biladi, ishonadi / /singlisi o`zi bo`lmasa, uydirma-yu mish-mishlarga ishonadigan ayol emas
28. Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar/ / qizlar maktab hovlisini supurdilar
29. Elning bir so`zi bor / / o`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma
30. Omon ovchining ov sarguzashtlari ko`plarni qiziqtirardi / /ko`plari hikoya eshitish uchun kelardi
31. Qattiq charchagan edim / /nima deb javob berganimni bilmayman
32. Istiqlol davri bolalari g`ayratli, shijoatli/ / ko`zida chaqini , ko`ksida yolqini bor
33. Endi nima bo`libshundoq bo`lganini aytib o`tirishga fursatim yo`q / / idorada odamlar kutib o`tiribdi
34. Urilmoq ham foyda/ / pishiq bo`lasiz.
35. Ko`prikni biz qurdik/ / dushmanlar o`tdi
36. Kechasi shamol tindi/ / yo`l azodidan horigan kishilar qattiq uyquga ketdilar.
37. Qo`ng`roq chalindi/ / dars boshlandi.
38. Orzum shul/ / o`chmasin yongan chirog`ing
39. Dalasida o`smas tikanlar/ / cho`llarida chopmas ilonlar.
40. Said Jalolxon tovush chiqarmay uning o`rniga o`tirdi / /u ko`rmadi.
41. Paxtalar qiyg`os ochildi/ / terim avjiga chiqdi.
42. San`atkor tajang edi/ / tanaffus vaqtida zalga chiqqan edi,bir traktorist uni savodsizlikda aybladi.
43. Shinel jiqqa xo`l / / Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.
44. Traktorist tanqid qilganiga san`atkor asti chiday olmas edi/ / traktor qayda-yu, masalan, “chorzarb” qayoqda, traktorist qayoqda-yu ashula-chi qayoqda!
45. Bir necha nafas shunday turgach, ko`zlarini ochdi/ /nur yo`qolibdi.
46. Kampirning jig`ibiyroni chiqdi/ / ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig`irig`ini ko`tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi.
47. Osmonda yoqutdek yirik yulduzlar porlaydi / /yangi oyning o`rog`i daryoda qalqib-qalqib suzadi
48. Ruboiyni ichida o`qidi/ / yuzini tabassum qopladi
49. Qish oxirlamoqda, qorlar erigan, hamma joyda loygarchilik / /yo`lda arava tugul, piyoda ham zo`rg`a,qo`rqa-pisa qadam bosadi.
50. Tilmoch bitta-bitta bosib , eshikka tomon borarkan, orqasiga qaradi/ / zal bo`m-bo`sh yetimchadek edi.
51. Yaxshisi shu/ / har kuni savob ish qilishga odatlan.
52. Bularni ko`rib hamma ishondi/ / Sobirjon bugun ,albatta, g`alabaga erishadi.
53. Abror qizni darrov tanidi: u qo`shni mahalladagi do`konda ishlar edi.
54. Sizning qilayotgan ishingiz yomg`irga o`xshaydi/ / har bir tomchisi don undiradi.
55. Chol aqlli odam / /unga o`rgatish ham mumkin, undan o`rganish ham mumkin.
56. Olamni quyosh yoritadi/ / insonni –ilm
57. Bir joyda turganimda deyarli fikr qilolmayman / / tanam hamma vaqt harakatda bo`lishi kerak.
58. Eh, bu yerning nimasini aytasan/ / xayoldagi jannatning xuddi o`zi.
59. Kimki mehnatning zo`rini qilibdi / /odamning sarasi ana shu
60. Ish kuchini elga berma, yerga ber / /jamg`armani selga berma , elga ber!
61. Eshakni yaydoq minib bo`lmaydi/ / yiqilasan kishi.
62. Yaxshini yomon dema ,olising bo`lsa ham/ / yomonni yaxshi dema, yaqinig bo`lsa ham.
63. Faxr bilan silkitib qo`l, derlar/ / Tilaymiz oq yo`l
64. Ishning ko`zini bil/ / dala ham obod, choyxona ham
65. Istiqlol kedi/ / o`zligimizni angladik, qadriyatlarimiz tiklandi.
66. Bizlar xizmatkor odam / /nimani bilaylik ,to`ram .
67. Navoiy H.Boyqaro qoshiga kirib vaziyatni tushuntirdi / / isyonchi valiahdi bilan mustahkam sulh barpo etish kerakligini talab qildi.
68. Qirq to`rt so`mdan yigirma yeti so`mniolib tashladik/ / o`n yeti so`m qoldi.
69. Hayhotday hovli fayzsiz / / daraxtlar ostini o`t-olan bosgan,hovlining etak tomonida bir juft yirik-yirik qarg`a loqayd kezib yuribdi.
70. Obidjon borib pechkaning ichiga qo`l tiqadi: nimanidir mahkam ushlaydi
71. Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi/ / qo`llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari timdalandi.
72. Oltmishga kirib bildim/ / umrim bekorga o`tmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman
73. Kurashda bir tabiat qonuni bor/ / polvon davrada mag`lub bo`lsa,taqdirga tan berib ketmaydi.
74. Elning bir so`zi bor / /o`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma.
75. Axir shu qarorga keldilar / /bolalarni buvimga topshiradigan va akam o`zi bilan shaharga olib ketadigan bo`ldi.
76. Mashina haydovchilariga qiyin bo`ldi / /shiddat bilan chalingan hushtak shofyorlarni tinimsiz to`xtashga majbur qilardi.
77. Beshinchi kun hamma narsa ma`lum bo`ldi / / ko`rinmas politsiyachi rolini qafasdan qochib chiqqan to`tiqush bajarayotgan ekan.
78. Hargiz talabi shuhrat etmakim/ / ofat turur.
79. Nodon aytur: g`olib chiqdim, dono aytur/ / yo`l berdim
80. Qrim urushidan keyin hammasi chappasiga o`zgardi: kompaniya bankrotlik yoqasiga kelib qoldi.
81. Yolg`on o`rmonga o`xshaydi/ / o`rmonga qanchalik kirib boraversang,undan chiqib olish hamshunchalik qiyinlashaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |