1.2.Energiya samarali binolarning turlari va tavsiflari.
Er yuzasi paydo bo‘lgandan boshlab, inson quyosh nurlaridan
foydalangan. Arxeologik ma’lumotlardan ma’lumki, yashash uchun insonlar
tinch, sovuq shamollardan asraydigan, quyosh nuri tushadigan joylarni
tanlashgan. Quyosh haqida afsonalar to‘qilgan, uni xudolashtirishgan.
Qadimgi Misrda Ra – quyosh xudosi hisoblangan. Birinchi mashhur
geliosistema deb bizning eramizgacha XV asrga mansub Amenxotepa III
haykalini atash mumkin. Haykal ichki tomonidagi havo va suv kameralari
quyosh nuri ta’sirida berkitilgan musiqali asbobni harakatga keltirgan.
Qadimgi Gretsiyada Geliosga sig‘inishgan. Bu xudo ismi hozirgi kunda
quyosh energetikasi bilan bog‘liq ko‘pgina atamalarga asos qilib olingan.
Qadimgi slavyanlarda Dojdbog – quyosh, issiqlik va yorug‘lik manbai
ilohiylashtirilgan. Qadimda shunday sirli inshootlar bo‘lganki, hozirgi
kunda ulardan geliokollektorlar sifatida foydalanilgan deb taxmin qilishimiz
mumkin.
O‘rta Osiyo xususan O‘zbekiston qurilish me’morchiligi ibtidosi bizning
eramizgacha III asrga borib taqaladi. IX-X asrlarda qurilgan va bizning
davrgacha saqlanib qolingan ko‘pgina binolar va inshootlar haqli ravishda
qurilish sa’nati cho‘qqisi bo‘lib hisoblanadi, XVI-XVII asrda Samarqand,
Buxoro, Xorazm, Toshkent va boshqa shaharlarda bunyod etilgan bino va
inshootlar yuksak me’moriy-qurilish maktabidan dalolat beradi, bu bino va
20
inshootlarda shakl va fazoviy tarkib uygunligi, tabiiy-iqlim va shaxarsozlik
sharoitlari hisobga olingan ichki va tashqi muhit yaqqol namoyon bo‘ladi.
Energiya samaradorlik deganda avvalo, bino yoki ishlab chiqarishda
texnologik jarayon uchun belgilangan energiya iste’molining nisbatan kam
miqdorda sarflanishi tushuniladi. Energiyatejamkorlik — energiya iste’molini
kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, energiyasamaradorlik undan farqli
o‘laroq
energiyaning
samarali
sarflanishini
anglatadi.
Energiyasamaradorlik
va
energiyatejamkorlik
yordamida
aholining
kommunal sarf-xarajatlari qisqarishiga, mamlakat miqyosida esa sanoat ishlab
chiqarish unumdorligi va raqobatbardoshligining oshishiga, atrof-muhitga
ajralib chiqadigan zararli gazlar miqdorining cheklanishi, energetik
kompaniyalar uchun yoqilg‘i xarajatlarining kamayishiga erishish mumkin.
Ma’lumki, Er yuzida aholi sonining o‘sishi va iqtisodiy taraqqiyot energetik
resurslar iste’moli ortishiga, ularga bo‘lgan talab hamda narx-navoning
oshishiga olib kelmoqda. SHu bilan bir vaqtda, bunday holat Er umumiy ozon
qatlamining emirilishi, atmosferaning kislotali qoldiqlardan ifloslanishi,
biosfera barcha qatlamlarida ikkilamchi kimyoviy reaksiyalar ro‘y berishi
oqibatida zaharli moddalar paydo bo‘layotgani, okeanlar, quruqlikdagi suv
havzalari sirtlari va er osti suvlari ifloslanishi, global va hududiy ekologik
muvozanatning buzilishi va shu singari global ekologik muammolarni keltirib
chiqarmoqda. SHunday ekan, energiya tejamkorligi va samaradorligining
ahamiyati tobora ortib boraveradi.
Energiya samarali binolarni loyixa qilish va qurishda quyosh nuridan
foydalanish uslubiga ko‘ra asosan quyidagi ikki turlarga ajratish mumkin [m]
Quyosh nuridan passiv foydalanish;
Quyosh nuridan faol foydalanish;
Quyosh nuri passiv foydalanishni xam ikkiturga ajratish mumkin:
Derazalar yoki janubiy devorga quyib qurilgan qishki bog‘ orqali
(oranjereya, issiqxona) quyosh nurlari to‘g‘ridan –to‘g‘ri isitadi;
21
Janubiy fasad oynasi orqasiga joylashgan issiqlikni kam o‘tkazuvchi devorga
quyosh nurlarini bilvosita qabul qilish.
Quyosh nuridan faol foydalanish usullarini quydagi turlarga ajratish
mumkin:
1.Qurilgan kollektor yoki devorga yopishgan qishki bog‘, oranjereya orqali
quyosh nurlarini vertikal qabul qilish
2. Avtonom xavoli –issiqlik tashuvchi kollektorlar quyosh nurlarini burchak
ostida qabul qiladi;
3. Havo sirkulyasiyasi mexanik konturli va issiqlik gal akkumulyatorlari
bilan;
4. Fitoelektrik qurilmalar yomonmi foydalanganda;
5. Quyosh nurlarini burchakli va vertikal qabul qilish. Bunda foto golvonik
modullari tomga, devorga, tom devorga joylashtiriladi;
6. Qurilmalarni avtonom o‘rnatish. Bunda modullar avtonom aloxida
o‘rnatiladi. Yuqorida keltirilgan ko‘rsatgichlardan tashqari turar joy
binolarini issitishga sarf bulayotgan issiqlik miqdori ko‘rsatgichlari
bo‘yicha Evropa mamlakatlarida Binolar quyidagi turta sinfga ajratilgan [sh].
Bu kursatgichlar 1.2- jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |