Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.E.G’oziyev “Yosh davrlari psixologiyasi”
Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
371
2.Jaloliddin Rumiy “Qalb ko’zingni och”
3.”Bolalarimiz bamisoli javhar, lekin biz temirchimiz”kitobi
4. “Yoshlarning innovatsion faolligini oshirish, ma’naviyatni yuksaltirish va ilm-
fan sohasidagi yutuqlari mavzusidagi Respublika ko’p tarmoqli, ilmiy-amaliy
konferensiya materiallar to’plami” jurnali 2020 yil 31 avgust 3-son
TALABALAR O’QUV FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI
Nabiyeva Odina Rafikjonovna
Namangan Davlat Universiteti tayanch doktoranti
Kalit so’zlar: Talabalar - moddiy va ma`naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotga va
mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus dastur asosida bajarishga
tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh
Ta’lim-maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi
ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish jarayoni
Bilim-o’quvchilar ongida muayyan tartibda mustaxkamlangan ma’lumotlar, ilmiy
nazaryalar, qonunlar, tushunchalardir.
Hozirgi eng dolzarb muammolardan biri oliy o’quv yurtlaridagi ta`lim-tarbiya ishlari
samaradorligini keskin oshirishdan iboratdir. CHunki respublikamizning rivoji, ravnaqi
va istiqboli ko’proq oliy maktab tayyorlayotgan mutaxassislarning mahoratiga
bog’liqdir. SHuning uchun o’qitishning yangi ilg’or, faol usullarini qo’llash, oqilona
vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Talabalar o’quv faoliyati muvaffaqiyatining muhim sharti oliy o’quv yurtidagi ta`lim
jarayonining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish, diskomfort tuyg’usini bartaraf qilish,
mikromuhitda yuz beradigan ziddiyatlarning oldini olishdan iboratdir.
Odatda quyi kurslardagi talabalar o’quv faoliyatini mumkin qadar to’laroq
tasavvur etishga harakat qiladilar, lekin uni boshqarish to’g’risida yetarli ma`lumotga
ega bo’lmaydilar. Ko’pincha ular o’quv faoliyatini boshqarish deganda, o’quv
materiallari o’zlashtirilishini rejalashtirish, nazorat qilish, baholash kabilarni
tushunadilar. Talabalar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnoma savollariga bergan javoblardan
ma`lum bo’lishicha, ularda o’quv faoliyati tizimini tasavvur etishdan tashqari, uni
boshqarishning ayrim imkoniyatlari yuzasidan muayyan bilimlar ham bo’ladi. Tajribada
ishtirok qilgan 730 nafar sinaluvchilarning 15 foizi shaxsiy faoliyatni boshqarish
deganda o’zlashtirilayotgan o’quv materiallarini ko’p marta takrorlash jarayonini
tushunadilar, uning bosh maqsadi matnning mohiyatini aniq anglashdan iborat deb
biladilar. Masalan, «Materiallarni o’zlashtirish uchun ularni o’qiyman, takrorlayman,
lekin hech qachon uni o’zlashtirish maqsadida oqilona yo’l, usul yoki vositalarni qidirib
o’tirmayman...» Talabaning bu mulohazasi ana shu toifadagi barcha tengdoshlariga ham
xosdir.
Ayrim talabalar o’z javoblarida biror xususiyatga ega bo’lgan materiallarni
o’zlashtirishning usullarini ham yozganlar. Quyi kurs javoblaridan biri «Men avval
o’quv materialini qismlarga ajrataman, so’ng ular o’rtasida mantiqiy uyg’unlikni
Do'stlaringiz bilan baham: |