YOSHLARDA XULQ OG’ISHI VA TARBIYA BUZILISHI KELIB
CHIQISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK SABABLARI
Nuraliyeva Ozoda Shuhrat qizi
Xalqaro islom akademiyasi 2-kurs talabasi
Kalit so’zlar: Tarbiya , axloq normalari, xulq-atvor, “Tarbiyasi qiyin bola” ,
obyektiv va subyektiv sharoit, xulqi og`ishganlik, individual psixologik xususiyat,
obyektiv baho.
Ma’lumki, biror bir ijtimoiy va biologik hodisaning sodir etilishi uchun qandaydir
bir sabab va sharoit bo’lishi talab etiladi. Qandaydir bir sabab ikkinchi bir hodisaning
yuzaga kelishiga turtki bo’ladi. Bu falsafiy nuqtai nazardan sababiy bog’lanishlar
Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
361
jarayoni tarzda tushuntiriladi. Xuddi shunday tarbiya buzilishining kelib chiqishi ham
qandaydir sabablarga bog’langan holda sodir bo’ladi.
Tarbiyaning umumiy ijtimoiy vazifasi – yosh avlodda bilim, ko’nikma, ijtimoiy
tajriba va axloq normalarini shakllantirishdan iborat. Shu maqsadda yosh avlodga
tarbiya berish maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaviy ta’sir, ijtimoiy hayotda munosabatga
kirishish me’yorlarini va shu asosda zaruriy shart – sharoit yaratishni nazarda tutadi.
Maktablarda bolalarga nisbatan ba’zan ‘’Tarbiyasi qiyin‘’ jumlasi ishlatiladi.
Asosan tarbiyasi qiyin bolalar deganda, ko’p holatlarda voyaga yetmaganlar bilan
ishlash nazoratchilari ro’yxatida hisobga olingan yoki olinmagan ,giyohvandlik va
spirtli ichimliklar ichishga qiziqishi, o’g’irlik va bezorilikka moyil o’quvchilar nazarda
tutiladi.
Tarbiyasi qiyin bolalarning kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri ularda
o’qishga nisbatan salbiy munosabatning paydo bo’lishidir. Odatda bunday
munosabatning paydo bo’lishiga boshqa sabablar ham ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Jumladan, o’quv faoliyati usuli, malakalari to’la tarkib topmaganligi sababli nisbiy
bilim olish bilan qanoat hosil qilish, o’zlashtirish qobilyatining sust rivojlanganligi,
muayyan vaziyatlarda hukm va xulosa chiqarishda qiyinchilikka duch kelish,
o’qituvchilar tomonidan o’quvchiga obyektiv baho bermaslik, o’qituvchining boladagi
individual – psixologik va intelektual imkoniyatiga yetarlicha e’tibor bermaslik,
o’qitish saviyasining pastligi, darslarni qiziqarsiz o’tilishi va boshqalar.
Tarbiyasi qiyin bolalarning kelib chiqishining yana bir sababi – ularning sinf
jamoasi va turli xil jamoatchilik tashkilotlari bilan yaxshi aloqada bo’lmasligidadir.
O’quvchi bilan jamoa fikrining mos kelmasligi uning jamoa ichida o’z o’rnini
borgan sari yo’qotib borishiga sabab bo’ladi. Unutmaslik kerakki, o’smirning har bir
harakati u bilan hisoblashish kerakligidan boshqa narsa emas. Shuning uchun jamoa
a’zolari bunday o’smirning qarashlarini vaqti – vaqtida hisobga olishlari yaxshi natija
beradi. O’smirning fikr va qiziqishlarini jamoaning qo’llab -quvvatlamasligi yoki
beparvoligi uni qonunbuzarlikka undaydi va xulq og’ishining kelib chiqishiga
imkoniyat yaratadi. Natijada o’smir uchun kelajak rejalarining poymol bo’lish xavfi
tug’iladi. O’qishdan va jamoadan yuz o’girgan o’smir o’z kelajagini, orzu – umidlarini
maktab va jamoa faoliyatiga bog’lashdan ko’ra, yangi ulfatlari bilan aloqa qilishni afzal
ko’radi va boshqa kishilardan najot izlaydi. Natijada o’smir nosog’lom xulqli bolalar
to’dasiga tushib qoladi va ular xulq – atvoriga xos bo’lgan xarakterga ega bo’ladi.
Oilaviy sharoitning salbiy ta’siri ham tarbiyasi og’ir o’smirlarning kelib chiqishiga
sabab bo’ladi. Ayrim oilalarda bola uchun zaruriy imkoniyatlar mavjud emasligi
sababli u noxush holat bilan yolg’iz kurash olib borish kechinmalari bilan yashaydi.
O’smir dunyosida oilaviy sharoitga nisbatan paydo bo’lgan norozilik hissi kundan –
kun avj olib, ichki qo’zg’olonga aylanib boradi.
Bundan tashqari ota-ona o’rtasidagi munosabatlarning nosog’lomligi, ba’zi ota –
onalarning spirtli ichimlikka ro’ju qo’yishlari ham o’smirning ruhiy dunyosiga salbiy
tasir ko’rsatadi.
Shu o’rinda bolalar va o’smirlarda xulq og’ishi va tarbiya buzilishining kelib
chiqishiga ta’sir etuvchi sabab va omillarni o’rganar ekanmiz, ularning subyektiv va
obyektiv ko’rinishlarini bir – biridan farqlash lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |