Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
325
keltiradi.Ösmirning ichki balandligi va yangi taassurotlar,kechinmalarga munosabati
darajasi ularning ösmir hayotidagi örni keng ijtimoiy sharoitlar bilan,ösmir hayotining
konkret individual sharoitlari,uning tarbiyasi va muloqati xususiyatlari bilan
belgilanadi.Bu örinda ösmir shaxsi shakllanishiga faqat kattalar uchun möljallangan
kitoblar va kinofilmlar salbiy ta'sir körsatishi mumkin.Bularning barchasi,shuningdek
örtoqlari bilan sevgi va jins muammolari haqida özgarishlar ösmirlarda odamlar
munosabatlarining intim jihatlariga kötarinki qiziqishni yuzaga keltirishi,erotik
an'analar va ilk seksuallikni rivojlantirishi mumkin.Har ikkala jins ösmirlari uchun bu
davrda ilk romantik hislarning yuzaga kelishi "birinchi muhabbat"ga duch
kelishi,birinchi bösalarni olish kabilar me'yoriy hol hisoblanadi.
Ba'zida öĝil-qizlarning kayfiyati kötariladi,ba'zida esa tushkunlik holatida özini
sezishi ham mumkin.Yonidagi örtoqlari va tengdoshlariga nisbatan döstlik,yoqtirish
yoki yoqtirmaslik kabi hislarni ham boshidan kechirishi yoki bölmasa tengdosh öĝil
yoki qizlarga nisbatan sevgiga öxshash hislarni özidan ötkazishi ham mumkin.Bir xil
qiziqishlar,mashqlar,manfaatlar birligi asosida örtoqlik va döstlik munosabatlari
vujudga keladi.Döstlar bilan suhbatlashuv gohida shunchalik yoqimli va muhim
böladiki,qarindoshlar bilan bunchalik zavqli bölmasligi mumkin.Chunki bu davrda
yaqin,tushunadigan kishi bilan dardlashish, sirlashish ehtiyoji yuqori böladi.Shuning
uchun bu davrda har bir ösmirning orzusi chin döst topish va unga ham döst
bölishdir.Unda bu davrda döstlarga ehtiyojlik yuzaga keladi,öz his-tuyĝulari va
muammolarini örtoqlashmoqchidek körinadi va haqiqatan ham bunga intiladi.Psixolog
tili bilan aytganda,döst-bu "alter Ego",ya'ni ikkinch "Men" bölib,u ösha paytdagi "Men"
ning bir qismi sifatida idrok qilinadi.Döst ösmir uchun shunday odamki,u bilan barcha
dard-u hasratlarini muhokama qiladi.qalbidagi muammolarini unga tökib solgisi
keladi.Döstlik tuyĝusi psixologik jihatdan öz-özini anglash va boshqa odamni
tushunishga yordam beradi. Muloqotni kutish-murakkab öziga xos holat bölib,bunda
ösmir shartli va shartsiz ravishda qiziqarli va muhim,takrorlanmas uchrashuv muloqotni
kutadi.Shu sababdan ular ota-onalari ,atrofdagi kattalar va umuman boshqalarga diqqat
va qiziqish bilan qaraydilar.Muloqot köpayishi natijasida döstlik kelib chiqadi va bu
döstlik ösmir uchun özini mustaqil va katta odam sifatida hisoblay olishiga turtkiy böla
oladi
Qiz bola bilan öĝil bolaning orasida döstlik hislari va munosabatlari böladi,buni
inkor etib bölmaydi.Bu döstlik tufayli ular bir-birlariga ijobiy ta'sir etadilar.Qizlar bilan
öĝil bolalar döstlik munosabatida bölmasalar,ögil bolalar johil,qöpol,shavqatsiz bölib
qolishlari mumkin.
Tanada bölayotgan özgarishlar va jinsiy rivojlanish mobaynida yigit va qizlarning
özaro qiziqishi kuchayadi va bu kuchayish yoqtirish,sevgi tarzida ham namoyon
böladi.Sevgi bu nafaqat hissiyot ,balki boshqalarni seva olish qobiliyati va sevimli böla
olishdir.Shu sababdan ösmirlar uchun bu hissiyotning borligi juda katta ahamiyatga
egadir.Ösmirlar bir-biriga mehr qöyishganida asosan tanlagan odamlarning tashqi
körinishlari,aqliy imkoniyatlari va obrölariga e'tibor beradilar.Lekin keyinchalik yosh
ulĝayib borgan sari odamlar sevgi obyektini tanlashda uning tashqi qiyofasi,aqli yoki
qandaydir afzalliklariga emas,balki uning insoniy fazilatlariga köproq e'tibor berishlari
kuzatiladi.Aytish mumkinki,sevgi hissini dastlabki bosqichi-özaro yoqtirib qolish,yoki
simpatiya bölib ,bunda tanlagan odamning tashqi qiyofa belgilariga köproq ahamiyat
Do'stlaringiz bilan baham: |