Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
289
kuniga 10, 2-5 sinf o’quvchilari 15, 6-9 sinf o’quvchilari 20-25 daqiqa, o’rta maxsus
kasb- hunar ta’lim muassasalari o’quvchilari kuniga yarim soatdan 1 soatgacha
kompyuter qarshisida o’tirishlari tavsiya etiladi.
Shu bilan birga internetning ma’lum bir saytlari va portallariga kirishni
chegaralovchi dasturlardan foydalanish ham maqul. Bu ishlarni amalga oshirish orqali
internetning o’smirlar psixikasiga ko’rsatadigan salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin.
Shuning uchun ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiyani uzviy holda birga olib
borish zaruriyati haqida bot-bot gapirilmoqda ekan, ta’lim berish jarayonida yoshlarni
maqsadga muvofiq tarbiyalab borish, ta’limga oid ma’lumotlar usullardan o’rinli
foydalanish har doim ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Ta’lim muassasalari
pedagogik jamoalaridagi oshkoralik, xayrixoxlik, bag’rikenglik, tanqidiy- tahliliy
mushohadaga asoslangan o’zaro munosabatlar tizimini yo’lga qo’yishga alohida e’tibor
qaratish lozim. Mazkur tizim yoshlarni destruktiv g’oyalar ta’siriga tushishdan
saqlashda ularning psixologik salomatligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Shu bilan
birga ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o’qitish jarayonida asosiy e’tiborni
o’quvchilarda tanqidiy tafakkurning rivojlantirilishiga shuningdek, ularda axborot-
psixologik xavfsizlikning ta’minlanganligi, psixologik himoya mehanizmlarini
shakllanishiga qaratish darkor. Amaliy psixologik va pedagogik faoliyat tajribasi
asosida ta’lim muassasalariga buzg’unchi guruhlar mafkurasi kirib kelishining asosiy
sabablari, usul va vositalarini tahlil qilish, ta’lim muassasalari o’quvchilari o’rtasida yot
g’oyalar psixologik monipulyatsiyasi hamda salbiy ta’sirining oldini olishga qaratilgan
chora- tadbirlar ijtimoiy – psixologik dasturlar natijalarini bayon etish mazkur
yo’nalishdagi profilaktik ishlar mazmunini boyitishga hizmat qiladi. Ayniqsa, yosh
davrlari bilan bog’liq shaxs inqiroz holatlari mavjudligini ota-onalar inobatga olishlarini
mazkur holatlar o’smirlik davrida alohida e’tibor talab qilishini bilishlari zarur. Chunki
inqiroz davrida inson biron –bir yaqin kishisining maslahati, ma’naviy qo’llab-
quvvatlashiga ehtiyoj sezadi. Agar yonida shunday kishisi bo’lmasa, uning faoliyatida
salbiy xususiyatlar, xulq atvorida og’ishlar kuzatilishi mumkin. Ularda psixologik
madaniyat, mafkuraviy immunitet yetarli darajada shakllangan bo’lsa bu jarayon salbiy
asoratsiz kechadi.
Globallashuv sharoitida farzandlarimiz tarbiyasini virtual olam ixtiyoriga berib
qo’yish esa yomon oqibatlarga olib kelishi mkumkin.
Jamiyatimizning, mamlakatimiz fuqarolarining jismoniy, psixologik, ahloqiy,
ma’naviy, madaniy jihatdan sog’lom bo’lishi barchamizga bog’liqligini e’tibordan soqit
qilmaslik zarur. Bunda esa albatta, oila ,ta’lim muassasalari , jamoatchilik, fuqarolik
institutlari hamkorligi kuchaytirilib borilishi barcha faol fuqarolik pozitsiyasini
egallashi muhim ahamiyatga egadir.
Umuman olganda farzandlarimizda axborot iste’molini shakllantirish jarayonida
oilada bola bilan ota- ona munosabatlari demokratik tamoillar asosida qurilgani ma’qul.
Ayrim oilalarda kuzatiladigan farzandga nisbatan haddan tashqari qattiqqo’llik avtoritar
muomala bolaning lapashang, bo’sh o’zgalar ta’siriga tushib ketavetadigan mustaqil
fikri yo’q odam bo’lib shakllanishiga, yohud ,o’jar, zolim, kek saqlaysigan, qasoskor
muammolari uchun boshqalarni aybdor bilib hammadan o’ch olishga harakat qiladigan
inson sifatida voyaga yetishiga olib kelishi mumkin. Farzandini haddan tashqari
erkalatadigan yoki uni qarovsiz nazoratsiz qoldiradigan ota-onalar ham borki, ularning
Do'stlaringiz bilan baham: |