GLOBAL AXBOROT MAKONNING SALBIY TA’SIRLARIDAN
HIMOYALANISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MASALALARI
Shamatova Dildora Muratovna
Qarshi tumani 35- maktab psixologi
Bugungi kunda axborot maydoni qudratli kuchga aylanib, glabal makonni to’liq
qamrab oldi, u barcha hududlarni zabt etib davlatlararo chegaralarni yo’qqa
chiqarmoqda. Axborotlashuvning jamiyat hayotining barcha sohalarida ko’rsatayotgan
ta’siri borgan sari kuchayib bormoqda. Ayniqsa, internet, uning turli tarmoq va saytlari
keksayu yoshni, erkagu ayolni ohangrabodek o’z domiga tortib bormoqda.
Bugun jamiyatimiuzga ma’naviy tahdid solayotgan xavf-xatar haqida ziyolilarimiz
osdhkora fikr aytmoqdalar. Aslini olganda jamiyatda shunday muammolar bo’ladiki,
ularning ijobiy hal etish uchun yillar davomida, ehtimolki, abadiy kurashishga to’g’ri
keladi. Shunday muammolardan biri- “ ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi
tahdidlardir. Bugungi globallashuv davrida farzandlarning jismoniy sog’lom yurishini
ta’minlashning o’zigina yetarli bo’lmay qoldi. Zamonga xos va mos yuksak ma’rifatli,
bunyodkor, shijoatli avlodni tayyorlash zarurati jamiyat, eng avvallo oila instituti
zimmasiga g’oyat katta ma’suliyat yuklamoqda.
Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
288
Bugun ko’pchilik axborot manbai sifatida internetga murojaat qiladi va u
hayotimizning ajralmas tarkibiy qismiga aylanib ulgurgan. Ta’bir joiz bo’lsa, internetni
pichoqqa o’xshatish mumkin. Chunki, pichoq jinoyatchining qo’lida qotillik quroli
sifatida namoyon bo’lsa, jarroh undan insonlar hayotini saqlab qolish, oshpaz esa
kishilar uchun taom tayyorlash , odamlarga hizmat qilish maqsadida foydalanadi. Ayni
nuqtai nazardan, internetning vazifalari imkoniyatlarini to’g’ri anglash va undan
maqsadga muvofiq foydalanishni har bir fuqaro uddalashi lozim .
Internetning ijobiy tomonlarini inkor etmagan holda, uning yoshlar orasida
samarali destruktiv faoliyat olib borish imkoniyati mavjudligini ham ta’kidlash lozim.
Har kuni yuzlab ijtimoiy tarmoqlarda milliardlab insonlar bir- birlari bilan virtual
muloqotga kirishmoqdalar, har xil bloglarda o’z fikrlarini bayon etib, boshqalarning
mulohazalari bilan tanishmoqdalar. Yoshlarda buzg’unchi, destruktiv g’oyalarga qarshi
hali mafkuraviy immunitet to’la shakllanmagani, ularning eshitgan yoki o’qigan
ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda tutsak , bu ancha e’tibor qaratish zarur bo’lgan
jarayondir.
Axborot- psixologiok xavfsizlik borasidagi bunday tahdidlarga qarshi kurashishda
eng avvalo, huquqiy asosni mustahkamlash lozim. Bu boradagi tahdidlar doim ham
mamlakat ichkarisida chiqavermasligini, ularni chetdan turib tashkillashtirishga urinish
hollari mavjudligini ham unutmaslik zarur. Psixologlar tomonidan hozirgi ikiunda “
axboriy- qo’poruvchi omil” degan tushuncha iste’molga kitritilgan. Haqiqatdan ham
internetdan tarqatilayotgan qo’paruvchilik ruhidagi axborotlar ba’zan harbiy
harakatlarni amalga oshirgandan ham ko’proq samara berishi mumkin. Xususan mazkur
axborotlarning shaxsga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan jihatlari quyidagilarda namoyon
bo’ladi:
a)
Kishilarning ahloqiy –psixologik holatini, dunyoqarashi siyosiy nuqtai nazari va
e’tiqodini maqsadli ravishda o’zgartirishga nisbatan qaratilgan axbotiy bosim, xuruj;
b)
Noto’liq, ataylab buzilgan, noto’g’ri ma’lumotlar axborotlarning tarqatilishi;
c)
To’g’ri ma’lumotning kishilar tomonidan noto’g’ri idrok etilishini ta’minlashga
intilish.
Axboriy ta’sirning foyda yoki zarari uning o’zi emas, balki ko’rsatishi mumkin
bo’lgan natijasi bilan tavsiflanadi. Jamiyatda “ zombi” lar sharqona til bilan aytganda
“ manqurtlar” paydo bo’lmasligi uchun shaxsga boshqalarning salbiy ta’sir o’tkazishga
yo’l qo’ymaslik maqsadida axborot iste’moli madaniyati, mafkuraviy immunitetini
tarkib toptirish va rivojlantirish masalasi hanuz dolzarbligicha qolmoqda.
So’ngi o’n yilliklar davomida makabgacha yoshdagi va umumiy o’rta ta’lim
o’quvchilari, ayniqsa 5-9 sinf o’quvchilari ekran san’ati asarlarining ommaviy ta’sir
ob’ektiga aylangan. Namoish etilayotgan zo’ravonlik va shavqatsizlik sahnalari,
to’qima superqahramonlarning turli tryuklari bolaning ongiga ta’sir o’tkazib beixtiyor
ularni takrorlash istagini tug’diradi. Suiqasd va halokat oqibatlari tasvirlangan kadrlarni
tomosha qilgan bollalarda dahshat, uyquning buzulishi, alahsirash kuzatiladi.
Yoshlarni internetning salbiy ta’sirlaridan himoyalash uchun bir qator ishlarni
amalga oshirish zarur.
Eng avvalo, yoshlarning kompyuret oldida o’tkazadigan vaqtini me’yorga solish
lozim. Buning uchun turli badiiy, ilmiy kitoblarni o’qish, sport bilan shug’ullanishga
undash maqsadga muvofiq. Shifokorlarning tavsiyalariga ko’ra, 1- sinf o’quvchilari
Do'stlaringiz bilan baham: |