SHAXS TARAQQIYOTIDA YOSHI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Aytbayeva Nilufar
Ellikqal’a tumani 43-maktab psixologi
Anotatsiya: Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi salbiy va ijobiy omillar, ijtimoiylashuv
jaroyoni va har bir yoshning o’ziga xos xususiyatlari.
Kalit so’zlar: Shaxs rivoji, individ ,biologik omil, sotsial omil, ta’lim-tarbiya,
jismoniy, aqliy, ma’naviy kamol topish, sog’lom avlod, biologik, psixologik asoslar.
Inson hayot ekan, butun umri davomida o’sib, rivojlanib, o’zgarib boradi. Bolalik,
o’smirlik va o’spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma’naviy
kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fani rivojlanishni
Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
258
biologik va sotsial xususiyatlari o’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan bir butun narsa
deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har tamonlama kamol
topishining samarali bo’lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishining
qonuniyatlarini unga ta’sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta’lim va
tarbiya hamda faoliyatining ta’siri va ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Ma’lumki,
odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot
sharoitlariga bog’liqdir. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini
boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma’lum ijtimoiy
tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan
hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to’g’ri yondashish uchun
shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta’sir sabab va vositalarini
bilish zarur. Shaxsning rivojlanishi jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo’ladi.
Bular irsiyat, ya’ni biologik omil hamda muhit, ta’lim va tarbiya, shaxs faolligi
(ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi.
Ma’lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning
umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga
bo’ysunadi. Shaxsning, ayniqsa bolaning jismoniy rivojlanishi, sog’ligi biologik
omilga bog’liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo’lgan irsiyatning, ya’ni
bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e’tibor bermoqda. Har bir bola
insonlarga xos tug’ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Bola õzining avlod-
ajdodlaridan ko’pgina biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, xatto ayrim
kasalliklar ham nasldan naslga o’tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy
rivojlanishiga hamta’sir ko’rsatadi. Shunday ekan, sog’lom ota-onadan sog’lom
farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim . Shaxsni rivojlantiruvchi asosiy
omillari: biologik
omil,
ijtimoiy
omil,
psixologik
omil.
Muhit – bu shaxsga ta’sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar kompleksidir. Bular:
tabiiy muhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat) oila
muhiti va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya’ni shaxs yashayotgan
jamiyatning inson kamoloti uchun yaratilgan imkoniyatlari muhim rol’ o’ynaydi.
Mustaqil O’zbekistonimizda ta’lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash milliy
dasturini qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi dastlabki qadamlardir. Shaxs
rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali
amalga oshiriladi. Faqattarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga
chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta’sir
etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqealarning to’g’ri ijobiy ta’sirini amalga
oshirish imkoni tug’iladi. Muhit bera olmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi,
xatto tarbiya tufayli shaxsda tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib shaxsni kamolga
yetkazish mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta’siri tufayli tarbiyasi izdan
chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida
bo’lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo’ladi.
Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh o’yin, mehnat, o’qish,
sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Shaxs ulg’aya borgan sari
uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o’zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa
Do'stlaringiz bilan baham: |