Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари


O’smirlarning kun tartibi va o’qish faoliyatini tashkillashtirish bo’yicha



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/522
Sana24.02.2022
Hajmi5,98 Mb.
#245093
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   522
Bog'liq
03.Ilmiy to`plam-01

2. O’smirlarning kun tartibi va o’qish faoliyatini tashkillashtirish bo’yicha 
so’rovnomalar tahlili. 
Mamlakatimizda eng ommapob deb topilgan saytlaridan biri bo’lgan kun.uzning 
o’smirlarning kun tartibi va o’qish faoliyatini tashkillashtirish bo’yicha so’rovnomalar 
o’tkazdi. “Ijtimoiy fikr" so‘rovnomasi natijalariga muvofiq, o‘qish jarayoni o‘smirlarga 
yoqadi, ular umuman olganda o‘z ta'lim muassasalaridagi ta'lim va tarbiya jarayonini 
ijobiy baholashgan. Shuningdek maktabda tengdoshlari bilan muloqot qilish va turli 
tadbirlarda qatnashish imkonining mavjudligi ham ta'lim muassasasida vaqt o‘tkazish 
foydasiga xizmat qilishi aniqlangan. So‘roq qilinganlarning aksariyati maktabda olingan 
bilimlar ularning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligiga ishonchi komil.
O‘smirlarning aksariyati sevimli darsi sifatida matematika va informatikani qayd etgan. 
Har beshinchi o‘quvchi ona tili va tarixni sevimli fani sifatida keltirgan. Har o‘ninchi 
o‘quvchi ingliz tili darsini belgilagan. Tadqiqotlar natijalari har ikkinchi o‘smirning 
biror fan bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar yoki ijodiy to‘garaklarga qatnashini 
ko‘rsatgan. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar ko‘pincha oliy ta'lim muassasasiga kirish uchun 
chet tillari, matematika, ona tiliga oid bilimlarni chuqurlashtirish bilan bog‘liq. 
O‘smirlik davrida kun tartibini buzishning jiddiy shakllaridan biri - mashg‘ulotlarni 
o‘tkazib yuborish. Bu o‘smirlarning nafaqat maktab qoidalarini, balki boshqa ijtimoiy 
normalarni ham buzishga moyilligiga ishora qilishi mumkin. O‘quvchilarning izoh 


Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари 
245 
berishlaricha, ular asosan kasallik tufayli darslarni o‘tkazib yuborishgan. Ba'zi 
o‘smirlar, asosan qishloq joylarda yashovchi o‘quvchilar ota-onalariga yordam 
berishlari sababli ham mashg‘ulotlarga kelmay qolgan vaqtlari bo‘ladi. Har o‘ninchi 
o‘smir oilaviy tadbir sabab darsni o‘tkazib yuboradi. Shu bilan birga, o‘quv materialini 
o‘zlashtirmaganlik va uyga vazifani bajarmaganlik tufayli tekshiruvdan qochib, doska 
oldida javob berishdan qo‘rqib, nazorat ishlarini yozishni uddalay olmaslikdan 
xavfsirab darslarni o‘tkazib yuboradiganlar ham mavjud. O‘smirlarning uyga vazifalarni 
bajarishga o‘rtacha ikki soat vaqt ketadi. O‘g‘il bolalarga qaraganda qiz bolalar uy 
vazifalarini tayyorlashga ko‘proq vaqt sarflashar ekan. Ma'lumotlarga ko‘ra, 65,2 foiz 
o‘smir uchun o‘qishdan bo‘sh vaqtida eng ahamiyatli mashg‘ulot - do‘stlari bilan 
muloqot qilish. O‘smirlarning yana bir sevimli mashg‘uloti - televizion ko‘rsatuvlarni 
tomosha qilish. So‘rovnoma davomida aniqlanishicha, so‘nggi vaqtlarda badiiy 
adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalarini o‘qish, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish, ijodiy 
to‘garaklar va sport seksiyalariga qatnash ham o‘smirlar orasida ommalashgan. 
Shuningdek 75,9 foiz o‘smir uy xo‘jaligini yuritishda va 72,9 foiz o‘smir kichik uka-
singillariga qarashga ota-onasiga yordam berishi aniqlandi. Qishloq joylarda yashovchi 
o‘quvchilar esa, bundan tashqari, qoramollarni parvarish qilishda ham kattalarga 
ko‘mak berishadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, deyarli har uchinchi o‘smir biror bir 
jiddiy qiziqishga ega emas va bo‘sh vaqtini asosan televizor qarshisida yoki 
tengdoshlari bilan ko‘chada o‘tkazadi. Biroq "Ijtimoiy markaz" mutaxassislari fikricha, 
aynan shu yoshda o‘smirlarning band bo‘lishi, ijodga qiziqishi, sport seksiyalariga 
qatnashi va chet tillarni o‘rganishi juda muhim. 
Shaxsda kasbiy o’zligini anglash shakllanishini kasbiy mahoratning vujudga 
kelishidagi asosiy mezonlardan biri sifatida ham bir nechta bosqichlarni ajratish 
mumkin: 
1. Kasblar olami haqidagi aniq – ko’rgazmali tasavvurlarning paydo bo’lishi 
davri. Bu davr 2,5-3 yoshdan boshlanib 10-12 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga 
oladi. Taraqqiyot davomida bolaning ongida kasblar olami haqidagi turli-tuman 
tasavvurlar shakllanib boradi. Boshlang’ich ta’limda esa yetakchi o’quv-biluv 
faoliyatida o’quvchining kasblar haqidagi tasavvuri yanada kengayib boradi. 
2. O’zini kasbiy bilish davri. Ko’plab kasblar haqidagi tasavvurlarni o’zlashtirib 
olgach, o’quvchi ularni u yoki bu shaklda qo’llay olishi kerak. Kasblar haqida yetarli 
bilim, ko’nikma va tayyorgarlikka ega bo’lmaganlari sababli ba’zi o’quvchilar o’zlarini 
biror kasbiy sohada namoyon eta olmaydilar. Biroq ularda yangi yetakchi faoliyat 
tengdoshlari bilan muloqot jarayonida o’zini bilishga bo’lgan ehtiyoj yanada kuchli 
namoyon bo’ladi. 
3. O’zini kasbiy aniqlash davri. Ushbu bosqichda kasbiy o’zlikni anglash 
yakunlanadi. Bu davr maktabni tugatgandan keyin ham davom etishi mumkin. 
O’quvchida kasbni o’rganishning aniq yo’nalishi, barqaror qiziqishlar, kasbning 
talablariga mos bo’lgan shaxs xususiyatlarining shakllanishi kuzatiladi. 
Shaxsning kasbiy shakllanishida ijtiomoiy vaziyatlar va yetakchi faoliyat muhim 
omil hisoblanadi. Kasbiy ta’lim oila va maktabda amalga oshiriladigan kasb 
tanlangunga qadar davom etgan mehnat ta’limi va tarbiyasi negizida, ya’ni kasb 
tanlashga psixologik tayyorlash hamda mehnat faoliyatiga ruhan tayyorgarlikka 
ko’maklashadihan yo’nalish sifatida davom ettiriladi. 



Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish