3. Psixologik profilaktika yo'nalishi - o'quvchilarning tengdoshlari va kattalar
bilan o'zaro munosabatlarida psixologik shikast yetkazuvchi omillarni bartaraf etishda
yordam ko'rsatish, hamda, ular o'rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini
olish bo'yicha profilaktika ishlari olib borish; (2)
Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
211
4. Psixologik korreksiya yo'nalishi - pedagogik jamoalarda sog'lom psixologik
muhitni yaratish va qo'llab quvvatlash, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatlarni
korreksiyalash, psixologik madaniyatni yuksaltirish;
5. Psixologik maslahat yo'nalishi - turlicha yoshdagi o'quvchilarning shaxsiy,
aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta'lim-tarbiyadagi
psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning rivojlanishida sodir bo'lishi ehtimoli bo'lgan
har qanday salbiy og'ishlarning oldini olish va ularga maslahatlar berish;
6. Kasb-hunarga yo'naltirish yo'nalishi - ta'lim muassasalarida o'quvchilarning
qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida ularning kasb-
hunarni to'g'ri tanlashlariga ko'maklashish.
Ta'lim va tarbiya xuddiki, ota-ona kabi bir birlariga chambarchas bog'liq bo'lgan
muayyan 2 tushunchadir. Ta'lim insonlarga bilim, ko'nikma bersa, tarbiyaning umumiy
vazifasi - yosh avlodda bilim, ko'nikma ahloq normalarini to'g'ri shakllantirishdan
iborat. O'quvchilar xulq-atvoridagi salbiy og'ishlar, nuqsonlar borasida turli olimlar
turlicha tipologiyalarni yaratishgan. Masalan, V.Klayn bunday holatlarni 6 ta alohida
guruhlarga bo'lgan:" esipast", "ota-onaning dushmani", "axloqsiz bola", " organik",
"psixotiklar", va "nasliy buzuqlik" (4, b 11-12). Bundan ko'rinib turibdiki, har bir
holatdagi salbiy og'ishga moyillikning sabablari turlicha. Bunga misol tariqasida, bir
nechta omillarni ko'rsatishimiz mumkin:
- o'z (men) iga past nazar bilan qarash, boshqalarga tobelik;
- erkinlik hamda ijtimoiy tartib qoidalardan qochish;
- bolalarga ota-onalar tomonidan diqqat-e'tiborning yetishmasligi;
- oila davrasida doimiy urush-janjallar, bir-birini tushunmaslik, ota-ona va
farzandlarning farqlanuvchi shaxsiy qiziqishlari;
- bolalarning qobiliyatlari ota-onalari tomonidan salbiy baholanishi;
- ichki ruhiy yolg'izlik, o'zgalarning tushunmasligi, baxtsizlikdan qiynalish;
- do'stlar bilan ziddiyatli munosabatlar va shaxsiy muvaffaqiyatsizlik;
- agressivlik, jahldorlik, tezda asabiylashish va ruhiy zo'riqish;
- tug'ma nuqsonlar;
- o'z-o'zini boshqarolmaslik.
Yuqorida ko'rib turganimizdek, ularning barchasi inson psixologiyasida salbiy
og'ishning paydo bo'lishiga sababchi omillar hisoblanadi. Xo'sh, biz qanday qilib
ulardan xalos bo'lishimiz mumkin? Nima bizning salbiy nuqsonlarimizni bartaraf
etishimizga yordam bera oladi?... Albatta, inson qalbining "shifokori" hisoblangan
psixologlar biz uchun doim ko'makka tayyor! Ko’pchilik mutaxasislar, bunday
vaziyatda inson, ayniqsa, o’spirinlar o’zlarini qo’lga olishlari va psixologga murojaat
qilib yordam so’rashlari yoki kim bilandir hissiy kechinmalarini bo’lishishi lozim,
shunda salbiy ta’sirlardan biroz bo’lsada yiroq bo’ladilar deb fikr bildirishgan.
Xulq og'ishining oldini olishda psixologik yordam ikkita yetakchi yo'nalishni
taqoza qiladi. Bu psixologik prevensiya (ogohlantirish, psixoprofilaktika) va psixologik
intervensiya (bartaraf etish, korreksiya, reabilizatsiya) (5, b 44). Bilamizki, BSST
(Butunjahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti) og'ishgan xulqning 3 xil turdagi shakllarini
taklif qilgan. Birinchi usulda, nohush omillarni oldini olish va bu omillarga nisbatan
chidamlilikni oshirish lozim. Ikkinchisida esa, asabiy-psixik buzilishlarni oldinroq
aniqlash va ularni reabilizatsiya qilish hamda, salbiy og'ishga moyilligi bor yoshlar
Do'stlaringiz bilan baham: |