Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
148
Xotira. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda xotira ta’limining ta’siri
bilan
ikki yo’nalishda rivojlanadi. So’z mantiq xotirasining va mahnosiga tushunib esda
olib qolishning rolg’g’i va uning salmog’i kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga
bo’ladi.
Birinchi signal sistemasining faoliyatining nisbatan
ustunligi tufayli kichik
maktab yoshidagi o’quvchilarda so’z mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga qaraganda
ko’rgazmali-obrazli xotira ko’proq rivojlangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi
o’quvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda konkret ma’lumotlarni,
voqeliklarni, qiyofalarni narsalarni va faktlarni yaxshi tez esda olib qoladigan va
xotiralarida mustahkam saqlaydilar.
Hayol. Hayol muhim psixik bilish jarayonlaridan biridir. Hayolning faoliyatsiz
o’qituvchi gapirayotgan va darslarda yozilgan narsalarning tassavvur qilishni hamda
ko’rgazmali obrazlar
bilan ishlashni bilmay turib, xech qanday o’quv predmetni
chinakkam o’zlashtirishi mumkin emas. Kichik maktab yoshidagi o’quvchining
hayoli uning o’quv faoliyatining ta’siri va talablari bilan tarkib topadi. SHuning bilan
bir qatorda bevosita ta`surotlar (mo’zey, vistavkalarning borib ko’rish,
kinokartinalarni ko’rish, ekskursiyalarga borish, maktab yer uchastkasida ishlash va
boshqalar) ham hayolni rivojlantiradi.
Kichik maktab yoshida shaxsning rivojlanib borishi nimalarga bog`liq bo`ladi?
Garchi kichik maktab yoshidagi davr shaxsning taraqqiyotida xal qiluvchi siljishlar
davri bo’lmasa ham bizning fikrimizcha bunday davr o’smirlik
davridir, shunga
qaramay, bu davrda shaxsning tarkib topishi yetarli darajada sezilarli yuz beradi.
Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, maktabga kirish bolaning hayotida burilish
momenti hisoblanadi. Kattalar (o’qituvchilar) va tengdoshlari (sinfdoshlari) bilan
yangi munosabatlar maydonga keladi. Bolaga butun bir jamoaviylar sistemasiga
(umum maktab, sinf) qo’shiladi. O’qituvchi o’z oldiga bir qator jiddiy talablarni
qo’ygan o’qishga yangi faoliyat turiga qo’shilish o’quvchining o’z
hayotini qatxiy
tarzda tashqil qilishga, qoida va rejimga bo’ysunishga majbur qiladi. Bo’larning
barchasi tevarak-atrofdagi voqeylikka,
boshqa kishilarga, jamoaviyga ta’limga va
uning bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlarga nisbatan yangi munosabatlar
sistemasining tarkib toptirishga va mustahkamlashga qatxiy ravishda ta’sir qiladi
harakterni irodani tarkib toptiradi. qiziqishlar
doirasini kengaytiradi, qobiliyatlar
taraqqiyotini belgilaydi.
Xulosa o`rnida shuni aytib o`tmoqchimizki 7-11 yoshli bolalar endigina
maktabga qadam bosgandan so`ng, ularda bazan maktabga nisbatan o`ng`aysizlik
kelib chiqishini ko`rishimiz mumkin ekan. Bularni oldini olish uchun esa biz albatta
ularga avvaldan tanish bo`lgan o`yin faoliyatini o`qish faoliyati bilan birgalikda olib
borish zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: