Январь 2021 7-қисм
Тошкент
“BADIIY ADABIYOT INSONPARVARLIK TUYG‘ULARINI TARBIYALASH
VOSITASI”
Qoryog‘diyeva Miyassar Atamurotovna
Buxoro viloyati olot tumani
20-umumta’lim maktabining
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
Annotatsiya: ushbu maqola shaxs ma’naviyatini shakllantirish va qaror toptirishda so‘z
g‘oyaviy ta’sir vositasi sifatida namoyon bo‘lishi. “Yaxshi so‘z- qilichdan ham kuchli” ekanligi
o‘z o‘rnida ishlatilgan so‘zlar, yorqin va dildan bayon etilgan nutq, ba’mani fikr doimo kishilarning
xulq-atvoriga, ma’naviyatiga, tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida.
Kalit so‘zi: Badiiy adabiyot, kitob, axloqiy va estetik vositalar, barkamol avlod,
Badiiy adabiyot aqliy, axloqiy va estetik vositalar sifatida xizmat qiladi ... Bu bolaning
tafakkuri va tasavvurini rivojlantiradi, his-tuyg‘ularini boyitadi, rus adabiy tilining ajoyib
namunalarini beradi. Bolaning nutqini rivojlantirishda badiiy adabiyotning roli katta, ularsiz
muvaffaqiyatli Biz tez-tez aytamiz: “kitob - dunyoning kashfiyoti”. darhaqiqat, o‘qish paytida
biz bolalarni atrofimizdagi hayot, tabiat, odamlarning ishi, tengdoshlari, ularning quvonchlari va
ba’zida muvaffaqiyatsizliklari bilan tanishtiramiz. Bola uchun badiiy kitob har tomonlama ta’lim
va taraqqiyotning kuchli vositasidir: u bolalarning Vatanga, o‘z tabiatiga bo‘lgan muhabbatini
rivojlantirishga yordam beradi, ona tiliga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalaydi, bolaning xayolini
uyg‘otadi va bolalar o‘yinini uyg‘otadi. Mamlakatimizning buguni, kelajak taraqqiyoti ko‘p
jihatdan yoshlarning intellektual salohiyatiga, vatanparvarligiga bog‘liq. agar ularni sog‘lom,
bilimdon, xalqparvar qilib tarbiyalasak, shubhasiz, ular Vatan ravnaqi uchun hissa qo‘sha oladigan,
uning yuksalishiga dahldor bo‘lgan barkamol va ijtimoiy faol shaxslar bo‘lib shakllanishi
muqarrar. albatta, bu borada biz ta’limning ichiga singib ketgan tarbiyaning beqiyos kuchi va
mas’uliyatini his qilishimiz, undan oqilona foydalanishimiz joiz. Yoshlar ongiga va turmushiga
odob va axloq haqidagi qarashlarni singdirib borish, bo‘sh vaqt tushunchasini hayot tarzlaridan
chiqarib tashlashga ko‘maklashish, ilm-u ziyoning inson hayotidagi ahamiyati nechog‘lik ulkan
ekanligini uqtira bilish nihoyatda zarur. Prezidentimiz shavkat Mirziyoyevning “gap yoshlar
tarbiyasi haqida borar ekan, bu borada shoshmaslik, yoshlar va ota-onalarning talab-istaklaridan
kelib chiqib, har tomonlama puxta o‘ylab ish tutish kerak”, - degan fikrlari har bir pedagogning
dasturil amali bo‘lishi zarur. chunki, ta’lim va tarbiya doimo bir-biri bilan chambarchas
bog‘liqdir. ayniqsa, adabiyot va san’at asarlarining yoshlarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda
tarbiyalashdagi badiiy-estetik ta’sir xususiyatidan iloji boricha kengroq foydalanish muhim
ahamiyatga ega. adabiyot va san’at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, inson
ichki dunyosiga ta’sir ko‘rsata olishidadir. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyotning
ana shu xususiyatini hisobga olish muhim. ayniqsa,o‘zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas
fazilatlari bo‘lgan yaxshilik va samimiylik, bolalarga mehr, kattalarga hurmat, insonparvarlik
xislatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bitiklar ruhiyat va tarbiya kamolotida beqiyos kuchga
ega. shaxs ma’naviyatini shakllantirish va qaror toptirishda so‘z g‘oyaviy ta’sir vositasi sifatida
namoyon bo‘ladi. “Yaxshi so‘z- qilichdan ham kuchli” degan gap bor. o‘z o‘rnida ishlatilgan
so‘zlar, yorqin va dildan bayon etilgan nutq, ba’mani fikr doimo kishilarning xulq-atvoriga,
ma’naviyatiga, tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Pirovard natija har tomonlama kamol topgan,
yetuk, barkamol shaxsni shakllantirishga qaratiladi.
foydalanilgan adabiyotlar:
1. d.quronov “Badiiy asar haqida”
2. WWW.Ziyonet.uz
3. google
16
Do'stlaringiz bilan baham: |