www.ziyouz.com kutubxonasi
46
— Qancha turmoqchisizlar?
— O’n-o‘n beshta odamni yer tishlatishga qancha kerak bo‘lsa, o‘shancha.
— Ertalab qulay payt ekanida sizlar nega biz uchalamizni o‘ldirmadinglar? Bemalol shunday
qilsalaring bo‘lar edi-ku?
— Bilaman. Kayfiyat yo‘q edi. Miyangda bir narsa g‘uvillab turganida o‘zingga-o‘zing pand bera
boshlaysan. Bitta sen haqsan, boshqalar hammasi nohaq, deb o‘ylaysan. Lekin, men mana bu
odamlarni o‘ldira boshlaganimda birdan ularning g‘irt ahmoqligini, ularga qo‘l ko‘tarib bekor
qilganimni anglab qoldim. Kech angladim. Shundan keyin davom etishga ko‘nglim bo‘lmadi, o‘zimni
yana aldash, g‘azabimni qo‘zg‘atish, kerakli kayfiyatni qayta tiklash uchun bu yerdan ketdim.
— Qayta tikladingizmi?
— Unchalik emas. Lekin shu ham yetarli.
Kapitan sigaretasini aylantirib qaray boshladi.
— Nega shunday qildingiz?
Spender xotirjam to‘pponchani oyoqlari yoniga qo‘ydi.
— Chunki men Marsda ko‘rganlarimni faqat orzu qilish mumkin, xolos. Ular biz yuz yil avval
to‘xtatishimiz kerak bo‘lgan joyda to‘xtaganlar. Men ularning shaharlarini aylanib chiqa boshladim, bu
xalqni bilib oldim va ularni o‘z ajdodlarim deb atashdan baxtli bo‘lar edim.
— Ha, ularning shaharlariga gap yo‘q. — Kapitan shaharlardan biriga boshi bilan ishora qildi.
— Gap faqat shundagina emas, albatta, ularning shaharlari yaxshi. Marsliklar o‘zlarining
turmushlarini san’atkorona ifodalab qo‘ya olishgan. Amerikaliklarda san’at har doim alohida modda
hisoblanadi, uning joyi — yuqorida, hardamxayol o‘g‘lining xonasida. Boshqalar uni yakshanbalik
ulushlari, ta’bir joiz bo‘lsa, kimdir din bilan qorishiqda deb biladi. Marsliklarda esa hammasi bor —
san’at ham, din ham va boshqalar ham...
— Ular bir narsaning tagiga yeta olishdi, deb o‘ylaysizmi?
— Albatta.
— Shuning uchun ham siz odamlarni o‘ldira boshlagansiz?
— Kichkinaligimda ota-onam meni o‘zlari bilan Mexiko-sitiga olib ketishdi. Otam o‘zini u yerda
baqiroq, dimog‘dor tutganini hech esimdan chiqarolmayman. Onamga kelsak, uni u yerdagi odamlar
kam yuvinadi, badani qora deb unchalik yoqtirishmasdi. Opam esa ular bilan umuman gaplashmasdi.
Bitta mengina ularga yoqib qolgan edim. Otam bilan onamning Marsga kelib qolsa o‘zlarini xuddi
o‘shanday tutishlarini men juda yaxshi tasavvur qilaman. O’rtacha amerikalik har qanday g‘ayrioddiy
narsaga burnini jiyirib qaraydi. Chikago tamg‘asi yo‘qmi, demak, bu hech narsaga yaramaydi.
Ko‘rdingizmi qanaqa! Ey xudo, shunaqayam bo‘ladimi! Urush-chi! Parvozimizdan oldin Kongressda
yangragan nutqlar esingizdadir! Mabodo sayohat muvaffaqiyatli chiqsa, Marsda uch atom
laboratoriyasi va atom bomba omborlari joylashtirishar emish-a! Bundan chiqdi, Mars tamom; barcha
mo‘‘jizalar yo‘q bo‘lib ketadi. Xo‘sh, o‘zingiz ayting-chi, agar marslik Oq uy pollarini ho‘l qilib qo‘ysa,
siz o‘zingizni qanday his qilgan bo‘lardingiz?
Kapitan churq etmay quloq solib turardi.
Spender gapida davom etdi:
— Qolgan galvarslar-chi? Tog‘ sanoati bosslari, sayohat byurosi... Ispaniyadan Kortes o‘zining
yuvosh kompaniyasi bilan kelganida Meksikaga nima bo‘lgani esingizdami? Bu yuho taqvodor —
iblislar qanday madaniyatni yo‘q qilib tashlashdi! Tarix Kortesni kechirmaydi.
— Bugun biz bilan odobli muomala qilishdi deb aytib bo‘lmaydi, — dedi kapitan.
— Mening ilojim qancha edi! Siz bilan bahslashaymi? Axir men bir o‘zimman — u yerda, Yerdagi bu
ablah, yebto‘ymas butun bir galaga qarshi bir o‘zim-a. Ular bu yerda darhol o‘zlarining maraz atom
bombalarini irg‘ita boshlaydilar, yangi urushlar uchun bazalarga yer talashadilar. Bu ham
yetmagandek, bir sayyora kamlik qilib, boshqa sayyoralarning rasvosini chiqaradilar. Kallasiz
vaysaqilar. Bu yerga kelganimda men o‘zimni faqat madaniyat deb atalmish bu balodan emas,
ularning bu axloq-odobi, bu rasm-rusumlaridan ham qutulgandek bo‘lgan edim. Bu yerda endi menga
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |