Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
Hoy qizaloq, bilasanmi, senga bir narsa aytmoqchiman. 
U qizaloqni tizzasiga o‘tqazdi-da, keng kaftlari bilan uning qoracha qo‘lchalarini siqdi, go‘yo tun 
bo‘yi unga ertak so‘zlamoqchidek, go‘yo bir-biridan qiziq voqea va tafsilotlarni shoshmasdan 
qizaloqning yosh shuuriga erinmay joylamoqchi bo‘lgandek. 
— Bilasanmi, jajjiginam, yarim yil muqaddam Marsga boshqa bir raketa uchib kelar edi. Unda York 
ismli bir odam o‘z yordamchisi bilan bo‘lardi. Biz unga nima bo‘lganini bilmaymiz. Balki ular halokatga 
uchragandir, ular raketada uchib kelar edilar, biz ham raketada uchib keldik. Ishonmasang, ana, bir 
ko‘rib qo‘y-a, qara, qanday katta raketa! Shuning uchun biz ikkinchi ekspeditsiyamiz, bizdan oldin esa 
birinchi bo‘lgan edi. Biz Yerning o‘zidan uzoq uchib keldik... 
Qizaloq beixtiyor bir qo‘lini bo‘shatdi-da, yuziga loqaydlikni ifoda etuvchi oltin niqobni tushirib oldi. 
So‘ng o‘yinchoq oltin o‘rgimchak uyasini olib, uni yerga tushirib yubordi, kapitan esa hamon unga 
uqdirardi. O’yinchoq o‘rgimchak itoatkorona qizaloqning tizzasiga o‘rmalab chiqdi, qizaloq esa loqayd 
bir tarzda haligi niqobining tirqishchasidan uni kuzatib turardi: kapitan beozorgina o‘rgimchakni itqitib 
yubordi-da, o‘z sarguzashtlarini hikoya qilishda davom etdi. 
— Biz — yerliklarmiz, dedi u. — Gapimga ishonasanmi? 
— Ha. — Qizaloq oyoqlarining barmoqlari qumda nimalar chizayotganiga ko‘zining qiri bilan qarab 
turardi. 
— Juda aqlli qizaloq ekansan. — Komandir uni o‘ziga qaratish uchun qizaloqning qo‘lini yarim hazil-
yarim chin bilan chimchilab qo‘ydi. — Biz o‘zimizga raketa qurib oldik, bunga ishonasanmi? 
Qizaloq barmog‘ini burniga tiqdi. 
— A-ha. 
— Va... yo‘q, yo‘q, donoginam. Barmog‘ingni burningdan ol... Va men samoviy kema komandiri, 
va... 
— Bunday raketada tarixda hali hech kim hech qachon koinotga chiqqan emas, — dona-dona qilib 
dedi ko‘zlarini qisgancha qizaloq. 
— Qoyil! Buni qanday bilasan? 
— Telepatiya. — U barmog‘ini naridan-beri tizzasiga surtdi. 
— Xo‘sh? Nahotki bu seni ozgina bo‘lsa-da, qiziqtirmasa? — deyarli qichqirib dedi komandir. — 
Nahotki, bundan xursand emassan? 
— Undan ko‘ra siz mister Iiining oldiga borsangiz, yaxshi bo‘lardi. — Qizaloq o‘yinchoqni yerga 
tushirib yubordi. — U sizlar bilan jon-jon deb gaplashadi. 
Shunday deya qizaloq izma-iz o‘zi bilan yugurib ketayotgan o‘yinchoq-o‘rgimchak hamrohligida 
qochib ketdi. 
Komandir qizga qo‘lini uzatgancha va orqasidan qaragancha joyida o‘tirib qolaverdi. U ko‘zlariga 
yosh qalqib chiqqanini his qildi. Nochor ahvolda og‘zini ochib, bo‘m-bo‘sh qo‘llariga qarab qo‘ydi. O’z 
soyalaridan ko‘z uzmay, o‘rtoqlari uning yonida turardi. Ular yo‘ldagi toshlarga tupurishdi... 
 
Mister Iiining o‘zi eshikni ochdi. U ma’ruzaga shoshardi, biroq agar tezroq ichkariga kirib muddaoga 
ko‘chib qolishsa, ular uchun bir necha daqiqa vaqtini ajratishga tayyor edi... 
— Ko‘p vaqtingizni olmaymiz, — dedi kapitan shishgan qovoqlarini horg‘in ko‘tarib. — Biz YErdan 
kelganmiz, anavi yerda raketamiz turibdi, biz to‘rttamiz — uch fazogir va komandir. Biz butunlay 
holdan toyganmiz, qornimiz och. Uxlashga qulay joy qidirayapmiz. Kimdir bizga shaharcha kalitini 
topshirsa yoki shunga o‘xshagan biror yordam bersa yaxshi bo‘lardi, qo‘llarimizni qisib, urra deb 
qichqirishsa, “tabriklaymiz, chol bobolar!” deyishsa boshimiz ko‘kka yetar edi. Bor-yo‘q iltimosimiz 
shu! 
Mister Iii daroz gavdali, qalin ko‘k shishali ko‘zoynak ortiga yashiringan sarg‘ish ko‘zli odam edi. 
YOzuv stoli uzra engashib, u qandaydir qog‘ozlarni o‘ychan varaqlardi, ora-chora sinchkov nigohlari 
bilan mehmonlarga qarab qo‘yardi. 
— Bu ish qog‘ozlari qaysi go‘rga ketdi ekan-a. — U stolning barcha tortmalarini titib chiqdi. — 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish