МediaNet Xalqaro jurnalistika markazi (Qozog’iston)
– 2004 yilda qozog’istonlik jurnalistlar guruhi tomonidan
yaratilgan va Almatida joylashgan notijorat nodavlat
tashkiloti. Tashkilotning asosiy maqsadi – Qozog’iston va Markaziy Osiyo
davlatlarida, mustaqil va obyektiv OAV salohiyatini mustahkamlash, jamoat
tashkilotlarini qo’llab-quvvatlash, hamda inson huqulari va asosiy erkinliklarni
himoya qilish orqali, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini qo’llab-quvvatlashdan
iborat. So’nggi yillar davomida MediaNet media va axborot savodxonligini,
faktchekingni rivojlantirish ustida ishlamoqda, jurnalistlar, talabalar, o’qituvchilar,
NDT va davlat tuzilmalarining vakillari, hamda aholining ijtimoiy zaif qatlamlari
uchun ta’lim va ma’rifat sohasidagi loyihalarni amalga oshirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |