RAM EDO xotirasi MP uchun qiymatlarni TeEQQ, ning o‘kishiga kerak
bo‘ladigan vaqtni qisqartiradi, xususan, EDO da registr «zanjirlar» to‘plani
qo‘shilgan, ularning hisobotiga chiqishdagi qiymatlar mikrosxemaga keyingi
so‘rovgacha ushlanib turilishi mumkin (bugungi kunda RAM EDO tipidagi xotira
o‘rtacha 45 nanosekund murojaat qilish vaqtiga va 264 Mbayt/s processor—xotira
qiymatlarini maksimal uzatish tezligiga egadir.
SD RAM xotirasi tizim unumdorligini, TeEQQ, ishlash tezligining
processor shinasini ishlash tezligi bilan bir-biriga moslashishi hisobiga oshiradi
(SD RAM hozir 200 MGc chastotalargacha ishlashi mumkin). Bu xotirada
qiymatlarga murojaat qilish vaqti MP ning ichki taktli chastotasiga bog‘liqdir va
6— 10 ns ga etadi, qiymatlarni processor—xotira bo‘yicha maksimal uzatish
tezligi 528 Mbayt/s (!) (haqiqatda processor—kesh xotira bo‘yicha uzatish
tezligiga teng). SD RAM xotirasi SHK ning unumdorligini umumiy 25 %
ko‘paytiradi va ayniqsa jonli videografikalarni ko‘rib chiqishda va uch o‘lchamli
grafika bilan ishlashda qulaydir.
Aslida ta‘kidlash kerakki, oxirgi raqam SHK kesh-xotirasiz ishlashga xosdir
— kuchli kesh bor bo‘lganda unumdorlikdagi yutuq bir necha foizlarni
tashkiletishi mumkin.
Xotiraning har bir yacheykasi o‘zining yagona adresiga (qolgan hammasidan farq
qiladigan) egadir. Asosiy xotira TeEQQ va DEQQ, uchun umumiy adres
kengligiga egadir.
Adres kengligi asosiy xotiraning bevosita adreslanadigan yacheykalarini
imkon boricha maksimal sonini belgilaydi.
Adres kengligi adresli shinalar razryadliligiga bog‘liqdir, negaki turli
adreslarning maksimal soni ikkilik sonlarning har xilligi bilan aniqlanib, bu
sonlarni p ta razryad bilan tasvirlash mumkin, ya‘ni adres kengligi 2p ga teng, bu
yerda ya — adres razryadliligi.
SHKda asos qilib uzunligi bo‘yicha mashina so‘zi o‘lchaniga teng bo‘lgan
16-razryadli adresli kod olingan. 16-razryadli adres kodi bor bo‘lganda bevosita
jani 2
16
q65536q64K (Kq1024) xotira yacheykasini adreslash mumkin. Mana shu
segment deb ataluvchi 64 kilobaytli xotira maydoni AX mantiqiy strukturasining
asosidir. Ta‘kidlash kerakki, himoya qilingan rejimda segment o‘lchani boshqacha
va 64 Kbaytdan birmuncha ko‘p bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy SHK lar (oddiy maishiy kompyuterlardan tashqari) sig‘imi 1
Mbaytdan sezilarli katta bo‘lgan asosiy xotiraga ega: 1 Mbayt sig‘imli xotira AX
ning yana bitta muhim strukturali tashkil etuvchisidir — uni bevosita
adreslanadigan xotira deb atayniz (u faqat haqiqiy rejim uchun tegishlidir).
1 M q 2
20
q 1048576 ta bevosita adreslanadigan xotira yacheykalarini adreslash
uchun 20 razryadli kod kerakdir, uni SHKda AX yacheykasi adreslarini
strukturlashning maxsus uslublarini ishlatib olish mumkin.
28
Absolyut (to‘liq, fizik) adres (A
abs
) bir nechta tashkil etuvchilar yig‘indisi
ko‘rinishida shakllanib, bu tashkil etuvchilardan ko‘proq ishlatiladiganlari segment
adresi va siljish adresidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |