Nazorat uchun savollar
1. Markaziy prosessor, arifmetik - mantiqiy qurilma.
2. Berilgan va adreslar shinasi, registrlar, buyruqlar hisoblagichi.
3. KESh, o‗zgaruvchi nuqtali sonlar matematikasi soprosessori.
4. Hisoblash tizimida bir necha parallel prosessorlar.
5.
6-ma’ruza
Mavzu: Mikroprosessorning tuzilishi. Boshqarish qurilmasi, Buyruqlar
registri, buyruqlar registri bloki, Operasiyalar deshifratori, Mikrodasturlarni
doimiy saqlash qurilmasi (PZU). Impuls operasiyalar deshifratori,
Berilganlar, adreslar, instruksiyalar kodli shinalar. Schyotchik-registr,
Reja
1. Mikroprosessorning tuzilishi.
2. Boshqarish qurilmasi, Buyruqlar registri, buyruqlar registri bloki.
3. Operasiyalar deshifratori, Mikrodasturlarni doimiy saqlash qurilmasi (PZU).
Ma’ruza matni
Mikroprotsessorning tuzilishini biz asosan birinchi mavzuda ko‘rib o‘tilgan
bo‘lsa-da, ayrim qurilmalari ishi bilan kengroq tanishamiz.
Buyruqlar registri — eslab qoluvchi registr bo‘lib, unda buyruq kodi: bajariladigan
amal kodi (BAK) va amalda qatnashuvchi operandlar adreslari saqlanadi.
Buyruqlar registri MP ning interfeysli qismida, buyruqlar registrlari blokida
joylashgan.
Amallar deshifratori — mantiqiy blok bo‘lib, u buyruqlar registridan
kelayotgan amalning kodiga (BAK) mos ravishda unda mavjud bo‘lgan
chiqishlardan bitgasini tanlaydi.
Mikrodasturlarni doimiy eslab
qoluvchi qurilma (DEQQ) o‘zining
yacheykalarida boshqaruvchi signallarni (impulslarni) saqlaydi, ular SHK
bloklarida ma‘lumotlarni qayta ishlash amallari jarayonini bajarish uchun kerak.
Impuls amallar deshifratori tanlagani bo‘yicha amallar kodiga mos ravishda
mikroprogrammalarni DEQQ, dan boshqaruvchi signallarning kerakli ketma-
ketligini o‘qiydi.
25
Adresni shakllantirish uzeli (MP ning interfeysli qismida joylashgan)
buyruqlar registridan va MPX registrlaridan keluvchi rekvizitlar bo‘yicha xotira
yacheykasining (registrining) to‘liq adresini hisoblovchi qurilmadir.
Ma’lumotlarning, adreslarning va ko’rsatmalarning kodli shinalari —
mikroprotsessor ichki interfeysli shinasining qismi.
Umumiy holatda BQ, quyidagi asosiy jarayonlarni bajarish uchun
boshqaruvchi signallarni shakllantiradi:
• MPX ning buyruqlar adresining registr-hisoblagichidan dasturning navbatdagi
buyrug‘i saqlanayotgan TEQQ, yacheykasining adresini tanlab olish;
• TEQQ yacheykalaridan navbatdagi buyruqlar kodini tanlab olish va o‘qilgan
buyruqni buyruqlar registriga qabul qilish;
• amallar kodini va tanlangan buyruqlar belgilarining nimaligini aytib berish
(shifrini ochish);
Do'stlaringiz bilan baham: |