“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/100
Sana31.12.2021
Hajmi1,78 Mb.
#242800
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100
Bog'liq
O'TSQ Majmua

 
5-AMALIY MASHG‘ULOT. 
MAVZU: IMLO VA TALAFFUZ MUNOSABATI 
 
Orfoepiya (orto... yun. epos  — nutq, talaffuz)  —1) tilshunoslikning adabiy 
talaffuz  meʼyorlarini  oʻrganuvchi  boʻlimi;  2)  muayyan  milliy  tilning  talaffuz 
meʼyorlariga  mos  holda  bir  xil  talaffuzni  taʼminlovchi  qoidalar  tizimi  va  ularga 
rioya qilish. Ogʻzaki nutq talaffuzining bir xilligi, imlo (orfografiya) kabi lisoniy 
muomalani  yengillashtiradi.  Orfoepiya  tushunchasi  keng  va  tor  maʼnoda  2  xil 
tushuniladi:  keng  maʼnoda  —  unga  fonemalarni  qoʻllash  qoida  va  fonema 
allofonlari  (variantlari)ni  talaffuz  qilish  qoidalari  kiritiladi;  tor  maʼnoda  —  fasat 
fonemalarni  qoʻllash  qoidalari  kiritiladi.  Orfoepiya  koʻlamining  bir  xil 
belgilanmasligining  sababi  shundaki,  baʼzi  olimlar  talaffuz  meʼyorlari 


tushunchasiga  faqat  tovushlarni  talaffuz  qilishni,  boshqalari  esa  urgʻuni  ham, 
baʼzan variantdor grammatik shakllar hosil boʻlishini ham kiritadilar. 
Tilning  ichki  kategoriyasi  tarzidagi  orfoepik  meʼyor  bilan  kridalashtirilgan 
meʼyor oʻzaro farqlanadi. Ulardan birinchisi ayni bir voqea-hodisani ifodalashning 
tilda  namoyon  boʻladigan  yashirin  imkoniyatlari  mavjudligi  bilan  bogʻliq;  bunda 
meʼyor  — muayyan tilning aniq bir soʻzlovchilar jamoasida tegishli davr orasida 
mavjud  boʻlishi  bilan  bogʻliq  bir  qancha  ijtimoiy  omillarning  amal  qilishi 
natijasidir. Ikkinchisi esa amalda mavjud boʻlgan meʼyorning turli lugʻatlar, maʼ-
lumotnomalar  va  qoʻllanmalarda  qoida  va  koʻrsatmalar  tarzida  shakllantirilgan 
aksidir.  Qoidalashtirishda  qoʻllash  uchun  toʻfi  deb  belgilanadigan  faktlar  tanlab 
olinadi.  Qoidalashtirilgan  meʼyor  koʻpincha  amalda  mavjud  boʻlgan  meʼyordan 
orqada qoladi. 
Orfoepiya milliy tilning shakllanishi bilan bir paytda, ogʻzaki nuqtning taʼsir 
doirasi  kengaygan,  ommaga  qaratilgan  nutqning  yangicha  shakllari  rivojlangan 
paytda  paydo  boʻladi.  Orfoepik  meʼyorlarning  shakllanish  jarayoni  turli  milliy 
tillarda  turlicha  kechadi.  Mas,  hozirgi  oʻzbek  adabiy  talaffuzi  meʼyorlarining 
dastlabki  ildizlari  oʻtgan  asrning  20—30-yillarida  vujudga  kelgan,  bu  sohada  bir 
qancha  tadqiqotlar  oʻtkazilib,  orfoepik  lugʻatlar  nashr  etilgan  boʻlsada,  oʻzbek 
talaffuz meʼyorlari toʻliq shakllangan deb boʻlmaydi. 
Orfoepik  meʼyor  muammosi  bir  til  birligining  bir  emas,  ikki  yoki  undan 
ortiq  ifodasi  boʻlgan  hollarda  yuzaga  keladi.  Meʼyorda  ayni  paytda  til  tizimida 
mavjud  boʻlgan  yoki  mavjud  boʻlishi  koʻzda  tutilgan  narsa  saralanadi.  Tizim 
doirasida  yangi  shakllarning  paydo  boʻlishi  hamda  eskilarini  ekstralingvistik 
omillar  taʼsirida  asta-sekin  siqib  chiqarishi  natijasida  meʼyor  oʻzgarishi  mumkin. 
Meʼyorning  oʻzgarishi  (almashinishi)  har  bir  tarixiy  davr  tilida  variantdor 
meʼyorlarning  ayni  bir  paytda  mavjud  boʻlishi  mumkinligini inkor  etmaydi.  Vaqt 
oʻtishi  bilan  variantlardan  biri  yetakchiga  aylanib,  qolganlari  kamroq  qoʻllanib, 
isteʼmoldan chiqib ketadi. Variantlardan birining yetakchi deb tanlanishiga uning 
til  taraqqiyotidagi  obʼyektiv  qonunlarga  muvofiq  kelishi,  keng  tarqalganligi, 
moʻtabar  andozalarga  (jamiyatning  bilimli  va  madaniyatli  vakillari  talaffuziga) 


mosligi  kabi  omillar  taʼsir  koʻrsatadi.  Orfoepiya  rivojida  namunali  adabiy 
talaffuzni  targʻib  qiluvchi  teatr,  keyinchalik  radio  va  televideniye  katta  rol 
oʻynagan. Sahna nutqi koʻpchilik tillarda orfoepik meʼyorlarning asosi hisoblanadi. 
Nutqning  xarakteriga  koʻra,  adabiy  talaffuzni  2  guruhga  ajratish  mumkin: 
toʻliq  talaffuz;  qisqargan  talaffuz;  maʼruzachilar,  akterlar,  diktorlar  nutqi  toʻliq 
talaffuzni  aks  ettiradi,  chunki  bunda  har  bir  soʻz,  uning  morfemalari  adabiy  til 
qoidasiga mos ravishda toʻla, aniq, donadona talaffuz qilinadi. 
Soʻzlovchi oʻz nutqiga beparvo qarashi orqasida, oʻz shevasi taʼsirida ayrim 
fonemalar turli oʻzgarishlarga duch keladi, soʻzning baʼzi birliklari qisqaradi. Mas, 
olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqargan talaffuzdir. 
Oʻzbek  adabiy  tilining  asosiy  orfoepik  qoidalari  unli  va  undosh 
fonemalarning  talaffuzi,  morfologik  birliklarning  aytilishi,  soʻz  birikmalarining 
talaffuz  qilinishi  kabilarni  oʻz  ichiga  oladi.  Shunga  koʻra  umumiy  orfoepik 
meʼyorlar  belgilanadi.  Orfoepik  meʼyorlar,  odatda  transkripsion  belgilar  vositasi 
bilan ifodalanadi. 
Orfoepiya  orfografiya  bilan  zich  bogʻlangan.  Biroq  soʻzning  yoki  soʻz 
shakllarining  jonli  talaffuzi  hamma  vaqt  ham  ularning  yozuvdagi  ifodasiga  teng 
boʻlavermaydi.  Jumladan,  yozuvda  bor  baʼzi  tovushlar  talaffuzda  sezilmaydi: 
biroq, bilan, tuhmachchi, adabiyochchi kabi; yozuvda berilgan tovushlar talaffuzda 
tushib  qoladi:  badbax,  ayol-man,  abstrak,  Samarqan  kabi;  yozuvda  ifodalangan 
tovush  talaffuzda  boshqasi  bilan  almashtiriladi:  obod-obot,  kitob-kitop,  peshvoz-
peshvos  kabi.  Talaffuzdagi  ana  shu  murakkab  tomonlarni  hisobga  olgan  holda 
yagona orfoepik qoidalar yaratish lozim boʻladi. 
Adabiy  talaffuz  butun  shevalar    uchun  umumiy  bo‘lgan  qoidalar  asosida 
belgilanadi.  
1. Adabiy talaffuz so‘z bo‘g‘inlariga urg‘uni to‘g‘ri qo‘yishga bog‘liq bo‘ladi. 
Odatda,  ona  tilidagi  so‘zlarning  oxirgi  bo‘g‘iniga  urg‘u  tushadi:  maktáb— 
maktabdósh - maktabdoshím. 


2. Yuklamalar va kishilik affikslari urg‘usiz talaffuz qilinadi: síz-a, síz-da, sízmi 
kabi.  
3.  O‘zlashgan  chet  so‘zlarning  ko‘pida  urg‘u  birinchi  yoki ikkinchi  bo‘g‘inga 
tushadi: áql, fíkr, váqt, úzr, húkm, tónna, múhim, múdir, múnis, tipológiya kabi.  
4.  Chet  so‘zlarning  urg‘u  olmagan  oldingi  o  tovushi  a  tarzida,  keyingi 
bo‘g‘indagi  urg‘uli  o  va  e  tovushlari  to‘g‘ri  talafîuz  etiladi:  dotsent  (datsent), 
izotop (izatop), morfema (marfema) kabi.  
5. obraz, traktor, direktor kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inidagi “a”,  “o” unlilari 
kabi talaffuz qilinmasa ham yoziladi. 
    6. Tutuq belgisidan oldingi unli yoki undosh cho‘ziq, ajratib talaffuz qilinadi: 
 a’lo, Ra’no, ta’zim, ta’b, ra’y, mas'ul, qat’iy, san’at kabi.  
7.  Oo  harfi  o‘zbekcha  so‘zlarda  orqa  qator  keng  o  unlisi  sifatida  (ota,  xola, 
fido), chet so‘zlarda old qator tor o (o) unlisi (tonna, talon) kabi talaffuz qilinadi.  
8. Ff harfi fursat, talaffuz, sof so‘zlarida f emas, p kabi talaffuz qilinadi.  
9. Jj harfi juda, tijorat  so‘zlarida jarangli qorishiq undosh kabi, jurnal, mujda, 
tiraj kabi so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undosh sifatida talaffuz etiladi.  
10. Xx va Hh harflarining yozilishi va talaffuzida farq bo‘ladi: Xx  - chuqur til 
orqa  jarangsiz  sirg‘aluvchi  undosh  bo‘lib,  Hh  -  jarangsiz  sirg‘aluvchi  bo‘g‘iz 
undoshidir.    Bu  undoshlarni  farqlamaslik  ma’no  o‘zgarishiga  olib  keladi:  shox  - 
shoh, har - xar, hil - xil kabi.  
11.  Talaffuzda  ba’zi  tovushlar  boshqa  tovushlarning  ta’siri  bilan  o‘zgarishi 
mumkin. Bunday hollarda tovushlar imlo qoidalariga ko‘ra yozilsa ham, talaffuzda 
rioya  qilinmaydi:   tuzsiz - tussiz, yozsa - yossa, uyqu—uyqi, kitob  - kitop, zarar - 
zalal, uchta - ushta, daryo -dayro, shkaf - ishkaf, Samarqand - Samarqan, bigiz- 
biyiz, bog‘bon - bog‘von kabi.  
12.  So‘z  bo‘g‘inlaridagi  urg‘uni  o‘z  o‘rnida  qo‘yib  talaffuz  qilmaslik  so‘z 
ma’nolarini o‘zgartirishi mumkin: bóg‘lar — bog‘lár, súrma — surmá, qishlóqcha 


-  qishloqchá, átlas - atlás, mexánik -  mexaník, fízik -  fizík, etík - étik, ólma - olmá 
kabi.
1
 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish