Turli vokal-xor jamoalariga asarlar tanlash. A`kapella (jo‘rsiz) va jo‘rli
asarlarni,
opera xor sahnalari, messo, xoral, rekviyem asarlardan
namunalarni
o‘zlashtirish. Ijro davrida qo‘llarni mustaqilligiga erishish qobiliyatin
rivojlantirish (bir qo‘l bilan chalib ikkinchi qo‘l bilan dirijyorlik qilish).
Repertuarni xor jamoasiga o‘rgatish.
7. Aranjirovka
Vokal-xor jamoalariga repertuar tanlash jarayonida turli ko‘rinishdagi
qo‘shiq va asarlarni mustaqil moslashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. 1 va 2
ovozli xalq va estrada qo‘shiqlarini bolalar, ayollar, erkaklar va aralash vokal-
xor jamoalari ijrosiga moslashtirish. Ko‘p ovozli turli janrdagi asarlarni
(a`kapella, jo‘rli asarlar, opera xor sahnalari, messo, xoral, rekviyem, syuita,
kantata va o‘zbek kompozitorlar asarlari) 1, 2, 3, 4 ovozli kattalar va bolalar
vokal-xor jamoalariga moslashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: