Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni
1. Xor sinfi
Vokal-xor jamoasi repertuaridagi asarlarni o‘zlashtirish jarayonida turli
davrda yaratilgan asarlarni o‘z davriga, talabiga, xarakteriga mos holda ijro etish
ko‘nikmasini egallash. Ovoz hosil qilish, to‘g‘ri nafas olish, hamohang kuylash,
garmonik va melodik eshitish qobiliyatini rivojlantirish. Turli ko‘rinishdagi
jamoalarga mos asarlar bilan tanishish, o‘zlashtirish. Musiqiy-nazariy va xor-
vokal asarlarni tahlil etish. Asarni ishlash uslubi va yo‘llarini tanlash. Nazariy
bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilish ko‘nikmalarini shakllantirish. Respublika
miqyosida mavjud bo‘lgan vokal-xor jamoalari va repertuari bilan tanishtirish.
O‘zlashtirilgan asarlardan konsert dasturini tuzish va sahnada ijro etish.
Do'stlaringiz bilan baham: