Изланувчилар online илмий-амалий


JAMIYAT XAYOTIDA INSON EKOLOGIK AXLOQIY NORMALARINI



Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/275
Sana24.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#239485
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   275
Bog'liq
Anjuman 16-17 30.11.2020

JAMIYAT XAYOTIDA INSON EKOLOGIK AXLOQIY NORMALARINI 
SHAKLLANTIRISH MASALALARI 
SH.Rasulova 
FarPI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi
 
Ekologik muammolarning globallashuvi va keskinlashuvi davlatlarning 
ekologik siyosati ustuvorlashuviga olib kelmoqda. Ekologik xavfsizlik muammosi 
allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy 
muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin 
ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga 
mos bo’lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu 
muammoni hal qilishimizga bog’liq.
Hozirgi davrda ekologik vaziyat globallashuvi ijtimoiy hayotning barcha 
tomonlarini qamrab olishi bilan “ommaviy ta’sir” effektiga ega, ya’ni istisnosiz 
hamma demografik qatlamlar taqdiriga taalluqlidir. SHuning uchun oilada, 
maktabgacha muassasalarda, umumta’lim maktablarida ekologik axloq va 
madaniyatni tarbiyalash masalasi dolzarbligini yo’qotgan emas.
Yoshlarda ekologik ma’naviy-axloqiy normalarni shakllantirish g’oyat 
murakkab masaladir. CHunki, shaxs irsiy qobiliyatiga, reflektiv imkoniyatiga 
asoslanuvchi ijtimoiy-biologik individuallikni, tabiiy qobiliyatlarini nazariy bilim, 
amaliy ko’nikma, mahoratga aylantirishda tizimli ta’lim-tarbiya olib borish o’ta 
muhim ahamiyatga ega. Jumladan, ekologik ta’lim va tarbiya faoliyati, uning 
ob’ekti inson botinidagi tabiiy va ijtimoiy aloqalar tizimi, ya’ni uning ichki 
ma’naviy ekologik dunyosini shakllantirishdir. Tabiiyki, tashqi uyg’unlikka, ya’ni 
insonning o’rab turgan ijtimoiy va tabiiy muhit bilan o’zaro aloqalarida 
monandlikka erishilsagina, botiniy uyg’unlikka ham erishiladi. Masalan, ob-havo 
odamlarning ahvoliga va ularning salomatligiga ta’sir qiladi. Havoning harorati va 
namligi inson organizmining nafas olish, yurak faoliyati, qon aylanishi va teri 
qoplami bilan bog’liq bo’lgan issiqlik almashinuvi sharoitini belgilab beradi. 
Issiqlik almashinuvi nerv sistemasi orqali boshqariladigan modda almashinuvi 
jarayoni bilan uzviy bog’liqligi haqidagi dastlabki bilimlar inson amaliy hayotini 
oqilona tashkillashtirishga asos bo’ladi. 
Atmosfera havosining ifloslantirilishi, kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriya 
va viruslarni tarqatuvchi ob’ektga aylantirilishi, bakteriya va viruslarning hayot 
faoliyati havo harorati va namligiga bog’liqligi, inson normal hayot kechirishi 
uchun har bir davrning o’z fiziologik va morfologik ko’rsatkichlari o’rtacha 
maromi bo’lib, ulardan chekinish odamlar organizimidagi noxush o’zgarishlarga 
olib keladi. SHu bois inson dunyoqarashini hamda faoliyatini ekologiyalashtirish 
insonni tabiat bilan uyg’unlashtirishning asosi hisoblanadi va ekologik axloq 
normalarini shakllantirishni yoshlik davrlaridan boshlash zarurligi to’g’risidagi 


460 
xulosa yuzaga keladi. Ushbu haqiqat pedagogika amaliyotida ekologik ta’lim va 
tarbiya uslubiyati “inson-tabiat” munosabatlarini uyg’unlashtirish masalasiga 
emas, balki ta’qiqlar hamda ko’rsatmalar tizimini insonning tabiatga nisbatan 
o’zini tutishiga joriy etishga yo’naltirilib, shakl mazmundan ustunlik qilib qolgan 
edi.
Yosh avlodda ekologik tarbiyani yo’lga qo’yish va unda kutilgan samaraga 
erishish pedagogik talablar, qoidalar, usullarsiz mumkin emasligi ayon. Pedagogik 
jarayonning ekologik maqsadi — shaxsning atrof dunyo bilan uyg’un 
munosabatlari uchun zarur xislatlar tizimini shakllantirish va riv ojlantirishni 
nazarda tutadi. SHu ma’noda ekologik ta’lim va tarbiya tizimi ekologik 
inqirozlarning tub sabablarini jamiyatning texnik-texnologik rivojlanishidan emas, 
balki shaxsning o’z ichki inqirozida yashiringan ma’naviyati bilan bog’liqligini 
ko’rsatishdan iborat.
Turli jamiyatlarga, millatlarga xos ekologik axloqiy qarashlarni, muqobil 
ta’limotlarni o’rganish va ularga differentsial yondoshgan holda amaliyotga joriy 
qilish mustahkam ilmiy asoslarni taqozo qiladi. Ekologik muammolarning 
globallashuvi jarayonida tabiat va inson tizimi munosabatlarini boshqarishning 
milliy va umuminsoniy ma’naviy-axloqiy usullari, vositalarining integrativ 
xususiyatlari baholashning universal mezonlari shakllanishiga olib keladi. Ya ’ni, 
milliy va umuminsoniy ekologik axloqiy normalar integratsiyasi natijasida tabiat 
va inson tizimi munosabatlarini baholash mezonlari universallashmoqda.
Dunyoni o’zgartirish, insonning tabiatdan ustunligi g’oyasi muayyan tarixiy 
davrlarda jamiyat taraqqiyoti uchun katta rolg’ o’ynaydi. Aytganda, texnologiyalar 
murakkab tabiat tizimlarini, birinchi navbatda, eng murakkab tabiiy mavjudot 
sifatida inson va jamiyatning omon qolishini gumon ostida qoldirgan tabiiy 
jarayonlarga bu qadar chuqur kirib bormagunicha, u maqsadga muvofiq bo’lgan 
edi. Ammo, insoniyat hayotining hozirgi bosqichidagi ekologik vaziyat insonning 
o’zini tubdan o’zgartirishni talab qilmoqda. Bunda maqsad inson faoliyatining 
asosiy yo’nalishlarini o’zgartirish emas, balki jamiyat va tabiatning o’zaro 
munosabatlarida uyg’unlikni tiklash va saqlab qolish kabi hayotiy muammoni hal 
qilishdir. 
Xulosa qilib aytganda, insonning tabiat bilan muvofiqlashgan o’zaro ta’sirida 
atrof muhitga avaylab munosabatda bo’lishiga, uning ma’naviy dunyosini 
takomillashtirish orqali erishish mumkin. CHunki, inson olamning cheksiz 
aloqalari bilan bog’langan tarkibiy qismi bo’lib, undan ajralsa yoki bog’liqlik 
buzilsa, inson va jamiyat inqirozga va hatto halokatga uchrashi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Mamashokirov S, Tog’aev SH. Erkin va farovon hayot qurilishining g’oyaviy-
mafkuraviy masalalari. -T.: Ma’naviyat, 2007. 
2. Mirziyoev SH.M. Buyuk keleajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan 
birga quramiz. T: O’zbekiston, 2017. -484 b 


461 

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish