Sug‘urta qoplamasi to‘lovlaridagi ulushlar bo‘yicha
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari (%)
1999—2004-yy
.
0
10
20
30
40
50
60
70
80
1999
2000
2001
2002
2003
2004
Yillar
Sug‘urta tarmoqlari
1999
2000
2001
2002
2003
2004
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta
6,0
6,0
,
,
, ,
Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi
0,
,
,
,0
6,6
61,5
Ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi
5,3 2,3 4,4 6,6 6,7
7,2
Majburiy sug‘urta
48,0 33,3 47,5 9,7 16,2
14,1
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
ishlab chiqilgan.
7 0
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatining su-
g‘urta shartnomalari bo‘yicha ko‘rsatkich-
lariga (7-diagramma) to‘xtaladigan bo‘l-
sak, keltirilgan yillarda ularning soni mos
ravishda 9,5; 11,5; 12,1; 6,6; 5,3 mln ni tashkil etgan.
Jami shartnomalar sonining 1999-yilda 60,6; 2000-yilda 51,0
foizi yoki eng ko‘p soni majburiy sug‘urta hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Ammo, 2001—2004-yillarda majburiy sug‘urtaning shartnomalar
sonidagi salmog‘i kamayib borayotganligi kuzatildi. Xususan,
uning hisobiga 2001-yilda 48,7 foiz ulush to‘g‘ri kelgan bo‘lsa,
2002—2004-yillarda sug‘urtaning bu shakli bo‘yicha shartnomalar
soni keskin kamayganligi, ya’ni mos ravishda 7,2; 8,9; 8,6 foizni
tashkil etganligi aniqlandi.
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini rivojlantirishning istiqbolli shakli
ixtiyoriy sug‘urta hisoblandi. 1999—2003-yillarda sug‘urtaning bu
Sug‘urta shartnomalari
va majburiyatlari
ko‘rsatkichlarining
tahlili
7-diagramma
Amaldagi shartnomalar soni bo‘yicha O‘zbekistonda sug‘urta
faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari (%)
1999—2003-yy.
0
10
20
30
40
50
60
70
1999
2000
2001
2002
2003
Yillar
Sug‘urta tarmoqlari
1999 2000
2001 2002
2003
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta
23,21 2,1
2,
,
,
Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi
1,11 21,
23,5 42,7 44,0
Ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi
0,04 0,1 0,1 0,3 2,7
Majburiy sug‘urta
60,64 51,0 48,7 7,2 8,9
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
ishlab chiqilgan.
7 1
shakli bo‘yicha jami shartnomalar sonidagi salmoq o‘zgarishlariga
mos ravishda 23,2; 27,1; 27,7; 49,8; 44,4 foizi — ixtiyoriy shaxsiy
sug‘urta, 16,1; 21,9; 23,5; 42,7; 44,0 foizi — ixtiyoriy mol-mulk
sug‘urtasi hisobiga to‘g‘ri kelganligi hamda 1999—2001-yillarda
amaldagi shartnomalar sonining o‘rtacha 0,1; 2002-yilda 0,3; 2003-
yilda esa 2,7 foizi ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha tuzilgan-
ligi shundan dalolat beradi. Mamlakatimizda ixtiyoriy javobgarlik
sug‘urtasi bo‘yicha shartnomalar soni kam ekanligi uning rivoj top-
maganligi bilan izohlanadi.
1999—2003-yillar davomida mamlakatimizda faoliyat ko‘rsa-
tayotgan sug‘urta tashkilotlarining majburiyatlari hajmida asosan
ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasining salmog‘i o‘rtacha 58,5 foizni
tashkil etganligi kuzatildi.
Erkin bozor munosabatlari qaror topayotgan sharoitda majburiy
sug‘urta bo‘yicha sug‘urta majburiyatlarining hajm jihatdan jami
sug‘urta majburiyatlaridagi ulushining 1999—2003-yillar bo‘yicha
mos ravishda 41,9; 41,5; 9,7; 17,7; 7,5 foizlarni tashkil etganligi
8-diagramma
Sug‘urta majburiyatlari hajmi bo‘yicha O‘zbekistonda sug‘urta
faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari (%)
1999—2003-yy.
0
20
40
60
80
100
1999
2000
2001
2002
2003
Yillar
Sug‘urta tarmoqlari
1999 2000
2001 2002
2003
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta
5,2
,
5,2
5,5
,
Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi
,
,
83,3 63,0 80,9
Ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi
4,1 10,9 1,8 3,8 2,6
Majburiy sug‘urta
41,9 41,5 9,7 17,7 7,5
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
ishlab chiqilgan.
7 2
tadqiqot davomida aniqlandi. Mazkur sug‘urta shaklining o‘rni
asta-sekinlik bilan kamayib borayotganligi kuzatildi. Bu — ijobiy
holatdir.
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari
tomonidan sug‘urta shakllari bo‘yicha zimmalariga olgan
majburiyatlari hajmida (8-diagramma) asosan ixtiyoriy sug‘urta
yetakchilikka egadir. 1999—2003-yillar bo‘yicha sug‘urtaning bu
shakli zimmasiga jami olingan majburiyatlar hajmining mos
ravishda 58,1; 58,5; 90,3; 82,3; 92,5 foiz ulushlari to‘g‘ri kelganligi
shundan dalolat beradi.
Shu o‘rinda, majburiy sug‘urta bo‘yicha majburiyatlar hajmining
kamayishi erkin bozor munosabatlari sharoitida ixtiyoriy sug‘urtaning
o‘rni ortib borayotganligi bilan izohlanadi.Bu ko‘rsatkichlarni
ixtiyoriy mol-mulk sug‘urta misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, jami
shartnomalar soniga nisbatan uning ulushi uchinchi o‘rinda bo‘lgan
bo‘lsa, sug‘urta tashkilotlari tomonidan 1999—2003-yillarda
jamlangan jami sug‘urta mukofotlari summasining o‘rtacha 62,6,
barcha to‘langan qoplamalar hajmining o‘rtacha 53,1 foizi uning
hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkichlar ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta,
ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha ancha pastdir.
9-diagramma
Investitsiya hajmi o‘sishi bo‘yicha O‘zbekistonda sug‘urta
faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari (%)
1999—2003-yy.
-5, 0
5, 0
15, 0
25, 0
35, 0
45, 0
55, 0
65, 0
75, 0
1999-y.
2000-y.
2001-y.
2002-y.
2003-y.
1999
й
.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida
ishlab chiqilgan.
Bank depozitlari
Sotib olingan ko‘chmas mulk
Qimmatli qog‘ozlar
Korxonalar Nizom jamg‘armasidagi ulushlar
Berilgan kreditlar
Boshqa investitsiyalar
7 3
Sug‘urta tashkilotining daromad manbalaridan yana biri uning
investitsiya faoliyati hisoblanadi. Sug‘urtachilarning 1999—2000-
yillarda umumiy investitsiya joylashtiruvlari jabhalari (9-
diagramma) ichida bank depozitlari hisobiga muvofiq ravishdagi
56,5; 61,0 foiz ulushlar to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2001-yilda bu
ko‘rsatkich 29,5 foizni tashkil etgan.
Sug‘urtachilar tomonidan bank depozitlariga investitsiya
joylashtiruvi ko‘rsatkichlaridagi ulush 2002-yil 73,7; 2003-yilda 67,1
foiz bo‘lganligi—bu faoliyatning istiqbolli ekanligidan dalolat beradi.
Sug‘urtachilarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faolliklari tahlil
etilgan yillarda ortib borayotganligi ko‘zga tashlandi. Bu
ko‘rsatkichning sug‘urtachilar tomonidan umumiy investitsiya joy-
lashtiruvidagi ulushi 1999-yilda 34,6 foizni tashkil etgan, 2000-yilda
u o‘tgan yilga nisbatan 1,1 foizga ortgan, 2001-yilda uning keskin
o‘sishi hodisasi kuzatilgan, ya’ni u 68,8 foizdan ortganligini qayd
etish lozim.
Bunday natija, asosan, qarz munosabatlarini ifodalovchi
qimmatli qog‘ozlar hisobiga yuzaga kelgan. Ammo, 2002-yil
yakuniga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 22,8 foizni tashkil etgan yoki oldingi
yilga nisbatan 3 martaga kamayganligi kuzatildi. 2003-yil yakuniga
ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarga joylashtirilgan mablag‘lar ulushi 27,8
foizni yoki oldingi yilga nisbatan 21,9 foizga ortganligi aniqlandi.
Sug‘urtachilar tomonidan investitsiya joylashtiruvining boshqa
jabhalaridagi faolliklari birmuncha pasayishi holatlari ko‘zga
tashlanmoqda. Masalan, sug‘urtachilarning 1999—2003-yillarda
bergan kreditlari muvofiq ravishda 1,8; 0,4; 0,7; 0,3; 0 foizlarni
tashkil etgan yoki 1999-yilga nisbatan uning umumiy ulushdagi
ko‘rsatkichlarida barqarorlik an’anasi kuzatilmagan. Shuningdek,
korxonalar nizom kapitalidagi ulushlar ham 2002-yilda 1999-yilga
nisbatan 3,2 martaga yaqin kamaygan, 2003-yilda bu ko‘rsatkich
oldingi yilga nisbatan 0,1 punktga ortgan bo‘lsa-da, uning sal-
mog‘i sug‘urtachilarning investitsiya joylashtirish sohalari bo‘yicha
hamon past darajada qolayotganligini qayd etish lozim.
Sug‘urta tashkiloti faoliyatining natijasi sug‘urta mukofotlari
summasi, shuningdek, vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larini
investitsiyaga jalb etilgan qismidan olingan daromadlari summasiga
tengdir. U sug‘urta qoplamasi va zaxirasining me’yoriy o‘sishi
summasiga kamaytiriladi. Bu tizimda sug‘urtaning yalpi ishlab
chiqargan «mahsuloti» olingan daromad va sug‘urta hodisasi yuz
7 4
berishiga ko‘ra, amalga oshirilgan qoplama to‘lovlari o‘rtasidagi farq
sifatida aniqlanadi. Bu hisob-kitoblar nisbatida yalpi sug‘urta
mahsulotini ishlab chiqarish hajmi o‘sishi muhim ko‘rsatkich
hisoblanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida mamlakatimizda sug‘urta
faoliyatining xususiylashtirilishi jarayoni, bir tomondan,
tashabbuskorlik negizida sug‘urtalash turlari ortishiga imkon
yaratib, javobgarlik sug‘urtasi, moliyaviy risklar sug‘urtasi va shu
kabi yangi sug‘urta turlari qo‘llanishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sharoitida sug‘urta
tashkilotlarining kuchsiz tomonlari ham ko‘zga tashlanib qoldi.
Bu, ayniqsa, sug‘urtachilarning potensial mijozlar ketidan quvishi
oqibatida ular tomonidan o‘z zimmalariga olgan sug‘urta javob-
garligi past darajada qolayotganligida namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatining majburiy sug‘urta bo‘yicha
ko‘rsatkichlari 2002-yilda 1999-yilga nisbatan sug‘urta mukofotlari
summasidagi ulushlar nisbatida 20,2, amaldagi sug‘urta
shartnomalari soniga nisbatan 53,4, sug‘urta majburiyatlari
hajmida 24,2 punktga kamayganligi aniqlandi. Shuni alohida
ta’kidlash lozimki, majburiy sug‘urtaning jami sug‘urta
qoplamasidagi ulush ko‘rsatkichlari 1999—2002-yillarda o‘rtacha
34,1 foiz darajasida bo‘lgan. Bu holat bizning nazarimizda, bir
tomondan, uning o‘ziga xos o‘rni mavjudligini ko‘rsatsa, boshqa
tomondan, ixtiyoriy sug‘urta subyektlarining sug‘urta risklari bo‘yi-
cha javobgarlikni mijozlar kutayotgan darajada o‘z zimmasiga
olishga tayyor emasligi bilan ham izohlanadi.
Mamlakatimizda sug‘urta himoyasini ta’minlash bo‘yicha
mablag‘larni shakllantirish asosan sug‘urta mukofotlar hisobiga
amalga oshirilmoqda. Sug‘urta turlari tarkibidagi o‘zgarishlar
asosan ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha mukofotlar tushumi
umumiy ko‘rsatkichdagi salmog‘i o‘sishi hisobiga 2001-yilda 1999-
yilga nisbatan 34,3 foizga ortganligi hamda uning 2002-yil
yakuniga ko‘ra, sug‘urta mukofotlari summasidagi ulushi 72,3
foizga yetganligi yoki 1999-yilga nisbatan 37,4 foizga ortganligi
kuzatildi. 1999—2004-yillar davomida sug‘urta faoliyati hajmida
ixtiyoriy sug‘urta hissasi ortib borayotganligi aniqlandi.
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta bo‘yicha umumiy mukofotlar tushumi
1999-yildagiga nisbatan 2001-yilda 3,2 foizga kamayganligi aniqlangan
bo‘lsa, 2002-yilda esa, oldingi yilga nisbatan 7,2 foizga ortganligi
kuzatildi.
7 5
Bugungi kunda ixtiyoriy sug‘urtaning tarkibi o‘zgarib, u eng
ko‘p qo‘llanilayotgan sug‘urta shakliga aylanib bormoqda. Ammo
uning jami sug‘urta mukofotlari hajmidagi ulushi ortib
borayotganligi kuzatilgan bo‘lsa-da, uning salmog‘i bugungi kunda
ham kutilgan darajaga chiqa olmaganligini ta’kidlash lozim.
Mamlakatimizda 1999—2002-yillar davomida, ixtiyoriy mol-
mulk sug‘urtasining muntazam o‘sib borganligi tadqiqot ishida
amalga oshirilgan tahlillar asosida aniqlandi. Ixtiyoriy mol-mulk
sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hajmi jami mukofotlar
summasiga nisbatan o‘sishi yuqori bo‘lganligini ta’kidlash lozim.
Mamlakatimizda majburiy sug‘urtaning ko‘lami 1999—2003-yillar
davomida birmuncha kamayib borganligi qayd etildi. Uning
ahamiyatini inkor etmagan holda, shuni ta’kidlash kerakki, u budjet
mablag‘lari hisobiga amalga oshirilganligi sababli davlat uchun
qo‘shimcha investitsiyalash bilan shug‘ullanish imkonini yaratmaydi.
Majburiy sug‘urta bo‘yicha qoplama to‘lovlari 1999-yilga nisbatan
2001-yilda 0,5 foizga, 2002-yilda 4,7 martaga kamaygan bo‘lsa, 2003-
yilda ham uning salmog‘i kamayganligi kuzatildi.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. 1999—2004-yillar davomida O‘zbekistonda sug‘urta mukofotlarining yalpi
ichki mahsulotdagi salmog‘i o‘zgarishi qanday tusga ega bo‘lgan?
2. Sug‘urta mukofotlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi rivojlangan
mamlakatlarda o‘rtacha necha foizni tashkil etadi?
3. Sug‘urta kompaniyalarini ustav kapitali miqdori jihatdan qanday
guruhlarga bo‘lish mumkin?
4. 1999—2004-yillarda sug‘urta tashkilotlari ustav kapitali o‘sish ko‘rsatkichi
qanday tendensiyaga ega bo‘lgan?
5. 1999—2004-yillarda sug‘urta mukofotlari tarkibida qaysi sug‘urta
turlarining ulushi yuqori darajada bo‘lgan?
6. 1999—2004-yillarda sug‘urta qoplamalari tarkibida qaysi sug‘urta
turlarining ulushi yuqori darajada bo‘lgan?
7. 1999—2004-yillarda sug‘urta shartnomalari tarkibida qaysi sug‘urta
turlarining ulushi yuqori darajada bo‘lgan?
8. 1999—2004-yillarda sug‘urta majburiyatlari tarkibida qaysi sug‘urta
turlarining ulushi yuqori darajada bo‘lgan?
9. 1999—2003-yillarda sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatida qanday
tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y bergan?
10. Ushbu mavzuda keltirilgan ma’lumotlar sizga qanday foyda keltirdi,
deb o‘ylaysiz?
7 6
10-mavzu. O‘zbekistondagi ayrim yirik sug‘urta
kompaniyalari faoliyatining tahlili
Yirik sug‘urta kompaniyalarida sug‘urta mukofotlari tushumi va
sug‘urta to‘lovlarini to‘lash ko‘rsatkichlari tahlili.
Yirik sug‘urta kompaniyalarida sug‘urta shartnomalari soni va
sug‘urta majburiyatlari ko‘rsatkichlari tahlili.
Mamlakat sug‘urta tashkilotlarining
sug‘urta mukofotlari tushumlari bo‘yicha
ulush ko‘rsatkichlari (1-jadval) tahlili
shuni ko‘rsatmoqdaki, keltirilgan yillar
davomida tadqiqot obyektlari bo‘lgan 4
ta sug‘urta tashkilotlari tomonidan
undirilgan mukofotlarning salmog‘i yildan yilga ortib borganligi
ko‘zga tashlandi. Xususan, majburiy sug‘urta bo‘yicha 1999—
2002-yillar davomida mos ravishda 99,9; 100,0; 99,0; 100,0 foiz
ulushlar ular hisobiga to‘g‘ri kelgan.
1-jadval
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta mukofotlari
tushumlari bo‘yicha ulush ko‘rsatkichlari (%)
Manba: O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
tashkilotlari hisobotlari asosida tayyorlangan.
Majburiy sug‘urtani amalga oshirishda yetakchi o‘rin «O‘zagro-
sug‘urta» DASK hisobiga, mos ravishda, 68,8; 64,2; 69,1; 49,8
foiz ulushlarda to‘g‘ri kelgan. Bunga uning zimmasiga majburiy
sug‘urtani amalga oshirish yuklatilganligi sababdir. Sug‘urtaning
Yirik sug‘urta
kompaniyalarida
sug‘urta mukofotlari
tushumi va sug‘urta
to‘lovlarini to‘lash
ko‘rsatkichlari tahlili
7 7
bu shaklini amalga oshirishda «O‘zbekinvest» EIMSK 1999—
2002-yillar bo‘yicha, mos ravishda, 9,2; 16,6; 13,9; 27,1; «Kafolat»
DASK 21,0; 16,5; 12,9; 16,9 yoki bu ikki sug‘urta tashkilotiga
keltirilgan yillarda 30,2; 33,1; 26,8; 44,0 foiz ulushlar to‘g‘ri
kelgan.
Tahlil davomida, majburiy sug‘urtani amalga oshirishda
«Madad» SA ham o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib borayotganligi
kuzatildi. Uning bu shakl bo‘yicha sug‘urta mukofotlaridagi ulushi
keltirilgan yillarda mos ravishda 0,9; 2,7; 3,1; 6,3 foizlarga teng
ekanligi shundan dalolat beradi.
Sug‘urtaning ixtiyoriy shakli bo‘yicha 4 ta asosiy sug‘urta
tashkilotlari turlicha ko‘rsatkichlarga ega ekanliklari tadqiqot
davomida aniqlandi. Ta’kidlash lozimki, 1999—2002-yillarda
ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha mukofot tushumi ko‘rsatkichlarida
«O‘zagrosug‘urta» DASK hisobiga eng ko‘p ulush, ya’ni mos
ravishda, 46,1; 39,0; 43,0; 43,7 foiz to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, «Kafolat»
DASK tomonidan ham ma’lum sa’y-harakatlar amalga
oshirilganligi natijasida, mos ravishda, 28,4; 27,5; 24,2; 17,0 foiz
ulushidagi mukofotlar jamlanishiga erishilgan.
Boshqa sug‘urta tashkilotlari ham mukofot jamlanishida
sezilarli ulush ko‘rsatkichlariga ega bo‘lganliklarini qayd etish
lozim. Ular tomonidan 1999-yilda ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta
bo‘yicha jami mukofot tushumlarining 22,0 foizi jamlangan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich 2000—2002-yillarda, mos ravishda, 29,3; 20,7; 29,2
foizga teng bo‘lgan. Keltirilgan ma’lumotlar tahlili shuni
ko‘rsatmoqdaki, ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta o‘zida katta
imkoniyatlarni mujassam etgan.
Mamlakatimizda keyingi yillarda turli iqtisodiyot
subyektlarining mol-mulklari tarkibi son jihatdan ortib bormoqda.
Shu bois, ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasini amalga oshirishga
bo‘lgan talab ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Xususan, ixtiyoriy
mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha jamlangan sug‘urta mukofotlari
tushumlarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 1999—2002-yillarda
jami undirilgan mukofotlar summasidagi ulush nisbati tadqiqot
obyektlari bo‘lgan 4 ta sug‘urta tashkilotlari hisobiga, mos ra-
vishda, 93,0; 87,6; 96,0; 82,8 foizni tashkil etgan. Shuni qayd
etish mumkinki, ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha 1999—
2002-yillardagi mukofotlar tushumida eng ko‘p ulush, mos
ravishda, 47,2; 55,0; 76,9; 65,2 foiz darajasida «O‘zbekinvest»
7 8
EIMSK tomonidan jamlangan. Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi mu-
kofotlari tushumida «O‘zagrosug‘urta» DASK ham sezilarli o‘ringa
ega bo‘lganligini ta’kidlash lozim.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan keltirilgan yillarda ixtiyoriy
javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha ham mukofot tushumlari ortib
borayotganligi kuzatildi. Xususan, bu borada eng ko‘p mukofot
undiriluvi «O‘zbekinvest» EIMSK hisobiga, ya’ni keltirilgan
yillarda, mos ravishda, 6,2; 17,4; 41,2; 41,4 foiz ulushlarda
bo‘lganligi aniqlandi. Ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha
boshqa sug‘urta tashkilotlari tomonidan (tadqiqot obyektlari
bo‘lgan 4 ta sug‘urta tashkilotlaridan tashqari) hisobiga keltirilgan
yillarga, mos ravishda, 27,9; 49,2; 42,6; 25,8 foiz sug‘urta
mukofotlari jamlanishiga erishilgan.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan iqtisodiyot subyektlarining
risklardan ishonchli himoyasini ta’minlash muhim hisoblanadi.
Shu nuqtayi nazardan, mamlakat sug‘urta tashkilotlarining
qoplama to‘lovlari darajasi (2-jadval), albatta, potensial
mijozlarning sug‘urtaga bo‘lgan talabi ortishi yoki aksincha,
pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
1999—2002-yillarda mamlakat sug‘urta tashkilotlari tomoni-
dan amalga oshirilgan qoplama to‘lovlari ortib borganligini qayd
etish mumkin. Xususan, majburiy sug‘urta bo‘yicha yuz bergan
sug‘urta hodisasi oqibatida subyektlarning ko‘rgan zararlarini
qoplash uchun to‘langan jami qoplama summasidagi eng katta
ulush «O‘zagrosug‘urta» DASK hisobiga to‘g‘ri kelgan va
keltirilgan 4 yil bo‘yicha u o‘rtacha 90,4 foizdan yuqori darajada
bo‘lgan.
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa sug‘urta
tashkilotlari (tadqiqot obyektlari bo‘lgan 4 ta sug‘urta
tashkilotlaridan tashqari) tomonidan keltirilgan yillarda majburiy
sug‘urta bo‘yicha qoplama to‘lanmagan.
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining 1999—2002-yillarda
ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha jami qoplama to‘lovlari summasida
ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta va ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha
yetakchi o‘rin, mos ravishda, 60,5; 50,8; 57,3; 58,5 hamda 81,8;
78,3; 91,7; 83,9 foizlarda «O‘zagrosug‘urta» DASK tomonidan
amalga oshirilgan. Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta bo‘yicha «Kafolat»
DASK ham keltirilgan yillarda 26,3; 15,0; 19,3; 12,7, shuningdek,
boshqa sug‘urta tashkilotlari (4 ta nomlari keltirilganlaridan
7 9
tashqari) ham 12,2; 29,5; 17,2; 12,9 foiz ulushlarda qoplama
to‘lovlarini amalga oshirganligi e’tiborga molikdir.
2-jadval
Mamlakat sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta qoplamalari to‘lovlari
bo‘yicha ulush ko‘rsatkichlari (%)
I x t i yo r i y
shaxsiy sug‘urta
mol-mulk sug‘urtasi
javobgarlik
sug‘urtasi
Majburiy
sug‘urta
y i l l a r b o‘ y i ch a
Sug‘urta
tashkilotlarining
nomi
1999
2000
2001
2002
1999
2000
2001
2002
1999
2000
2001
2002
1999
2000
2001
2002
«O‘zbekinvest»
EIMSK
0,6 4,3 6,0 15,7 13,6 0,2 4,8 10,7 0,2 6,4 0,1 0,3 0 0,1 1,1 14,4
«O‘zagrosug‘urta»
DASK
60,6 50,8 57,3 58,5 81,8 78,3 91,7 83,9
0 91,6 0,2 0,0 97,0 97,5 96,9 70,3
«Kafolat» DASK 26,3 15,0 19,3 12,7 3,4 21,0 1,0 1,89
0
0,8 0,2 0,3 0 2,4 1,1 11,4
«Madad» SA
0,3 0,4 0,2 0,2 0,1 0,1 0,1 0,01 63,0 0,2 84,0 92,0 3,0 0
0,9 3,9
Boshqa sug‘urta
tashkilotlari
12,2 29,5 17,2 12,9 1,1 0,4 2,4 3,5 36,8 1 15,5 7,4 0
0
0
0
Manba: O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
tashkilotlari hisobotlari asosida tayyorlangan.
Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha keltirilgan yillarda jami
qoplama to‘lovlarining, mos ravishda, 13,6; 0,2; 4,8; 10,7 foiz
ulushlari «O‘zbekinvest» EIMSK hisobiga to‘g‘ri kelgan. Tadqiq
etilgan yillarda ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha «Kafolat»
DASKning ulush ko‘rsatkichlari, mos ravishda, 3,4; 21,0; 1,0;
1,9 foizlarni tashkil etgan yoki boshqacha aytganda, 2001-yilda
1999-yilga nisbatan ko‘rsatkichning eng ko‘p, ya’ni 2,4 foizga
pasayganligi kuzatildi. Bu borada «Madad» SAning ulush
ko‘rsatkichlari 1999—2001-yillar davomida o‘zgarishsiz, 0,1 foiz
darajasida qolganligi aniqlandi. Ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi
bo‘yicha 1999—2002-yillarda qoplama to‘lovlari ham turlicha
ulushlarda amalga oshirilganligi ko‘zga tashlandi. Xususan,
tadqiqot natijalari 1999 (63,0), 2001 (84,0) va 2002-yillarda (92,0
foiz) birmuncha ko‘proq qoplama summalari «Madad» SA
tomonidan to‘langanligi, 2000-yilda jami to‘langan
qoplamalarning 91,6 foizi «O‘zagrosug‘urta» DASK hisobiga
to‘g‘ri kelganligini ko‘rsatdi. «O‘zbekinvest» EIMSKning
keltirilgan yillarda qoplama to‘lovlaridagi ulushi 2000-yildan (6,4
foiz) tashqari sezilarli bo‘lmaganligi qayd etildi.
8 0
Mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari
tomonidan jamlangan sug‘urta mukofotlari hajmi sezilarli ortgan
bo‘lishiga qaramasdan, qoplama to‘lovlari summasi hamon past
darajada qolmoqda.
Sug‘urta tashkilotlarining amaldagi
shartnomalar soni bo‘yicha ulush
ko‘rsatkichlarining (3-jadval) 1999—
2002-yillardagi tahliliga asoslanib, shuni
qayd etish mumkinki, sug‘urta shakllari
bo‘yicha eng ko‘p shartnomalar soni
«O‘zagrosug‘urta» DASK hisobiga, ya’ni keltirilgan yillarda maj-
buriy sug‘urta bo‘yicha 92,6; 97,4; 92,7; 76,8; ixtiyoriy shaxsiy
sug‘urta bo‘yicha 67,2; 50,8; 75,5; 40,5; ixtiyoriy mol-mulk
sug‘urtasi bo‘yicha 78,3; 91,6; 86,3; 88,5; ixtiyoriy javobgarlik
sug‘urtasi bo‘yicha 46,4; 0; 68,1; 72,8 foiz ulushlari to‘g‘ri kelgan.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |