O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
X . S H E N N A Y E V , T . B A Y M U R A T O V
SUG‘URTA ISHI
Kasb-hunar kollejlari uchun
o‘quv qo‘llanma
T O S H K E N T
2006
2
© «Turon-Iqbol», 2006-y.
M a s ’ u l m u h a r r i r :
A.Vahobov, i.f.d., professor.
Taqrizchilar:
A.Jo‘rayev, i.f.d., professor,
P.Saidxodjayev, i.f.n., dotsent.
1805040400- 28
SH
2006
M 361( 04)- 2006
3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar bozor munosabatlari talablariga mos bo‘lgan sug‘urta
tizimini barpo etishni taqozo etdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida
mamlakatda yagona — davlat sug‘urta organlari faoliyat yuritgan
bo‘lsa, hozirgi paytda raqobat muhitida sug‘urta xizmatlarini
ko‘rsatuvchi 25 ta turli mulk shaklidagi sug‘urta tashkiloti va 300
dan ortiq ularning filiallari mavjud. Mavjud sug‘urta tashkilotlari-
ning 5 dan ziyodi xorijiy kapital ishtirokidadir. Hozirgi paytda,
ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, sug‘urta tashkilotlari va ularning
filiallarida 3000 dan ortiq mutaxassislar ishlaydi.
Bugungi kunda aholiga munosib turmush tarzini yaratish,
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, tadbirkorlik
faoliyatini kengaytirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jalik
tizimiga integratsiyalashuvini jadallashtirish — hukumat olib
borayotgan siyosatning markaziy o‘rinlaridan birini egallaydi.
Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishishda sug‘urta
tizimi muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, oldindan ko‘rib
bo‘lmaydigan tabiiy va boshqa hodisalarning ro‘y berishi oqibatida
ko‘rilgan zararlarning sug‘urta yo‘li bilan qoplanishi korxona va
tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi, ikkinchi-
dan, sug‘urta tashkilotlarida zaxira shaklida yirik miqdorda bo‘sh
pul mablag‘larining mavjud bo‘lishi investitsion resurslarga bo‘lgan
ehtiyojni qondirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Yildan yilga respublikamizda sug‘urta tashkilotlari tomonidan
yig‘ib olinadigan sug‘urta mukofotlari miqdori o‘sib bormoqda.
Buni quyidagi raqamlardan ham bilib olish mumkin: 2000-y. —
8349,4 mln so‘m; 2001-y. — 16236,8 mln so‘m; 2002-y. —
21606,3 mln so‘m; 2003-y.— 27064,5 mln so‘m; 2004-y. —
32875,4 mln so‘m.
Iqtisodiyotning rivojlanishida sug‘urta sohasi strategik aha-
miyatga ega bo‘lganligi uchun ushbu tarmoqni rivojlantirishga
4
mamlakat rahbariyati va hukumati tomonidan katta e’tibor
berilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» 2002-yil 31-yanvarda qabul qilgan
Farmoniga muvofiq, 2002-yilning 1-fevralidan boshlab, mulkchilik
shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat
ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari 3 yil muddatga daromad
(foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etildi. Soliq to‘lashdan bo‘shagan
mablag‘larning katta qismi respublika mintaqalarida sug‘urta tash-
kilotlarining bo‘linma va agentlik tarmoqlarini rivojlantirishga
sarflandi.
Bunday sharoitda sug‘urta sohasining yuqori malakali
mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji yanada oshadi. Shuni e’tiborga
olgan holda mamlakatimizda sug‘urta tizimi uchun malakali
mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti,
Toshkent Moliya institutida «Sug‘urta ishi» bakalavriat yo‘nalishi
va mazkur yo‘nalish bazasida magistratura mutaxassisliklari
bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda va sug‘urta sohasi
uchun kadrlar tayyorlash uzluksiz tizimini yaratish maqsadida o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘g‘ini darajasida sug‘urta bo‘yicha
kadrlar tayyorlash boshlandi. Jumladan, Toshkent Bank kolleji-
da «Sug‘urta ishi» bo‘yicha o‘rta maxsus ta’lim berish tashkil etildi.
Bunday kollejlarning safi yanada kengayadi, degan umiddamiz.
5
1-mavzu
.
Sug‘urtaning mohiyati
va funksiyalari
Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
Sug‘urtaning funksiyalari.
Bozor munosabatlari takomillashuvi
iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi
bilan birgalikda kechadigan jarayondir.
Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi
sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi
tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali
turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot subyektlari
manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi.
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini
himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi
ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida
paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat —
aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga
keldi.
Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan
qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir.
Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari — murakkab va keng
qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga
kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham
muhimdir.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida
ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Mamlakatimizda «2001-
yili 63 mingga yaqin korxonalar xususiy tarmoq vakillari sifatida faoliyat
ko‘rsatgan»
1
bo‘lsa, «2002-yilda ... ularning umumiy soni 240 mingtaga
Sug‘urtaning ijtimoiy-
iqtisodiy mohiyati
1
Qarang: «Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan
foydalanish — bosh yo‘limiz». Prezident Islom Karimovning 2001-yilda
Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, iqtisodiy islohotlarning
borishini baholash hamda 2002-yilgi vazifalarga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi
yig‘ilishida so‘zlagan nutqi.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2002-yil, 16-fevral.
6
yetdi»
1
. «2003-yilda tasdiqlangan xususiylashtirish dasturi doirasida...
980 dan ziyod xususiy korxona va mulkchilik shakli davlatga tegishli
bo‘lmagan 400 ta boshqa turdagi korxonalar tashkil etildi»
2
.
«2005—2006-yillarda xususiylashtirish dasturiga muvofiq 627
davlat korxonasi, obyektlar, aksiyalar paketlari va ulushlar sotil-
gan..., joriy yilning 9 oyi mobaynida 729 davlat korxonasi
mulkchilik shaklini o‘zgartirdi, 659 korxona va obyektlar xususiy
mulkdorlar tomonidan sotib olindi»
3
.
O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli
risklarning yuz berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy
hayotning o‘zida namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-
qarshiliklar subyektlarning sug‘urta faoliyatiga, xususan, risklar
transferiga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirdi.
Sug‘urta faoliyati bozor munosabatlarining eng muhim unsuriga
aylandi. «Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional
ishtirokchilarining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati
tushuniladi»
4
. «Shu narsa aniqki, bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi
subyektlar... sug‘urta tizimisiz samarali ishlash, investitsiya
faoliyati bilan shug‘ullanish, kredit olish imkoniyatiga ega emas»
5
.
Shu o‘rinda, ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)da
uzluksizlikni ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadiga
yo‘naltirilgan, mulkchilik shakllariga ko‘ra, maxsus qayta
taqsimlash munosabatlari tizimi mavjudligi iqtisodiyot subyektlari
1
«Islohotlar strategiyasi — mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir».
Prezident Islom Karimovning 2002-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-
lantirish yakunlari va 2003-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi.// «Xalq
so‘zi» gazetasi, 2003-yil, 18-fevral.
2
Qarang: «Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo‘lidan izchil
borish — asosiy vazifamiz». Prezident Islom Karimovning 2003-yilda mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2004-yilda iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi maj-
lisidagi ma’ruzasi.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004-yil, 10-fevral.
3
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-oktabrda
bo‘lib o‘tgan majlisi materiallari. // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2005-yil, 21-oktabr.
4
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, 3-
modda.
5
Qarang: «Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish — eng
muhim vazifamiz». Prezident Islom Karimovning 1999-yilda mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2000-yilda iqtisodiyotni erkinlashtirish va
islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2000-yil, 16-fevral.
7
ravnaqiga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda ularning mulkka egalik
qilish, undan foydalanish hamda daromad olishlari kabi
manfaatlari yuzaga chiqadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sug‘urta faoliyatida talab
darajasidagi risk transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni
ilmiy asosda o‘rganish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb
etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot subyektlarining erkinliklari kengayib
borayotgan, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish,
xizmat ko‘rsatish)ning yangi turlari o‘zlashtirilishi sug‘urta faoli-
yatida risk transferining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish va
takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojni orttirmoqda.
Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to‘liqroq ochib berish
uchun ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarni
o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ularda «sug‘urta-xizmat ko‘rsatish
industriyasi»
1
ekanligi qayd etilgan, shunga asoslanib, keyingi
yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda «xizmatlar iqtisodiyoti
nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin.
Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtayi nazaridan, aynan
«xizmat» tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi
tomonidan taklif etilayotgan «xizmat» o‘zida dastlab moddiylik-
ni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat «va’dani sotadi».
Shu nuqtayi nazardan xalqaro savdoda unga «ko‘rinmaydigan
faoliyat»
2
deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma
tuzilganligini tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis»
3
beriladi,
xolos. Sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchiga sug‘urta
voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining ekvivalent
qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida)
ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda
qayd etilgan ma’lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi.
Sug‘urtachining sa’y-harakati o‘z mijozlarini sug‘urta polisini
sotib olishlari orqali foydali kelishuvni amalga oshirganliklariga
ishontirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi muhimdir.
Mamlakatimizda bosqichma-bosqich bozor munosabatlari
shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyot subyektlarining yuksak
1
Qarang: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland,
The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. p. 1 b. 3.
2
Qarang: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland,
The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. p.1 b. 4.
3
Qarang: Åôèìîâ Ñ. Ë. Ýíöèêëîïåäè÷åñêèé ñëîâàðü. Ýêîíîìèêà è
ñòðàõîâàíèå. M.: Serix -PEL, 1996. I-X, ñ. 347.
8
darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan
jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi kuzatiladi. Ular
manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy
takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos
bo‘lgan maxsus xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi.
«Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan
sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan
muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxslarga
sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini)
to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi»
1
.
Sug‘urtaning o‘ziga xos funksiyalari uning
doimiy takrorlanib turuvchi qator vazi-
falarida namoyon bo‘ladi. Sug‘urtaning
funksiyalari (Sf) riskdan himoya (RH), ogoh etish (OE),
investitsiya (I), jamg‘armachilik(J)dan, ya’ni: Sf=RH+OE+I+J
dan iborat bo‘lgan bo‘lsa, XXI asr boshida uning yangi (axborot
berish va texnologik (AT), shuningdek, rivojlanayotgan davlatlar
misolida ijtimoiy himoya (IH) kabi funksiyalari namoyon
bo‘layotganligi haqida ham fikr bildirish mumkin. Sug‘urta
funksiyalarining yangi majmuasi (1-chizma) Sf=RH+IH+OE+
+I+J+AT kabilardan iborat bo‘lib qoldi.
Individual sug‘urta doirasida har bir shaxs o‘z ehtiyoji hamda
manfaatidan kelib chiqib, sug‘urta shakli va qoplama summasi
hajmini ixtiyoriy asosda belgilaydi. Shu o‘rinda, sug‘urta faoliya-
tining ijtimoiy himoya funksiyasi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Sug‘urtaning
funksiyalari
1-chizma. Sug‘urta funksiyalarining majmuasi.
1
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni,
3-modda.
9
Sug‘urta — moliyaviy ta’minot vositasi sifatida mijozlarning
mol-mulkini risklardan himoyasini kafolatlashi orqali sug‘urta-
lanuvchining ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini ta’minlaydi.
Bizning nazarimizda, bunday himoya ta’minlanishida sug‘ur-
taning riskdan himoya funksiyasidan farqli ravishda ijtimoiy
himoya funksiyasi mijoz uchun ahamiyatliroq sanaladi. Bu holat
rivojlanayotgan davlatlarda fuqarolarning jon boshiga olayotgan
daromadlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib, yangi mulklarni sotib
olish imkoniyatlari cheklanganligi sababli, ular uchun ko‘proq
mohiyat kasb etishi bilan izohlanadi.
Sug‘urta faoliyatining talab va taklif asosida rivoj topishi, bir
tomondan, turli mulkchilik shakllaridagi sug‘urta tashkilotlarining
faoliyat ko‘rsatishlari uchun zaruriy shart-sharoitni yaratsa,
ikkinchi tomondan, xo‘jalik subyektlarining mol-mulk hamda
daromadlarini kutilmagan turli risklardan himoyasini ta’minlaydi.
Xuddi shunday asosga ko‘ra, sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabdan
kelib chiqib, subyektlarning qarorni qabul qilish bosqichlari (2-
chizma) namoyon bo‘ladi:
a) sug‘urtaga bo‘lgan talabni aniqlash. Subyektlar tomonidan
sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talab xilma-xilligiga qaramasdan, ular
o‘rtasida o‘zaro umumiylik mavjuddir.
Bizning fikrimizcha, subyektlarning mazkur talablarga bo‘lgan
ehtiyoj va maqsadlaridan kelib chiqib, ularni quyidagicha
guruhlash mumkin:
— mol-mulk va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq
munosabatlarda namoyon bo‘ladigan murakkab risklardan
himoyalanishga bo‘lgan ehtiyojga asoslanib;
— kutilmagan iqtisodiy risklardan himoyalash yuzasidan ishlab
chiqarish uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan maqsaddan kelib
chiqib;
2-chizma. Sug‘urtaga bo‘lgan talab asosida
subyektlarning qarorni qabul qilish bosqichlari.
1 0
— inson omilidan foydalanishga bo‘lgan talabga binoan;
— tashqi muhit ta’sirini optimallashtirish yuzasidan himoyaga
bo‘lgan zaruratga ko‘ra;
b) sug‘urta xizmatining muqobil variantlarini izlash o‘z-o‘zini
sug‘urtalash hisoblanadi. Unga ko‘ra, ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan
zararni qoplash uchun maxsus fondga ajratmalar hisobiga riskning
to‘liq yoki uning ma’lum qismini sug‘urtalash amalga oshiriladi.
Yirik korxonalar, ishlab chiqarish guruhlari keptiv sug‘urta
tashkilotini
1
tashkil etish yoki sotib olish borasida kengroq
imkoniyatga ega bo‘lib, ular mazkur sug‘urta tashkilotiga risklarni
boshqarish vazifasini ham yuklab qo‘yishlari mumkin.
d) takliflarni o‘rganish, tahlil etish va tanlash. Bunda yuz
berishi ehtimol bo‘lgan risk holatlariga ko‘ra, subyekt o‘z oldiga
qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqib, sug‘urtalash strategiyasini (3-
chizma) tanlaydi.
Sug‘urta riskini qoplash maqsadida, aniq bir sug‘urta turini
tanlash bo‘yicha qaror qabul qilishda, yakka tartibda takliflarni
ishlab chiqish mijozning sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabidan kelib
chiqib amalga oshiriladi.
Mazkur tanlov jarayonida sug‘urta hodisasi, ya’ni risk darajasi
muhim rol o‘ynaydi. Masalan, birinchi holatda subyektning
1
Keptiv sug‘urta tashkiloti (ing. «Captive insurance company») — bu yirik
moliya-sanoat guruhlari yoki ko‘p tarmoqli konsernlar tarkibiga kiruvchi xo‘jalik
subyektlari hamda ta’sischilarning korporativ sug‘urta manfaatlariga xizmat
qiluvchi aksionerlik sug‘urta kompaniyasidir. Uning faoliyati asosan qayta
sug‘urtalash operatsiyalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgandir. (Qarang. Åôè-
ìîâ Ñ. Ë. Ýíöèêëîïåäè÷åñêèé ñëîâàðü. Ýêîíîìèêà è ñòðàõîâàíèå. M.:
Serix-PEL, 1996, I—X, c. 224.)
.
3-chizma. Sug‘urta riskini qoplash bo‘yicha strategiyani tanlash.
1 1
sug‘urta fondidan risk qoplamasini olishga bo‘lgan zarurati yuqori
ekanligi kuzatilsa, boshqa holatlarda, ya’ni o‘rtacha va yengil risk
darajasidagi hodisalar yuz berishi oqibatlarini odatdagi me’yoriy
qoplamalar yoki o‘z hisobidan tugatish imkoniyati mavjudligi
sababli, subyekt sug‘urta xizmatiga ehtiyoj sezmaydi.
Bu jarayonda risk darajasi yuqoriligi subyektning sug‘urtaga
bo‘lgan talabini oshirsa, aksincha holat, risk darajasi o‘rtacha yoki
yengilligi, uning bunday kafolatli himoyaga bo‘lgan talabini
pasaytiradi. Shu o‘rinda, aholining sug‘urta xizmatiga bo‘lgan
talabini o‘rganib chiqish ham maqsadga muvofiqdir.
Keyingi yillarda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tub
o‘zgarishlar aholining ham sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabini
orttirmoqda. Sug‘urta xizmatining aholi tomonidan sotib olinishi
subyektiv tanlov, oqilonalik va ixtiyoriylik asosida amalga
oshiriladi. Shuningdek, shaxsning o‘ziga xos xususiyati, hayot
muhiti va shu kabi omillar bu tanlovga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Oila daromadining ortishi va shaxs yoshining ulg‘aya borishi ham
riskdan himoyalanishga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi
1
.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan taklif etilayotgan yuz berishi
ehtimol bo‘lgan riskdan sug‘urtalash doimiy takomildagi xizmat
bo‘lib, u ko‘p jihatdan mijozning talab va istaklariga bog‘liqdir.
Demak, sug‘urta xizmati darajasining qandayligi o‘ziga xos
takomillashuv an’anasiga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarishdan
farqlidir. Bu farqlilik quyidagi oqibatlarni keltirib chiqaradi:
— birinchidan, me’yoriy va samarali ishlab chiqarish jarayo-
nini ta’minlash uchun zaxira fondidan foydalanish orqali talabning
o‘zgaruvchanligini muvofiqlashtirish imkoniyati mavjud emas.
Bunday talabga javob berish uchun uning eng yuqori darajasida
ham unga muvofiq ravishdagi ishlab chiqarish zaxiralari
mavjudligini ta’minlash muhim bo‘lib, u universal zaxiralar
tizimini yaratish yoki talabni boshqarish usulini joriy etish
zaruratini keltirib chiqaradi. Bu muammo sug‘urta tashkilotlari
uchun birmuncha murakkab kechadi. Mazkur murakkablik
polislarni boshqarish, sug‘urta hodisasi yuz berganligini tekshirish
va uning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan sug‘urtalanganlar-
ga sug‘urta qoplamasining to‘lanishida namoyon bo‘ladi;
1
Qarang: Ôîðåñüåòè Ä. Ñòðóêòóðà ñïðîñà â ñòðàõîâàíèè. Ïåð. ñ èòà-
ëüÿíñê. Strategy and Marketing Uniwersita Commerciale L. Bjccjni Milano,
1995. ñ.74.
1 2
— ikkinchidan, mijoz to sug‘urta xizmatidan foydalanguniga
qadar sug‘urta tashkiloti va uning imkoniyatlari darajasi to‘g‘risida
ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi muhimdir. Bu holat, o‘z
navbatida, mazkur xizmatni taklif qilish hamda uni ko‘rsatish
jarayonlarida sug‘urtachidan qator tadbirlarni amalga oshirishni
talab etadi. Sug‘urta xizmatidan foydalanishda sug‘urta
tashkilotining kafolati qandayligi mijoz uchun yaratilgan imkoniyat
darajasi bilan o‘lchanadi.
Bizning fikrimizcha, bu borada sug‘urta faoliyatida risk transferi
jarayonida qo‘llaniladigan ba’zi bir terminlarga aniqliklar kiritilishi
talab etiladi. Mijoz tomonidan sug‘urta xizmatining sotib olinishi,
uning «polis»ga imzo chekishidan boshlanadi. Bu holat mijoz
sug‘urta xizmatining tashkillashgan tuzilmasidan foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘lganligini anglatadi.
Sug‘urta faoliyatidan farqli ravishda xizmat ko‘rsatuvchi
korxonalarda «ishlab chiqarish» va «iste’mol» tushunchalari o‘zaro
mos keladi. Sug‘urta faoliyatida esa, xizmatning «ishlab chiqarish»
konsepsiyasi keng ma’noda qo‘llaniladi, unda «iste’mol» mijoz
tomonidan biron-bir aniq mulkka egalik qilishini anglatmaydi.
Haqiqatda, mijoz polisni sotib olishi bilanoq, sug‘urta xizmatidan
foydalanishi nisbiydir. Bunda yuz berishi ehtimol bo‘lgan risk bo‘yicha
javobgarlik «mijozdan — sug‘urtachiga» o‘tkazilganligi kuzatiladi.
Ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan risk bo‘yicha javobgarlik polisga
egalik boshlangan davrdan to bu muddat tugagunga qadar, ya’ni
shartnomaning amal qilish jarayonida sug‘urtachining sug‘urta
qoplamasini ta’minlash borasidagi iqtisodiy imkoniyati qandayligi
bilan belgilanadi.
Mijoz sug‘urtachi bilan o‘zaro kelishuv shartlariga muvofiq
aniq bir sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta xizmatini sotib olishi
vaqtidan to sug‘urta hodisasi yuz bergunga qadar, shartnomada
qayd etilgan talab qanday bajarilishini oldindan aniq bila olmaydi.
Bu xizmat darajasini ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini aniqlash
kabi an’anaviy o‘lchamlar orqali bilib bo‘lmaydi.
Ehtimollikka ko‘ra, sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda,
sug‘urtalanuvchi shartnomada belgilangan majburiyat bajarilishida
sug‘urta tashkiloti tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilsa yoxud
ko‘rsatilayotgan xizmatdan qoniqish hosil qilmasa, u boshqa
shunday muqobil xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lmaydi. Bu holat, ya’ni sug‘urtachini oldindan sinab ko‘rish
1 3
imkoniyati mavjud emasligi, albatta, mijozning, sug‘urtaga bo‘lgan
ishonchini pasaytiradi.
Sug‘urtalanuvchining riskni o‘z zimmasiga olmoqchi bo‘lgan
sug‘urta tashkiloti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va
majburiyatlari bajarilishi darajasi, uning moliyaviy imkoniyatlarini
bilishi sug‘urta xizmatini ko‘rsatuvchi subyektni to‘g‘ri tanlash
imkoniyatini yuzaga keltiradi. Jismoniy shaxslar tomonidan ham
bunday ma’lumotlar o‘rganib chiqilishi ahamiyatlidir.
Sug‘urta xizmatini ishlab chiqarish bilan taqqoslab o‘rganish orqali
ular o‘rtasidagi tafovutni anglab olish mumkin. Ishlab chiqarish
bosqichlari quyidagicha tasniflanadi: «moddiy-texnik ta’minot —
ishlab chiqarish jarayoni — sotish». Odatda, «oddiy» ishlab
chiqarishda omillar sotib olinib, qayta ishlanib, tovarga aylantirilib,
so‘ngra sotuvga chiqariladi. Bu tasnif sug‘urta faoliyatiga mos tush-
maydi va bunday ketma-ketlik uning uchun xarakterli emas.
Xuddi boshqa ishlab chiqaruvchi subyektlar singari sug‘urta
tashkiloti ham ishlab chiqarish omillarini xarid qilsa-da, unda
xizmat ko‘rsatishning davriy ketma-ketligi farqlidir. Sug‘urta
xizmati mijozning talabiga ko‘ra, uni omillar bilan ta’minlashdan
boshlanadi. Bu omillar, albatta, o‘zida riskni namoyon etadi.
Agarda risk omili mavjud bo‘lmasa, sug‘urta faoliyati uchun talab
yuzaga kelmaydi.
Mijozni sug‘urta omillari bilan ta’minlash bir vaqtning o‘zida
sug‘urta tashkiloti riskni o‘z zimmasiga olganligini va ayni vaqtda,
sug‘urta xizmati sotilganligini ham anglatadi. Shundan kelib
chiqib, sug‘urta xizmatini sotish ishlab chiqarish (xizmat
ko‘rsatish) dan oldin keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |