Jahonning rivojlangan mamlakatlarida
omonatlarni sug‘urtalash tizimi
1
Mamlakat
Tashkil
etilgan yili
Davlatning
ishtirok etishi
Qoplamalarning
eng ko‘p miqdori
Yillik badal (%)
AQSH 1934
+ 100000
doll. 0,0—0,27
Yaponiya 1971
+
71000
doll. 0,048—0,036
Kanada
1967
+
40770 doll.
0,33 gacha
Germaniya
1966 +/—
20000
yevro 0,03
Fransiya 1980
+
20000
yevro
—
Italiya
1987 +
20000
yevro
0,4—0,8
Belgiya
1974 +
20000
yevro 0,02
Shveysariya
1984 —
20000
yevro —
10-jadval ma’lumotlarini tahlil etish shundan guvohlik
bermoqdaki, deyarli barcha iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar-
da depozitlarni sug‘urta qilish tizimi joriy etilgan. Depozitlarni
sug‘urtalash tizimi, dastlab, 1934-yilda AQSHda tashkil etilgan
bo‘lsa, keyinchalik Yaponiyada (1971-y.), Germaniyada (1966-y.)
va Fransiyada (1980-y.) tashkil etilgan. Shunisi e’tiborliki, su-
g‘urta hodisasi ro‘y berganda, ya’ni tijorat banki bankrot deb e’lon
qilinganda depozitlarni sug‘urtalash fondidan to‘lanadigan
qoplama miqdorlari turlichadir. Masalan, jadval ma’lumotlarini
tahlil etadigan bo‘lsak, eng ko‘p sug‘urta summasi Italiyada
to‘lanishini aniqlab olish qiyin emas. Italiyada bitta omonatchiga
to‘lanadigan sug‘urta qoplama miqdori 125,0 ming dollarga
tengdir. Bu ko‘rsatkich Yaponiyada 71,0 ming dollarni, Kanadada
esa 40,7 ming dollarni tashkil etadi.
Tijorat banklaridagi omonat qoldig‘iga nisbatan hisoblanadi-
gan va depozitlarni sug‘urtalash fondiga o‘tkaziladigan yillik
majburiy sug‘urta badallari ham har xil. Jumladan, Belgiyada yillik
1
www. Allinshrans.RU.
1 7 2
badal miqdori omonat qoldig‘iga nisbatan 0,02 foizni tashkil etsa,
bu ko‘rsatkich AQSHda 0,27 foizgachani tashkil etadi. Eng yuqori
ko‘rsatkich Italiyada bo‘lib, u 0,4—0,8 foizni tashkil etadi.
1999-yil holatiga Yaponiyada jami depozitlarning 78,8 foizi
sug‘urta himoyasiga olingan bo‘lsa, Italiyada 83,0 foizi
sug‘urtalangan. Afsuski, jadvaldagi boshqa mamlakatlar bo‘yicha
ma’lumotlarning berilmaganligi rivojlangan mamlakatlarda
omonatlarni sug‘urtalash tuzimini samarali tahlil etish imkoniya-
tini bermaydi.
Endi biz depozitlarni sug‘urtalash mexanizmi ayrim Sharqiy
Yevropa va MDH mamlakatlarida qanday yo‘lga qo‘yilganligi
bilan tanishib chiqamiz.
11-jadval
Rivojlanayotgan davlatlarda omonatlarni sug‘urtalash tizimi
1
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ba’zi Sharqiy
Yevropa mamlakatlarida, xususan, Chexiya, Vengriya, Polsha,
Ruminiya kabi davlatlarda depozitlarni sug‘urtalash fondlari,
asosan, 1991-yildan keyin, ya’ni sotsialistik tuzum tugatilgandan
keyin tashkil etilgan. Tahlil etilayotgan mamlakatlar tarkibida eng
ko‘p miqdorda sug‘urta qoplamalari Chexiyada to‘lanadi, ya’ni
bu yerda bank bankrot deb e’lon qilinganda depozitlarni sug‘urta
qilish fondidan to‘lanadigan pul mablag‘lari miqdori 11756,0
dollarni tashkil etadi.
MDH mamlakatlarida birinchilardan bo‘lib, jismoniy
shaxslarning bankdagi omonatlarini himoyalash bo‘yicha fond
Belorussda tashkil etilgan. Shunisi diqqatga sazovorki, jismoniy
shaxslarning omonatlarini o‘z vaqtida aholiga qaytarishni
kafolatlash Beloruss Respublikasining Konstitutsiyasida o‘z aksini
topgan. Kafolatlash fondi Beloruss Milliy bankida tashkil etilgan
1
www. Allinshrans.RU.
1 7 3
bo‘lib, bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda bitta
omonatchining 2000 dollargacha pul mablag‘i qaytarilishi
kafolatlanadi. Tijorat banklari har oyda kafolat fondiga omonat-
larning qoldig‘iga nisbatan 0,1 foiz miqdorida majburiy badal
to‘lab boradilar. Kafolat fondining pul mablag‘lari hajmi jami
omonat qoldiq summasining 5 foizi miqdorida belgilangan.
O‘zbekistonda fuqarolarning bankdagi omonatlarini kafolatlash
fondi 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, banklar bankrot bo‘lganda
to‘lanadigan qoplama miqdori eng kam ish haqining 100
baravarigachani va undan oshgan summaning eng kam ish
haqining 250 baravarigacha 90 foizi qoplanishi qonun hujjatlarida
bayon etilgan. Eng kam ish haqining 100 baravari 940,0 ming
so‘mga teng bo‘lib, u 2006-yilning 17-yanvar holatiga birjadan
tashqari valuta kursi bo‘yicha 792,8 dollarni tashkil etadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Bank risklarining maxsus turi sifatida depozit risklarining sug‘urtasi nima
maqsadda qo‘llaniladi?
2. O‘zbekistonda fuqarolarning bankdagi omonatlari sug‘urtasi qachon joriy
etilgan?
3. Fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalash fondi O‘zbekistonda
qachon tashkil etilgan?
4. Fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalash fondining pul
mablag‘lari nima hisobidan tashkil etiladi?
5. Tijorat banklari bankrot bo‘lgan taqdirda omonatchilarga to‘lanadigan
summa qanchaga teng?
6. Chet davlatlarda fuqarolarning bankdagi omonatlari necha foizgacha
sug‘urtalangan?
7. Tijorat banklari fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalash fondiga
har chorakda necha foizdan badal o‘tkazib boradi?
8. AQSHda fuqarolarning bankdagi omonatlarini sug‘urtalash tizimi qanday
tashkil etilgan?
9. MDH mamlakatlari va O‘zbekistonda depozitlarni sug‘urtalash tizimining
farqli tomonlarini ko‘rsating.
10. Omonatlar sug‘urtasi aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini
mustahkamlaydi deb o‘ylaysizmi?
1 7 4
23-mavzu. Buyuk Britaniyaning sug‘urta tizimi
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va ahami-
yati.
Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari amalga oshiradigan aso-
siy sug‘urta turlari.
Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimining davlat tomonidan tartibga
solinishi.
«Lloyd» sug‘urta korporatsiyasi, uning tashkiliy tuzilishi va funk-
siyasi.
Buyuk Britaniya bozorida sug‘urta brokerlarining asosiy vazifasi.
Buyuk Britaniya jahonning eng
rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiradi.
Keyingi o‘n yil mobaynida jahon iqtiso-
diyoti rivojlanishiga Buyuk Britaniya
sanoatining qo‘shayotgan hissasi sezilarli darajada kamaygan,
uning tovarlarining xalqaro bozorlaridagi raqobatdoshligi tushib
ketgan bo‘lsa-da, Buyuk Britaniyaning moliya-kredit tizimi hamon
dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.
Buyuk Britaniya moliya institutlari, birinchi navbatda, sug‘urta
kompaniyalari sanoat korxonalarining yirik miqdordagi aksiyalariga
ega va bu holat sug‘urta va sanoat kapitalining birlashishiga olib
kelmoqda. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, sug‘urta kompaniya-
larining qariyb 30% aktivi yirik sanoat kompaniyalarining aksiyasiga
to‘g‘ri keladi. Faqat bugina emas. Bugungi kunda, Buyuk Britaniya-
da aholi va korxonalarning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini iqtisodiyotga
jalb etishda sug‘urta kompaniyalari o‘ziga xos mavqega ega. Masalan,
1958—1962-yillarda sug‘urta kompaniyalar va nodavlat nafaqa fondlari
orqali 50 foizga yaqin shaxsiy omonatlar yig‘ib olingan bo‘lsa, 2005-
yillarda ham bu ko‘rsatkich deyarli o‘zgarmagan. Shuning uchun ham,
Buyuk Britaniyada sug‘urta kompaniyalarini «moliyaviy vositachilar»
yoki «yirik institutsional investor» sifatida baholashadi.
Bozor munosabatlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
kompaniyalari Buyuk Britaniya iqtisodiyotining muhim strategik
sohasi hisoblanadi. 2004-yilda sug‘urta kompaniyalari tomonidan
yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari umumiy 288,6 mlrd dollardan oshib
ketdi. Bu yalpi ichki mahsulotning 12,5 foizini tashkil etadi. Shuni
alohida ta’kidlash zarurki, yig‘ib olingan sug‘urta mukofotlari-
ning deyarli 45 foizi sug‘urta kompaniyalarining chet mamlakat-
Buyuk Britaniya
iqtisodiyotida
sug‘urtaning tutgan
o‘rni va ahamiyati
1 7 5
larda olib borgan sug‘urta operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Buyuk
Britaniya to‘lov balansi strukturasini tahlil qiladigan bo‘lsak, valuta
tushumlarining 50 foizi sug‘urta mukofotlari hisobiga to‘g‘ri
kelganligini ko‘ramiz. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari
jahonning 43 ta mamlakatida sug‘urta operatsiyalarini muvaffa-
qiyatli amalga oshirmoqda.
Buyuk Britaniyada sug‘urta ishining faol rivojlanishiga quyidagi
omillar ta’sir qilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Birinchidan,
bu yerda tadbirkorlikni erkin yuritish uchun hukumat yoki
qonunchilik tomonidan eng kam nazorat tizimi joriy qilingan.
Bu holat, so‘zsiz, Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy
sug‘urta kompaniyalari uchun ham tatbiq etiladi. Hozirgi paytda,
Buyuk Britaniya sug‘urta bozorida xorijiy mamlakatlarning 150
ga yaqin kompaniyalari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshir-
moqda. Ikkinchidan, jahon miqyosida erishilayotgan tijorat bi-
timlarining anchagina qismi Angliya hissasiga to‘g‘ri keladi. Agar
tuzilgan bitimlarning ijrosi bo‘yicha e’tirozlar kelib chiqadigan
bo‘lsa, sug‘urta kompaniyalari darhol bunga sug‘urta qoplamasini
to‘lashadi. Bu, o‘z navbatida, biznesning xalqaro darajada
rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
O‘nlab yillar davomida Buyuk Britaniyada hamma uchun qulay
bo‘lgan soliqqa tortish tizimi shakllangan. Amaldagi soliqqa tortish
tizimi yirik miqdordagi zaxira jamg‘armalarini shakllantirishni va
ularni investitsiya qilishni rag‘batlantiradi.
Buyuk Britaniya milliy sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining chet
mamlakatlardagi bo‘lim va filiallari orqali xalqaro sug‘urta
bozorlarida ishtirok etmoqda. Xorijiy mamlakat sug‘urta
kompaniyalarining Buyuk Britaniya bozorlariga intilishi, Lon-
donda xalqaro ahamiyatga molik sug‘urta operatsiyalarini amalga
oshirish va transmilliy kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish kabi
qiziqishlari bilan bog‘liq. Yuqorida qayd etganimizdek, sug‘urta
kompaniyalari yig‘gan sug‘urta mukofotlarining katta qismi,
ularning chet mamlakatlarda olib borgan operatsiyalari hisobidan
shakllanadi. Masalan, «Royyal Inshurans» kompaniyasi sug‘urta
mukofotlarining 68,4 foizi tashqi manbalardan kelib tushgan.
Shuningdek, «Kommershial Yunion» va «Jeneral eksident»
kompaniyalarining 60 foizga yaqin sug‘urta mukofotlari xorijiy
mamlakatlardan kelib tushgan. Bu mablag‘larning asosiy qismi
AQSH va Kanadadan kelib tushadi.
1 7 6
Sug‘urta kompaniyalari vaqtincha bo‘sh bo‘lgan mablag‘-
larni, asosan, sanoat, transport, savdo va boshqa aksiyador
kompaniyalarning rivojlanishiga yo‘naltiradilar, 1995-yil
ma’lumotlariga qaraganda Buyuk Britaniya sug‘urta kompani-
yalari London Fond birjasida ro‘yxatga tushgan jami
aksiyadorlik kompaniyalarining 22 foiz aksiyalarini sotib olgan.
Sug‘urtalovchilarning o‘z mablag‘larini bu investitsiya obyektiga
katta miqdorda sarf etishini shu bilan tushuntirish mumkinki,
aksiyalar yuqori darajada foyda keltiradilar hamda sug‘urta
kompaniyasi aksiyadorlik kompaniyasining yirik miqdordagi
aksiyasini sotib olib, ushbu kompaniya ustidan nazorat
o‘rnatishi mumkin. Ammo, shu bilan bir qatorda, aksiyaning
kursi pasayib ketishi bilan, sug‘urta kompaniyalari katta zarar
ko‘rishi mumkin.
Keyingi yillarda Buyuk Britaniya sug‘urtalovchilari kattagina
hajmdagi o‘z mablag‘larini ko‘chmas mulk bilan bog‘liq
operatsiyalarni moliyalashtirishga yubormoqda. Hozirgi paytda
ko‘chmas mulkka investitsiya jami investitsiyalarning 15 foizini
(uzoq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha) tashkil etmoqda.
Ko‘chmas mulkka investitsiya qilishning ijobiy xususiyatlardan
biri shundan iboratki, ko‘chmas mulk pulning qadrsizlanish
jarayonidan ishonchli himoyalangan. Ammo, bu investitsiya
obyektining ham bir qancha salbiy tomonlari mavjud. Masalan,
amaliyotda ko‘chmas mulklarni qisqa muddatda foydali narxda
sotish ancha mushkul.
Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining vaqtincha
bo‘sh mablag‘larini ipoteka kredit resursi sifatida ishlatishi yoxud
bankda depozit sifatida saqlashi mumkin. 2005-yilda sug‘urta
kompaniyalarini investitsiyaga sarflagan pul mablag‘lari 260 mlrd
funt sterlingni tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, sug‘urta kompaniyalari
iqtisodiyotning rivojlanishiga muhim hissa qo‘shmoqdalar.
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Buyuk
Britaniyada 830 ga yaqin sug‘urta
kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, su-
g‘urta kompaniyalari alohida sug‘urta
turlari va toifalari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun,
savdo va sanoat departamentining maxsus litsenziyasini olishlari
Buyuk Britaniya
sug‘urta kompaniyalari
amalga oshiradigan
asosiy sug‘urta turlari
1 7 7
zarur. Belgilangan tasnifga asosan, 7 ta muddatli sug‘urta turlari
va 18 ta umumiy sug‘urta turlari (mulk, fuqarolik javobgarligi va
baxtsiz hodisalardan) mavjud. Hozirgi paytda, Buyuk Britaniya
aviatsiya sug‘urta bozorining asosini tashkil etadigan 300 ta kom-
paniya samolyotlarni sug‘urta qilish, 433 ta kompaniya esa den-
giz kemalarini sug‘urta qilish bilan shug‘ullanmoqda.
Umuman olganda, Buyuk Britaniya sug‘urta bozori ikki qismga
bo‘lingan:
— hayotni sug‘urta qilish bozori;
— umumiy sug‘urta bozori.
2004-yilda yig‘ib olingan sug‘urta mukofotlarining 189,6 mlrd
dollari yoki 65,7 foizi hayotni sug‘urta qilish bozori, 99 mlrd
dollari yoki 34,3 foizi esa umumiy sug‘urta bozori turlariga to‘g‘ri
keladi. Hayotni sug‘urta qilish operatsiyalari ushbu sug‘urta
turlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan
olib boriladi. Hayotni sug‘urta qilish bozorida, asosan, quyidagi
sug‘urta turlari bo‘yicha shartnomalar tuziladi: hayotni individu-
al sug‘urtalash, nafaqa va annuitetlar, sog‘liqni uzluksiz sug‘ur-
talash, hayotni va nafaqani guruhlab sug‘urtalash. Hayotni
individual tartibda sug‘urtalash bo‘yicha soliq imtiyozlarining
mavjudligi, ushbu sug‘urta turi bo‘yicha katta miqdorda sug‘urta
badallarini yig‘ish imkonini beradi. Aytish kerakki, sug‘urta
kompaniyalari hayotni sug‘urtalash bo‘yicha katta miqdorda
sug‘urta qoplamalari ham to‘lamoqda. Masalan, 2004-yilda
hayotni individual sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urtalanuvchilarga jami
17,6 mlrd funt sterling mablag‘ to‘lagan.
Buyuk Britaniyada aholiga va boshqa potensial mijozlarga
sug‘urta xizmati ko‘rsatish shu darajada rivojlanganki, bunda har
bir oila va fuqaroning daromadi va manfaati hisobga olinadi.
Hozirgi paytda 12 ta sug‘urta kompaniyasi daromadi uncha katta
bo‘lmagan shaxslar uchun hayot sug‘urtasini joriy etgan. Bu
sug‘urta turining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sug‘urta
mukofotlari 2 oyda bir marta yig‘iladi. Sug‘urta mukofotlari
agentlar tomonidan yig‘iladi va ularning soni 35000 ga yaqin.
2004-yilda Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari umumiy
sug‘urta turlari bo‘yicha 99,0 mlrd dollar miqdorida sug‘urta
mukofotlarini yig‘ib olishgan. Bu mablag‘larning asosiy qismi
yong‘indan va baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish bo‘yicha kelib
tushgan.
12 — Sug‘urta ishi
1 7 8
Buyuk Britaniyada rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan sug‘urta kompa-
niyalari tarkibiga kelsak, ularga kema egalarining javobgarligini
o‘zaro sug‘urtalash klublari ham kiradi. Hozirgi paytda 6 ta klub
faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning eng yiriklari «Yunayted
Kingdom» va «Britaniya»dir. Klub, kema egalarining uchinchi
shaxsga zarar keltirish javobgarligini sug‘urtalaydi. Bundan
tashqari, yukka yetkazilgan zarar uchun javobgarlik, kemalarning
bir-biriga to‘qnashishi javobgarligi, dengizning neft mahsulotlari
bilan ifloslanish javobgarligi sug‘urtasini ham klublar amalga
oshiradi. Kema egalarining klub sug‘urta foiziga to‘laydigan
sug‘urta badallari kemaning yuk ko‘tarish qobiliyatiga, sinfiga va
boshqa texnik parametrlariga nisbatan belgilanadi.
Yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, Buyuk Britaniya
sug‘urtasining quyidagi turlari mavjud:
— hayotni vaqtinchalik sug‘urta qilish. Bu sug‘urta o‘lim
hodisasi ro‘y berishi muddatigacha sug‘urta qiladi. Ushbu su-
g‘urta turi bo‘yicha badal miqdori nisbatan kamdir. Masalan,
Angliya fuqarosi bir yil muddatga 10000 funt sterlingga sug‘urta
qilinsa, sug‘urta mukofoti miqdori bir oyga 2 funt sterlingni tashkil
etadi. Sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urtalanuvchining yoshiga
va sug‘urta muddatiga bog‘liq;
— boquvchisini yo‘qotish hodisasidan hayotni umrbod sug‘urta
qilish. Boquvchisini yo‘qotish hodisasidan oilaning daromadi
sug‘urta qilinadi. Sug‘urtalanuvchi dastlab katta miqdorda sug‘urta
mukofoti to‘laydi. Masalan, 35 yoshdagi sug‘urtalanuvchi 5000
funt sterling miqdorida 30 yil muddatga o‘z oilasiga daromadni
kafolatlash uchun 330000 funt sterlingga sug‘urta qilinadi;
— umrbod hayot sug‘urtasi. Sug‘urta kompaniyasi, sug‘urta-
lanuvchi vafot qilgan taqdirda, uning oilasiga yoki sug‘urta po-
lisida ko‘rsatilgan shaxsga tegishli sug‘urta summasini to‘lash
majburiyatini oladi. Sug‘urta mukofoti sug‘urtalanuvchining butun
hayoti davomida yoki keyingi 15—20 yil ichida to‘lanishi mumkin;
— aralash sug‘urta. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta mukofotini har
oyda yoki yilda bir marta to‘laydi. Sug‘urta summasi shartnoma
muddati tugashi bilan to‘lanadi va unga tegishli murakkab foizlar
vositasida hisoblangan foiz ham qo‘shib beriladi. Agar
sug‘urtalanuvchi vafot etgan taqdirda, sug‘urta mukofoti to‘liq
to‘langanligi yoki to‘lanmaganligidan qat’i nazar, sug‘urta
summasi sug‘urtalanuvchining qonuniy merosxo‘riga to‘lanadi;
1 7 9
— renta sug‘urtasi (annuitetlar). Sug‘urtalanuvchi sug‘urta
mukofotini sug‘urta kompaniyasiga bir vaqtning o‘zida to‘liq
miqdorda yoki bir necha yillar davomida to‘lashi mumkin.
Sug‘urtalanuvchining o‘zi to‘lagan sug‘urta mukofoti summasini
butun umr davomida to‘lab boriladigan to‘lovlar bilan birga
qaytarib olishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan ifodalaganda,
sug‘urtalanuvchi 60 yoshida o‘zi to‘lagan sug‘urta mukofotlarini
to‘liq qaytarib oladi va undan keyin unga muntazam ravishda
daromad to‘lab boriladi. Masalan, agar fuqaro 65 yoshida 1000
funt sterling miqdorida sug‘urta mukofoti to‘lagan bo‘lsa, u qolgan
umri davomida har yili 118 dan 140 funt sterlinggacha daromad
oladi;
— sog‘liqni uzluksiz sug‘urta qilish. Sug‘urtalanuvchi har xil
kasalliklar yoki baxtsiz hodisa tufayli sog‘lig‘ini yo‘qotganda
sug‘urta kompaniyasi qoplama to‘laydi. Sug‘urta mukofoti
summasi sug‘urta qoplamasiga nisbatan juda kam. Masalan, 25
yoshli sug‘urtalanuvchi har oyda 15 funt sterlingdan badal to‘lasa,
unga sug‘urta hodisasi ro‘y bergan holatda, har yili 1000 funt
sterlingdan sug‘urta qoplamasi to‘lanadi;
— dengiz sug‘urtasi. Kemalar, kemadagi yuklar dengiz falo-
kati yoki avariya hodisalaridan sug‘urta qilinadi;
— muhandislik sug‘urtasi. Qurilish-montaj risklari sug‘urtasi,
ekspluatatsiya jarayonidagi texnik qurilmalar sug‘urtasi;
— ishlab chiqarish — xo‘jalik risklari sug‘urtasi. Korxonalarda
ishlab chiqarishning to‘satdan to‘xtab qolishi, yollanma ishchilar-
ning suiiste’mol qilinishi, hamkorlarning shartnoma bo‘yicha
majburiyatlarini bajara olmasligi oqibatida zarar ko‘rish riski
sug‘urtalanadi;
— fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi. Sug‘urtalanuvchilarning
uchinchi shaxs oldidagi mulkiy javobgarligini himoya qiladi.
Masalan, tadbirkorlikning yollanma ishchilar oldidagi
javobgarligini sug‘urtalash. Bunda yollanma ishchilarga sug‘urta
hodisasi ro‘y bergan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanadi;
— ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati uchun ishlab
chiqaruvchining javobgarligini sug‘urtalash. Sug‘urtalanuvchining
uchinchi shaxs oldidagi mulkiy javobgarligini himoya qiladi;
— kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash. Bir qator toifa
xodimlarning (me’morlar, muhandislar, advokatlar, auditorlar,
shifokorlar, notariuslar va hokazolar) kasbiy majburiyatini sifatli
1 8 0
bajarilmasligi natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarari
sug‘urta qilinadi.
Boshqa rivojlangan davlatlar kabi Buyuk
Britaniyada ham sug‘urta kompaniyalarining
faoliyati tegishli davlat organlari tomonidan
nazorat qilinadi. Birinchi marotaba, bu
mamlakatda, sug‘urta kompaniyalari faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solish 1870-yilda qabul qilingan hayotni sug‘urta qiluvchi
kompaniyalar to‘g‘risidagi qonun bilan joriy qilingan edi.
Bugungi kunda Buyuk Britaniyada sug‘urta kompaniyalari
ustidan nazoratni amalga oshirish savdo va sanoat departamen-
tiga yuklatilgan. Uning tarkibida maxsus sug‘urta nazorati organi
mavjud. Savdo va sanoat departamenti Buyuk Britaniya hududida
faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalariga ushbu
faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya taqdim
etadi. Odatda, litsenziya sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha
shug‘ullanish huquqini beradi. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati
direktivalariga muvofiq, 1978-yilning 1-yanvaridan uzoq muddatli
sug‘urtaning 7 turiga va umumiy sug‘urtaning 18 turiga litsenziya
beriladi. Sug‘urtaning u yoki bu turi bo‘yicha litsenziya berishdan
oldin, savdo va sanoat departamenti sug‘urta kompaniyasi ushbu
sug‘urta turi bo‘yicha operatsiya o‘tkaza olishiga ishonch hosil
qilishi kerak. Shuning uchun, litsenziya olishga talabgor
kompaniya savdo va sanoat departamentiga ariza bilan bir qatorda
boshlang‘ich kapital, amalga oshirishi mo‘ljallanayotgan sug‘ur-
ta operatsiyalari, sug‘urta polislari, sug‘urta mukofoti stavkasi,
operatsiya xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berishi kerak.
Shuningdek, tashkil etilayotgan sug‘urta kompaniyasining rahbari
va bosh buxgalteri to‘g‘risidagi ma’lumot ham savdo va sanoat
departamentiga taqdim etiladi.
Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada faoliyat
ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari hisobot yili
tugaganidan so‘ng, 6 oy muddatda, amalga oshirilgan operatsiyalar
to‘g‘risidagi hisobotni matbuotda e’lon qilishlari haqida savdo
va sanoat departamentiga taqdim qilinishdan oldin, mustaqil
auditorlar tomonidan tekshirilib tasdiqlanishi majburiy
hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalarining hisoboti quyidagilarni
o‘z ichiga oladi:
Buyuk Britaniyada
sug‘urta tizimining
davlat tomonidan
tartibga solinishi
1 8 1
— kompaniyaning balansi;
— foyda va zararlar schoti;
— sug‘urta mukofotlari dinamikasining tahlili;
— uzoq muddatli sug‘urta foizi bo‘yicha ro‘y bergan o‘zga-
rishlar to‘g‘risida ma’lumot.
Savdo va sanoat departamenti sug‘urta kompaniyalarining
to‘lov qobiliyati darajasiga alohida e’tibor qaratadilar. Barcha
sug‘urta kompaniyalari to‘lov qobiliyati darajasi qonunchilik ta-
lablariga muvofiq bo‘lishlari uchun 1977-yilda Yevropa Iqtisodiy
Hamjamiyati direktivalari va sug‘urta kompaniyalari to‘g‘risidagi
qonun bilan belgilangan iqtisodiy normativlarga, ya’ni aktiv va
majburiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikka qat’iy rioya
etishlari kerak. Shunisi e’tiborliki, ushbu talablar Yevropa Iqti-
sodiy Hamjamiyati hududida joylashgan kompaniyalar uchun
alohida, markaziy ofisi Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati hududidan
tashqarida joylashgan kompaniyalar uchun alohida belgilangan.
1981-yilda qabul qilingan qonun hujjatlariga ko‘ra, Yevropa
Iqtisodiy Hamjamiyati mamlakatlarida ro‘yxatdan o‘tgan barcha
sug‘urta kompaniyalari umumiy sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha
to‘lov qobiliyati darajasini, ushbu kompaniya joylashgan davlat
tomonidan belgilangan talablarga muvofiqlashtirishi lozim.
Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati mamlakatlarida sug‘urta
kompaniyasining aktivi va majburiyati o‘rtasidagi mutanosiblik
darajasi hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan kompaniyalar
uchun alohida umumiy sug‘urta turlarini amalga oshiruvchi
kompaniyalar uchun yakka tartibda belgilangan.
Savdo va sanoat departamenti sug‘urta kompaniyalari tomo-
nidan belgilangan sug‘urta mukofoti stavkasini nazorat qiladi.
Sug‘urta kompaniyasi, agar mijozni topsa, istagan yuqori stavkasi
bo‘yicha sug‘urta qilishi mumkin. Ayrim hollarda, sug‘urta
kompaniyasi stavkani pasaytirib, o‘zining to‘lov qobiliyatini
murakkablashtirishi mumkin. Departament bunday kompaniyalar-
ga nisbatan chora ko‘radi va sug‘urta badali stavkasini oshirishni
talab qiladi.
Savdo va sanoat Departamenti sug‘urtalanuvchilarning
manfaatini himoya qilish maqsadida sug‘urta kompaniyalarining
joriy faoliyatiga aralashishga haqlidir. Agar sug‘urta kompaniyalari
Departamentga noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim qilsa, bu holda u
mazkur kompaniyalarga nisbatan jazo choralarini qo‘llashi
1 8 2
mumkin. Departament sug‘urta kompaniyasining faoliyati
bo‘yicha kamchiliklar topsa, ushbu kamchiliklarni tugatish
yuzasidan sug‘urta kompaniyasiga ko‘rsatma beradi. Modomiki,
mazkur ko‘rsatma bir oy muddatda bajarilmasa, kompaniyaga
yangi sug‘urta shartnomalarini tuzishga hamda investitsiya
faoliyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Eng asosiysi, agar
sug‘urta kompaniyasi o‘z zimmasidagi majburiyatlarni bajara
olmasa yoki kompaniyada buxgalteriya hisobi belgilangan tartibda
olib borilmasa, Departament ushbu kompaniyani tugatish to‘g‘ri-
sida qaror qabul qiladi.
Buyuk Britaniyada sug‘urta ishi shunchalik rivojlanganki, buni
mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilingan ayrim qonunlar
misolida ham ko‘rish mumkin. Chunonchi, «Sug‘urtalanuvchilarning
manfaatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun sug‘urta kompaniyasi
bilan sug‘urta shartnomasini tuzgan har bir Buyuk Britaniya
fuqarosini har qanday holatda himoya qilishni kafolatlaydi. Bu, o‘z
navbatida, sug‘urtalanuvchilarni sug‘urta polislarini ishonch bilan
sotib olishga undaydi. Yuqorida qayd qilingan qonun talablariga mu-
vofiq, sug‘urta kompaniyasi tugatilgan taqdirda, uning sug‘urtala-
nuvchilar oldidagi majburiyatlarini bajarish sug‘urtalanuvchilarning
manfaatini himoya qilish bo‘yicha Kengashga yuklatiladi. Dastlab,
sug‘urta kompaniyasi tugatilishidan oldin, Kengash kompaniyaning
moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish yuzasidan maxsus tadbirlarni
amalga oshiradi.
Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimini davlat tomonidan tartibga
solishda soliq siyosatining muhim o‘rni bor. Gap shundaki, uzoq
yillardan beri uzoq muddatli hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha
shartnomalarni tuzgan sug‘urtalanuvchilarga daromad solig‘ini
to‘lashda imtiyozlar berilgan. Masalan, umrbod hayot sug‘urtasida
sug‘urta mukofoti 10 yildan kam bo‘lmagan muddatda to‘lab
borilsa, sug‘urta summasi miqdori jami to‘langan sug‘urta
mukofotining 75 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini tashkil etsa,
sug‘urtalanuvchi to‘laydigan daromad solig‘i stavkasi 15 foizga
kamaytiriladi.
Shuni alohida qayd etish zarurki, sug‘urta kompaniyalari
korporatsiya solig‘ini to‘lashda katta imtiyozga ega. Agar
tadbirkorlikning boshqa tuzilmalari 35 foizli stavka bilan foyda
solig‘i to‘lasa, sug‘urta kompaniyalarining foydasiga solinadigan
soliq stavkasi 30 foizni tashkil qiladi.
1 8 3
Buyuk Britaniya sug‘urta tizimida
«Lloyd» korporatsiyasining o‘ziga xos
o‘rni bor. «Lloyd»ning tashkiliy tuzilmasi
sug‘urta kompaniyalarining tashkiliy tu-
zilmasidan tubdan farq qiladi. «Lloyd» London shahrining mar-
kazida joylashgan va bu yerda sug‘urta operatsiyalarini uning
a’zolari amalga oshiradi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, «Lloyd»ning
33532 ta a’zolari bo‘lib, ular yig‘gan sug‘urta mukofotining hajmi
10 mlrd funt sterlingdan oshadi. «Lloyd»ga a’zo har bir anderrayter
sug‘urta operatsiyasini o‘zining imkoniyati darajasida amalga
oshiradi va korporatsiyaning boshqa a’zolarining majburiyatlari
bo‘yicha javob bermaydi. Sug‘urta kompaniyalaridan farqli o‘la-
roq, «Lloyd» korporatsiyasi a’zosi tuzilayotgan shartnomalar
bo‘yicha cheklanmagan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi
mumkin. «Lloyd» a’zolari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshi-
rishi uchun maxsus sindikatlarga birlashgan. Hozirgi paytda
korporatsiyaning 150 dan ortiq tarmoq sindikatlari mavjud bo‘lib,
ulardan 100 ga yaqini dengiz sug‘urtasi, 34 tasi aviatsiya sug‘ur-
tasi, 27 tasi avtomobil sug‘urtasiga ixtisoslashgan sindikatlardir.
Sindikatlarga «Lloyd» anderrayterlari boshchilik qiladi va u ushbu
sindikatga a’zo bo‘lgan boshqa anderrayterlar nomidan sug‘urta
operatsiyalarini amalga oshiradi. Potensial mijozlarni jalb qilish
bo‘yicha sindikatlar o‘zaro qattiq raqobat kurashini olib boradi-
lar. Shu nuqtayi nazardan «Lloyd»ni o‘ziga xos sug‘urta bozori
deb atash mumkin. «Lloyd»da barcha sug‘urta operatsiyalari bro-
kerlik firmalari vositachiligida amalga oshiriladi. Hozirgi paytda
«Lloyd»da ro‘yxatdan o‘tgan brokerlar 300 dan ortiq. Shu o‘rinda
ta’kidlash zarurki, bugungi kunda O‘zbekistonda ham ayrim
sug‘urta kompaniyalari va sug‘urta brokerlari «Lloyd» korporat-
siyasi bilan mustahkam aloqa o‘rnatishgan.
«Lloyd» korporatsiyasi doirasida yig‘ib olinadigan sug‘urta
badallarining 30 foizi dengiz sug‘urtasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Negaki,
Buyuk Britaniyani deyarli uch tomondan okean va dengizlar qurshab
olgan va bu yerda azaldan savdo-sotiqlar dengiz va okeanlar orqali
amalga oshirilgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, Angliyada dastlabki
sug‘urta shartnomalari, bundan taxminan 300 yillar oldin, aynan,
dengizda tashiladigan yuklar va kemalar bilan bog‘liq bo‘lgan.
«Lloyd» sug‘urta korporatsiyasining tashkiliy tuzilmasiga
anderrayter, sindikat va brokerlardan tashqari, a’zolik va depozitlar
Do'stlaringiz bilan baham: |