O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Qo‟lyozma huquqida
UDK 574/577+572.79+613.2
BOZOROVA ZUHRA BOBOMURODOVNA
MIKRONUTRIENTLAR TAQCHILLIGI (YETISHMOVCHILIK
SABABLARI, OQIBATLARI VA OLDINI OLISH)
5A 140101- Biologiya
Magistr akadem darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya
Ilmiy rahbar:
b.f.n., dots. Karimov O.R.
Qarshi-2014 yil
2
REJA
KIRISH
I – BOB. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1.
Кurashilarning mikronutrientlar (vitaminlar va ma'danli moddalar)
bilan fiziologik ta'minlanishi
1.1.1. Кurashilarning vitaminlar bilan ta'minlanishi
1.1.1.1. Yog„da eriydigan vitaminlar
1.1.1.2. Suvda eriydigan vitaminlar
1.1.2. Кurashilarning ma'danli moddalar bilan ta'minlanishi
1.1.2.1. Makroelementlar
1.1.2.2. Mikroelementlar.
1.2.
Кurashilarda antropometrik ko‟rsatkichlarning o‟ziga xos xusisiyatlari.
II – BOB. MATERIAL VA METODIKA
2.1
Tekshirish ob'ektlari
2.2.
Tekshirish usullari
III – BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
3.1.
Кurashilarda kunlik ovqatning kimyoviy tarkibi
3.2.
Кurashilarda antropometrik ko‟rsatkichlar
3.3.
Кurashilarning kunlik ovqatidagi mikronutrientlar
3.3.1. Vitaminlar
3.3.2. Ma„danli moddalar
YAKUNIY QISM (xotima o„rnida)
XULOSA
AMALIY TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. 2010 yilning Respublikamizda Prezidentimiz
I.A.Karimovning tashabbuslari bilan “Barkamol avlod yili” deb e'lon qilinishi
barcha yoshlar, shu jumladan yosh sportchilar hayotida muhim voqea bo„ldi. Vatan
kelajagini belgilashda yoshlarning o„rni beqiyos bo„lib, O„zbekistonning jahon
miqyosida tanilishida, xalqlar o„rtasidagi do„stlik aloqalarini mustahkamlashda,
qolaversa o„zbek xalqining boy merosini dunyoga tanitishda yosh sportchilarning
hissasi kattadir. Yana shu narsa muhimki, barkamol avlod tushunchasi yoshlarning
ham aqliy, ham jismoniy jihatdan barkamolligini o„zida ifoda etadi. Shu nuqtai
nazardan keyingi yillarda yoshlar o„rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan
shug„ullanishning rag„batlantirilishiga va rivojlantirilishiga alohida e'tibor
qaratilmoqda. Yangi sport maktablari, Olimpiya zahiralari sport kollejlari hamda
maxsus bilim yurtlarining ochilishi, shahar va qishloqlarda o„yingohlar, suzish
havzalari, har xil sport turlari bilan shug„ullanish uchun kerakli jihozlarga ega
bo„lgan sport zallari va boshqalarning tashkil etilishi fikrimizning isbotidir. Ushbu
o„quv yurtlarida tahsil olayotgan hamda qator chet mamlakatlarga chiqib sportning
kurash, nafis gimnastika, suv sporti, boks va boshqa turlari bo„yicha sovrinli
o„rinlarni egallayotgan yosh sportchilarimiz ushbu sohada olib borilayotgan sa'y-
haraktlarning mahsulidir [7, 8].
Ma'lumki, yosh sportchi organizmining tegishli energiya va plastik
materiallarga bo„lgan ehtiyoji oziq moddalar hisobidan qoplanadi. Shu nuqtai-
nazardan ularning kundalik iste'mol taomlari tarkibidagi asosiy va qo„shimcha oziq
moddalar miqdorini hisoblash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb
etadi.
Ma'lumki, Respublikamizda 2010 yilning 7 iyulida “Aholi o„rtasida
mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to„g„risida” degan muhim qonun qabul
qilindi. Uning 2-bob 4- va 7- moddalarida Aholi o„rtasida mikronutrient
yetishmasligi profilaktikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo„nalishlari
4
sifatida ilmiy tadqiqot ishlarini qo„llab quvvatlash hamda sanitariya gigiena va
tushuntirish ishlarini olib borish masalalariga alohida e'tibor berilgan [5].
Mikronutrientlar(vitaminlar va ma'danli moddalar) oqsillar, yog„lar va
uglevodlar singari organizmning kunlik energetik ehtiyojini qondirishda ishtirok
etmasa-da, tanaga doimiy ravishda, tegishli miqdorda qabul qilib turilishi lozim.
Ularga bo„lgan kunlik talab juda oz miqdorni tashkil etib, ular tanadagi fiziologik
va
biokimyoviy
jarayonlarning
me'yoriy
kechishida
foal
qatnashadi.
Mikronutrientlar yana organizmda boradigan bir qator fermentativ hamda
moddalar almashinuvi jarayonlarida, oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarda, qon
hosil bo„lishi hamda boshqa muhim hayotiy faoliyatlarda ham ishtirok etadi [4, 8,
11].
Aholining asosiy qismi ovqatlanish bobida quvvat beruvchi oqsillar, yog„lar
hamda uglevodlarga, ya'ni makronutrientlarga e'tibor berib, mikronutrientlarni
nazardan chetda qoldiradi yoki hisobga olmaydi. Buning oqibatida esa o„sish,
rivojlanish, kattalarda serunum mehnat qilish, o„zaro munosabatlar va kayfiyat
ko„ngildagidek bo„lmaydi. Shu nuqtai nazardan mikronutrientlar to„g„risida qabul
qilingan qonun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, Respublikamiz aholisining
turli guruhlarida amaldagi ovqatlanishini tahlil qilish maqsadida olib borilgan
tadqiqotlar ko„pchilik hollarda bu borada qator kamchiliklarga yo„l
qo„yilayotganligini ko„rsatadi. Ularni bartaraf qilish uchun muhim tadbirlardan biri
mikronutrientlar haqida aholining turli qatlamlarida tegishli tushunchalarni
shakllantirishdir. Shunda ushbu masala bo„yicha qabul qilingan qonun va unga
muvofiq tuzilgan dasturning amalga oshirilishi ancha oson kechadi [5, 39, 40] .
O‟zberkiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov bu borada quyidagi
fikrlarni bildirgan: “Yurtimizda yashayotgan har qaysi oila va fuqaro,
qolaversa, mamlakatimiz va jamiyatimiz istiqbolining yanada yuksalishini
o„zi uchun maqsad qilib olgan va shu intilishni hayotga izchil tatbiq etayotgan
umummilliy dasturlarimiz, shular qatorida Kadrlar tayyorlash, Sog„liqni
saqlash va Maktab ta'limini rivojlantirish davlat dasturlari-uzoq qishloq yoki
5
markazda bo„ladimi- bugunning o„zidayoq mohiyati va amaliy samarasini
ko„rsatmoqda”[1].
Shu nuqtai nazardan kurashchi talabalarning ovqatida ba'zi bir
mikronutrientlarning qay darajada ta'minlanayotganligini o„rganish va ularni
solishtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Dissertatsiya ishining maqsadi va vazifalari. Tadqiqotlardan asosiy
maqsad Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan kurashchi
talabalarning kunlik ovqat ratsionidagi ayrim vitaminlar va ma‟danli moddalarning
miqdori qay darajada ekanligini o„rganish. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun
quyidagi vazifalar belgilab olindi.
1. Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil olayotgan kurashchi
talabalarning kunlik ovqat ratsionidagi vitaminlarning, xususan yog„da eriydigan
vitaminlar guruhiga kiruvchi A va E, suvda eriydigan vitaminlar guruhiga kiruvchi
B
2
va
B
12
vitaminlarining
hamda
makroelementlardan
Ca,
P,
Mg,
mikroelementlardan Fe,Zn va J miqdori qay darajada ekanligini aniqlash.
2. Olingan natijalarni belgilangan me'yor ko„rsatkichlari bilan taqqoslash.
3. Kurashchi talabalarning ovqat ratsionidagi o‟rganilgan vitaminlar va
ma‟danli moddalarning oz yoki ko„pligiga qarab tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.
Ishning ilmiy yangiligi. Qarshi Olimpiada zahiralari kollejida tahsil
olayotgan kurashchi talabalarning kunlik ovqat ratsionidagi ba‟zi vitaminlar va
ma‟danli moddalarning miqdori qay darajada ekanligini ilk bora o„rganildi.
Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Vitaminlar va ma'danli moddalarning
sportchilar jismoniy ish qobiliyatiga ta'sirini o„rganish orqali jismoniy ish
qobiliyatini oshirish muammosini ma'lum darajada hal etish mumkin. Qolaversa,
sportdagi natijalarni yuksaltirish, sportchilarda tez charchashning oldini olish
hamda qaytarilish-tiklanish davrini tezlashtirish masalalarini hal etishda ham ushbu
mavzuni o„rganish asqotadi. Bir so„z bilan aytganda bu muammo sport
fiziologiyasi, sport tibbiyoti kabi fanlar amaliyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
6
Natijalarning e'lon qilinganligi. Dissertatsiyaning asosiy natijalari
bo„yicha 2013 va 2014 yillarda “Ilm-fan va innovasiya” mavzusida o„tkazilgan
ilmiy-amaliy konferensiyalarda 2 ta ilmiy maqola e'lon qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, adabiyotlar
sharhi, material va metodika, olingan natijalar va ularning tahlili, xulosalar, amaliy
tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatidan iborat. Ishning hajmi 81
bet bo„lib, raqamli materiallar 7 ta jadval va 3 ta rasmda o„z aksini topgan.
7
I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1. Кurashilarning mikronutrientlar (vitaminlar va ma'danli moddalar)
bilan fiziologik ta'minlanishi
Inson organizmining o„sib-rivojlanishi, aqliy va jismoniy faoliyat
ko„rsatishida makronutrientlar (oqsillar, yog„lar, uglevodlar) bilan bir qatorda
mikronutrientlar (vitaminlar va ma'danli moddalar) ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Xususan ularning sportchilar ovqatlanishidagi ahamiyati o„ziga xosligi bilan
ajralib turadi.
Ma'lumki, sportchilar faoliyatida tayyorgarlik, musobaqa va tiklanish
davrlari farqlanib, har bir davr sportchidan tegishli miqdordagi mikronutrientlar
sarfini talab etadi. Masalan, musobaqa davridagi mikronutrientlarga nisbatan
ehtiyoj tayyorgarlik davridagiga nisbatan 2-3 baravar yuqori bo„ladi [12, 25, 27].
Ma'danli moddalar hamda vitaminlar sportchi organizmida moddalar va
energiya almashinuvining me'yoriy ravishda amalga oshirilishini ta'minlaydi, bir
qator fermentlar, gormonlar va boshqa biologik faol moddalar tarkibiga kiradi,
to„qima va hujayralardagi yangilanish jarayonlarining borishini, qolaversa asab
tizimida sodir bo„ladigan qo„zg„aluvchanlik va o„tkazuvchanlik jarayonlarini
boshqarib borishda qatnashadi. Shuning uchun turli ob'ektiv va sub'ektiv
sabablarga ko„ra ayrim vitaminlar hamda ma'danli moddalarning kunlik ratsionda
yetishmasligi organizm ish qobiliyatining maqsadga muvofiq darajada amalga
oshirilmasligiga olib keladi. Bu holat kalorik ekvivalent nuqtai-nazaridan yetarli
bo„lgan taomlarni iste'mol qilib yurgan yosh sportchilarda tez-tez ko„zga tashlanib
turadi. Oqibatda yosh sportchilarda qo„lga kiritilishi lozim bo„lgan natijalarning
pasayishi kuzatilib, bu hol ularning jismoniy taraqqiyot ko„rsatkichlariga ham
salbiy ta'sir ko„rsata boshlaydi.
Aytish mumkinki, mikronutrientlarga bo„lgan ehtiyojni qondirishda
sportchilarning yillik mashg„ulotlar siklini e'tiborga olish va shunga muvofiq
ravishda ularning kunlik ratsioniga tegishli o„zgartirishlar kiritish yuqoridagi salbiy
o„zgarishlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida kurashilarning
8
mikronutrientlar (vitaminlar va ma'danli moddalar) bilan fiziologik ta'minlanishi
haqida fikr yuritamiz [3, 10, 11, 36].
1.1.1. Кurashilarning vitaminlar bilan ta'minlanishi
Ma'lumki, boshqa aholi guruhlari kabi sportchilarning kunlik iste'mol
taomlarida asosiy energiya manbai hamda “qurilish” materiali bo„lib xizmat
qiladigan oqsil, yog„ va karbonsuvlardan bilan bir qatorda vitaminlarning ham
tegishli miqdorda bo„lishi ular organizmining me'yorida o„sib rivojlanishida,
serunum mehnat qilishida, turli xil zararli ichki va tashqi omillardan
himoyalanishda, uzoq umr ko„rishida va salomatligini saqlashda muhim ahamiyat
kasb etadi [8, 12].
Sportchilarning to„g„ri va sog„lom ovqatlanishi borasida kundalik ommaviy
matbuot vositalarida, maxsus adabiyotlarda tegishli ma'lumotlar berilib boriladi.
Shunga qaramasdan aholi orasida, jumladan sportchilar orasida ham tez-tez u yoki
bu vitaminga nisbatan taqchillik va uning oqibatida yuzaga keladigan xastaliklar
uchrab turadi. Masalan, xar xil avitaminozlar, kamqonlik, darmonsizlik,
parishonxotirlik, asabiylashuv va boshqalar. Bu hol sportchilar, qolaversa
murabbiylarning vitaminlar haqidagi bilimlari yetarli emasligidan darak beradi.
Ikkinchi tomondan qayd qilingan moddalarning barchasi aytib o„tilganidek, biz
yeydigan ovqat, meva-chevalar, sabzavot, ko„katlar va ichadigan suv tarkibida
bo„lib, ulardan oqilona foydalanish bir vaqtning o„zida ham oson ham arzon
tushadi [25, 27, 39, 48].
Ko„pchilik sportchilarning fikricha, hozirgi paytda u yoki bu vitaminga
bo„lgan ehtiyoj dorixonalarda mavjud bo„lgan va tez-tez reklama qilib turiladigan
dori-darmonlar bilan bemalol qondirilaveradi, iste'mol qilinadigan ovqatlar
dastavval yuqori kaloriyali, go„shtli va hayvon yog„iga boy bo„lishi kerak. Bu
albatta tom ma'nodagi adashish bo„lib, hozirgi zamon kishisining yo„l qo„yayotgan
katta kamchiliklaridan biridir. Ushbu holat yer yuzidagi barcha davlatlarda
9
yashaydigan aholi orasida uchrab “davr kasalliklari”ning (semirish, oshqozon-
ichak, yurak qon tomirlari moddalar va energiya almashinuvi ajratish a'zolari,
endokrin bezlar xastaliklari va boshqalar) kelib chiqishida asosiy sababalardan biri
bo„lmoqda.
Shuni aytib o„tish lozimki, vitaminlar yetishmasligi bilan bog„liq holatlar yer
yuzining barcha mintaqasida uchraydi. Aholining deyarli barcha guruhlari vitamin
yetishmasligi okibatida yuzaga keladigan kasalliklarga duchor buladi. Xuddi ana
shunday guruhlardan biri bu sportchilardir.Vitaminlarni o„rganishda ularning
fiziologik xususiyati yoki kimyoviy strukturasiga ko„ra guruhlarga bo„lish qiyin.
Shuning uchun eruvchanlik xususiyatiga qarab yog„da va suvda eruvchi vitaminlar
farq qilinadi [12, 25, 28, 40].
1.1.1.1.
Yog„da eriydigan vitaminlar
Ma'lumki, yog„da eruvchi vitaminlarga retinol (A), kalsiferol (D), tokoferol
(Е) hamda filloxinonlar (K) kiradi. Bu vitaminlarning har biri o„ziga xos
ahamiyati, fiziologik ta'siri va xususiyatlari, yuzaga keltiradigan kasalliklari bilan
farqlanadi.
Retinol (vitamin A). Retinol, ya'ni vitamin A organizmdagi ko„plab
funksiyalarida faol ishtirok etadi, masalan, ko„rish jarayonining me'yoriy bo„lishi,
organizmda immunitet hosil bo„lishi, teri epiteliysining sog„lom bo„lishi tanada
ana shu vitaminning yetarli darajada bo„lishiga bog„liq. Vitamin A yetishmasligi
tufayli odam badanining terisi tovuq yoki g„oz terisi shaklini oladi, oyoq kafti,
tovon, barmoqlar terisi quruq bo„lib, ko„chib tushadi va hokazo. Ichki sekretsiya
bezlaridan qalqonsimon bez funksiyasi retinol yetishmasligidan ancha susayib
ketishi aniqlangan.
Shuningdek, bu vitamin organizmda yetishmasa, jinsiy bezlar o„z
funksiyasini to„liq bajara olmaydi, xotin-qizlarda hayz ko„rish sikli buziladi,
erkaklarda esa jinsiy ojizlik sodir bo„ladi. Bu vitaminga taqchillik saraton, ya'ni rak
kasalligining kelib chiqishiga ham olib kelishi mumkin.
10
Retinol, ya'ni A vitamin odamda provitamin hisoblangan karotindan ham
hosil bo„ladi. Ushbu provitaminning bunday nomlanishiga sabab u dastlab korotel
degan sabzi navidan ajratib olinganligi bilan bog„liq.
1 - jadval
Retinol (vitamin A) ning asosiy manbalari
Oziq moddalar
Mahsulotning 100 g da mg hisobida
Vitamin A
β - karotin
Qoramol jigari
8,2
1,0
Tovuq tuxumi
0,25
--
Sariyog„
0,25
0,30
Qaymoq
0,16
0,07
Pishloq
0,26
0,16
Sabzi
-
9,0
Petrushka
-
5,7
Ismaloq
-
4,5
Shovul
-
2,5
Ko„k piyoz
-
2,0
Qizil qalampir
-
2,0
Pomidor
-
1,2
Chakanda (oblepexa)
-
7,9
Chetan (ryabina)
-
9,0
Itburun (quritilgani)
4,9
Zardoli
-
1,6
Kuraga (g„ulin)
-
3,5
Oshkadi
-
1,50
Tarvuz
-
0,10
Qovun
-
0,40
11
Katta yoshli odamning retinolga bo„lgan kunlik ehtiyoji keyingi hisob-
kitoblarga qaraganda o„rtacha 5000 xalkaro birlikka to„g„ri kelib, bu o„rtacha 1,5
mg ni tashkil etadi. Bu miqdorning 1/3 qismi retinol, qolgan 2/3 kismi esa
karotindan iborat bo„lgani maqsadga muvofiq ekan. Lekin, kishi og„ir jismoniy ish
bajarganida, jumladan, sport bilan shug„ullanganida yoki boshqa kuchli stress omil
ta'siriga uchraganida uning retinolga bo„lgan talabi bir necha marta oshib ketishi
tadqiqotlarda isbotlangan. Ayniqsa ruhiy, hissiy iztirobga tushish, kuchli og„riq,
yuqori yoki past atmosfera bosimi sharoitida ishlash va hokazolar kishining bu
vitaminga bo„lgan talabini oshiradi. Bunda A vitaminga boy mahsulotlarni
kundalik iste'mol taomlari tarkibida ko„paytirish kerak. Quyidagi jadvalda
retinolga boy oziq moddalar haqida ma'lumot keltiramiz.
A vitaminning yetishmasligidan yuzaga keladigan holat shapko„rlik
kasalligidir. Bunday kasallikka duchor bo„lgan odam qorong„i tushishi bilan yaxshi
ko„ra olmaydi, yurishga qiynaladi. Odamda bu kasallikni aniqlash uchun
qorong„ilashtirilgan xonaga kirib ko„rishning qay darajada bo„lishini tekshirib
ko„rish lozim. Agar tekshiriluvchi kishi bir necha soniya vaqt o„tishi bilan
qorong„ilashtirilgan xonada narsalarni biroz ko„ra boshlasa, organizmda A vitamin
yetarli, agar 8-10 soniyadan keyin ko„rish tiklansa vitamin miqdori oz, 15-20
soniyadan keyingina sal-pal ko„ra boshlasa, organizmda vitamin miqdori ancha
kamayib ketgan bo„ladi.
Shu narsa ma'lumki, qadimda shapko„rlikni chala pishgan mol jigari bilan
davolangan. Yuqoridagi jadvalda ko„ringanidek 100 g jigarda 8,2 mg retinol
bo„ladi. Shapo„rlik o„z vaqtida bartaraf qilinmasa, yosh chiqaruvchi bezlarning
atrofiyalanishi va ko„z shox qavatining qurib qolishi natijasida odam butunlay
ko„rmay qolishi, kseroftalmiya kabi og„ir xastalikka mubtalo bo„lishi mumkin.
Vitamin A yetishmasligidan yuzaga keladigan terining quruqlashishi ham
jiddiy holat hisoblanadi. Bunda teridagi ter bezlari yemirilib, tananing shu
qismidan, masalan. oyoq kafti, panjalaridan ter suyuqligi ajralishi buziladi, nafas
olish yo„llarining shilimshiqligi kamayib, og„iz, tomoq, burun bo„shliqlarining
12
qurishi va boshqalar kuzatiladi. Shu tufayli agar tanada vitamin A yetishmasa,
nafas va o„pka yo„llari kasalliklari tez yaxshi bo„lmasdan qaytalib turadi.
Yuqoridagilardan tashqari vitamin A tanada to„qima va ho„jayralarning
yangilanishida faol qatnashadi, shu sababli yosh bolalarning me'yorida o„sishi
uchun uning yetarli bo„lishi muhim. Bu holatlarning oldini olishda yuqoridagi
jadvalda ko„rsatilgan hayvon va o„simlik mahsulotlaridan foydalanish ma'qul. Zero
tabiiy mahsulotlarda bir nechta vitaminlar va ma'danli moddalar kompleks holda
bo„lib, bu yetishmagan vitaminning organizm tomonidan o„zlashtirib olinishini
yaxshilaydi.
Vitamin A ga boy mahsulot sifatida sabzi juda muhimdir. Har kuni 100 g
sabzi suvini ichib turish retinolga bo„lgan ehtiyojni to„la qondiradi. Buning ustiga
tayyor vitamin preparatlarini me'yoridan oshiqcha qabul qilishning xavfli tomoni
ham bor. Bu holat gipervitaminoz A deyiladi. Agar tanaga bu vitamindan 15 mg
yuborilsa, zaharlanish sodir bo„lib, bosh og„rishi, qayt qilish, soch tushib ketishi,
epiteliy to„qimasining buzilishi kabi holatlar ro„y beradi. Bu vitaminni uning tabiiy
manbalari hisobiga me'yoridan ko„p iste'mol qilgan bilan yuqoridagidek
zaharlanish holati ro„y bermaydi. chunki, birinchidan oziq mahsulotlaridan ko„p
miqdordagi vitamin mavjud ovqat yeyilmaydi va qayd qilinganidek, hyech qanday
tabiiy manbada faqat sof vitamin A mavjud bo„lmaydi.
Retinol (vitamin A) sportchilar organizmida asosiy energiya manbai
bo„lgan glikogenning to„planishida faol qatnashadi. Ularning muskullari uchun
muhim bo„lgan oqsillarning sintezlanishida ishtirok etadi [8, 13, 14, 15, 16, 26, 29,
37, 40].
Sportchilar organizmida yog„da eruvchi vitaminlardan D vitamin, ya'ni
kalsiferol yetishmasligi ko„p uchraydi. Xususan, yosh bolalarda bu vitaminning
yetishmasligi ko„plab kuzatiladi va raxit kasalligiga sabab bo„ladi. Ayniqsa, yangi
tug„ilgan chaqaloqlarda D vitamin yetishmasligi jiddiy xavf soladi. Shuning uchun
odatda yosh bolalarga, ayniqsa yosh sportchilarga D vitamin kerakli aralashmalar
yoki tabletkalar holida berilishi lozim.
13
D vitamin yetishmasligining asosiy sabablaridan yana biri quyosh nuridan
yetarlicha bahramand bo„lmaslikdir. Chunki D vitamin organizmda quyosh
nuridan xam sintezlanib turadi. Ana shularga rioya qilgan holda yosh sportchilarni
quyosh nuridan yetarlicha bahra olishlariga imkon yaratib berish maqsadga
muvofiq. Yosh bolaning hadeb uyda yoki tor hovlida siqilib yuraverishi uning
terisida D vitaminning sintezlanishi kamayib ketishiga va oqibatda raxitga olib
keladi.
Ko„p hollarda yosh bolalarda uchraydigan raxit ularda bir umrlik asoratlar
qoldiradi. Bu asoratlar suyaklarning qiyshayib qolishi, suyaklar faoliyatining jiddiy
ravishda buzilishi, suyaklar elastikligining kamayib ketishi va boshqalar bilan
bog„liq. Raxitga uchragan bola ozgina jismoniy yuklama bajarganda yoki sal og„ir
yuk ko‟targanda ham suyaklari egri bulib qolaveradi. Suyaklarning bunday xolatga
duchor bo„lishi ichki a'zolar faoliyatiga ham salbiy ta'sir ko„rsatadi.
Vitamin D ya'ni, kalsiferol haroratga ancha chidamli bo„lib, oziq-ovqatlarni
termik qayta ishlash, ya'ni pishirish va qaynatish oqibatida tez parchalanib
ketmaydi. Bu vitaminning boshqalaridan farqi shundaki, u o„simlik mahsulotlari,
sabzavotlar va mevalarda juda kam uchraydi. Uning asosiy manbai baliq yog„i,
o„simlik moylari, sariyog„, tuxum sarig„i hamda dengizdan olinadigan yegulik
mahsulotlaridir. Ko„pincha ushbu mahsulotlar bilan bu vitaminni organizmga
yetarli darajada qabul qilish mushkul. Bunda quyosh nuri ta'sirida organizmda
uning tegishli miqdorda sintezlanishiga erishish muhimdir.
Kezi kelganda shu narsani ham ta'kidlash lozimki, quyoshda davomli
darajada haddan tashqari ko„p badanni qoraytirish kalsiferol hosil bo„lishini
kamaytirib yuboradi. Buning natijasida tanada bu vitaminga nisbatan taqchillik
paydo bo„ladi. Yana badanni uqalash ham kalsiferol hosil bo„lishini
yengillashtirishi aniqlangan. Vitamin D teridan ajralib chiqadigan yog„ modda
tarkibida bo„ladi, shu sababli tanani me'yoridan ortiq darajada sovunlab yuvish
ham bu vitaminni kamaytirib yuboradi.
14
Quyosh nuriga “to„ymaslik” natijasida vitamin D yetishmasligi havosi turli
xil chiqindilar bilan ifloslangan katta shaharlarda ko„p kuzatiladi. Bizning
Respublikamizda esa quyosh kerakligidan ko„p. Bolalarning, ba'zan katta yoshdagi
kishilarning ham quyoshga toblanishi lozim bo„lib qolsa, ushbu muolajani ertalab
soat 10
00
gacha va kunning ikkinchi yarmida 17
00
dan keyin o„tkazishni esdan
chiqarmaslik kerak. Chunki soat 10 dan 17 gacha bo„lgan vaqt ichida quyoshda
qorayish zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin [8, 13, 14, 15, 16, 26, 29, 37, 40].
Do'stlaringiz bilan baham: |