Analitik soha:
- Marketing tadqiqotini o‘tkazish qobiliyatini.
- Firma raqobatda aniq ustuvorlikka ega bo‘la oladigan segmentni
tanlay olish qobiliyatini.
-Korxonaning marketing axborot tizimini shakllantiradi.
Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu:
-Iste’molchiga zarur bo‘lgan tovarni yaratish va ishlab chiqarish
qobiliyati (tovar siyosati).
-Tovarga iste’molchini jalb eta oladigan qiymat bera olish qobiliyati
(narx siyosati).
-Tovarni iste’molchi uchun imkoniyatli qila olish qobiliyati (savdo
siyosati).
Iste’molchilarga axborot berishga yo‘naltirilgan kommunikativ
soha:
- Reklamani.
- Xususiy savdoni.
-Jamoatchilik bilan aloqalarni.
- Savdoni rag‘batlantirishni yaratadi.
Mutaxassislarning baholashlaricha, korxonalar tomonidan mar-
keting sohasidan hozirda juda sust foydalaniladi: analitik – 30 %, ishlab
chiqarish va savdo – 45 %, kommunikativ – 29 %.
Marketingni tashqi sohasi rivojlanish bosqichlarini ham quyidagicha
ajratish mumkin:
-marketing taqsimlash vositasi sifatida;
-sotish vazifasi sifatida marketing vazifalarini tashkiliy jamlash;
-marketingni mustaqil xizmatga ajratish;
-marketing korxonaning asosiy vazifasi sifatida.
Marketing taqsimlash vositasi sifatida shuning bilan tariflanadiki,
bu bosqichda tovarlarni sotish muammo emas, shuning uchun marketing
bu bosqichda sotish vazifalari bilan cheklanadi. Marketing faoliyatining
bunday tashkiliy tuzilmasi AQSh va Germaniyada 50-yillarning o‘rta-
larigacha mavjud bo‘lgan.
Sotish bilan bog‘liq muammolar va marketingning ahamiyatini
yaxshi tushunish muhim tashkiliy o‘zgarishlarga olib kelgan, ya’ni
sotish bo‘yicha faoliyat bitta rahbar ixtiyoriga o‘tgan, bunday tuzilma
50-yillardagi Amerika va 70-yillargacha Germaniya uchun xos bo‘lgan.
87
Marketing faoliyati rivojlanishining uchinchi bosqichi korxonaning
boshqa xizmatlari bilan teng huquqli bo‘lgan marketing ixtisoslashgan
xizmatining paydo bo‘lishi bilan tariflanadi. Bunday xizmat mahoratni
rejalashtirish va rivojlantirish, narxini tashkil qilish, mahsulotning tashqi
ko‘rinishi, idishi va nomi haqidagi masalalarini hal qiladi. Shuning bilan
birga har bir bo‘lim o‘z manfaatlarini o‘ylaydi, shu sababli ularni tashkil
etishda eng muvofiq kombinatsiyalari yo‘q va marketingning ahamiyati
ham uncha katta emas.
Korxona marketing talablarini mo‘ljal qilib faoliyatning boshqa
sohalarini qamrab olishi keyingi bosqich bo‘ladi, ya’ni marketingga
asosiy vazifa sifatida qaraladi. Shuning uchun barcha bo‘limlar
marketing xizmatiga bo‘ysunadi. Lekin amaliyotda teskari holatlar ham
uchrab turadi. Masalan, ayrim Germaniya va AQSh kompaniyalarida
maxsus marketing bo‘limlari qisqartirilib boshqarish tizimidan chiqa-
rilgan.
Marketing korxona (firma) faoliyatiga to‘liq holda yoki qisman
integratsiyalashuvi mumkin. Qisman integratsiyada marketing firmaning
turli huquqiy xizmat ko‘rsatishini bildiradi. To‘liq integratsiyada
marketing asosiy funksiya hisoblanadi. Mamlakatimiz va xorij tajribalar
shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik korxonalar rivojlanishning uchinchi
bosqichida turibdi. To‘liq integratsiya - ko‘proq umumiy ehtiyoj tovar-
lari sohasidagi Amerika korxonalarida qo‘llanilgan. Korxonada mar-
ketingni rivojlanishi qabul qilinayotgan qarorlar birligini ta’minlovchi
uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini bajarish
bo‘yicha bo‘linmalar faoliyatining o‘zaro aloqalari va muvofiqlashuvini
talab qiladi. Bu o‘z navbatida, kompleks maqsadli guruhlarni matritsali
tashkil qilish va yaratish yordamida marketing tizimini tatbiq etishning
keyingi bosqichiga o‘tishga imkon beradi. Shu bilan birga ta’kidlash
kerakki, korxonada marketingni tatbiq etish avvalo ma’lumotlarni
yig‘ish, ishlab chiqish va jamlash tizimini, ya’ni marketing axborot
tizimi (MAT)ni tashkil qilishini talab qiladi.
Korxonada marketingning ichki sohasi o‘sib borish ahamiyati uning
tashkiliy tuzilmasida o‘z aksini topadi. Marketingni boshqarish – tovar
va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirish, foydani ko‘paytirish uchun
bajariladigan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat,
audit va rag‘batlantirish funksiyalari majmuyidan iborat. Marketingni
boshqarish marketing faoliyatini intensivlashtirsh vositasi va falsafasi
sifatida ko‘rilib, uning maqsadi sotuvni tashkil etish va rag‘batlantirish
88
emas, balki firma tovar va xizmatlariga raqobatli bozor sharoitida talabni
boshqarishdir. F.Kotler fikricha, marketingni boshqarish –firma oldida
turgan maqsadga yetish uchun kerakli vaqtda, kerakli darajada firma
tovarlariga talabni shakllantirishdir. J.J.Lamben esa bu tushunchaga
xaridorlarning yangi talablarini shakllantirish va rag‘batlantirish, deb
tarif bergan. Marketingni boshqarish bozorda firmalarning raqobat
ustunligini ta’minlash va shakllantirish uchun yo‘naltirilgan faoliyat
bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagi tahlil turlarini oladi.
1. Tashqi muhit tahlili.
2. Vaziyatli tahlil.
3. Bozor istiqbolini belgilash.
4. Korxona imkoniyatlarini aniqlash.
5. Bozordagi maqsad va strategiyani ishlab chiqish.
6. Konkret vaziyatda korxonaning marketing maqsadlarini
rejalashtirish.
7. Marketing – miks rejasini ishlab chiqish.
8. Marketing rejasini amalga oshirish, tashkil etish, boshqarish,
nazorat va natijani baholash.
Shunday qilib, marketingni boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy tizimning
turli iyerarxik boshqaruv pog‘onasida marketingning funksional va
institutsional faoliyatini integrallashgan, ya’ni bir-biriga chambarchas
bog‘langan holda boshqaradi.
Funksional ma’noda marketing menejment biror bir qarorni
shakllantirish jarayoni, rejalashtirish va amalga oshirishni boshqarish
sifatida tushuniladi.
Institutsional ma’noda esa, marketing menejment - bu rahbarlik,
boshqaruv kuchi sifatida talqin etilib, huquqiy va tashkiliy vakolatlar
asosida firmaning barcha bo‘limlari o‘rtasida funksional vazifalarni
to‘g‘ri va muvofiqlashgan ravishda taqsimlash orqali ko‘zlangan
maqsadga erishishni samarali boshqarishdir. Marketing – menejment
muhitini shakllantiruvchi asosiy omillarga madaniyat, siyosat va tizim
yoki struktura kiradi.
Hozirgi vaqtda marketing xizmatini tashkil qilishning turli xil
shakllari mavjud, shuning uchun faqat ba’zi bir zamonaviy tashkiliy
tuzilmalarni ko‘rib chiqish bilan cheklanamiz. Boshqaruv jarayolarining
ixtisoslashtirilishi va standartlashtirilishi bu tashkiliy tuzilmaning yuqori
samaradorligini belgilaydi. Marketingni tashkil qilish - korxonada bir
necha yo‘nalishda amalga oshiririlishi mumkin:
89
1. Funksional – bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va
tovar harakatini tashkil qilish doiralariga qo‘shiladi.
2.
Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional
tamoyillarga yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi.
3.
Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional
tamoyillariga, yana bir hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha
boshqaruvchilar qo‘shiladi.
Vazifaviy tashkil qilish doirasi muvofiqlashtiruvchi muammolarni
hal qilish uchun ba’zida mahsulot bo‘yicha menejment kiritiladi.
Mahsulot bo‘yicha menejer bitta yoki bir turli buyumlar guruhini
ishlab chiqarishga tatbiq etishdan toki uni chiqarib sotishgacha javobgar
bo‘ladi. Menejerning bu bilan bog‘liq asosiy vazifasi - ushbu mahsulotni
ishlab chiqarish munosabati bilan korxona xizmatlari ishini muvofiq-
lashtirishdan iborat.
4.1-rasm. Marketingni vazifaviy tashkil qilish doirasidagi mahsulot
bo‘yicha boshqaruv
Mahsulot bo‘yicha boshqaruv mahsulotni rejalashtirish, bozorga
moslashish, xizmatlarni muvofiqlashtirishni yaxshilashi mumkin. Dastur
qanchalik turli-tuman bo‘lsa, korxona shunchalik kuchli diversifikat-
siyalashgan va bozori jadallashgan, mahsulot bo‘yicha marketing
xizmatini tashkil qilish shunchalik yaxshiroq mos tushadi. Bunday
tuzilma divizionli, deb ataladi. Qoidaga ko‘ra u korxonani vazifalar
bo‘yicha emas, balki obyektlar bo‘yicha tashkil qilishni ko‘zda tutadi,
buning ustiga obyektlar sifatida mahsulotlar, mijozlar, bozorlar va
h.k.lar harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari marketingni tashkil
qilish mijozlar, grafik alomatlar bo‘yicha ham ko‘riladi.
Firmalar marketing xizmati tuzilmasining eng qulay mo‘ljalini
tanlashga harakat qilib, marketing xizmatini segmentli mo‘ljallashga
murojaat qiladilar. Marketing tuzilishining segmentli mo‘ljallanishi
Marketing xizmati
Bozorni tadqiq
qilish
Mahsulot
Bahoning
shakllanishi
Reklama
90
shundan iboratki, har bir marketing - boshqaruvchi bo‘lajak xaridor-
larning belgilangan segmentlari bilan, bu segment qanday geografik
bozorda bo‘lishidan qat’iy nazar ishlash uchun javob beradi. Marketing
xizmati tuzilishining mo‘ljalini tanlashdan qat’iy nazar u quyidagi
belgilangan talablarga javob berishi kerak:
-alohida bo‘linmalarning huquqlari, majburiyatlari;
-huquq doiralarining tartibga solinishini ta’minlovchi epchillik,
uyushqoqlik, muntazamlik, moslashuv hamda ularni firmaning uzoq
muddatli strategiyasiga mosligi.
-Marketing xizmati ko‘lamining samaradorlik darajasi va tovarlarni
sotish hajmiga mos kelishi.
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari tashqi bozorga chiqishi uchun
marketing keng ko‘lamda zarur, jumladan, eksport va import sotuvlar
hajmini hisobga olish ham juda muhim.
Tuzilmaning ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning turlari
bo‘yicha mos kelishi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Firma, korxona,
assotsiatsiya tarkibida tuzilma tovar tamoyili asosida tuzilgan bo‘lishini,
kompleks bozor siyosati masalalarini hal qilish esa xo‘jalik mustaqilligi
berilgan alohida tezkor bo‘linma doirasida to‘plangan bo‘lishi
kerakligini bildiradi.
Tashkiliy tuzilmaning sotish bozorlari soni va hajmiga mos kelishi,
avvalo, tashkiliy tuzilmani bozorni segmentlarga bo‘lib guruhlash,
iste’molchilarning alohida guruhlariga darajalangan yondashishni
qo‘llashi, ularning eng yaxshi xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi
ko‘zda tutiladi.
Ixtisoslashgan bo‘linmada rahbarlikning eng yuqori darajada
strategik boshqaruvning markazlashuvi eng yuqori boshqaruv xodim-
larini strategik masalalarni hal qilishda faol ishtirok etish imkoniyatlarini
nazarda tutadi.
Korxonada marketingning asosiy maqsadi – faoliyatni berilgan vaqt
chegarasida mablag‘lar bilan ta’minlanishi doirasida rentabellikni
ta’minlash va belgilangan xo‘jalik hisobidagi foydani olishdan iborat.
Yapon firmalarining tan olingan yetakchilarining fikricha mar-
ketingning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- sotish hajmi;
- o‘sish sur’ati;
- bozordagi ulush;
91
- rejalashtirilgan foyda, foyda miqdori, foydani sotish hajmiga
nisbati, butun sarmoyaga nisbatan foydaning me’yori, foydaning
hissadorlik sarmoyaga munosabati va h.k. larda aks ettirilishi mumkin;
- sarmoyaning tarkibi, ya’ni yordamga berilgan sarmoyalarni
aktivlarning umumiy miqdoriga nisbati.
Qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq marketingning bozor vaziyatlarini
ko‘proq ilmiy-texnik taraqqiyot tomonidan aniqlanadigan talabning
to‘lov qobiliyati va tovarning tarkibidagi tendensiyalarini bashorat
qilishga mo‘ljallanganlini qo‘llab-quvvatlash darkor. Mamlakatimiz
tajribasi ko‘rsatishicha, marketing xizmatlarini tashkil etish turli xil
tartibda amalga oshirilishi mumkin. Ammo shuni ta’kidlash kerakki,
bunday xizmat qoidaga ko‘ra, bosqichma-bosqich korxonaning turli xil
bo‘linmalariga tarqatib yuborilgan marketingning barcha asosiy
vazifalari birlashtirib shakllantiriladi. Shuning bilan bir vaqtda
korxonaning marketing xizmati birga emas, balki bir necha bo‘linmalar
bilan ko‘rsatilishi mumkin. Bunday holatda barcha marketing vazifalari-
ni aniq muvofiqlashtirish kerak.
4.2-jadval
Marketing bo‘linmalarida marketing xizmatini tashkil etishda
bosqichma-bosqich yondashish
Marketingning
funksiyalari
Faoliyat turi
Bozorni kompleks
tadqiq qilish
Bozorning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash. Bozorning rivojlanish
istiqbollari. Iste’molchilarni o‘rganish (iste’molchilarning tovarga
munosabati, xarid qilish sabablari, xarid qilish usullari).
Raqobatchilar pozitsiyalarining va faoliyat amaliyotining tahlili.
Bozorni segmentlash. «Muvaffaqiyatning hal qiluvchi omillari»ni
aniqlash.
Tovar
assortimentini
rejalashtirish
Ishlab chiqarishning assortiment tarkibini ishlab chiqish. Tovarning
rivojlanish an’analari. Tovarning iste’mol va texnik ko‘rsatkichlari
o‘rtasida o‘zaro aloqani o‘rnatish. Yangilik kiritish siyosati. Tovar
raqobatbardoshligini baholash. Baho siyosati.
Talabni
shakllantirish va
sotishni
rag‘batlantirish
Aloqalar o‘rnatishni rivojlantirish. Reklama. Sotishda ishlovchilarni
ixtisoslashtirish. Korxona imijini shakllantirish.
Savdo sotish
faoliyatini
rejalashtirish va
tashkil etish
Sotish va tovar harakati kanallarini tanlash. Tovar aylanishi,
assortiment pozitsiyalari bo‘yicha rejalashtirish. Mahsulotni
sotishning optimal sharoitlarini aniqlash. Sotishni bashoratlash.
Marketingning hozirgi zamon konsepsiyasi quyidagicha:
-bozorni kompleks o‘rganish;
92
-tovar navlarini rejalashtirish;
-talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish;
-savdo-sotiq faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish.
Marketingning asosiy vazifalari bo‘linmalarning xizmat vazifalarini
taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Bir tomondan mahsulotlar turlarining
keskin yetishmasligi, boshqa tomondan ishlab chiqarilgan lekin sotilmay
qolgan tovarlar mavjud bo‘lgan vaziyatda iste’molchilar talablari va
ishlab chiqarish dasturlari o‘rtasida epchilroq va tezkor o‘zaro aloqalarni
ta’minlash uchun marketingdan foydalanish zarurati tug‘iladi.
4.3-jadval
Marketing xizmat bo‘limlari faoliyatining asosiy turlari
Bo‘limlar Faoliyat
turi
Bozorni tadqiq qilish
bo‘limi
Bozorning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash. Bozorning
rivojlanish istiqbolini bashoratlash. Iste’molchilarni o‘rganish.
«Muvaffaqiyatning asosiy omillari»ni aniqlash. Raqobatchilar
faoliyatini tahlil qilish.
Mahsulot
assortimentini
rejalashtirish bo‘limi
Ishlab chiqarishning assortiment tarkibini ishlab chiqish.
Tovarning iste’mol va texnik kattaliklari o‘rtasida o‘zaro
bog‘liqlikni o‘rnatish.
Realizatsiya
bo‘limi Sotish va tovar harakati kanallarini tanlash. Mahsulot
assortimenti bo‘yicha tovar aylanishini rejalashtirish.
Mahsulotni realizatsiya qilishning optimal sharoitlarini
aniqlash. Sotishni bashoratlash.
Firma do‘konlari
Xaridorlar talabini o‘rganish. Xaridorlarni rag‘batlantirish.
Sotish kanallari ishlovchilarini rag‘batlantirish. Korxona
obro‘- e’tiborini shakllantirish.
Reklama byurosi
Mahsulotni reklama qilish. Korxona obro‘- e’tiborini
shakllantirish. Axborot almashuvchanlikni rivojlantirish.
Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etishda bosqichma-
bosqich yondashish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalari faoliyatining marketing
xizmatlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatadiki, bajarilayotgan vazifalar-
ning asosiy qismi tijorat xizmatlari bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan.
Shu sababli marketing xizmatini tijorat bloki asosida tashkil qilish
maqsadga muvofiqdir.
Bozorning rivojlanishi va uning “xaridorlar bozori”ga aylanishi
korxonaning marketing bo‘limi tashkiliy strukturalaridagi o‘rnini va
uning boshqa bo‘limlar bilan o‘zaro harakatini asta-sekin o‘zgartiradi.
Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan marketing funksiya-
laridan biri asta-sekin uning asosi (o‘zagi)ga aylanadi va tashkilot
93
faoliyatining shunday funksional sohasiga aylanadiki, bu uning boshqa
sohalarining funksiyalanishini ko‘p tomondan belgilaydi, ya’ni ishlab
chiqarish, xodimlarni boshqarish, ITTKI (ilmiy-tadqiqot tajriba –
konstrukturlik ishlari) va b.
Bozor sharoitlarida marketing asosiy funksiya sifatida korxona
faoliyatining strategiyasini belgilaydi. Korxonaga marketingni o‘zi
uchun hayot tarzi, korxonaning esa falsafasi, deb bilgan odam rahbarlik
qiladi. Marketing xizmati nafaqat ishlab chiqarish va savdoga xizmat
qilish bo‘limi, shuningdek, tashkilot faoliyatini yakuniy iste’molchi-
larning chiqarilgan mahsulotga yo‘naltiruvchi strategik ishlab chiqarish–
savdo boshqaruv rejalashtiruvchi va nazorat qiluvchi organlari hamdir.
Marketing korxonaning hamma xizmatlari va bo‘limlariga kirib boradi.
Shuning uchun korxonada marketingni boshqaruv strukturalarini tashkil
etish alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing xizmati shunday tashkil
etilishi kerakki, u ushbu korxonaning o‘ziga xos xususiyatlariga
(spetsifikasiga), uning resurs imkoniyatlariga, chiqarilayotgan mahsuloti
va xizmat qilayotgan bank xarakteriga mos kelsin. U aniq, qaror qabul
qilishda moslashuvchan, sodda va tezkorligi (mobilligi) bilan ajralib
turadigan bo‘lishi lozim. Korxonalar marketing bo‘limi shunday hisob-
kitob bilan tashkil etiladiki, u eng yaxshi tarzda marketing maqsadlariga
erishishga, ya’ni xaridorlarning qondirilmagan talablarini aniqlash,
bozorlarni geografik jihatdan kengaytirish, bozor ulushlarini oshirish,
bozorning yangi segmentlarini qidirib topish, foydani ko‘paytirishga
yordam berizi zarur. Hozirgi zamon korxonalar faoliyati amaliyotining
ko‘rsatishicha, marketing xizmati strukturasining rang-barangligiga
qaramasdan marketingning tashkiliy tarkibiy turlari quyidagilar:
− funksiyalar bo‘yicha;
− mahsulot bo‘yicha;
− bozorlar bo‘yicha;
− iste’molchilar guruhi bo‘yicha;
− hudud (region)lar bo‘yicha bo‘ladi.
Marketing xizmatini tashkil etishda qat’iy standartlar mavjud
bo‘lmaydi, shuning uchun har bir kompaniya, marketingni boshqarish
strukturasiga asosiy talab–uning samaradorligi, aniq-ravshan (ochiq)ligi,
tejamkorligi ekanligini anglay borib, bu masalani hal etishga mustaqil
yondashadi.
Marketing xizmati boshqa bo‘limlar va xizmatlar bilan o‘zaro
aloqada harakatlanishi zarur va u marketingni korxona faoliyatiga joriy
etilish darajasi bilan belgilanadi. Marketing va ta’minot bo‘limlarining
o‘zaro munosabatlari, ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish shuning
94
uchun kerakki, bunda muhim xom – ashyolar va butlovchilarning oldin-
dan ko‘zda tutilmagan va kutilmagan holda yetmay qolishi kabilarning
oldi olinadi. Bunday holatlar, agar marketing bo‘limi ta’minotchilarga
rejalarning istiqboli va tuzilgan shartnomalar haqida ma’lumot
bermaganlarida yuz beradi. Va aksincha, noto‘g‘ri prognozlar yoki
marketing bo‘limi ta’minot bo‘limiga talablarning kamaygani haqida
xabar bermaganidan materiallar hamda butlovchilarning haddan ortiq
zaxirasi to‘planib qolganidan, boshqa ish (vazifalar) da muvaffaqiyatli
foydalanilishi mumkin bo‘lgan bu vositalarni faoliyatdan to‘xtatib, ya’ni
“muzlatib” qo‘yishga to‘g‘ri keladi.
Tovarlar bo‘yicha smeta va marketingning umumiy budjetini
samarali realizatsiya qilish uchun marketing bo‘limi mutaxassislari
xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini doimo nazorat ostida tutishlari kerak
bo‘ladi. Marketing bo‘limining yuridik xizmat bilan o‘zaro birgalikdagi
harakati marketing bo‘limi mutaxassislariga xo‘jalik va tijorat
faoliyatining turli tomonlarini ishlab chiqish, yangi buyumni ishlab
chiqarish, narxlarni belgilash, qadoqlash, reklama, sotish shartlari
kabilarni qonunchilik bo‘yicha boshqarishda tez va malakali yuridik
maslahatlar olish imkonini beradi. Patent ishlari, tovar belgilarini
ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziya bitimlari, reklamatsiyalar va xaridorlar-
ning e’tirozlariga taalluqli qonunlar va yo‘l-yo‘riqlar mavjud.
Cheklangan savdo amaliyoti, monopolistik kelishuvlar, kechiktirilgan
to‘lov bilan xarid va savdo narxlar haqida kelishuvlar va boshqalar
bo‘yicha masalalarda yuridik normalarga amal qilish zarur.
4.2-rasm. Korxona marketingini marketing funksiyalari bo‘yicha
boshqarishning chiziqli-funksional strukturasi
Korxona direktori
Ishlab
chiqarish
bo‘yicha
boshqaruvchi
Marketing
bo‘yicha
boshqaruv-
chi
Ta’minot
bo‘yicha
boshqaruv-
chi
Kadrlar
bo‘yicha
boshqaruv-
chi
Moliya
bo‘yicha
boshqaruv-
chi
Marketing
tadqiqotlar
bo‘limi
Yangi
tovarlarni
ishlab chiqish
bo‘limi
Reklama va
PR bo‘limi
Sotish
(o‘tkazish,
savdo)
bo‘limi
Marketing
bo‘yicha
rejalashtirish
bo‘limi
95
Marketing bo‘limi faoliyatini kadrlar bo‘limi ishi bilan muvofiq-
lashtirish marketing xizmati rahbarlariga marketing bo‘yicha yuqori
malakali mutaxassislarni aniqlash va jalb etishga yordam beradi.
Takliflarni amalga oshiruvchi, suhbat o‘tkazuvchi va ehtimoliy
nomzodlarni tanlovchi shaxslar qidirilayotgan odamning kelgusi ishlari
tavsifini, uning statusini u tayinlanadigan bo‘limning boshqa xodimlari
bilan xizmat bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini, uning xizmatda o‘sish
istiqboli va ushbu ishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy va umum
ta’lim tayyorgarligi, shaxsiy sifatlari va ish tajribasidagi qobiliyatlari
haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari kerak. Shuning uchun marketing
xizmatida o‘zining har bir xodimining xizmat majburiyatlarini va ular
mos keladigan talablarni aniq tarifini tayyorlash uchun kadrlar bo‘limi
bilan eng mustahkam aloqada bo‘lishlari zarur. Bu masala boshqa
kasblardagi mutaxassislarga nisbatan marketing sohasidagi mutaxassis-
lar uchun ancha murakkab.
Marketing bo‘limi va kadrlar bo‘limi hamkorlikda yo‘l-yo‘riqlar
(instruktajlar) tavsifini va yangi ishchilar yaxshi tayyorlanishi va
o‘zlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini a’lo darajada bajarishlari uchun
ularni o‘qitish dasturlarini ishlab chiqishlari zarur. Shu bilan birga
umumiy yo‘l-yo‘riq odatda, kadrlar bo‘limi tomonidan o‘tkaziladi.
Marketing bo‘yicha maxsus tayyorgarlik marketing bo‘limining
majburiyati hisoblanadi.
Marketingni boshqarishning maqsadi firmaga marketing
maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi marketing muhiti bilan
o‘zaro munosabatni ta’minlashdan iborat. Kompaniyaning bozorga
chiqishidan avval o‘z ichiga ham ichki, ham tashqi marketing muhitini
o‘rganishni olgan marketing tadqiqotlari kompleksi olib boriladi. Har
qanday faoliyat yurituvchi korxona, tashkilotning marketing sohasi
biror-bir muhitda bo‘ladi. Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiylik
kuchlari manbayidir. Unda faoliyat yuritish imkonini beruvchi quvvat
mujassamlashgan. Ammo ichki muhit uning muammolari manbayi va
hatto halokat sababchisi bo‘lishi mumkin.
Tizimli yondashuv nuqtayi nazaridan marketingning ichki va tashqi
sohalari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq ochiq tizim hisoblanib, tashqi muhit
bilan o‘zaro ta’sirini xarakterlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |