Ish haqi to'g'risidagi turli XIL nazariyalar



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana31.12.2021
Hajmi0,76 Mb.
#238980
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Ish haqi to'g'risidagi turli xil nazariyalar

ASOSIY ISh HAQI TARKIBI 


28 

 

brigada  a'zosining  razryadiga  (tarif  stavkasiga)  mutanosib  ravishda  taqsimlanadi. 



Jamoa ish haqining qismi va aynan brigada ishlab topgan qo’shimcha ish haqi va 

mukofot mehnatda ishtirok etish koeffitsientini hisobga olgan holda taqsimlanishi 

mumkin. 

Mehnatda  ishtirok  etishning  haqiqiy  koeffitsientini  brigadaning  har  bir 

a'zosiga    brigada  kengashi  korxona  rahbari  tomonidan  tasdiqlangan  bayonnomani 

rasmiylashtirish yo’li bilan belgilaydi.  

Mehnatga  haq  to’lashning  vaqtbay  shakli  ish  haqini  xodim  tomonidan  

ishlangan vaqt miqdoridan va bir soat ish uchun tarif stavkasidan kelib chiqib hisob-

kitob qilishni nazarda tutadi.  

Vaqtbay-mukofot to’lovi vaqtbay ish haqining  bir turi hisoblanadi. Mehnatga 

haq  to’lashning  ushbu  tizimi  sifat  va  miqdor  ko’rsatkichlari  uchun  mukofot 

hisoblashni nazarda tutadi. U vaqtbay ishlaydigan ishchilar oylik lavozim maoshlari 

belgilangan  xizmatchilar  ish  haqini  hisob-kitob  qilishda  qo’llaniladi.  Mukofot 

tasdiqlangan  va  korxonada  amal  qilayotgan  mukofotlash  to’g’risidagi  nizom 

bo’yicha,  ishlangan  vaqt  va  lavozim  maoshi  yoki  tarif  stavkasini  hisobga  olgan 

holda  hisoblanadi.  Mukofotlash  to’g’risidagi  nizom  korxonaning  o’zi  tomonidan 

ishlab  chiqarish  sharoitlari  va  xususiyatlariga  nisbatan  qo’llash  orqali  ishlab 

chiqiladi hamda korxona  rahbari yoki ta'sischilarining umumiy yig’ilishi tomonidan 

tasdiqlanadi.  

Tungi  vaqtdagi  ish  uchun  haq  to’lash.  Soat  22.00  dan  to  soat  6.00  gacha 

bo’lgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi

9

. Agar xodim uchun belgilangan kundalik 



ish  (smena)  muddatining  kamida  yarmi  tungi  vaqtga  to’g’ri  kelsa,  tungi  ish  vaqti 

muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi.  

Quyidagilarning tungi vaqtda ishlashiga qo’l qo’yilmaydi:  

-homilador  ayollar  va  o’n  to’rt  yoshga  to’lmagan  bolasi    (o’n  olti  yoshga 

to’lmagan nogiron bolasi) bor ayollar;  

- 18 yoshga to’lmagan shaxslar;  

                                                           

9

 O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 122-moddasi.  




29 

 

- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa toifadagi ishchilar.  



Tungi  vaqtdagi  ish  korxonada  o’rnatilgan  birlamchi  hujjatlar  bilan 

rasmiylashtiriladi.  Tungi  vaqtdagi  ishning  har  bir  soati  uchun  kamida  bir  yarim 

baravar miqdorda haq to’lanadi, ya'ni tungi vaqtdagi ish uchun  qo’shimcha to’lov 

miqdori soat stavkasining 50  %  dan kam bo’lishi mumkin emas. 

Ishga  yollash  bo’yicha  korxona  ma’muriyati  va  ishchilar  o’rtasidagi 

munosabat  mehnat  shartnomalari  yordamida  shakllanadi.  Mehnat  shartnomalari 

avvalo  ish  haqi  stavkasi,  normadan  ortiqcha  bajarilgan  ishlar  uchun  stavka,  dam 

olish  kunlari  va  tanaffuslar,  pensiya  fondlari  va  sog’liqni  saqlashga  ajratmalar 

hamda narxlarning o’zgarishini hisobga olib iste’molchilik savati qiymatini tartibga 

solish  kabi  jihatlarni  o’z  ichiga  oladi.  Keyin  mehnat  sharoiti  masalalari  qarab 

chiqiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha 

yilga (asosan uch yilga) tuziladi. 

Ayrim  hollarda  davlat  ham  korxona  ma’muriyati  va  ishchilar  o’rtasidagi 

o’zaro munosabatlarga, masalan, ish tashlash masalalariga tegishli munosabatlarga 

ta’sir  ko’rsatishi  mumkin.  Ammo  ish  tashlash  huquqi  «Iqtisodiy,  ijtimoiy  va 

madaniy  huquqlar  haqidagi  xalqaro  pakt»da  mustahkamlangan  asosiy  ijtimoiy-

iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi. 

Ko’pchilik  mamlakatlarda  mehnat  munosabatlarining  rivojlanishida  bosh 

masala  ishsizlikni  ijtimoiy  kafolatlashga,  ishlovchilarning  mehnat  sharoitini 

yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. 

Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo’ladi. 

Ko’pchilik  bozorlarda  ishchilar  o’zlarining  ish  kuchini  kasaba  uyushmalari 

orqali  jamoa  bo’lib  «sotadi».  Kasaba  uyushmalari  nisbatan  ko’p  sonli  ishga 

yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish 

haqini oshirishdan iborat bo’ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo’llar 

bilan erishishi mumkin. 

1.  Ishchi  kuchiga  bo’lgan  talabni  oshirish.  Kasaba  uyushmalar  nuqtai 

nazaridan  ish  haqini  oshirishning  eng  qulay  usuli  ishchi  kuchiga  bo’lgan  talabni 

kengaytirish hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talabning ortishi natijasida ish haqi 



30 

 

stavkasi  ham,  ishchi  o’rinlari  soni  ham  ortadi.  Kasaba  uyushmalari  bu  talabni 



belgilovchi  bir  yoki  bir  necha  omillarni  o’zgartirish  yo’li  bilan  ishchi  kuchiga 

bo’lgan talabni ko’’aytirish mumkin. Xususan, ular quyidagilarga erishishga harakat 

qiladi:  1)  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  yoki  ko’rsatiladigan  xizmatga  talabni 

oshirish;  2)  mehnat  unumdorligini  oshirish  va  3)  ishchi  kuchi  bilan  birgalikda 

foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o’zgartirish. 

2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish. Kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini 

qisqartirish yo’li bilan ish haqi stavkasini oshirishi mumkin. Bunga quyidagi yo’llar 

bilan  erishiladi:  a)  immigrastiyani  cheklash;  b)  bolalar  mehnatini  qisqartirish;  v) 

pensiyaga  muddatida  chiqishni  qo’llab-quvvatlash;  g)  ish  haftasini  qisqartirishga 

yordam berish. 

Bulardan  tashqari  kasaba  uyushmalari  tadbirkorlarni  o’z  a’zolarini  ishga 

yollashga majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan to’liq nazorat o’rnatadi. Kasaba 

uyushmalari o’z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali (masalan, uzoq muddatli 

o’qitish, yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki taqiqlash) ishchi kuchi taklifini 

sun’iy ravishda qisqartiradi. Bu, o’z navbatida, ish haqi stavkasining ortishiga olib 

keladi. 


3.  Kasb  bo’yicha  malaka  darajasini  listenziyalash.  Bu  ma’lum  mehnat  turi 

taklifini  cheklash  vositasi  hisoblanadi.  Bunda  kasaba  uyushmalari  korxona 

ma’muriyatiga ma’lum kasbdagi ishchilar aniq ko’rsatilgan talablarga javob bergan 

taqdirda  ishga  qabul  qilishga  ta’sir  ko’rsatadi.  Bu  talablar  o’z  ichiga  ishchining 

ta’lim  darajasi,  mutaxassislik  bo’yicha  ish  staji,  imtihon  natijasi  va  shaxsiy 

tavsiflarini oladi. 

4.  Kasaba  uyushmalari  jamoa  shartnomalari  tuzishda  mono’ol  holatga  ega 

bo’lgan  tadbirkorlarga  qarshilik  ko’rsatish  yo’li  bilan  ham  ish  haqi  stavkasini 

oshirishga  erishishi  mumkin.  Buning  natijasida  ish  haqini  oshirish  bilan  bog’liq 

qo’shimcha sarflar, yangi ishchi kuchini  yollash  natijasida  olinadigan qo’shimcha 

mahsulot hajmidan ortiq bo’ladi. 



31 

 

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 133-moddasiga binoan barcha  



xodimlar har yili mehnat ta'tiliga chiqish huquqiga ega, bu huquq mazkur korxonada 

olti oy uzluksiz ishlashdan so’ng beriladi.  

Shuni ta'kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ko’ra 

asosiy  mehnat    ta'tilining  15  kun  davom  etishi  belgilangan,  lekin  xodimlar 

qo’shimcha ta'tillarining muddati jamoa shartnomasida bir necha kun ko’proq qilib 

belgilanishi  mumkin.  Qonun  hujjatlari  bo’yicha  ta'til  muddati  bilan  jamoa 

shartnomasida  belgilangan  ta'til  muddati  uchun  hisoblangan  summalar  o’rtasidagi 

farq O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasiga binoan daromad 

(foyda) solig’i bo’yicha soliq solish bazasiga kiritilishi kerak.  

Xo’jalik  yurituvchi  sub'ektlarda    xodimlar  ishga  qabul  qilinayotganda  ular  

bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtiriladi.  

Xodim  bilan  tuzilgan  mehnat  shartnomasida  va  uni  ishga  qabul  qilish 

to’g’risidagi    tashkilotning buyrug’ida  mehnatga haq to’lash shartlari (tarif stavkasi 

yoki  maosh),  mehnatga  haq  to’lash  tizimi  (ishbay  yoki  vaqtbay-mukofot) 

ko’rsatilishi lozim.  

Mehnat  shartnomasida  uning  boshlanishi  va  tugash  muddati  ko’rsatilishi 

kerak.  Agar  shartnomada  muddat  ko’rsatilmagan  bo’lsa,  u  holda  mehnat 

shartnomasi noma'lum muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. Bu xodim bilan mehnat 

munosabatlari  mehnat  shartnomasining  muddati  tugashi  munosabati  bilan  bekor 

qilinishi  mumkin  emas.  Ish  joyi  (lavozimi)  saqlanishi  lozim  bo’lgan  xodimning 

ishda  bo’lmagan  vaqtiga  mo’ljallab  boshqa  fuqaro  bilan tuzilgan  shartnomasi shu 

xodim ishga qaytgan kundan e'tiboran bekor qilinadi.  

Ishlab  chiqarish  xususiyati,  mehnatni  tashkil  etish  va  unga  haq  to’lash 

tizimidan  kelib    chiqib,  korxonada  birlamchi  hujjatlarning  quyidagi  shakllari 

qo’llaniladi: ishbay ishga naryad; yo’nalish varaqasi; bajarilgan ish hajmi to’g’risida 

bildirgi;  bajarilgan  ish  hajmini  hisobga  olish  qaydnomasi;  ishlarni  qabul  qilish 

dalolatnomasi. 

Naryadlar  yakka  tartibdagi  mahsulot  tayyorlaydigan  yakka  yolg’iz  ishlab 

chiqarishlarda qo’llaniladi. Bir martalik va jamg’arish, shuningdek yakka tartibdagi 



32 

 

va  brigada  naryadlari  farqlanadi.  Bir  martalik  naryadlar  bo’yicha  smena  yoki  oy 



davomida  bir  turdagi  ish  rasmiylashtiriladi,  jamg’arish  naryadlari  esa  oy  oxirida 

yopiladi va turli xil ishlarni aks ettiradi.  

Yakka tartibdagi naryad bir ishchining ishi uchun rasmiylashtiriladi, agar ish 

brigada  tomonidan  bajarilsa,  brigada  ishini  aks  ettiradigan  brigada  naryadlari 

rasmiylashtiriladi.  

Mahsulot  sexlar  bo’yicha  navbatma-navbat  ishlov  berish  yo’li  bilan 

tayyorlanadigan muntazam ishlab chiqarishlarda bajarilgan ishlar hajmini hisobga 

olish uchun yo’nalish xaritalari qo’llaniladi.  

Agar  yo’nalish  xaritasi  bo’yicha  ishlarni  bir  necha  ishchi  bajarsa,  ular  har 

birining ish haqi bajargan ishlar hajmi to’g’risidagi bildirgida aks ettiriladi.  

Ishchilar  bir  turdagi  operatsiyalarni  bajaradigan,  ishlab  chiqarish  ommaviy 

xususiyatga  ega  bo’lgan  korxonalarda  ularning  mahsulot  ishlab  chiqarishni 

bajarilgan ishlar hajmini hisobga olish qaydnomasi bilan rasmiylashtiriladi.  

Mehnatga haq to’lashning akkord tizimida brigadaning ish hajmi bajarilgan 

ishlarni qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.  

Ishning  bir  me'yordagi  sharoitlaridan  chetga  chiqishlar  qo’shimcha  haq 

to’lash varaqalari bilan rasmiylashtiriladi.  

Vaqtbay ish haqini hisob-kitob qilish uchun asosiy hujjat bo’lib foydalanilgan 

ish  vaqti  tabeli  hisoblanadi.  U  ish  joylarida  brigadirlar,  ustalar,  sex,  bo’lim 

boshliqlari tomonidan to’ldiriladi. Ishda bo’lmagan kunlari quyidagi shifrlar bilan 

aks ettiriladi:  “K”- kasallanish, “D”- dam olish kuni, “T”- ta'til va hokazo. 

Tegishlicha  rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlar oy  oxirida buxgalteriyaga 

topshiriladi, buxgalteriya xodimlari ularni diqqat bilan tekshiradilar, so’ngra har bir 

xodimga  tegishli  bo’lgan  ish  haqini  hisoblaydilar  va  ma'lumotlarni  ishlov  berish 

uchun  hisoblash  markaziga  topshiradilar  yoki  kompyuterga  kiritadilar.  Hisoblab 

chiqarilgan ish haqi xodimning shaxsiy schyotida ko’rsatiladi. 




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish