“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
-28-
Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo‗yicha tasniflash
mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo‗ladi.
Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o‗qishi mumkin. Shtrixli
tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, kul rang darajalarini uzatmaydi.
Nim rangli tasvirlar kul rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish
imkonini beradi.
Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusxalar (originallar) bilan ishlaydi.
Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o‗qish uchun ishlatilishi
mumkin.
Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi:
skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug‗lik filtri yoki ketma-ket
yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos
signal alohida qayta ishlanadi.
Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va
hatto 16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin.
Monitorlar. Monitorlar (displeylar) matnli va grafikli (chizmali) axborotlarni
ekranga chiqaradi. Monitor, xuddi televizor kabi kineskop (elektron-nurli trubka)
yordamida tasvirni shakllantiradi.
Monitorlar tasvirni yuqori darajada aniq qilib ko‗rsatadi, u videokontrollerdan
tayyor holda videosignal oladi.
Monitorlar quyidagicha bo‗ladilar:
rangli va monoxromli. Rangli monitorlarda tasvir qizil, yashil va ko‗k
rangdagi lyuminoforning yaltiroq nuqtalari bilan aks ettiriladi. Mono-xromli
monitorlarda bir xil rangdagi lyuminofor nuqtalari bilan aks ettiriladi;
monitorlar turli o‗lchamda, ko‗pincha, 14 dan 21 dyuymgacha bo‗ladi;
turli xil masofali. Masofa uzunligi, ko‗pincha, monitor sifatini va u
ko‗rsatayotgan tasvirning aniq-ravshanligini bildiradi. Masofa qancha qisqa bo‗lsa,
sifat shuncha yuqori bo‗ladi.
Videokontrollerdan monitorga uzatiladigan videosignal tasvirni rangli
nuqtalarning to‗g‗ri burchakli to‗riga o‗xshash ravishda tasvirlaydi. Nuqtalarning
gorizontal va vertikal bo‗yicha soni - monitor imkoniyatini bildiradi. Monitor
imkoniyati qancha yuqori bo‗lsa, ekrandagi tasvir shuncha ravshan bo‗ladi.
Monitor qabul qiladigan video signalni nuqtalar qatorini birin-ketin chiqargan
holda qator bo‗yicha aks ettiradi.
Nuqtalarning bir qatoridan keyingi qatoriga o‗tishda va nuqtalarning yuqori
qatoriga qaytishda videokontroller monitorga maxsus boshqaruv signalini beradi.
Boshqaruv signallari chastotasi (har sekundga bo‗lingan soni) - qatorlar chastotasi
yoki gorizontal yozish chastotasi deyiladi.
Nuqtalarning yuqori qatoridagi tasvirga o‗tish zarurligini ko‗rsatuvchi boshqaruv
signallari chastotasi - kadrlar chastotasi yoki vertikal yozish chastotasi deyiladi.
Qatorlar chastotasi faqat videokontrollerning monitor bilan kelishu-viga xos,
kadrlar chastotasi insonga xos, chunki ko‗pincha ekranda tasvir yangilanishini
ko‗rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |