“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
-10-
oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha
murakkabdir.
Shu oʻrinda boshlangʻich ma‘lumotning ishonchli, toʻliq va zamonaviy
boʻlishiga katta e‘tibor beriladi. Korxonada axborotni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazish
har xil xoʻjalik operaöiyalarini bajarish vaqtida sodir boʻladi. (Masalan: tayyor
mahsulotlarni qabul qilish, materiallarni qabul qilish, yuborish va boshqalar). Avval
axborot yigʻiladi, keyin mustaxkamlanadi. Keltirilgan hisobotlar, misol uchun, ish
joylarining oʻzida ishlab chiqarilgan detallar, brak detallarning soni va boshqalar
hisoblash natijasida kelib chiqadi. Haqiqatdan axborotni yigʻish uchun oʻlchash
ishlari, hisob-kitob, material ob‘ektlarini taqqoslash, alohida bajaruvchilarning
vaqtinchalik va sonli harakterdagi ishlarini hisob-kitob qilish kabilar amalga
oshiriladi.
Axborotni yigʻish uni roʻyxatdan oʻtkazish bilan birga olib boriladi.
Boshlangʻich hujjatlarga yozish asosan qoʻlda bajariladi, shuning uchun yigʻish va
roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari hozircha mehnat talab etadigan ishligicha qolmoqda.
Korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan sharoitida asosiy e‘tibor axborotlarni
roʻyxatdan oʻtkazishning texnik asosidan foydalanishga qaratiladi. Axborotlarni
roʻyxatdan oʻtkazishning texnik asosi oʻz ichiga quyidagilarni oladi: sonli oʻlchov
operaöiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish, EHM aloqa kanallari orqali axborotlarni
yigʻish, uzatish va boshqalar.
Iqtisodiy axborotlarni uzatish har xil iqtisodiy ob‘ektlarda turlicha amalga
oshiriladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida axborotni yigʻish va roʻyxatdan
oʻtkazish koʻpincha uni qayta ishlashdan ajratilgan holda olib boriladi. Ma‘lumki,
axborotlarni yigʻish va uzatish ish joylarining oʻzida amalga oshiriladi, uni qayta
ishlash esa - hisob-kitob markazida olib boriladi.
2. Axborotlarni uzatish. Axborotlarni uzatish turli usullar bilan amalga
oshiriladi, kurer yordamida, pochta orqali yuborish, transport vositalari bilan
etkazish, uzoq masofalarga aloqa kanallari orqali uzatish va boshqalar.
Uzoq masofaga axborotni aloqa kanallari orqali uzatish vaqtni va harajatni
qisqartiradi. Uni amalga oshirish uchun esa turli maxsus texnik vositalar kerak
boʻladi. Ba‘zi axborotlarni yigʻish va roʻyxatdan oʻtkazishning texnik vositalari ish
joylariga oʻrnatilgan datchiklardan olinayotgan axborotlarni yigʻib, EHMga uzatadi.
Boshlangʻich axborot paydo boʻlgan joyidan uzatilgani kabi natijaviy axborot ham
teskari yoʻnalishda uzoq, masofaga (distanöion) uzatilishi mumkin. Bu holda
natijaviy ma‘lumot har xil asboblarda aks etadi.
Axborotlarning qayta ishlash markaziga aloqa tarmoqlari orqali etib kelishi
asosan ikki usulda amalga oshiriladi:
1) elektron tashuvchilarda
2) bevosita kompyuter maxsus dasturli va apparatli vositalar yordamida
masofadan amalga oshiriladi.
Axborotni uzoq masofaga uzatish usuli doim oʻsib, rivojlanib bormoqda. Bu
usul koʻp qirrali tarmoqlararo tizimda katta ahamiyatga ega. CHunki masofadan
uzatish bir boshqaruv bosqichidan ikkinchisiga axborotning oʻtishini tezlashtiradi va
ma‘lumotlarni qayta ishlashga ketadigan umumiy vaqtni tejaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |