3. Algoritmning xususiyatlari va xossalari
Algoritm quyidagi x u s u s i ya t l a r g a egadir:
“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
--
1. Aniqliligi, ya‘ni turli hisobga olinmagan harakatlarga yo‗l qo‗ymaslik va uni
bajaruvchilar uchun tushunarliligidir. Ushbu xususiyatiga ko‗ra algoritmni bajarish
jarayoni o‗z-o‗zidan bajariladigan harakterga ega.
2. Natijaviyligi, ya‘ni ma‘lum bir oddiy bosqichlarni bosib o‗tgandan so‗ng
kutilayotgan natijani olishga erishishdan iborat.
3. Ommaviyligi, ya‘ni bitta masalani yechish uchun emas balki shunga o‗xshash
turdosh masalalar sinfini hal etish uchun xizmat qiladi.
4. Diskretlilik, ya‘ni algoritmni bir nechta elementar bosqichlarga ajratish
imkonini mavjudiligi.
Masalaning algoritmini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:
· ma‘lumotlarga qayta ishlov berish bosqichlarni belgilab olish;
· ma‘lumotlarga qayta ishlov berish bosqichlari ketma-ketligini ular
o‗rtasidagi mantiqiy aloqalarni o‗rnatish asosida aniqlash;
· har bir bosqich mazmunini izohlash.
Algoritmning beshta asosiy xossasi bor, ya‘ni: aniqlik, ommaviylik,
diskretlilik, tushunarlilik va natijaviylik.
ANIQLIK XOSSASI. Algoritm bajariladigan amallarning zaruriy ketma-
ketligini aniq belgilab beradi. Algoritmning ijrochisiga berilayotgan barcha
koʻrsatmalar aniq mazmunda boʻlishi kerak, chunki koʻrsatmalardagi noaniqliklar
moʻljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi. Bundan tashqari, koʻrsatmalarning
qaysi ketma-ketlikda berilishi ham muxim ahamiyatga ega. Demak koʻrsatmalar
aniq berilishi va faqat algoritmda koʻrsatilgan tartibda bajarilishi shartdir.
OMMAVIYLIK XOSSASI. Algoritm biror sinfga tegishli masalalardan
boshlangʻich ma‘lumotlarning turli birikmalarida har qanday masalani echish
uchun xizmat qiladi. Ya‘ni xar bir algoritm oʻz mazmuniga koʻra bir turga mansub
masalalarning barchasi uchun ham oʻrinli boʻlishi kerak. Masaladagi boshlangʻich
ma‘lumotlar qanday boʻlishidan qat‘iy nazar, algoritm shu xildagi xar qanday
masalalarni echishga yaroqli boʻlishi kerak.
NATIJAVIYLIK
XOSSASI.
Izlanayotgan
natijani
boshlangʻich
ma‘lumotlarning ruxsat etilgan qiymatlari uchun chekli sondagi etarlicha sodda
qadamlardan keyin olish mumkinligi tushuniladi. Ya‘ni xar bir algoritm chekli
sondagi qadamlardan soʻng albatta natija berishi shart. Agarda koʻrilayotgan
jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni toʻgʻri algoritm deb atay olmaymiz.
DISKRETLILIK XOSSASI. Uning mazmuni algoritmlarni doimo chekli
qadamlardan iborat qilib boʻlaklarga boʻlish imkoniyati mavjudligidir, ya‘ni
algoritmni chekli sondagi oddiy koʻrsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash
mumkin. Aks xolda, ya‘ni jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib boʻlaklarga
boʻla olmasak, u xolda uni algoritm deb atay olmaymiz.
TUSHUNARLILIK XOSSASI – Algoritmning ijrochisi har doimo ham inson
boʻlavermaydi, shuning uchun ham ijrochiga tavsiya etilayotgan koʻrsatmalar
uning uchun toʻla tushunarli boʻlishi kerak, aks xolda ijrochi berilgan algoritmni
toʻla-toʻkis bajara olmaydi. Xar bir ijrochining bajara olishi mumkin boʻlgan
koʻrsatmalar yoki buyruqlar majmuasi boʻlib, u ijrochining koʻrsatmalar tizimi
deyiladi. Shuning uchun ijrochi uchun berilayotgan xar bir koʻrsatma ijrochining
koʻrsatmalar tizimiga tegishli va uning uchun batamom tushunarli boʻlishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |