“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
--
Quyi darajali dasturlash tili – protsessordagi jarayonni amalga oshiruvchi til.
Ushbu tillarda dasturlar yaratish dasturlovchidan maxsus tayyorgarlikni va
maxoratni talab qiladi. Ushbu tillarda mashina kodlarida yoziladi. Ushbu dasturlar
kompyuter uchun samarali bo‗lsada, inson tomonidan uni o‗qib, tushinib olish
juda qiyin hisoblanadi. Bunda dasturlovchi xotira adreslari bilan ishlashiga to‗g‗ri
keladi.
Ilk bor haqiqiy dasturlash tili deb e‘tirof etilgan til – 1949-yilda Mochli
boshchiligida yaratilgan ShortCode (qisqartirilgan kod). Bunda ifodalarni ikkilik
sonlar bilan emas, balkim ikki belgili kombinatsiyalar orqali yozish mumkin
bo‗lgan.
Assembler tili – mashinaga yo‗naltirilgan til bo‗lib, mashina tilini belgilar
bilan tasvirlaydi va u mnemonika (ingl. mnemonic) deyiladi. Mnemonika asosida
tuzilgan mashina buyruqlari mnemokod (ingl. Mnemonic code ) deyiladi. Bir
necha mnemokodlarni to‗plab, ularni makrobuyruq sifatida alohida nomlab,
keyinchalik uni nomi bilan chaqirib, qo‗llash mumkin bo‗ladi. Shunga qaramasdan
ushbu tilda ham dasturlarni tuzish murakkab va hajmi jihatidan juda katta bo‗lib
ketadi. Lekin, kompyuter qurilmalari bilan ishlaydigan dasturlar uchun juda
samarali hisoblanadi. Shu bois, tushinarli va qulay bo‗lgan dasturlash tillarini
yaratishga ehtiyoj juda katta bo‗lgan.
Yuqori darajali dasturlash tillari inson tillariga juda yaqin bo‗lib, uni
o‗rganib olish ko‗p qiyinchilik tug‗dirmaydi.
1954-1957-yillarda IBM firmasida Djon Bekus boshchiligida Fortran
(Formula Translation) dasturlash tili yaratildi. Unda matematika va injenerlik
sohalariga taaluqli masalalar yechiladi. Dasturda kodlarni yozilishida qat‘iy
qoidalar yengillashtirilgan, masalan, matematik formulalar qariyb odatiy
ko‗rinishda yoziladi.
1958-yilda Syurixda o‗tkazilgan ilmiy majlisdan so‗ng ALGOL
(ALGorithmic Language) dasturlash tili yaratildi. Bu til ham hisoblash
jarayonlarini dasturlashga qaratilgan bo‗lib, unda dastur bloklanib yoziladi.
1959-yilda tijorat masalalarini yechishga qaratilgan COBOL (Common
Business Oriented Language ) – universal til bo‗lib, juda yaxshi tarkiblangan tildir.
Cobol dasturi to‗rt qismdan tashkil topgan bo‗lib, ular aniq ketma-ketlikda bo‗ladi:
identifikatsiyalash (unda dasturning nomi, yordamchi ma‘lumotlar) ; qurilmalar
(kompyuterning ko‗rsatkichlari); ma‘lumotlar (qayta ishlanadigan ma‘lumotlar
tavsifi beriladi); protseduralar.
1964-yilda IBM tomonidan PL\1 (Programming Language One) tili taklif
etildi. Unda Fortran, Algol-60 va Cobol tillarining imkoniyatlari jamlangan edi. Bu
esa uni murakkablashtirib, o‗rganishga noqulaylik tug‗dirdi.
1961-1965-yillarda Djon Makkarti tomonidan LISP (List Processing
Language) tili taklif etildi. Ushbu til «ro‗yxat»ni qayta ishlovchi belgili tildir.
«Ro‗yxat» sifatida algebraik ifoda, graf, to‗plam va shunga o‗xshash tushunchalar
bo‗lishi mumkin.
1966-yilda Rossiyalik Valentin Turchin tomonidan REFAL (RYekursivnix
Funksiy ALgoritmicheskiy) tili taklif etildi. Ushbu til funktsional dasturlash tili
hisoblanib, belgilarni qayta ishlashga qaratilgan bo‗lib, unda qatorni qayta ishlash,
Do'stlaringiz bilan baham: |