4.2-rasm. Sanoat bozorini segmentlash va shu asosida marketing dasturini
shakllantirish konsepsiyasi
16
Sanoat tovarlari taklif qilish shartlarida tafovutlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek,
strategiyalar mahsulotlarni ilgari surishga yondashuvlarga muvofiq farqlanishi
mumkin – bunda bir xil mahsulot turli segmentlarga taklif etiladi.
Differensiatsiyalangan marketing – ehtimol, segmentlash strategiyalarining eng
tarqalgan turi bo‘lib, unda ikki (yoki undan ortiq) puxta tanlangan segmentlarga turli
marketing yondashuvlari qo‘llanadi. Differensiatsiyalanmagan marketing – samarali
segmentlashning yo‘qligidir. Bunday vaziyat tashkiliy faoliyatni rejalashtirish va tahlil
qilishning kamchiliklarini aks ettirishi, yoxud ularning korxona marketing
harakatlariga javobi nuqtai-nazaridan ongli ravishdagi strategik tanlov natijasi bo‘lishi
mumkin.
Pozitsiyalashtirish iste’mol marketingida ishlab chiqilgan muhim strategik
konsepsiya bo‘lsada, biroq sanoat mahsulotlari va xizmatlariga nisbatan ham bir xil
darajada qo‘llanishi mumkin. U firma qiymati taklifi bilan, ya’ni ularga ko‘ra mijozlar
raqobatchilar bilan emas, balki muayyan firma bilan ish olib borishni afzal ko‘radigan
sabablar bilan uzviy bog‘liq.
16
Ковалев А.И. Промышленный маркетинг (Часть I). - м.: ООО Фирма «Благовест-В», 2002 г. - 260 с.
Sanoat bozori
Sanoat korxonasining markеting dasturi
A bozor sеgmеnti
B bozor sеgmеnti
V bozor sеgmеnti
G bozor sеgmеnti
(korxonaga faoliyatiga
daxldor bolmagan)
D bozor sеgmеnti
Е bozor sеgmеnti
Qolgan bozor sеgmеntlari
Korxonaning zanjirli
raqobat bozori
Bozor chuqurchasi
A.B.S sеgmеntlar uchun 1-markеting
dasturi (maxsulot, narx, raqobat
stratеgiyalari, taqsimot,
kommunikkatsiya va sotish )
D sеgmеnt uchun 2-markеting dasturi
(ushbu sеgmеnt uchun, maxsulotni
modifikatsiyalash, narx, taqsimot,
kommunikkatsiya va sotish )
3-markеting dasturi asosiy erkin
xarakat qiluvchi bozor nishi
Boshqa sеgmеntlar uchun markеting
dasturi
69
Pozitsiyalashtirish ushbu segment mijozlari korxona raqobatchilardan nimasi
bilan farq qilishini tushunishi va qadrlashi uchun korxona imidjini va qiymat taklifini
yaratish sifatida tavsiflanadi. Pozitsiyalashtirish haqida bayonot (ariza) bozor
qatnashchilari uchun ham, tashkilotning o‘zi uchun ham muhim kommunikatsiya
elementi bo‘lishi mumkin. U firmaning mijoz ehtiyojlari belgilangan to‘plamini
qondirish qobiliyati va majburiyatlari borasida umumiy fikr shakllantirishga imkon
beradi. Pozitsiyalashtirish – korxona strategiyasini mijozlarga yetkazish usulidir.
Pozitsiyalashtirish haqida muvaffaqiyatli bayonot uchta jihatni aks ettiradi:
maqsadli bozor, ajratib turuvchi kompetensiya, noyob foyda, ya’ni uchta savolga javob
beradi:
1) bizning mahsulot kim uchun mo‘ljallangan?
2) biz nima sotamiz?
3) nima uchun mijoz buni xarid qilishi kerak?
Mantiqan olganda, pozitsiyalashtirish segmentlash va targetlashdan keyin kelishi
lozim. Bu yerda sabablar yaqqol ko‘rinib turibdi: pozitsiyalashtirish mavjud/potensial
mijoz ongida ro‘y beradi va raqobatchilar bilan taqqoslaganda korxonaning holatini
belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |